Shanba, 21.06.2025, 12:09
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 10
Har bir ayol o`z turmush o`rtog`ini juda yaxshi bilaman, deb o`ylaydi. Aslida ham shundaymikan?.. Axir har bir insonning u erkak yoki ayol bo`lsin, har birimizning o`zimizga xos, yashirin xislatlarimiz bo`ladi. Agar turmush o`rtog`ingizning ana shunday ochilmagan qirralari haqida bilishni istasangiz, uning qanday uxlashiga bir nazar soling.

Ko`pchilik ayollar erlarining xurrak otishidan nolishadi. Garchi bunday erkaklar kunduzi mehribon, e`tiborli bo`lishsa-da, xurrak baribir ayollarni asabiga tegadi. Xurrak fiziologik jarayon, ammo erkak kishi buni tuzatishni istamasa, yoki tan olmasa, demak u xudbin.

Agar erkak kishi bola yig`isini eshitib, narigi yonboshga chappa qarab olsa, demak, u oilaviy muammolardan xoli bo`lgisi kelyapti. Farzandlar tug`ilishi odatda oila boshlig`idan katta mas`uliyat talab qiladi. Ko`pchiligi otalik hissini chuqur his qilib, bunga mas`uliyat bilan yondashadilar. Ammo ba`zilar bu rolga tayyor emasliklarini sezib qolishadi.

Agar turmush o`rtog`ingiz doim uxlash lozim bo`lmagan joylarda, ishdami, ko`chada o`rindiqdami uxlab qolaversa, u tashqi tomondan yaxshi oilaparvar, mas`uliyatli ishchi bo`lib ko`rinishi mumkin. Ammo qalbining tub-tubida u bularning bariga qo`l siltab qo`ya qoladi va xayolida boshqa joylarda uchib yuradi.

Yuqoridagi uyquchilarni metro yo bo`lmasam avtobuslarda mizg`ib oladiganlar bilan adashtirmang. Agar turmush o`rtog`ingiz avtobusda mizg`ib, hatto o`z bekatidan o`tib ket ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 104 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Ideal munosabatlarda biz juftimizga faqat bizdagi yaxshi tomonlarni ko`rish imkonini beramiz, real hayotda esa ular bizlarning “qora” tomonlarimizdan xabardor bo`lishlariga to`g`ri keladi. Biroq ayrim ayollar o`zlarini o`ta mehribon, ayrimlar o`ta ehtirosli yoki muammolarga to`lib toshgan qilib ko`rsatishadi. Quyida e`tiboringizga erkaklar orqa-oldiga qaramay qochadigan toifadagi ayollarni taqdim etamiz.




MAKKORA

Makkora ayol erkak kishiga nima qilishni o`rgatib, doim munosabatlarni nazorat qilishga urunadi. U o`zini huddi muammolarni echa oladigan qilib ko`rsatadi va doimiy ravishda erkakning har bir harakatini nazorat qiladi.



OYIJON

«Oyijon» doim juftiga enagalik qiladi. U doim undan havotirda, g`amxo`r, nima kiyishni o`rgatadi, ishxonada nima egani bilan qiziqadi, uyqudan oldin peshonasidan o`pib qo`yadi.

Siz uchun bu me`yordir, ammo aslida unday emas. «Oyijon» juftining barcha shodlik, g`am, parvoz va muvafaqqiyatsizliklarini o`ziniki deb qabul qiladi. Bu erkakning joniga tegishi va u bunday munosabatlardan voz kechishi aniq.



O`TA EHTIROSLI

«O`ta ehtirosli» ayol erkaklarni o`z domiga jinsiy munosabatlar bilan tortib, shu yo`l bilan ularni nazorat qiladi. U erkak kishi u istagan narsani qilishi uchun barchasini qiladi. Ammo bu holat erkakdagi norozilik kayfiyatini uyg`otishi mumkin.



MUAMMOLI AYOL
... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 125 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Ayol kishi erkakka tog` deb suyanadi, bog` deb ishonadi. Ayolni sevadigan, uni himoya qiladigan, ro`zg`or yukining og`ir tomonini elkasiga oladigan, bolalarini parvarishlab avaylaydigan va umr yo`ldoshiga faqat sevikli yor emas, o`rni kelganda ota, yaqin do`st sifatida elka tutib beradigan inson har qanday ojizaning orzusi. Umuman, ideal erkak bu. Lekin hayotda hammasi boshqacha bo`ladi. Erkaklar va muammolar masalasini ko`tarishimizga aynan ana shu «boshqacha» vaziyatlar sabab bo`ldi.

