Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Буни биласизми
Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismida dunyodagi eng uzun to’rli devor mavjud bo’lib, uning uzunligi 5614 kilometrga teng, lekin shosse yo’llari o’tgan joylarda uzilib davom etadi. Bu devor 1885 yilda yaylovlardagi qo’ylarni dingodan (Avstraliya yovvoyi iti) himoya qilish maqsadida qurilgan.
Asosan bu devor o’z vazifasini bajardi deyish mumkin, qo’ylarning o’limi qisqardi. Ayni paytda ushbu yaylovda qo’ylar bilan raqobatda bo’lgan kenguru va quyonlarning populyasiyasi ko’paydi. Avstraliyaning g’arbida 3253 kilometr uzunlikdagi qurilgan yana bir devor quyonlardan himoyalanish maqsadida qurilgan, bir paytlar bu quyonlar qit’aga kuchli ekologik xavf tug’dirgan.
|
“Tayga” so’zining kelib chiqishi turkiy tillarga borib taqaladi. Oltoyliklar tilida u “tog’lar”, “olmaxon” ma’nolarini anglatadi. Yoqutlar tilida “o’rmon” va “uzoq masofa”, mo’g’ul tilida esa “tog’lar zanjiri”, “tog’ o’rmoni” ma’nosiga ega. Boshqa turkiy tillarda ham u “tov” – “tog’” so’zi bilan bog’liq mazmunni bildiradi. Mutaxassislar shimoliy yarimshardagi ignabargli o’rmonlar hududiga “tayga” nomini bergan. Bu hududning umumiy maydoni 9 million kvadrat kilometrga yaqin. Asosan archa, oqqarag’ay, tilog’och va qarag’ay kabi ignabargli daraxtlar o’sadigan ushbu o’rmon mintaqasi Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismlarini egallagan. Картинки по запросу тайга россия Taygada kuz fasli Tayga mo’tadil namchil hududda joylashgan. Bu yerlarda ignabarg o’rmonlardan tashqari, botqoqliklar ham bor. Ular Kanada va Sibirdagi o’rmonlarda ko’p. Rossiyaning eng katta landshaft hududi taygadir. Yevropada esa Skandinaviya yarimoroli va Finlyandiya asosan shunday o’rmonlar bilan qoplangan. O’rmonlar yeriga nur kam tushgani sababli bu yerda butalar va changalzorlar yaxshi shakllanmagan. Yevropa shimolidagi taygalarda archa, Kanada va Alyaskada esa tilog’och aralash archa o’rmonlari, Ural taygalar
...
Читать дальше »
|
Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurg’oqchil hududida ulkan yerosti suv manbasiga duch keldilar. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qit’asining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan ta’minlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda o’z suv havzalari deyarli yo’q, daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomg’ir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish mushkul. Olimlarning fikriga qaraganda, yangi topilgan yerosti dengizining toza suvi qishloq xo’jaligini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.
|
BMTning aholishunoslik bo’yicha bo’limi quyidagi ma’lumotlarni bashorat qildi, ta’kidlashlaricha shu yilning oxiriga kelib yer shari aholisining soni 7 milliard kishini tashkil qilar ekan. Statistikaga qaraganda shu sonni tashkil qiluvchi chaqaloq Osiyo davlatlarining birida tug’ilishi kutilmoqda. Muammo shundaki, qanday qilib BMT buni hisoblab chiqar ekan, chunki Yer kurrasida har soatda minglab bola tug’iladi. Lekin 12 yil avval ular buning uddasidan chiqdilar, Sarayevoda(Bosniya) tug’ilgan go’dak BMT tomonidan 6 milliardinchi inson deb tan olingandi.
|
1. 1914 yilda eng birinchi yo’lovchi tashish aviareysi amalga oshirilgan. Ichida hojatxonasi bo’lgan yo’lovchi tashiydigan samolyot esa undan 5 yil keyin paydo bo’lgan. 1919 yildan boshlab esa uzoq masofaga uchuvchi yo’lovchilarga salonda ovqat berila boshlagan. 2. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har 100 kishidan 3 tasi aerofobiyadan (parvoz qilishdan qo’rqish) aziyat chekar ekan. Lekin hozirgi kunda aviatransport xizmatidan foydalanish juda ommalashib ketgan. Ular yordamida Yer yuzining istalgan nuqtasiga qisqa vaqt ichida yetib borish mumkin . Psixologlarning ta’kidlashicha, samolyotda parvoz paytida faqat yaxshi narsalar haqida o’ylash lozim. Samolyotga chiqishdan oldin valeriana tindirmasidan ichish ham yaxshi yordam beradi. Shirinlik, alkogolli ichimliklar va qahva ichish tavsiya etilmaydi, chunki, bu mahsulotlar qo’rquv hissini kuchaytirar ekan. 3. “Boing-767” rusumidagi samolyot – dunyoning 800 dan ziyod korxonasi yetkazib beradigan 3,1 million detaldan yig’ilgan “kolleksiya”dir. Samolyotga detallar esa dunyoning turli mamkatlarida tayyorlanadi. Masalan, uning fyuzelyaji – Yaponiyada, qanotlari – Kaliforniyada (AQSh), burilish moslamalari – Italiyada tayyorlanadi. 4. Frankfurt Mayndan (Germaniya) – Nyu-Yorkka parvoz qilayotgan samolyotda yo’lovchilar sichqonni ko’rib vahima ko’tardilar. Xullas, Ispaniya aeroportlaridan biriga majburiy ravishda qo’nishga to’g’ri keldi. 200ga yaqin yo’lovchini aeroport mehmonxonasiga joylashtirib
...
Читать дальше »
|
Buyuk Britaniya armiyasidan iste’foga chiqqan mayor Peddi Roy Beyts 1966 yilda o’zicha tashlab qo’yilgan Buyuk Britaniya chegara suvlaridan tashqarida joylashgan Rafs-Tauer harbiy platformasini egallab oldi va suveren Silend davlati tashkil qilganini e’lon qildi, hamda u o’zini knyaz Roy I deb e’lon qildi. Ikki yildan so’ng Britaniya hukmdorlari yosh davlatni zabt etishmoqchi bo’ldilar. Platformaga patrul katerlari yaqinlashib kelganda, knyazlar oilasi havoga ogohlantiruvchi o’q uzdilar. Ushbu ish yuzasidan Beytsga nisbatan sud jarayoni mobaynida, Beytsning Britaniya fuqaroligini inobatga olgan holda, sudya ushbu ish Britaniya yurisdiksiyasidan tashqarida deb qaror qildi. Hozirgi kunda Silend o’z bayrog’i, gerbi, konstitusiyasi, tangalari va pochta markalariga ega, lekin hyech bir boshqa davlat tomonidan tan olinmagan.
|
Big Splash ismli tibetlik qizil mastif xitoylik ko’mir baroni tomonidan judayam qimmat pulga, aniqrog’i bir yarim million dollarga sotib olindi. Big Splash yoki xitoychasiga Hong Dong o’z turining a’lo darajali vakili va o’z egasi – mashhur Lu Lyanning barcha talablariga javob beradi. Xitoyda qimmat avtomobillar va zargar buyumlar bilan bir qatorda, Tibet qizil mastiflari boylik belgisi bo’lib hisoblanadi. Bu kuchuk zoti qadimiy tarixga ega bo’lib, ko’chmanchi Xitoy qabilalari davridan mavjud.
|
Hozirgi kunda telefonni uning jiringlashisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin, uning qo’ng’irog’ini yaratish ilk telefon ixtirochisi – A.G.Bellning hayoliga kelmagan, shuning uchun u ixtiro qilgan telefondan foydalanishning yagona yo’li – qo’ng’iroqni qabul qilish va go’shakni ko’tarib qo’ng’iroqni kutish edi. Eng oddiy va kerakli telefon konstruksiyasiga o’zgarishni Bellning yordamichisi Tomas Uotson kiritdi. Telefon apparatiga qo’ng’iroq kirayotganda signal berish moslamasini o’rnatish aynan uning hayoliga kelgan va u tarixda telefon qo’ng’irog’iga javob bergan birinchi inson bo’lib qolgan.
|
Albatta tovuq. Chunki, avlod dunyoga kelishi uchun, avval ota-ona bo’lishi kerak. Ushbu savolga javob Injilda bor, yaqinda esa ilm-fan ham bu faktni isbotlashga muvaffaq bo’ldi. Tovuq tuxumchalarida Ovocleidin-17 deb nomlanadigan, oqsil moddasi ishlab chiqariladi. Kompyuter yordamida olimlar tuxum po’sti shakllanishini batafsil o’rganishdi va aynan shu oqsil ushbu jarayonda asosiy rol o’ynashini aniqladilar. Tovuq tuxumi po’sti tarkibining 90% ini kalsiy karbonati tashkil qiladi va u bir qancha mikroelementlarga boy: mis, ftor, temir, marganes, molibden, fosfor, oltingugurt, rux, kremniy va boshqalar. Biroq buning barchasini tovuq ozuqa orqali oladi. Ovocleidin-17ni esa tovuqning o’zi ishlab chiqaradi, bundan kelib chiqadiki, tuxum paydo bo’lishi uchun u judayam zarurdir. Albatta, “Oldinroq nima paydo bo’ldi?” degan savol ko’proq falsafiy va ritorikdir, lekin endi biz unga ilmiy tomonidan isbotlangan javobga egamiz.
|
Mustahkam oila – muammolarsiz emas, balki ularni hal etishga qodir oiladir. Ellik yil birga yashagan er-xotinning oltin to`yida choldan so`rashayapti: – Ota, shuncha yillik turmush davomida nahotki birormarotaba bo`lsin ajrashish fikri xayolingizga kelmagan? – Ochig`ini aytsam, kampirimni o`ldirib qo`yar darajada g`azablangan damlarim bo`lgan, lekin ajrashishni hech o`ylamaganman. Axir o`rtada farzandlar bor-ku! Ana shunaqa gaplar! Taqdirni buzib bo`lmaydi. Ba`zan eng salbiy hislarni begonalar emas, aynan atrofimizdagilar, yaqinlarimizga nisbatan tuyamiz. Nega? Chunki biz umrimizning ko`p qismini ular bilan o`tkazamiz. Yaqinlarimizga har tomonlama qattiq bog`liqmiz: sirlaridan xabardormiz, odatdagi hazillarini har kuni bir necha marotabadan eshitib, kulgimiz kelmasa-da, kulishga, ularning xurraklaridan tunlarni bedor o`tkazishga, kamchiliklariga ko`nishga (yoki ularni bartaraf etaman deb har safar chuchvarani xom sanashga) majburmiz. Xo`sh, nega chidaymiz? Gap faqat farzandlardami? Axir bir emas,bir necha farzandlar bo`lsa ham, oila rishtalarini uzganlar qancha? Aslida esa hamma gap muhabbatda! Biz tan olamizmi, yo`qmi, bundan qat`iy nazar, muhabbat yo`q ekan, hech bir oila mustahkam bo`lmaydi. Haqiqiy sevgi qanaqa bo`ladi? Muhabbat deganda biz dostonlarda kuylangan, filmlarda madh etilgan, to`ygacha ming oh bilan tilga olinib, to`ydan keyin keraksiz matohdek uloqtirilgan romantik hislarni emas, balki hayot sinovlaridan
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|