Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurg’oqchil hududida ulkan yerosti suv manbasiga duch keldilar. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qit’asining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan ta’minlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda o’z suv havzalari deyarli yo’q, daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomg’ir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish mushkul. Olimlarning fikriga qaraganda, yangi topilgan yerosti dengizining toza suvi qishloq xo’jaligini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.