Avvalo, boshidanoq aniqlashtirib qo`yaylik. Hamma erkaklar ham muammodan qochavermaydi. Bu borada ularni bir necha turga ajratish mumkin:


a) muammoni echadigan;

b) muammodan qochadigan;

v) faqat muammo yuzaga keltiradigan;

g) yo`q joydan muammo o`ylab topib, uni o`zi echib, qahramon bo`lishga intiladigan. Sanayversang, yana turlari ko`payaveradi. Ammo asosiylari hozircha shu. Har bir turning o`zini oqlaydigan va yoqlaydigan dalillari ko`p. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

Muammoni echadigan erkak

«Birovning senga ishi tushsa, hal qilib bersang, sendan minnatdor bo`lsa. Yoki hayot oldinga qo`ygan qiyin bir muammoni echsang. Bu xuddi maktabda matematikadan qiyin bir masalani bir necha kun urinib echganingek gap. O`shanda qanaqa lazzat olasan? Men odamlarga yordam bersam, biron echilmas muammoga echim topsam, o`zimni Kenja botirdek his etaman. Muammo qanchalik murakkab bo`lsa, sh ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 246 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Qon aylanishining buzilishi – qo‘llarning sovuq holatga olib keluvchi eng ko‘p tarqalgan alomat.

Qo‘l uchlari xattoki iliq havoda ham muzlab qoladimi? Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: harakatsizlik natijasida qo‘llar qavarishidan tortib jiddiy patologiyagacha. Bu holda zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak.

Fiziologik sabablar

Agar qo‘llaringizni uchi doim muzlab qolsa, sabab o‘z fiziologiya xususiyatingizda bo‘lishi mumkin. Odatda, barmoqlar muzlashining quyidagi sabablari mavjud:

– Qon aylanishining ishdan chiqishi. Bu qo‘llar sovuq qotishining eng ommalashgan sabablaridan biridir. Shunday insonlar borki, ular tug‘ilganidan qon tugallangan tana a’zolariga juda sekin yetib boradi va natijada doim muzlab qoladi. Shu bilan birga yomon qon aylanishi ba’zi kasalliklarga ham aloqador bo‘lishi mumkin: xolesterin ortishi, yurak kasalligi va boshqalar.

– Qon bosimining tushib ketishi. Agar siz gipotonik bo‘lsangiz, u holda barmoqlaringiz muzlashiga ko‘nikishingizga to‘g‘ri keladi. Qo‘lingizni issiq tuting, qish kunlari albatta, qo‘lqoplar taqib yuring. Agar qon bosimi biron bir kasallik ortidan paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda asosiy kasallikni davolash lozim.

– Stresslar. Inson salomatligida stressni qanchalik salbiy oqibatlarga olib kelishini unutmaslik kerak. Agar biz tushkunlikka tushib qolsak, qon adrenalin garmonini ko‘proq chiqara boshlaydi. Shundan so‘ng qo‘llar muzlay boshlaydi. Stress ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 268 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Amerikalik biologlar muzlatgichda saqlangan pomidorlar nima uchun ta’mini yo‘qotishi sababini aniqladilar. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi, deb yozadiKun.uz.

Florida universiteti professori Garri Kli boshchiligidagi olimlar guruhi 25 mingdan ko‘proq pomidor genining sovuq sharoitdagi holatini o‘rgandilar. Sovitish pomidor uchun jiddiy stress bo‘lib, u undagi yuzlab genlarning faoliyatiga putur yetkazadi, ulardan ba’zilari uchuvchan kimyoviy birikmalarning sintezi uchun javobgar hisoblanadi. Bu birikmalar pomidorning ta’mi va hidini to‘yingarroq qiladi. Ko‘plab enzimlar pomidor muzlatgichdan xona haroratidagi sharoitga olinganda ham tiklanmaydi.

Keyingi tahlil sovitish DNK metillashishi mexanizmida o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Metillashish genlarni uzoq vaqtga «o‘chirish» yoki «yoqish»ga imkon berishi sababli sovitishda hosil bo‘lgan buzilishlar pomidorning ta’m va hid sifatlariga uzoq muddatli effekt ko‘rsatishi mumkin
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 77 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Ko‘pchilik parhezlar uglevodlarni (bunga non ham kiradi) cheklashga asoslangan. Haqiqatan ham shirin kulcha va oq nonlar vaznni oshirishga yordam beradi. Lekin qora va javdari nondan butunlay voz kechish yaramaydi. Buning sabablari bilan tanishing.

Kletchatkalarga boy

Organizmga ko‘pincha, ayniqsa qishda kletchatkalar yetishmaydi. Kletchatka organizmda vaznni nazorat qilib turuvchi to‘qlik hissini uyg‘otadi. Bir bo‘lak qora non tarkibida uch grammgacha kletchatka mavjud.

Yurak uchun foydali

Non tarkibida qondagi insulin miqdorini va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi B guruhiga mansub bo‘lgan ko‘plab vitaminlar bor.

Vitaminlar

Non tarkibidagi tiamin, riboflavin, niatsin tanaga uglevodlarni parchalashda va energiyaga aylantirishda yordam beradi. B6 vitamini asab tizimi faoliyatiga, foli kislotasi esa organizmning tiklash faoliyatiga yordam beradi.

Energiyani oshiradi

Meva va sabzavotlar kabi qora non ham murakkab uglevodlarga kiradi. U ancha vaqtda hazm bo‘ladi va qondagi qand miqdorini ushlab turadi.

Temir moddasiga boy

Temir qon hujayralariga kislorod yetkazish jarayonining bevosita ishtirokchisi hisoblanadi. Bu elementning yetishmasligi oqibatida anemiya, charchoqlik va nafas qisish kasalliklari kelib chiqadi.

Kaloriyasi katta emas

Sendvich bilan nonushta qilishdan unchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, chunki k ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 120 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Aytishlaricha, haqiqiy atir uzoq vaqtlar davomida ko‘plab kishilarning og‘ir mehnatlari evaziga yaratilgani uchun arzon bo‘lishi mumkin emas ekan.

Lekin shunday atirlar borki, baholari aqlga sig‘mas darajada yuqori. Shunday qilib, dunyodagi eng qimmat atirlar bilan tanishing.

5-o‘rin: Clive Christian No.1

Mashhur britanoyalik dizayner Klayv Kristian tomonidan yaratilgan atir uch karat javohir bilan bezatilgan ajoyib billur idishi bilan ajralib turadi. Har yili bu kamyob atirdan 1000 nusxa ishlab chiqariladi. 30 ml miqdordagi bu atirning bahosi 5500 dollarni tashkil qiladi.

4-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume

Londondagi Floris uyi qirolicha Yelizaveta II ning javohir yubileyi sharafiga o‘ziga xos atir chiqardi. Atir har biri 20-asr boshlarida yaratilgan va javohir bilan bezatilgan 18 karatli tilla zanjirli 6 ta noyob shishalarga solingan. Bu atirning narxi 23 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

3-o‘rin: Guerlain Idylle Baccarat — Lux Edition

Bunday atir uchun Ora Ito kompaniyasi ko‘z yoshi shaklidagi noyob tillaga o‘ralgan billur idish ishlab chiqardi. Atir solingan bu idishning narxi 40 ming AQSh dollaridan iborat.

2-o‘rin: Clive Christian Imperial Majesty

Noyob parfyumeriya aralashmasi yuqori sifatli tog‘ billuridan yasalgan idishlarga solingan. Shishaning bo‘yniga 18 karatli tilla folьga yopishtirilgan va qopqog‘i 5 karatli javohirdan yasalgan. Bu atir ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 149 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Ko‘pchiligimiz tong-la turib issiq qahva ichishga odatlanganmiz. Ba’zan ishlab charchasak ham darhol qahva damlab ichamiz va darrov tetiklashib, yana ishga sho‘ng‘ib ketamiz. Xo‘sh, bizni bir zumda tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan qahva haqida nimalarni bilamiz?

Neyropsixologlar tetiklantiruvchi alkogolsiz ichimliklarning miyaga ta’sirini tekshirishganda, shakar solingan qahva foydali ekanligi ma’lum bo‘ldi. Magnit-rezonansli tomografiya (MRT) yordamida muntazam qahva ichuvchilarda miyaning operativ xotira va diqqat-e’tibor uchun mas’ul hududlarida neyronlar faollashganligi kuzatilgan.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, kofein va glyukozaning birlashishi aqliy qobiliyatni yaxshilaydi, insonning tetiklanishi va katta hajmli ma’lumotlarni eslab qolishida yordamlashadi. Shakarsiz qahva esa bunday samara bermaydi, faqat tetiklashtiradi, xolos. Albatta, har kim ta’biga ko‘ra iste’mol qiladi. Kimgadir shakarli qahva ma’qul kelsa, kimdir achchiq qora qahva ichib rohatlanadi.

Foydasi

Qahva madorsizlikda, nafas qisishida, bosh og‘rig‘ida, qon bosimi pasayganida tomirlar faoliyatini yaxshilaydi. Nafas yo‘llari mushaklarini bo‘shashtiradi, astmada nafasi qisgan bemorning ahvolini yengillashtiradi. Yog‘lar parchalanishiga va “yaxshi” xolesterin ishlab chiqarilishiga yordamlashadi, qon tarkibidagi “yomon” xolesterin miqdorini pasaytiradi. Qahva tarkibidagi metilpiridin moddasi organizmning o‘smalarga qarshi kurashish qobiliyat ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 274 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

1. Sevgan kishingizga qaraganingizda qorachig`lar 45 % ga kattalashadi.
2. Dunyodagi xech bir odam ko`zlarini ochib aksirolmaydi.
3. Inson ko`zlarining hajmi tug`ilganida qanday bo`lsa, umri davomida o`zgarmay qoladi. Quloq va burun esa, aksincha, o`sishdan bir lahza ham to`xtamaydi.
4. Kosmonavtlar fazoga chiqqanlarida yig`lay olmaydilar. Gravitasiya tufayli ko`z yoshlar mayda pufakchaga aylanib, ko`zni achishtiradi.
5. Go`dak to ikki haftalik bo`lmaguncha ko`zidan zarracha yosh chiqmaydi.
6. Har bir ko`zda 107 milliondan ortiq hujayra bo`lib, ularning bari yorug`likni sezadi.
7. Ayollar erkaklarning ko`ziga qarab, ularning asl maqsadini aniqlab olishlari uchun 8 soniya kifoya qiladi.
8. Go`daklar 38 santimetr uzoqlikdagi narsalarnigina ko`ra oladilar. Buni qarangki, ona o`z farzandini emizayotganda uning yuzi boladan taxminin shuncha masofada bo`larkan.
9. Ko`zga biror narsa tushganida, yig`layotganda, yoki esnaganda ko`zyoshining tarkibi o`zgarib turadi.
10. Turli infeksiya va viruslar xuddi burun va og`izdan kirgani kabi ko`z orqali ham organizmga tushishi mumkin.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 105 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

1. Ushbu meva S vitaminiga boy. O`rtacha kattalikdagi kivi tarkibida 92,7 mg. askorbin kislotasi mavjud. S vitamini kuchli antioksidant bo`lib, organizmni tez toliqib qolishdan asraydi, immunitetni oshiradi, yallig`lanish va miyaga qon quyilishi xavfini kamaytiradi.
2. Kivi tarkibidagi V guruhi vitaminlari, ayniqsa, V1 va V2 asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir etib, jahlni jilovlashga yordam beradi.
3. Kivi iste`mol qilish kamqonlikning oldini olib, og`iz va ko`z shilliq pardalarini himoyalaydi. Bunga sabab tarkibidagi foliy kislotasidir. Homiladorlikka tayyorgarlik va homiladorlik davrida ayollarga kivi eyish tavsiya etiladi.
4. Sog`lom odam kuniga 3-4 gr. miqdorda kaliy moddasini qabul qilish kerak. 1 ta kivi esa o`zida 3 gr. kaliy moddasini jamlagan. Bu yurak-qon tomirlari faoliyati uchun foydali bo`lib, gipertoniya, uyquchilik, shishlar va mushaklar bilan bog`liq kasalliklar kuzatilganda foydali.
5. 100 gr. kivi bir kunlik magniyga bo`lgan ehtiyojingizni 50 foizga qondiradi. Havo ta`siridagi organizmdagi o`zgarishlar, tutqanoq, asabiylik holatlarida ayni muddao.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 95 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Qatronli sovun tarkibining 10 foizini qayin daraxtidan olingan qatron tashkil etadi. Ayni shu qatron tufayli bu sovun – «go‘zallik sovuni» degan nomga sazovor bo‘lgan.

Qatronli sovun yuz terisini tozalashda va yallig‘lanishni quritishda ishlatiladi. U yuz terisidagi husnbuzarlarga qarshi kurashishda, dezinfeksiya qilishda va teri yallig‘lanishiga tez barham berishda tengi yo‘q vosita hisoblanadi.

Qatronli sovundan muntazam ravishda foydalanish natijasida yuz terisi quruq bo‘lib va tortishib qolgandek sezilishi mumkin. Bu muammoni yuvingandan so‘ng namlovchi krem surish orqali bartaraf etsangiz bo‘ladi.

Sovun bilan yuvinishda iliq suvdan, chayqashda esa sovuq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Qatronli sovun nimjon va shikastlangan sochlar uchun juda foydali. 1 haftada 1-2 marta shampunь o‘rnida ishlatish – soch to‘kilishining oldini olishga va soch ildizini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, bu sovun qazg‘oqqa qarshi kurashishda ham foydali vosita hisoblanadi.

Qatronli sovunning faqat bir xususiyati sizga yoqmasligi mumkin. Bu – uning hidi. Bu muammoni 1—2 tomchi efir yog‘i qo‘shilgan chayqaydigan balьzamdan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etsa ham bo‘ladi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 144 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Unda asosan boshqa to’ylardan farqli erkaklar qatnashmaydi. Beshik to’yi kuni qizning onasi qarindoshlari, qo’ni-qo’shnilarini olib, yasatilgan beshikni qudanikiga olib boradi va kirilayotganda alla aytiladi.

Ayrim taxminlarga ko’ra alla so’zi «Olloh» so’zidan kelib chiqib yaratgandan chaqaloqni o’z panohida saqlashni iltijo qilishga nisbatdur. Alla shunday bir qo’shiqki uni hech zamonda, hech bir shoir yozolmagan, baxshilar to’qib chiqarolmagan. Uni har bir yurak o’zicha kuylaydi. Alla farzand tarbiyasi uchun bitilgan shoh asardir!
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 145 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Dunyo tarixidagi eng yirik kemaning cho`kishi 100 yil o`tib ham odamlarga tinchlik bermayapti. Superzamonaviy, barcha zaruriy narsalar bilan jihozlangan “Titanik” nomli kema qanday qilib aysberg bilan to`qnashgani bois cho`kishi mumkin edi?

Aniqlanishicha, kemaning halokatiga muz bilan to`qnashib ketishidan boshqa omillar ham sabab bo`lgan. Mana ularning ayrimlari.

“TITANIK”NING YoQILG`I BO`LMASIDA YoNG`IN ChIQQAN

30 yil davomida kema cho`kishi tarixini o`rganayotgan britaniyalik jurnalist Shenon Moloni (Senan Molony) suratlarni o`rganib, aynan yong`in sabab kema cho`kkan degan xulosaga kelgan.

Yong`in layner safarga chiqishidan oldin boshlangan, uni bir necha hafta davomida o`chirishga harakat qilishgan. Jurnalist yong`in haqida kema egalari bilgani, ammo buni yo`lovchilardan yashirishganligini ma`lum qilgan.

Kema qoplamasi ushbu joyda 1 000 °S haroratgacha qizib ketgan, “Titanik” aysberg bilan to`qnashganda po`lat bunga dosh berolmagan — katta yoriq yuzaga kelgan. Ekspertlar bunday qizishda po`lat sinuvchan bo`lib qolib, 75 % qattiqligini yo`qotishini tasdiqlashgan.

DURBINLAR TURGAN XONA QULFLANIB, KALIT QURUQLIKDA QOLIB KETGAN
... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 184 | Добавил: OtasH | Дата: 10.06.2017 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |