Payshanba, 07.08.2025, 06:08
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 08 » ​Ukol ro`zani sindiradimi?
21:37
​Ukol ro`zani sindiradimi?
— Keyingi paytlarda davolanyapman. Shifokorlar ro`za tutish salomatligimga salbiy ta`sir qilmasligini aytishdi. Ammo, har kuni ikki mahal ukol olishim kerak. Ro`zada ukol olish mumkinmi?

A.S. Toshkent.

— Ro`za holatida ukol olish borasida hozirgi zamona faqihlari uch xil fikrdadirlar. Dalillarning faqat zohiriga qarab hukm qiladiganlar ukol olish mutlaqo ro`zani buzmaydi, deydilar. Xoh o`sha ukol tomirdan bo`lsin, xoh teri ostiga bo`lsin. Chunki, ro`zani buzish uchun ichga tashqaridan narsa ketishi kerak, deyiladi. Bu holatda ichga, qoringa hech narsa bormaydi.

Ikkinchi toifa ulamolar fikriga ko`ra, ro`zada ukol olish mutlaqo ro`zaning buzilishiga olib keladi. "Hidoyai sharif”da badandagi biror jarohatga quyuq dori qo`ysa, ro`za ochilmaydi, agar suyuq dori qo`yilsa, ro`za ochiladi, deyilgan. Binobarin, suyuq dorini ukol bilan yuborish ro`zani ochilishiga olib keladi.

O`rtachalikni o`zlariga shior qilgan ulamolar esa mana bu xilda fatvo berganlar: Ukol olish ikki xil bo`ladi. Birisidan g`izoiy maqsadda foydalaniladi, ya`ni, badanga quvvat bo`lish uchun ukol olinadi. U holatda, hatto, eyish va ichishdan ham odam behojat bo`ladi. Bunday ukollarni olish bilittifoq ro`zani ochadi. Shuning uchun katta qon tomirlarga qilingan ukoldan ulamolarimiz qaytaradilar.

Ammo, muskulga, teri ostiga qilingan ukoldan badan quvvat olmaydi. Shuning uchun u ro`zani ham ochmaydi.

Shuni bilmoq kerakki, har ikki holatda ham inson o`z dinining ehtiyotini qilmoq darkor. Payg`ambarimiz (s.a.v.) musulmonni ehtiyotkor bo`ladi, deganlar. Shuning uchun yurtimizning ba`zi ulamolari ro`zada ukol olish ro`zani ochadi, deb hukm qiladilar. Binobarin, ukolni vaqtida olmaslik bemorning holatiga qattiq ta`sir qilmasa, kechqurun, iftordan so`ng ukol olish ehtiyotkor, parhezgor musulmonning nishonasidir.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 179 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |