Shanba, 21.06.2025, 12:02
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 05
Mustahkam oila – muammolarsiz emas,
balki ularni hal etishga qodir oiladir.
Ellik yil birga yashagan er-xotinning oltin to`yida choldan so`rashayapti:
– Ota, shuncha yillik turmush davomida nahotki birormarotaba bo`lsin ajrashish fikri xayolingizga kelmagan?
– Ochig`ini aytsam, kampirimni o`ldirib qo`yar darajada g`azablangan damlarim bo`lgan, lekin ajrashishni hech o`ylamaganman. Axir o`rtada farzandlar bor-ku!
Ana shunaqa gaplar! Taqdirni buzib bo`lmaydi. Ba`zan eng salbiy hislarni begonalar emas, aynan atrofimizdagilar, yaqinlarimizga nisbatan tuyamiz. Nega? Chunki biz umrimizning ko`p qismini ular bilan o`tkazamiz. Yaqinlarimizga har tomonlama qattiq bog`liqmiz: sirlaridan xabardormiz, odatdagi hazillarini har kuni bir necha marotabadan eshitib, kulgimiz kelmasa-da, kulishga, ularning xurraklaridan tunlarni bedor o`tkazishga, kamchiliklariga ko`nishga (yoki ularni bartaraf etaman deb har safar chuchvarani xom sanashga) majburmiz. Xo`sh, nega chidaymiz? Gap faqat farzandlardami? Axir bir emas,bir necha farzandlar bo`lsa ham, oila rishtalarini uzganlar qancha? Aslida esa hamma gap muhabbatda! Biz tan olamizmi, yo`qmi, bundan qat`iy nazar, muhabbat yo`q ekan, hech bir oila mustahkam bo`lmaydi.
Haqiqiy sevgi qanaqa bo`ladi?

Muhabbat deganda biz dostonlarda kuylangan, filmlarda madh etilgan, to`ygacha ming oh bilan tilga olinib, to`ydan keyin keraksiz matohdek uloqtirilgan romantik hislarni emas, balki hayot sinovlaridan ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 261 | Добавил: OtasH | Дата: 05.06.2017 | Комментарии (0)

Go`zal, oqila, ishda, ilmda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, fe`li ham ajoyib, ammo… yolg`iz! Sizning tanishlaringiz orasida ham shunday qizlar bordir? Xo`sh, u nega shu paytgacha yolg`iz, nega baxti hech ochilmaydi? Siz kelin qilish umidida qiz qidirganlarga uning manzilini berasiz, yaxshi yigitlar bilan tanishtirib qo`yasiz, biroq bari befoyda. U negadir nomzodlarni o`zidan nari itarayotgandek yoki nimasi bilandir cho`chitayotgandek. Xo`sh, muammo nimada? Ruhshunoslar fikricha, bunday qizlar bir necha toifaga bo`linar ekan.

1-toifa: QIROLIChA


Shohsanam bir qarashda kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Chiroyli, ochiqko`ngil, kirishimli, quvnoq va bama`ni qiz. Bundan tashqari, havas qilsa arzigulik kelin bo`lishi mumkin: mashinasi, kvartirasi bor, oliy ma`lumotli, yaxshi ishda ishlaydi, ziyoli oilada tarbiya topgan. Shunga qaramay, yoshi 28 ga chiqsa hamki hamon oila qurmagan. Hatto shu paytgacha birovdan sevgi izhori ham eshitmagan ekan. Umuman olganda, Shohsanamning o`zi uncha-muncha yigitni nazariga ilmasligi hech kimga sir emas. U bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yadigan shartlarni eshitib, nega yigitlar bu qizdan bir chaqirim narida yurishlarini tushunsa bo`ladi. Ya`ni bo`lajak kuyov ichmasin, chekmasin, yaxshi pul topsin, uni qattiq sevsin va Shohsanamdan har tomonlama «bir kalla baland bo`lsin» emish. Bordiyu talabgor yigit bu talablardan birontasiga ozgina bo`lsa-da javob bermaslikka jur`at etsa, mag`rur qirolichamiz qoshlarini chimirib ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 398 | Добавил: OtasH | Дата: 05.06.2017 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |