Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 09
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik – Yevrosiyo. Maydoni – 54 600 000 km.kv. Geografik o`rni ancha qulay, shimolda Shimoliy Muz, sharqda Tinch, janubda Hind, g`arbda Atlantika okeanlari o`rab turadi. Materik o`zida Osiyo va Yevropa qit`alarini birlashtiradi. Shuningdek, materik bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha dunyoda «rekordsmen” yoxud «super materik” hisoblanadi. Eng kichik materik – Avstraliya. 7 659 000 km.kv. Avstraliya sharqda Tinch okeani va g`arbda esa Hind okeani bilan chegaradosh. Materikda yagona davlat Avstraliya Ittifoqi joylashgan. Eng sernam materik – Janubiy Amerika. Materikning sernam bo`lishida Atlantika okeanidagi Braziliya va Gviana iliq oqimlarining olib kiradigan yog`ingarchilik miqdori katta. Namgarchilikning ko`p saqlanib qolishining yana bir sababi materik qalin o`rmonzorlar bilan qoplanganligidadir. Eng issiq materik – Afrika. Materikka bunday nom berilishining sababi, geografik o`rniga (ekvator chizig`ida joylashganligi), havo bosimi, havo massalari, okean oqimlari va relyefiga bog`liq. Yuqoridagi unsurlarning barchasi Afrikadagi issiq iqlimining tarkib topishiga sababchi bo`lgan. Eng qurg`oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog`in yog`adi. Yog`ingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy qismiga tu
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
293
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
09.06.2017
|
|
Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismida dunyodagi eng uzun to’rli devor mavjud bo’lib, uning uzunligi 5614 kilometrga teng, lekin shosse yo’llari o’tgan joylarda uzilib davom etadi. Bu devor 1885 yilda yaylovlardagi qo’ylarni dingodan (Avstraliya yovvoyi iti) himoya qilish maqsadida qurilgan.
Asosan bu devor o’z vazifasini bajardi deyish mumkin, qo’ylarning o’limi qisqardi. Ayni paytda ushbu yaylovda qo’ylar bilan raqobatda bo’lgan kenguru va quyonlarning populyasiyasi ko’paydi. Avstraliyaning g’arbida 3253 kilometr uzunlikdagi qurilgan yana bir devor quyonlardan himoyalanish maqsadida qurilgan, bir paytlar bu quyonlar qit’aga kuchli ekologik xavf tug’dirgan.
|
Avstraliya sohillarida dunyoda eng katta qisqichbaqa topildi. Uning og’irligi 6,8 kilogramm, uzunligi 38 santimetrga teng. Ushbu dengiz jonivoriga “Tasmaniya shohona qisqichbaqasi” deb nom berildi. Mahalliy matbuotning yozishicha, Buyuk Britaniyaning “Sea life” akvariumi mazkur ulkan qisqichbaqani besh ming AQSh dollariga sotib olgan. Bu “Tasmaniya shohona qisqichbaqasi” oddiy qisqichbaqalardan o’n barobar katta.
Картинки по запросу самый большое рак
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
142
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
09.06.2017
|
|
“Tayga” so’zining kelib chiqishi turkiy tillarga borib taqaladi. Oltoyliklar tilida u “tog’lar”, “olmaxon” ma’nolarini anglatadi. Yoqutlar tilida “o’rmon” va “uzoq masofa”, mo’g’ul tilida esa “tog’lar zanjiri”, “tog’ o’rmoni” ma’nosiga ega. Boshqa turkiy tillarda ham u “tov” – “tog’” so’zi bilan bog’liq mazmunni bildiradi. Mutaxassislar shimoliy yarimshardagi ignabargli o’rmonlar hududiga “tayga” nomini bergan. Bu hududning umumiy maydoni 9 million kvadrat kilometrga yaqin. Asosan archa, oqqarag’ay, tilog’och va qarag’ay kabi ignabargli daraxtlar o’sadigan ushbu o’rmon mintaqasi Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismlarini egallagan. Картинки по запросу тайга россия Taygada kuz fasli Tayga mo’tadil namchil hududda joylashgan. Bu yerlarda ignabarg o’rmonlardan tashqari, botqoqliklar ham bor. Ular Kanada va Sibirdagi o’rmonlarda ko’p. Rossiyaning eng katta landshaft hududi taygadir. Yevropada esa Skandinaviya yarimoroli va Finlyandiya asosan shunday o’rmonlar bilan qoplangan. O’rmonlar yeriga nur kam tushgani sababli bu yerda butalar va changalzorlar yaxshi shakllanmagan. Yevropa shimolidagi taygalarda archa, Kanada va Alyaskada esa tilog’och aralash archa o’rmonlari, Ural taygalar
...
Читать дальше »
|
Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurg’oqchil hududida ulkan yerosti suv manbasiga duch keldilar. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qit’asining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan ta’minlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda o’z suv havzalari deyarli yo’q, daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomg’ir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish mushkul. Olimlarning fikriga qaraganda, yangi topilgan yerosti dengizining toza suvi qishloq xo’jaligini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin.
|
BMTning aholishunoslik bo’yicha bo’limi quyidagi ma’lumotlarni bashorat qildi, ta’kidlashlaricha shu yilning oxiriga kelib yer shari aholisining soni 7 milliard kishini tashkil qilar ekan. Statistikaga qaraganda shu sonni tashkil qiluvchi chaqaloq Osiyo davlatlarining birida tug’ilishi kutilmoqda. Muammo shundaki, qanday qilib BMT buni hisoblab chiqar ekan, chunki Yer kurrasida har soatda minglab bola tug’iladi. Lekin 12 yil avval ular buning uddasidan chiqdilar, Sarayevoda(Bosniya) tug’ilgan go’dak BMT tomonidan 6 milliardinchi inson deb tan olingandi.
|
1. 1914 yilda eng birinchi yo’lovchi tashish aviareysi amalga oshirilgan. Ichida hojatxonasi bo’lgan yo’lovchi tashiydigan samolyot esa undan 5 yil keyin paydo bo’lgan. 1919 yildan boshlab esa uzoq masofaga uchuvchi yo’lovchilarga salonda ovqat berila boshlagan. 2. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har 100 kishidan 3 tasi aerofobiyadan (parvoz qilishdan qo’rqish) aziyat chekar ekan. Lekin hozirgi kunda aviatransport xizmatidan foydalanish juda ommalashib ketgan. Ular yordamida Yer yuzining istalgan nuqtasiga qisqa vaqt ichida yetib borish mumkin . Psixologlarning ta’kidlashicha, samolyotda parvoz paytida faqat yaxshi narsalar haqida o’ylash lozim. Samolyotga chiqishdan oldin valeriana tindirmasidan ichish ham yaxshi yordam beradi. Shirinlik, alkogolli ichimliklar va qahva ichish tavsiya etilmaydi, chunki, bu mahsulotlar qo’rquv hissini kuchaytirar ekan. 3. “Boing-767” rusumidagi samolyot – dunyoning 800 dan ziyod korxonasi yetkazib beradigan 3,1 million detaldan yig’ilgan “kolleksiya”dir. Samolyotga detallar esa dunyoning turli mamkatlarida tayyorlanadi. Masalan, uning fyuzelyaji – Yaponiyada, qanotlari – Kaliforniyada (AQSh), burilish moslamalari – Italiyada tayyorlanadi. 4. Frankfurt Mayndan (Germaniya) – Nyu-Yorkka parvoz qilayotgan samolyotda yo’lovchilar sichqonni ko’rib vahima ko’tardilar. Xullas, Ispaniya aeroportlaridan biriga majburiy ravishda qo’nishga to’g’ri keldi. 200ga yaqin yo’lovchini aeroport mehmonxonasiga joylashtirib
...
Читать дальше »
|
Yoshi, millati va hududiga qaramasdan barcha ayollar uchun doimiy ravishda qarama-qarshi jins vakillari e'tiborida bo'lish istagi mavjud bo'ladi. Ayanan shu masalaga yechimida sizga ozroq yordam beramiz. ushbu maqolani o'qing va keraklicha xulosalar chiqaring. Aziz ayollar erkaklar oldida... 1. Tabassum qiling.Kayfiyatingiz bo’lmasa ham, yuzingizda soxta mayin tabassum uyg’oting, sekin u haqiqiy, quvonchga aylanganini sezasiz. Suratga tushganda tabassumingizni qizg’onmang. Tabassum sizning qiyofangizni sirli va jozibador qilib namoyon etadi. Hurmatli erkaklar tomonidan moda namoyishlari yomonlangan va yoqimsiz deb baholangan. Sababi unda kulgu yo’q, tabassum bo’lmasa joziba, latofat va mehr tuyg’alari begona… Ko'proq tabassum qiling. Erkaklar nazarida tabassum ayolning ziynati va ichki qiyofasini ochib beradi. 2. Sirli va ishonchli ko’ring. Ayollar tashqi va ichki ko’rinishlari bilan, balki mardona ishonch bilan ham erkaklar nazariga tushishadi. Ammo doim ham sirli va o’ta ishonchli ko’rinish ularni biroz sizdan bezdirib qo’yishi mumkin, yana me’yorni saqlang. Ba’zan siz o’zgartirishning iloji yuq deb hisoblaydigan narsalarni va odatlarni o’zgartirib ko’ring va atrofingizdagi insonni boricha qabul qiling. Erkaklar oldida o’ta ishonchli bo’lish ba’zida kamchilik bo’lib ko’rinadi va kichik xatolarni katta muammolarga aylantirishi mumkin. 3. Dunyoqarashingizni kengaytiring. Erkaklar ham ayollar kabi o’qimishli va dunyoqarashi keng insonlarni xushlasha
...
Читать дальше »
|
Odam nega xurrak otadi? Xurrak otishga ko'pincha burun-xalqum tuzilishidagi o'ziga xos tug'ma xususiyatlar yoki surunkali yallig'lanish kasalliklari: tumov, gaymorit, tonzillit, shuningdek burun poliplari va adenoidlar sabab bo'ladi. Bunda yumshoq tanglay va lakluk yallig'lanadi hamda bir muncha qalin tortadi, burun-halqumga kirish yo'li torayadi va unda manfiy bosim hosil bo'ladi. Uyquda og'izdan nafas olganda havo og'izdan burun-halqumga o'ta turib yumshoq tanglayni tebratadi, natijada odam xurrak otadi. Xurrak otayotgan paytda odam boshqa yonboshga ag'darilib olganda xurrak ko'pincha to'xtaydi. Xurrak otmaslik uchun quyidagi oddiy tadbirni qo'llab ko'ring: kechqurun yotishdan oldin gazlamani yostiqcha shaklida bir necha qavat qilibqattiqroq qilib buklab oling-da, ensaga qo'ying, ustidan doka bilan boshingizni qo'shib bog'lang. Shunday qilsangiz, chalqancha yotolmaysiz, yonboshlab olishga majbur bo'lasiz. Agar bu usul ham yordam bermasa, vrachga boring. Burundan normal nafas olishni tiklash uchun ba`zan operasiya qilishga to'g'ri keladi. Biroq bunda fizioterapevtik muolajalar (mexanik mikromassaj, issiqlik ta`siri) ham yaxshi yordam beradi. Ana shundan keyin yumshoq tanglay va lakluk hajmi normallashib qoladi, burundan erkin nafas ola boshlaydi va xurrakdan qutuladi.
|
Bredli Jeyms - Bradley James (Artur Pendragon)
To'liq ismi: Bredli Jeyms Grigoriy (Bradley James Gregory) KasbiI: Aktyor. Bo'yiI: 184sm Tug'ilgan vaqti: 1983-yil 11-oktyabr (tarozi burjida) 29 yoshda Tug'ilgan yurtiI: Devon, Angliya, Buyuk Britaniya. Filmlari janriI: Qisqametrajli, fantaziya, drama. Ilk filmi: 2007-yil. Oxirgi filmi: 2012-yil. Barcha filmalri: 9ta. Mashxur filmlari: Merlin
Rol ijro etgan filmlari 1. LYUIS (Serial 2007-....) Roli: Jack Roth
2.. Dis/Connected (Тv, 2008) Roli: Ben
3. Merlin (serial, 2008 – 2012) Roli: Artur Pendragon
4. Portobello 196 (2009) Roli: Jude (qisqa)
5. Tezkor qizlar (2012) Roli: Carl
|
KETI MAKGRATH (Lady Morgana)
Asl ismi: Ketrin Elizabet Makgrat (Katherine Elizabeth McGrath) Tug'ilgan vaqti: 1983-yil 24-oktabr. (chayon burjida) 29 yosh. Bo'yi: 1.71metr Kasbi: aktrisa Tug'ilgan joyi: Eshford, Uiklou IRLANDIYA Film janri: Drama, Melodrama, oilaviy Barcha filmlari: 14ta Ilk filmi: 2007 yil Sònggi filmi: 2012 yil
FILMLARI:
1. Children in Need ... Morgana (1980-....)
2. The Tudors ... Bess (serial 2007-2010)
3. Damage ... Rachel (2007, TV)
4. The Roaring Twenties ... Vixen, (, 2008)
5. Eden ... Dessie's Girlfriend (2008)
6. Freakdog ... Harriet (2008)
7. Merlin ... Morgana (serial 2008-2012)
8. The Queen ... Princess Margaret (serial 2009)
9. W.E. ... Lady Thelma (2011)
10. A Princess for Christmas ... Jules Daly (2011, TV)
11. Tríd an Stoirm ... Alice / Banshee (qisqametrajli 2012)
12. Labyrinth ... Oriane Congost (miniserial 2012)
|
Tug'ilgan vaqti: 1986-yil 1-Yanvar Tug'ilgan joyi: Sharqiy Irlandiya, Buyuk Britaniya. Kasbi: Aktyor 1-filmi: 2004-yil Film janrlari: fantaziya, oilaviy, sarguzasht Oxirgisi: 2014-yil Eng mashxur filmlari: Merlin, Kim Doktor Rol ijro etgan filmlari: 12ta film Colin Morgan 1986-yil 1- yanvarda Shimoliy Irlandiyada tug'ilgan Colin Morgan 2008-yilda MERLIN filmiga suratga tushdi Bo'yi-185sm Spirtli ichimliklar ichmaydi. Sevimli aktyorri.Shon Penn. Sevimli rangi.Yashil Sevimli fani.ingliz tili va musiqa Adib Terri Pratchett asarlarini sevib mutolaa qiladi. Juda tortinchoq Kolin Morgan xaqida 14 ta Malumotga ega bo'ldik Kolin Morgandan olgan malumotlarimiz Quyidagicha: Mening bo'yim 1,83 Cantimetr Onam Xamshira otam esa Bezatuvchi rassom, bitta akam bor ismi NIL Men agar aktyor bo'lmaganimda Jurnalist bo'lardim Taomlarga kelsak Juda ko'p taom tayorlashni bilaman yaxshigina oshpazman (Kuladi) Boyran Deb ataluvchi do'mbiramni esimni tanigandan buyon mazza qilib chalaman BAF (Britaniya qilichbozlik Akademiyasi)ningsaxna jangi bo'yicha birinchi darajali diplomim bor Juda suzishga ustaman Xitoy taomlarini, Pecheni, Bodroq, Giyoxli choylar va yeryong'oq moyini yaxshi ko'raman Olomon nichida
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|