Shanba, 21.06.2025, 13:05
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 08
У бугун орамизда йўқ бўлса-да, "Сени бугун кўрмасам бўлмас”, "Она”, "Ёлғизим”, "Ғамзаларинг”, "Кетмади ёр”, "Сени бу”, "Унутмоқ осонмас”, "Ёнимга кел ёрим”, "Дилда сўзим қолди”, "Келинчак”, "Сиздан узр” каби дилкаш қўшиқлари билан ҳамон мухлислар хотирасида яшаб келаётган Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист, "Шуҳрат” медали соҳиби Охунжон Мадалиевни ёд этдик.

"ДАДАМ САНЪАТКОР БЎЛИШИМНИ ИСТАМАГАН!”

Қиличбек Мадалиев: (ўғли)

— Илгари ҳозиргидек офислар йўқ эди. Дадам ва мусиқачилар уйимизда тўпланиб ижод қилишар, мен уларни бироз томоша қилиб, яна ўйинга чалғиб кетардим. Демоқчи бўлганим, менда санъатга бўлган қизиқиш ўша пайтда уйғонган бўлса-да, бирор марта қўлимга микрофонни ушлаб, қўшиқ айтишга ҳаракат қилмаган эканман.

"— Катта бўлганимда прокурор бўламан”, — десам дадам хурсанд бўлиб кетардилар. Кейин билсам, дадам менинг санъаткор бўлишимни истамаган эканлар. Сабаби, ўзлари санъаткор бўлганлари боис, уйда жуда кам бўлар, биз дадамни ҳафталаб кўрмасдик. Баъзида хизматдан ярим тунда келар, бизни ухлаб ётган жойимиздан: Ўғлим юринг, бу кеча менинг ёнимда ухланг”, — деб уйғотиб олиб чиқиб кетардилар. Менга бир ҳафта давомида нима билан банд бўлганликларини эринмасдан сўзлаб берардилар. "Энди ўғлим, сиз гапириб беринг”, — дея кейин мендан бир ҳафта ичида нималар билан банд бўлганимни ҳафсала билан тинглардилар. Жуда камгап ва камтар инсон эдилар. Ота бўлиб бирор марта бизни чертмаганлар. Ёки уйда ҳеч биримизга баланд овозда ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 394 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Savol: Ba`zan Ramazon saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro`zaga qanday niyat qilish kerak? Biror narsa eb olish lozimmi? Chunki ulab ro`za tutish, ya`ni saharlik qilmay, ro`za tutish makruh, deyilgan…
Javob: «Ulab ro`za tutish», deyilganda og`iz ochish vaqtida og`iz ochmay, ya`ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa emay-ichmay, jimo` qilmay ro`za tutish tushuniladi. Og`iz ochish vaqtida og`zini ochib, taom eb, saharlikka turolmay ro`za tutish «ulab tutish», deyilmaydi. Saharlikka tura olmagan kishi uyg`onganida tong otgan bo`lsa, hech narsa emasligi va ichmasligi kerak. Eb-ichsa, shu kuni ro`za tutmagan bo`ladi. Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro`zasini Alloh roziligi uchun tutishni ko`nglidan o`tkazsa, ro`za tutishga niyat qilgan bo`ladi. Umuman ro`zaning niyati Alloh roziligi uchun ro`za tutmoqlikni ko`nglidan o`tkazishdir.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 95 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Buyuk Alloh ro`zani har bir musulmonga farz qilib berdi va ro`za O`zi uchun ekanligini aytdi. Musulmonlar Allohning roziligiga erishishning ushbu imkoniyatini hech qachon qo`ldan chiqarmasliklari darkor.
Ro`zada - Allohning rahmati va mag`firati bor bo`lib, unda musulmon uchun ko`plab foyda va manfaatlar borki, ular xaqida hadislarda ham bayon qilingan:

1. "Dunyodagi har bir narsaning zakoti bor va badanning zakoti ro`zadir”.

2."Ochlik va chanqoqni Alloh uchun boshdan kechiradigan musulmonlar naqadar baxtlidirlar. Bunday kishilarning martabalari qiyomat kunida ulug` bo`ladi”.

3."Agar Allohning quli ramazon oyida naqadar ko`p rahmatlar yashirin ekanligini bilganida edi, bu oyni butun yilga cho`zilishini so`ragan bo`lar edi”.

4."Agar banda yolg`on so`z va amaldan to`xtamasa, uning emak va ichmakdan cheklanishi Alloh uchun kerak bo`lmaydi”.

5. Kimki ro`zadorni taomlantirsa, u ro`zador darajasidagi savobga erishadi. Ro`zadorning savobi esa kamayib qolmaydi”.

6."Alloh taolo marhamat qiladi: mening bandalarim ichida eng sevimlilari ro`za uchun shoshiladiganlaridir”.

7."Ro`za - qalqondir. Agar sizlardan biringiz ro`za tutsa, yomon so`z aytmasin, shovqin solmasin. Agar uni xaqorat qilishsa yoki urishsa, "Men ro`zadorman” deb aytsin”. 8."Jannatning "Ar-Rayyon” nomli darvozasi bo`lib, ulardan faqatgina ro`zadorlar kiradi. Qiyomat kuni "Ro`zadorlar qani?” deb so`raladi, shunda ular o`rinlar ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 229 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Ro`za durust bo`lishi uchun uch xil shart topilishi lozim.
Birinchi shart – zimmaga lozim bo`lish shartlari.

Bu shartlar to`rttadir:

1. Islom. Musulmon bo`lmagan odamga ro`za farz bo`lmaydi. Unday odam ro`za tutsa ham, ro`zasi ibodat o`rniga o`tmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, o`sha kundan boshlab ro`za tutadi.

2. Aql. Aqli yo`q odamga ro`za farz bo`lmaydi, chunki u mukallaf emas.

3. Balog`at. Balog`atga etmagan yosh bolalarga ro`za farz bo`lmaydi. Ramazon oyida balog`atga etganlar o`sha kundan boshlab ro`za tutishni boshlaydilar.

Ikkinchi shart – ro`zani ado etish uchun lozim shartlar:

Bu shartlar ikkitadir:

1) Sog`lom bo`lish. Bemor kishiga ro`za tutish vojib emas.

2) Muqim bo`lish. Musofirga ro`za tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi.

Uchinchi shart – ro`zaning to`g`ri bo`lishi shartlari.

Bu shartlar uchtadir:

1) Niyat. Niyatsiz ro`za durust bo`lmaydi.

2) Nifos va hayzdan xoli bo`lish. Nifos va hayzli bo`laturib tutilgan ro`za durust bo`lmaydi.

Ramazon ro`zasining adosi va qazosi shar`iy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan to`g`ri bo`ladi.

Ma`lumki, qilinishi lozim bo`lgan amalni shariatda belgilangan vaqtda qilish «ado» deyiladi. Qilinishi lozim bo`lgan amalni belgilangan vaqtidan keyin bajarish «qazo» deyiladi.

Ramazon ro`zasini v ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 485 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Islom va boshqa dinlarda ro`za, Yaratganga ibodatlarning eng muhimi bo`lish bilan birga, inson salomatligi uchun ham juda foydali hisoblanadi. Bir oylik ro`za tutish jarayonida inson organizmida moddalar almashinuvi tizimi dam oladi.
Energiya hosil qilish uchun organizmdagi to`planib qolgan yog`lar ishga tushadi. Shu bilan birga, biz kunlik eguligimizni qadriga etishni va ochlikka sabr qilishni o`rganamiz. Hattoki ko`pchilikka ro`zadan keyin ovqatlarning ta`mi ham boshqacha – mazali tuyuladi. Ro`za ― bu Robbimizning bizga tuhfasi va biz bu jarayonga alohida ahamiyat bilan qarashimiz lozim bo`ladi. Ramazonda sog`lom turmush tarziga erishish uchun biroz tayyorgarlik ham kerak bo`ladi. Kelayotgan oy uchun avvaldan taxminiy «menyu» tuzib, kerakli narsalarni sotib olishni boshlash kerak. Shunda siz Ramazonning boshidanoq o`zingiz istagan taomni sizga qulay sharoitlar bilan tayyorlashingiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, oldindan menyuni tayyorlash sizning vaqtingiz va kuchingizni tejaydi. Hozirdanoq kofe, gazlangan ichimliklar, umuman, tarkibida kofein mavjud ichimliklarni kamaytirish maqsadga muvofiq. Shunda Ramazongacha sekin-sekin bunga o`rganasiz. Shu bilan birga, organizmda namlikni saqlab turish uchun 8-10 stakangacha suv ichishingiz mumkin.

Ramazon – ozish fursati emas. Bu – sokinlik, xotirjamlik oyi. Agar o`tgan yili sog`ligingiz bilan muammolar bo`lgan bo`lsa, albatta, shifokorga borib, oldindan ovqatlanish tarzini qanday tashkil qilish borasida masla ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 274 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Uzoq muddatli ochlikdan so`ng, mazali taomlarga to`la iftor uchun bezatilgan to`kin dasturxon Ramazonda sog`lom ovqatlanish xaqidagi orzularimizni cheklab qo`yishi mumkin. Agar to`g`ri amalga oshirilsa, Ramazon ro`zasi sog`ligimiz uchun koni-foyda, aks-holda, inson salomatligi uchun zarar bo`lishi mumkin.

Ramazonda sog`lom ovqatlanish kerakligini va faqat yangi masalliqlardan taom tayyorlash joizligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Ushbu Ramazon oyida sog`lom ovqatlanish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya qilamiz:

1. Ovqatlanishni xurmodan boshlang. Xurmolar - oqsillarning manbasi bo`lib, faqat bir kunga etuvchi quvvat beruvchi taomdir. Xurmo tolalari ovqat xazm qilish tizimining vazifalarini o`z nazoratiga oladi. Shuningdek., xurmolar magniy va kaliy moddalariga boydir.

2. Ko`p suv iching. Bu yil Ramazon yozning issiq kunlariga to`g`ri keladi, shuning uchun, badan jazirama ob-xavoda suvsizlanib qolmasligi uchun etarli miqdorda suv iching. Saharlikdan keyin va tonggacha, kun davomida chanqab qolmaslik uchun ko`proq suv ichib oling. Xali ovqatlanish mumkin bo`lgan vaqtda 8 stakan suv ichishga harakat qiling. Chanqoqlikni chaqiruvchi mevalarni eyishdan saqlaning. Badandan chanqoqlik hissini uyg`otuvchi sabzavotlarni ham kamroq eng. Tuzli maxsulotlarni, xususan, tuzlangan konservalar, yong`oqlar, bodringlar, baliqlarni emang. Shuningdek, ziravorlari ko`p bo`lgan taomlardan ham cheklaning, ular ham chanqashga s ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 263 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Ro`zada niyat qilish

— Ro`za tutish uchun qachon va qanday niyat qilish kerakligi haqida ma`lumot bersangiz.

— Mazhabimizning barcha faqihlari ramazon oyida har bir kun uchun alohida niyat qilish kerakligini aytishgan ("Fatovoyi Qozixon”). Chunki Ramazon ro`zasining har bir kuni alohida ibodat hisoblanadi. Imom Najmiddin Nasafiy ramazonda saharlikka turish ham ro`za niyati o`rniga o`tishini aytganlar. Ramazon ro`zasiga har kuni quyosh botganidan so`ng niyat qilsa ham bo`ladi (Saraxsiy, "Muhiyt”). Saharlikka turolmay uxlab qolgan kishi, Ramazonga iftorlik paytida niyat qilmagan bo`lsa, choshgohda ham ro`zasiga niyat qilsa bo`ladi.

Havo issiqligining ta`siri bormi?

— Hozirgiday issiq kunlarda (og`ir mehnatda) ishlaydiganlar ro`za tutmasalar ham bo`laveradimi?

— Ramazon oyi jaziramada kelsa va uni tutsa, ishlashi bois tashnalik yo ochlik sababli aqliga ziyon etishidan qo`rqqan odam ro`za tutmasligi mumkin ("Fatovoyi Hindiya”). U ham keyinchalik bir kunga bir kun qazosini tutadi.

Nozik pallada-chi?

— Odatda hayz ko`rish kuni ramazon kunlaridan biriga to`g`ri kelib qolgan ayol shu kuni ro`zasini ochib yuborsa-yu, hayzi kelmasa, qanday yo`l tutadi?

— Ayol "hayz kunim”, deya boshlagan ro`zasini buzsa va o`sha kuni hayz kelmasa, unga ham qazo, ham kafforat lozim bo`ladi ("Zahiriya”). Ya`ni, ochib yuborgan bir kuniga bir kun qazo va kafforat sifatida yana oltmish kun ketma-ket ro`za ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 367 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Muborak Ramazon oyining ro`zasini har bir inson sindqidildan tutishni istaydi. Ammo yozning issiq kunlarida biroz qiyinchilik tug`dirishi tabiiy. Shunday bo`lsa-da, ozgina e`tibor va qunt bilan bu mushkulotni ham engsa bo`larkan...

Ramazon ro`zasida chanqoq qiynamasligi uchun quyidagilarga amal qiling:

1. Saharlikni ikki dona xurmo va bir stakan iliq suv bilan boshlang.

2. Qovurilgan taom va qand miqdori ko`p shirinliklardan tiyiling.

3. Iftorlikdan keyin to uyquga yotguningizcha oz-ozdan suyuqlik iching. (Kamida ikki-ikki yarim litr). Bu tanangizning kundalik suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradi va ertasiga kutiladigan chanqashning oldini oladi.

4. Dasturxoningizdagi taomlar don mahsulotlaridan, sabzavot va mevalarlardan tayyorlangan bo`lsin!

Eslatma: Saharlik vaqtida ko`p eb qo`yishdan, ko`p miqdorda suv ichishdan saqlaning. Chunki buning oqibatida kun davomida organizmni tonusda ushlab turuvchi mineral tuzlar chiqib ketadi.

RO`ZADA FOYDALI...

Unutmang, Ramazon ro`zasi nafaqat bizning tanamizni tozalab, salomatligimizni mustahkamlaydi balki ruhimizni, qalbimizni ham poklaydi. Ro`zani mukammal va qiyinchiliksiz tutish esa ko`p jihatdan tanovvul qilayotgan taomlarimizga ham bog`liq. Keling, ana shunday taomlarni birgalikda tayyorlaymiz.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 95 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

— Keyingi paytlarda davolanyapman. Shifokorlar ro`za tutish salomatligimga salbiy ta`sir qilmasligini aytishdi. Ammo, har kuni ikki mahal ukol olishim kerak. Ro`zada ukol olish mumkinmi?

A.S. Toshkent.

— Ro`za holatida ukol olish borasida hozirgi zamona faqihlari uch xil fikrdadirlar. Dalillarning faqat zohiriga qarab hukm qiladiganlar ukol olish mutlaqo ro`zani buzmaydi, deydilar. Xoh o`sha ukol tomirdan bo`lsin, xoh teri ostiga bo`lsin. Chunki, ro`zani buzish uchun ichga tashqaridan narsa ketishi kerak, deyiladi. Bu holatda ichga, qoringa hech narsa bormaydi.

Ikkinchi toifa ulamolar fikriga ko`ra, ro`zada ukol olish mutlaqo ro`zaning buzilishiga olib keladi. "Hidoyai sharif”da badandagi biror jarohatga quyuq dori qo`ysa, ro`za ochilmaydi, agar suyuq dori qo`yilsa, ro`za ochiladi, deyilgan. Binobarin, suyuq dorini ukol bilan yuborish ro`zani ochilishiga olib keladi.

O`rtachalikni o`zlariga shior qilgan ulamolar esa mana bu xilda fatvo berganlar: Ukol olish ikki xil bo`ladi. Birisidan g`izoiy maqsadda foydalaniladi, ya`ni, badanga quvvat bo`lish uchun ukol olinadi. U holatda, hatto, eyish va ichishdan ham odam behojat bo`ladi. Bunday ukollarni olish bilittifoq ro`zani ochadi. Shuning uchun katta qon tomirlarga qilingan ukoldan ulamolarimiz qaytaradilar.

Ammo, muskulga, teri ostiga qilingan ukoldan badan quvvat olmaydi. Shuning uchun u ro`zani ham ochmaydi.

Shuni bilmoq kerakki, har ikki holatda ham ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 177 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Javob: Ro`za tutish Ramazon oyida farz bo`lsa-da, bir necha uzrlar sababli uni keyingi oylarda qazo qilib tutib berish mumkin. Kasallik, homiladorlik, emiziklilik, keksalik, hayz, nifos va safar ana shunday uzrlardandir.
Dardining og`irlashishidan yo tuzalishining kechikishidan qo`rqqan kasal Ramazon oyida ro`za tutmay, so`ng qazo qilib tutib berishi joiz. Homilador va emizikli ayollar ham ro`za tutishlarida o`zlariga yo farzandlariga ziyon borligidan xavf etsalar, uni keyinga qoldirishlari mumkin.

Keksalik tufayli ro`za tutishga ojiz chol yo kampir har kuni Ramazon ro`zasi uchun miskinga sadaqai fitr miqdorida fidya berishi lozim. Ammo ular keyinchalik quvvatga kirib ro`za tutishga yarasalar, fidya bergan bo`lsalar-da, qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradilar.

Hayz yo nifosdagi ayol toza bo`lgunicha ro`za tutishi mumkin emas. Toza bo`lganidan so`ng Ramazon oyida qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradi.

Safardagi kishi ro`za tutishda mashaqqat bo`lish va bo`lmasligidan qat`iy nazar ro`za tutmasligi mumkin. Agar safarda ro`za tutmasa, albatta qazosini tutadi.

Qoldirgan ro`zalar qazosi istalsa, ketma-ket yo bo`lib-bo`lib tutib beriladi.

"Dinda savolim bor” kitobidan olindi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 112 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Tushda aqlsiz odamni ko'rish - bunday tush boshqalarga xavf soladigan xatarni ularga nisbatan ancha oldin xabardor bo'lishingizdan dalolat beradi, binobarin, boshqa kishilarning taqdiri sizning harakatingizga bog'liq bo'ladi. Jinnini davolash - ungda baxtsizlik qurbonlaridan biri bo'lishdan dalolat. Agar tushingizda olomon tentakni mazax qilib turganini ko'rsangiz, bu sizning extiyotkorligingiz va ma'lumotlaringiz e'tiborga olinmasligi, natijada, faloqatning oldi olinmay, ko'p qurbonlar bo'lishini bildiradi. Agar tushingizda botqoqlikdan ketayotganingizni ko'rsangiz, bilib qo'yingki, o'ngingizda shaxsiy muammolarni xal qilishda kutilmagan to'siqlarga duch kelasiz. Botqoqda cho'kayotganingiz tushingizda ko'rinsa, demak, o'ngda do'stlaringizning xiyonatkorligi va sotqinligi tufayli qattiq iztirob chekasiz.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 157 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Bilingki, minora qudrat, hokimiyat timsolidir. Juda yo'qsaklikka chuzilgan, uchi chuqqili minorani tushda ko'rish -tush ko'ruvchining hokimiyat egasi bo'lishidan, biroq undan extiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi, shuningdek, o'zining kuchiga ortiqcha baxr berib, raqibining kuchiga yetarli baxr bermasligini, ta'sirining kamayib, ko'pchilikning qo'llab-quvvatlashidan maxrum bo'lishini bildiradi. Yaqinlashishning iloji yo'q minorani tushda ko'rish - juda muxim shaxs, siyosiy arbob yoki moliya magnata bilan uchrashuvdan dalolat beradi. Asosi mustahkam minora tushga kirsa, bu qudrat va katta e'tibor belgisidir. Emirilib borayotgan minorani tushda ko'rish siyosiy va boshqa yunalishlarda katta o'zgarishlar alomatidir. Qurolli kishilar tomonidan ishgol qilingan minorani tushda ko'rish katta e'tiborga ega turli lagerlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, ma'lum asoratlar qoldiradigan raqiblar o'rtasida ko'rash alomatidir. Shinakli minora tushga kirsa bu qo'rqitishga, so'zsiz buysunishga asoslangan hokimiyat timsoli, tajovuzkorlik belgisidir.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 129 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Ma'lumki, armiya qudrat, muqarrarlik timsoli. Tushda o'zini armiyada xizmat qilayotganini ko'rish - ungda ishingizda jiddiy qiyinchiliklarni o'tkazish, ehtimol sizni juda qattiqqo'l va talabchan kishining ta'siriga tushib qolishishiz mumkinligini bildiradi. Ulkan qurolli armiyami tushda ko'rish bosqinchilikni, asoratga solishi ayon etadi. Agar tushingizda siz armiyaga xizmat qilishga chaqirilayotpsh bo'lsangiz - bu sizning uzoqda chuziladigan nizo qatnashchisi bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Dushmanlar armiyasi bilan jang qilish - mas'ul qarorga kalit alomatidir. Tushda mag'lub bo'lgan dushman armiyasini ko'rish – ungda o'zingiz ko'zlagan natijaga erishish uchun har ishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Agar sizning butun boshli armiyaga qumondonlik qilayotganligingiz tushga kirsa - bu, demak, atrofingizdagilarga o'zingizdagi imkoniyatlarning hammasini ishlatmayotganligingizni ko'rsatib qo'yish istagi sizni qamrab olganligidan dalolatdir. Tushingizda sizga armiya generali qo'mondonlik qilsa, ungda e'tiborli bir kishining sizga homiylik qilishiga ishonavering.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 117 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Tushda farishtani ko'rish - tinchlik va xotirjamlik alomatidir. Vaqti kelib butun insoniyat baxtli yashaydi. Agar tushingizda o'zingizni farishta qiyofasida ko'rsangiz, bilingki, bunday tush sizning yaqinlaringizdan biri yordamingizga juda muxtoj va siz unga yordam bera olasiz. Tushingizda farishta sizni osmonga chorlayotgan bo'lsa, bunday tush siz yoki yaqinlaringizdan biriga og'ir kasallik xavf solayotganligidan ogoh etadi. Agar tushda farishtalar yashayotgan shahar ko'rinsa, bunday tush sizning hayotingiz kelgusida qandaydir sabablar bilan Tayvan deb ataluvchi ("Tayvan" - "farishtalar shaxri" degan ma'noni bildiradi) chiroyli davlat bilan bog'lanishidan dalolat beradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 567 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Agar siz saytdan o'z profilizni udalit qilmoqchi bo'lsangiz 1. Sahifangizning eng pastdidan o'ng tomonda turgan "РЕГЛАМЕНТ", ga kirasiz. 2. Kirgandan so'ng yana eng pastga qarab tushasiz u yerda "ОТКАЗАТЬСЯ ОТ УСЛУГ" degan yozuvga kirasiz. 3. Parolni yozib nima uchun udalit qilayotganingiz haqidagi punktlardan birini tanlab- tasdiqlaysiz. Sahifangiz boshqa saytda yo'q va uni qayta tiklab ham bo'lmaydi. Profilni faqat Kompturerdan o'chirsangiz bo'ladi.
Категория: Odnoklassniki хаqида | Просмотров: 145 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Ismingiz (Nik)ni ko'rinmas qilmoqchimisiz? Buning uchun sizga komputer va manabu kod
&*nbsp;

kerak bo'ladi (kod ichidagi * ni olib kopiya qiling). Biringchi komputerning to'la versiyasiga kirib ismingiz ustiga bosasiz shahar nomi kiritiladigan joyga yuqoridagi kodni kiritib saxranit qiling va qayta kirib shaxar nomini kopiravat qilib ism, familya kiritiladigan joyga kiritib saxranit qilish kifoya. Diqqat!!! Ismni ko'rinmas qilish sayt qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Admin profilizni to'sib qo'yish extimoli bor.
Категория: Odnoklassniki хаqида | Просмотров: 166 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog'ida Bepul profilingizni zakritniy qilish uchun, sizga eng avvalo kompyuter kerak bo'ladi, kompyuterdan kirib: o'ng tomonda Заполняйте свой профиль и получайте за это подарки! degan yozuv chiqadi, yozuvni pastki qiasmida shu shartlarni bajarsangiz, sizga sovg'a beriladi deb ushbu shartlarni yozilgan:
1: добавьте фотографию. ( Rasmingizni qo'shing).
2: найдите 3 друзей (3 ta do'stingizni toping).
3: расскажите, где вы учились (Qayerda o'qiganingizni ko'rsating).
4: укажите адрес эл. почты (Elektron pochtangiz manzilini ko'rsating).
Manashu shartlarni to'liq bajarsangiz, sizga 20 OK bepul sovg'a qilinadi, unda keyin siz bemalol profilingizni zakrit qilishingiz mumkun.
Категория: Odnoklassniki хаqида | Просмотров: 144 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Elga mashhur xonanda va aktyorlarning shaxsiy hayoti ularning muxlislari uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Shu tufayli bugungi “yulduzli” fotojamlanmada o‘zbek shou-biznesi vakillarining turmush o‘rtoqlari bilan tanishtirishga harakat qildik.

Gulsanam Mamazoitova turmush o‘rtog‘i bilan.


Jahongir Poziljonov oilasi bilan.


Ruhshona turmush o‘rtog‘i bilan.


Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan.

... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 1501 | Добавил: OtasH | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |