Payshanba, 17.07.2025, 05:41
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 12
Bugungi kunda bo‘yi uch metrga yetadigan darozlar deyarli uchramaydi. Ammo, qadimda bahaybat insonlar juda ko‘p bo‘lgan. Bu haqda dunyo xalqlari orasida ham turli rivoyatu afsonalar yuradi. Qadimgi grek manbalarida devqomat Orest haqida alohida so‘z boradi. Aytishlaricha, dafn oldidan uning o‘lchamlari olingan. O‘shanda Orestning bo‘yi uch metrdan oshiqligi, o‘zi esa nihoyatda go‘shtdor bo‘lgani qayd etiladi.



Qolaversa, imperator Avgust davrida ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan. Sallyustiya bog‘ida ter to‘kayotgan qullar qoya ichida ikkita ulkan daxma borligini, kimdir ularni atayin yashirib qo‘yganini payqab qolishadi. Qabrlar ko‘zdan kechirilgach, u yerda bir zamonlar ana shu bog‘ni jon-jahdi bilan qo‘riqlagan Skundilla va Pozio ismli darozlar manguga qo‘nim topgani ma’lum bo‘ladi. Ularning bo‘yi salkam 3 metr bo‘lib, ko‘rinishdan qo‘pol va qo‘rqinchli bo‘lgan emish. Shundanmi uchiga chiqqan o‘g‘rilar ham bog‘ga kirishga jur’at etolmagan. Hatto, bog‘ qorovullari vafot etgach ham bu yerga hech kim yaqin yo‘lamagan ekan.

Shu kunga qadar dunyoning birorta go‘shasi yo‘qki, u yerda bo‘ydor odam qoldiqlari topilmagan bo‘lsa. Masalan, 1950-yili Turkiyaning janubi-sharqida ana shunday insonning tos suyagi, Shenin (Tunis) hu ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 230 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Bugungi kunda Xitoy ishlab chiqarish, qayta ishlash, u yoki bu mahsulotning sun’iy nusxasini yaratish borasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri sanaladi.

Odatda xitoylik olimlar ishlab chiqarish sirlarini hyech kimga oshkor qilishmaydi. Qayta ishlab chiqarish va sun’iy ishlab chiqarish sirlari haqida-ku, aytmasa ham bo’ladi.

Hozirda xitoylik olimlar sun’iy ravishda hosil qilayotgan oziq-ovqatlar mavzusi tobora ommalashib bormoqda. Chunki bunday oziq-ovqat mahsulotlari ko’rinishi jihatidan haqiqiysidan farq qilmasa-da, organizmga bo’lgan salbiy ta’siri juda xavfli. Bugungi kungacha, kartondan yasalgan bulochka, kimyoviy tovuq, kimyoviy lag’mon, sun’iy go’shtlar aynan xitoyliklar tomonidan o’ylab topilgan va dunyo bo’ylab savdoga chiqarilgan.

Bugun e’tiborinigizni xitoylik “olimlar” yaratayotgan sun’iy tuxumlarga qaratmoqchimiz. Sun’iy tuxumlar juda mustahkam, ular uncha-muncha og’irlikni ko’tara oladi. Oddiy tuxum esa…

Oddiy tuxum

Tovuq tuxumi tarkibida yog’, oqsil, glyukoza, uglevodlar, mineral moddalar, ko’plab foydali fermentlar, shuningdek, A, Ye, D, B vitaminlari bor. Tarkibidagi xolesterin esa ham foydali, ham zararli.

Sun’iy tuxum

Sun’iy tuxum esa sanab o’tilgan ana shu vitamin va mineral moddalardan holi. Boshqacha qilib aytganda, uning tarkibida hyech qanday foydali narsa yo’q. Tuxum po’stlog’i, “nozik” bo’lishi uchun gips, kalsiy va parafindan yasalgan.
... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 253 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Tabib ilon (Elaphe longissima) — suvilonsimonlar oilasi turi. Bo’yi 2 m gacha. Kichkina boshi bo’ynidan bir oz ajralib turadi, dumi uzun. Terisi sirtdan silliqtangachalar bilan qoplangan.



Ba’zan tanasining orqa tomoni va boshining usti sarg’ishkulrang, qoramtir yoki qora bo’ladi. O’rmon va butazorlarda yashaydi. Urg’ochisi tuproqqa 5—8 ta tuxum qo’yadi. Kemiruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi. G’arbiy Yevropaning jan. qismida, Ukrainaning janubiy g’arbida, Kichik Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Eronda tarkalgan. Qadimgi yunonlar va rimliklarning tibbiy emblemasida tabiblik xudosi — Eskulap qo’liga ilon o’ralgan aso tutqazilgan. Eronliklar esa unga Tabib ilon deb nom berishgan.

Категория: Turfa olam | Просмотров: 219 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Ma’lumotlarga ko’ra, yer yuzida 6809 ta til bor. Bu tillarga egalik qiluvchilarning aksariyati Afrika va Osiyoda.

•Tillarning ayrimlari rivojlanib, so’zlashuvchilari soni ko’payib boryapti. Ayrimlari esa yo’qolib ketish xavfi ostida.

•Til yashab qolishi uchun unda so’zlashuvchilar soni kamida 100 ming kishi bo’lishi kerak. Hozir 400 ga yaqin til yo’qolib borayotgan tillar safiga kiritilgan.

•Tillar o’lishining asosiy sabablaridan biri unda so’zlashuvchilarning notekis taqsimlanganidir. Yer yuzi aholisining 80 foizi 80 ta tilda so’zlashadi. 3500 ta tildan esa sayyora aholisining 0,2 foizigina foydalanadi, xolos.

•Hozir 46 ta tilda faqat bir kishigina so’zlashadi. Agar bu tillar boshqalarga o’rgatilmasa, ular o’tmish bo’lib qolishi turgan gap. Shuningdek, uch-to’rt kishigina biladigan tillar ham talaygina. 200 ga yaqin tilning esa 10 nafardan so’zlashuvchisi bor.

•Afrika qit’asida jami 1000 dan ortiq tilda so’zlashiladi.

•Papua-Gvineyada 700 dan ko’proq til amal qiladi. Ularning qay birini davlat tili sifatida belgilash ancha vaqt bahs-munozaralarga sabab bo’lgan. Shu sababli konstitusiyada davlat tili yo’qligi belgilangan. Ish yuritishda ingliz tili va uning mahalliy lahjasi – pijin-inglishdan foydalaniladi.

•Xitoy tilining mandarin lahjasi eng ko’p so’zlashuvchiga ega – unda 885 milliondan ortiq kishi gaplashadi. Bu borada ikkinchi o’rinni ispan (332 million), uchinchi o’rinni ingliz (3 ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 310 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Ko'pchilik Fleshka yoki Chipdagi ma'lumotlarini saqlash maqsadida uni himoyalash uchun unga parol o'rnatadi. Lekin shunday holat ro'y beradiki, ba'zida o'sha parolni unutib qo'yishimiz tabiiy hol. Parolni qanday yo'q qilishimiz mumkin. Buni sizlarga o'zim o'rgataman. Fleshka (Chip)ning o'zida biror muammo bo'lmay, faqat parollangan bo'lsa ochish mumkin. Boshqa sabab, ya'ni Fleshka yaxshimasligidan bo'lsa, fleshkani tashlab yuborgan maqul. Parolni ochish uchun bizga oddiygina Nokia smartfoni kerak bo'ladi. (masalan: Nokia C5-00, E51, E52, 6120, 6110, 6220 va yana shunga o'xshash klaviaturali smartfon). Parollangan fleshkani smartfonga solamiz. OS 9.2 sistemalarda alohida карта памяти ilovasi mavjud. Shu yerdan kirsa ham bo'ladi. OS 9.3 sistemalarda esa Диспетчер файлов ilovasidan Карта памятиga tushasiz. Har ikki sistema holatida men aytgan joyga kirasiz. - Функции bosasiz - Функция карта памяти ga kirasiz - Форматировать ga bosasiz. Hullas fleshka Форматировать qilingandan so'ng, yana ishlay boshlaydi. Smartfonning afzalligi Форматировать vaqtida umuman parolni kiritishni so'ramaydi. Nokia S40 telefonlarida esa Форматировать vaqtida parolni kiritishni so'raydi. Hullas shunday qilib Fleshkangiz yana ishlayveradi. Eslatma: Fleshka (Chip) Форматировать qilinganidan so'ng ichida hech qanday ma'lumot qolmaydi. Kerakli zarur ma'lumotlaringizni qaytarish kerak bo'lsa, kompyuterda Recover My Files dasturi orqali qaytarishingiz mumkin. Lekin 100% emas!
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 170 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Hammamiz bilamizki android telefonida graficheski blokirovka mavjud. Bunday qulflash biz uchun albatta yaxshi, lekin yomon tomoni bu qulflash usuli bir necha bor noto'g'ri terilsa, telefon butunlay qulflanib qoladi.
1-Qonun: Eng asosiysi qulflanadigan stilni unutmaslik. Eng avvalo graficheski bloklashni o'zingiz qo'yishni bilmasangiz, biror tanishingiz qo'yib berayotganda uni eslab qolishingiz kerak.
2-Qonun: Graficheskiy bloklash kodini bir necha bor terib telefonni qulflab qo'yganingizdan so'ng, unga qo'yilgan Pin-kod ya'ni parolni so'raydi. Bu parol telefonga graficheskiy bloklashni o'rnatayotganingizda qo'yiladi. Buning sababi telefonni ikkinchi marotaba bloklanishdan olib chiqish uchun. Bu kod raqamli kod hisoblanadi. Raqamlarni soddaroq yoki o'zingizni esingizda qoladigan qilib terishingiz kerak.
3-Qoida: Bu qoida esa eng oxirgi imkoniyat hisoblanadi. Telefoningizni graficheskiy bloklab, undan so'ng Pin-kod parolni ham noto'g'ri terib, telefonni umuman ishlashidan to'xtatilgandan so'ng ish beradi. Bu imkoniyat Google (Gmail) akkauntingiz logini va paroli hisoblanadi.

Masalan: Login: otabek1992@gmail.com Parol: 1234567890 Hullas shunga o'xshash. Tepada yozgan login parolim shunchaki izoh. Bu akkaunt aslida ishlamaydi. Sizning ham telefoningizga shunday akkaunt kiritilgan bo'lishi tabiiy. Oxirgi imkoniyatda akkauntingizni login va parolini so'raydi. Agar akkauntingiz logini va paroli esingizda qolgan bo'lsa uni kiriting va telefoningizni ... Читать дальше »
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 125 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Ushbu mavzuyimizda biz sizlarga android telefoningizda qanday qilib ekrandagi holatni rasmga olishni o'rgatamiz. Hozir biz sizga o'rgatadigan usulimiz Android tizimidagi Samsung telefonlari uchun. Birinchi yoqib o'chiruvchi klavish "Power" ni bosamiz va tezda telefonimiz o'rtasidagi "Home" klavishini bosamiz. 2 sekund ichida telefoningiz menyuni qaysi qismida bo'lishidan qat'iy nazar "Rasmga oladi." Unutmang:"Power" klavishi bosilishiga "Home" klavishini tez bosing. So'ng ikki sekund rasmga olish tovushi chiqqunicha ushlab turing!
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 133 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Smartfonimiz, hozirgi kunda eng "kerakli" narsamiz. Agar unga suv tushib ketsa, undan ayrilishimiz aniq. Ammo, bir qancha choralarni ko'rish mumkin! Bugun saytimizdada smartfonimizni suvdan qanday tozalash bo'yicha maslahatlar beramiz, marhamat! Batareyani olib qo'ying yoki smartfonni o'chiring Eng birinchi qilinishi kerak bo'lgan ish — smartfonni energiya bilan ta'minlovchi har qanday manbadan uzib tashlash. Suvning o'zi smartfonga zarar keltirmaydi, ammo suv kirishi natijasida sodir bo'ladigan qisqa tutashuv uning mikrosxemasiga zarar keltirishi va telefonni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Agar smartfonning batareyasini olish imkoni bo'lsa, birinchi bo'lib uni sug'urib tashlang. Mabodo bunday imkoniyat bo'lmasa apparatni batamom o'chirib tashlang. Barcha qismlarini yechib oling Smartfonning barcha qismlarini yechishga to'g'ri keladi. Undan SIM-kartani, xotira kartasini, agar imkoni bo'lsa matritsa platasini ham yechib oling. Shleyflarni ulangan yeridan uzib tashlang. Quriting Telefon ichiga kirgan suyuqlik yopishqoq (masalan, shirin choy, gazli ichimlik, kefir kabi) yoki yog'li bo'lsa (masalan, sho'rva, yog' bo'lsa) avvalo, uni suv bilan yuvib tashlash lozim bo'ladi. Quritish jarayonini ikki xil usulda amalga oshirsa bo'ladi. Birinchi usul: uni quritishda changyutgichdan foydalaning. Ammo fendan emas. Chunki fen smartfonning sezgi kuchli qismlariga, masalan dinamikasiga, mikrafoniga va ekraniga zarar keltiradi. To'planib qolgan suv to'kib tashlanadi va changyutgichda 5- ... Читать дальше »
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 299 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Ko'pchiligimiz Nokia S40, Sony Ericsson, Samsung va shunga o'xshash Java qo'llaydigan telefonlar ishlatamiz. Nima uchun bu rusumdagi telefonlar Android va Symbian smartfonlari kabi menyuni boshqarish imkoni bo'lmaydi. Masalan: Programma kodlagich, ekran blokirovkasi, fonarik, video va mp3 montaj qilish imkoniyatlari. Bu imkoniyatlar uchun Java platformasi umuman to'g'ri kelmaydi. Sababi Java qo'llovchi telefonlarda ichki xotira va operativ xotira qisqa bo'ladi. Android va Symbian Smartfonlari programmani o'zining bir qismiga aylantirish va butun tanasini boshqarishgacha imkon beradi. Java esa har qanday java qo'llovchi telefonda oddiygina bir qism holos. Nima uchun ekran blokirovkasi yoki menyudagi programmalarni qulflash imkoni mavjud emas? Har qanday java telefonidan bitta qizil klavish yoki HOME klavishi mavjud. Shu tugmachalar bosilishi bilan Java programma yoki o'yindan chiqib ketish uchun ruhsat so'raydi. Biror programmaga kirib undan chiqib ketmasdan menyuga qaytish imkoni yo'q. Ba'zi telefonlarda bor, lekin baribir java telefonning bir qismiligicha qolib ketaveradi. Nima uchun Android va Symbian smartfonlari programma yoki o'yinlariga sertifikat so'raydi? Buning javobi oddiy. Smartfonlar programma yoki o'yinni butun vujudiga qabul qiladi va Smartfonni yanada imkoniyatlarini oshirish mumkin. Bu yaxshi, lekin yomon tomoni shundayki, agarda birorta programma yomon maqsadda yaratilgan bo'lsa, smartfoningizga va o'zingizga katta zarar yetkazadi. Masalan: Internet ishlab pu ... Читать дальше »
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 162 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Salom xurmatli do'stlar va akalar! Mana bugun ko'pchilikning talabiga binoan Android fayllar(.apk)-ni tarjima qilish haqida maqola yozmoqchiman! Buning uchun bizga kerak bo'ladigan dasturlar: 1. "MT-Manager" 2. "Dalvik bytecode editor" Qo'llanma: 1. "MT-Manager" dasturiga kiramiz 2. Tarjima qilmoqchi bo'lgan fayl(.apk)- ni topamiz 3. Fayl ustiga bosamiz 4. Ochilgan menudan "Prosmotr"- ni tanlaymiz 5. Fayl ichida "Resources.arsc" fayli mavjud shu fayl til paketi hisoblanadi shu faylni tahrirlab saqlaysiz Eslatma!!! Bazi fayllarda "Classes.dex"- fayli ichida xam so'zlar mavjud ularni tarjima qilishda ehtiyot bo'ling aks holda dastur ishlamasligi mumkin! 6. Dasturdagi rasmlar "res" yoki "asserts" papkalarida bo'ladi shu yerdan o'zgartirasiz 7. Tayyor bo'lgan dasturni ishga tushirishga oz qoldi! Endi "Dalvik Bytecode Editor"- dasturini ochamiz 8. Tarjima qilgan faylni topib ustiga barmoqni uzmay bosib turamiz 9. Menu hosil bo'ladi biz bu menudan "Signed" buyrug'ini tanlaymiz Ana dastur tayyor bo'ldi endi "File_signed.apk" faylini ustanovka qilib ishlataveramiz!!! Forumda ".zip" kengaytmali fayllar ishlashi bilan dasturlarni yuklayman! Tarjima qilish usullari xali ko'p lekin qulayi shu, keyinchalik qolganini xam yozaman! Bu usul "Android" platformasida ishlaydigan telefonlar uchun!
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 236 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

1 avgustning qanday kun ekanligini umrida bir marta bo'lsada abiturient bo'lgan kishi yaxshi tushunadi. Ertalabdan jamoat transportlari to'la, shahar xuddi katta bozorga aylanib qolgandek barcha qayoqqadir shoshgan, hayajonlangan,butun borlig'ini unutgan. Soat tongi to'qqizdan keyin esa, xuddi katta bir dastur o'chirib qo'yilganidek atrof sukunat quyniga g'arq bo'ladi. Imtihonlar boshlanadi. Test topshirayotgan abiturientgina vaqtning qanday tez o'tganini yaxshi his qiladi. Uning uchun imtihon uchun ajratilgan uch soat uch daqiqadek tuyuladi.Xullas bularning bari ruhiy bosimni keltirib chiqaradi va irodasi sustroq, hayajonga beriluvchan abiturientni ketma-ket xatolar qilishiga sabab bo'ladi. Aql bilan ruhiyat har doim ham uyg'unlashavermagan. Ular har doim insonni mustaqil boshqarishga harakat qilib kelishgan. Hissiyotga berilgan aqlini, aqliga quloq solgan hislarini boy berganini hayot yo'llarining turli bekatlarida guvoh bo'lganmiz.Imtihonlarga tayyorlanishayotgan, shundoq ham vaqtlari tig'iz abiturientlarning vaqtini olmagan holda ruhiy quvvat bo'la oladigan eng yaxshi besh maslahatni ularga ilinishni lozim topdik.
1. Miyangizdagi "ZOOM”ni o'chirib qo'ying 1 avgust kuni tong sahardan uyg'onganizdan barcha narsa ko'zingizga ikki-uch baravar yiriklashgandek tuyuladi. Hayajon, tashvish ham shular jumlasidandir. Ular odamni ezib qo'yadi. Bunga miyadagi ba'zi bir funktsiyalar sababchi. Ularni batamom uzib qo'yish uchun o'zingizni chalg'itishga, kayfiyatni barqarorlashtir ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 237 | Добавил: OtasH | Дата: 12.06.2017 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |