Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Turfa olam
Ketma-ketlikda hisoblasak, u Quyoshdan olti sayyora narida «suzib yuradi». Kattaligi bo‘yicha Yupiterdan keyingi o‘rinda turadi. U yerda yashashning, biologik tiriklikning mutlaqo imkoni yo‘q: u qatori Yupiter, Uran va Neptun gazli gigantlar sanaladi. Saturn qadimgi Rim xudosi sharafiga nomlangan, ramzi esa o‘roq — mehnat asbobi. Manbalarda keltirilishicha, Saturn atmosferasining asosiy tuzilishi vodorod (96 foiz), geliy (3 foiz), metan (0,4 foiz), deyterid vodorod hamda ammiak (0,01 foizdan), etan(0,0007 foiz)dan iborat. Ichki qismida tog‘ jinslari hamda muzlikdan tuzilgan unchalik katta bo‘lmagan yadrosi, yupqa metall qavati bilan o‘ralgan vodorod va gazsimon moddalar mavjud ekan. Sayyorada shamol shunaqangi qattiq esarkanki, aql bovar qilmaydi: soatiga 1800 kilometr! Bunday tezlikdagi shamol maksimal darajada odamni ham istalgan joyiga itqitib yuborishi turgan gap. Astronomik asboblar bilan kuzatganda, Saturn halqali tizimga ega ekani, ya’ni «belida belbog‘i bor»ligi shundoqqina ko‘rinib, sezilib turadi, halqalar asosan muz parchalari, qisman tog‘ jinslari va olovli jismlardan tashkil topganki, go‘yo ular o‘z bag‘rida juda katta boylikni saqlayotgan hududni qo‘riqlayotgan soqchilarni yodga soladi. Sayyora atrofida bizga ma’lum bo‘lgan 61ta yo‘ldosh aylanib yuradi. Titan — ular ichida eng yirigidir, u Quyosh sistemasidagi ikkinchi raqamli yo‘ldoshdir. Bu borada birinchi o‘rinni Yupiterning «qarindoshi» — Ganimedga berishgan.
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
286
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Atlantika okeanining shim.sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyanmng muxtor viloyati. Maydoni 1,4 ming km2. Orollarning relyefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 metr. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirg’oqlari tik, ford ko’p. Iqlimi subarktika dengiz iklimi, o’rtacha temperatura fevralda 4°, iyulda 11°. Yillik yog’in 1500 mm. O’tloqlar, torfli botqokliklar, vereskzorlar bor. Parranda ko’p. Baliq ovlanadi. Qo’y boqiladi. Ma’muriy markazi — TorsXavn. Farer orollarida 7—9-asrlarda kelt qabilalari yashagan. 9-asrlardan norveglar ko’chib kela boshlagan. 2-jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida bo’lib kelgan.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
177
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Merkuriy, Utorud- Quyosh sistemasidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan so’ng uning yaqinida ko’rinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304-1023 kg;
O’rtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Qu-yoshdan o’rtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri88 sutka. Orbital harakatining tezligi47,9 km/sek. Merkuriy satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, ko’rinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan o’rtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da bo’lganda T=618 K; nadirda esa G<250 K.
Quyoshdan eng uzok, masofada bo’lganda yorug’ligi—0,3 dan +0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng bo’lib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi ko’rinadi. Yuzasida qora, oqish dog’lar va kucheiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N, va argon Ag bo’lishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yo’ldoshi mavjud emas.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
537
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Tabariya ko’li, Tveriada ko’li, G’anisaret ko’li, Galiley ko’li — Falastin tarixiy viloyatidagi kul, Isroil davlati hududida (ko’lning sharqiy sohilidan Isroilning Suriya bilan chegarasi o’tgan).
Alhor tektonik botig’ining shimoliy qismida, dengiz sathidan 212 metr pastda joylashgan. Maydoni 145 km2. Eng chuqur joyi 48 metr. G’arbiy va sharqiy qirg’oklari tik yon bag’irli, shimoliy va janubiy past.
Tabariya ko’li orqali Iordan daryosi oqib o’tadi. Ko’ldan baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. G’arbiy sohilida Isroilning Tiveriya shaxri joylashgan. Bibliyaning Yangi axd qismida Tabariya ko’li Isoning afsonaviy faoliyati bilan bog’liq. Shu sababli kul atroflari dindorlarning ziyoratgoh joyi.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
467
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Hindiston sirli yurt sifatida turli davrlarda yashagan olim va sayyohlarning e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Jumladan, 1492 yilda Amerikani kashf etgan Xristofor Kolumb Yevropadan Hindistonga bo’lgan dengiz yo’lini topish maqsadida sayohatga chiqqan. Ammo Kolumbning bu orzusini 1498 yilda portugal sayyohi Vasko da Gama Afrikani aylanib o’tib, Yevropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochish orqali amalga oshirgan. Hindistonning Mumbaydagi ramziy darvozasi. Hindiston o’zin ing turli noyob mahsulotlari bilan qadim zamonlardan Yevropa va Osiyo mamlakatlariga yaxshi ma’lum bo’lgan. U asosiy savdo yo’li sifatida o’zining boyliklari, yuqori darajada rivojlangan madaniyati bilan sayyohlarni hayratda qoldirib kelgan. Strabon yozib qoldirgan ma’lumotlarga ko’ra, miloddan avvalgi 130 yillarda Rim imperiyasi va Hindiston o’rtasida savdoga asos solingan. Usha vaqtlarda yiliga 120 dan ortiq kemalar O’rta dengizdagi bandargohlardan Hindistonga suzib, savdo ishlarini olib borgan. Hindiston o’z tarixida turli siyosiy voqyealarni boshdan kechirganiga qaramay, dunyodagi eng qadimiy madaniy uchokdardan biri sifatida o’zin ing xususiyatlarini sakdab krlgan va rivojlantir-gan. XII asrda Hindiston hududiga arablar, turklar va afg’onlar hukmronlik qilib, XIII asr boshlarida bu yerda Dehli sultonligi tashkil qilingan. 1526 yildan boshlab 200 yildan ortiq vaqtda daomida Hindistonda boburiylar hukmronlik qilib, bu yerda katta obodonchilik ishlarini amalga oshirishga
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
426
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Tabib ilon (Elaphe longissima) — suvilonsimonlar oilasi turi. Bo’yi 2 m gacha. Kichkina boshi bo’ynidan bir oz ajralib turadi, dumi uzun. Terisi sirtdan silliqtangachalar bilan qoplangan. Ba’zan tanasining orqa tomoni va boshining usti sarg’ishkulrang, qoramtir yoki qora bo’ladi. O’rmon va butazorlarda yashaydi. Urg’ochisi tuproqqa 5—8 ta tuxum qo’yadi. Kemiruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi. G’arbiy Yevropaning jan. qismida, Ukrainaning janubiy g’arbida, Kichik Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Eronda tarkalgan. Qadimgi yunonlar va rimliklarning tibbiy emblemasida tabiblik xudosi — Eskulap qo’liga ilon o’ralgan aso tutqazilgan. Eronliklar esa unga Tabib ilon deb nom berishgan.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
217
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
12.06.2017
|
|
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik – Yevrosiyo. Maydoni – 54 600 000 km.kv. Geografik o`rni ancha qulay, shimolda Shimoliy Muz, sharqda Tinch, janubda Hind, g`arbda Atlantika okeanlari o`rab turadi. Materik o`zida Osiyo va Yevropa qit`alarini birlashtiradi. Shuningdek, materik bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha dunyoda «rekordsmen” yoxud «super materik” hisoblanadi. Eng kichik materik – Avstraliya. 7 659 000 km.kv. Avstraliya sharqda Tinch okeani va g`arbda esa Hind okeani bilan chegaradosh. Materikda yagona davlat Avstraliya Ittifoqi joylashgan. Eng sernam materik – Janubiy Amerika. Materikning sernam bo`lishida Atlantika okeanidagi Braziliya va Gviana iliq oqimlarining olib kiradigan yog`ingarchilik miqdori katta. Namgarchilikning ko`p saqlanib qolishining yana bir sababi materik qalin o`rmonzorlar bilan qoplanganligidadir. Eng issiq materik – Afrika. Materikka bunday nom berilishining sababi, geografik o`rniga (ekvator chizig`ida joylashganligi), havo bosimi, havo massalari, okean oqimlari va relyefiga bog`liq. Yuqoridagi unsurlarning barchasi Afrikadagi issiq iqlimining tarkib topishiga sababchi bo`lgan. Eng qurg`oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog`in yog`adi. Yog`ingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy qismiga tu
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
293
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
09.06.2017
|
|
Avstraliya sohillarida dunyoda eng katta qisqichbaqa topildi. Uning og’irligi 6,8 kilogramm, uzunligi 38 santimetrga teng. Ushbu dengiz jonivoriga “Tasmaniya shohona qisqichbaqasi” deb nom berildi. Mahalliy matbuotning yozishicha, Buyuk Britaniyaning “Sea life” akvariumi mazkur ulkan qisqichbaqani besh ming AQSh dollariga sotib olgan. Bu “Tasmaniya shohona qisqichbaqasi” oddiy qisqichbaqalardan o’n barobar katta.
Картинки по запросу самый большое рак
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
142
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
09.06.2017
|
|
* Fransuzlar kabutarni “uchar kalamush” deb atashadi. * Shoqollarning xromosomalari itlar va bo’rilarnikidan bir juft ko’p. * Yo’lbarslarning faqat junigina emas, terisi ham yo’l-yo’l. * Sarg’an balig’ining suyaklari yashil. * Sakkizoyoqning ko’z gavxari to’rtburchak bo’ladi. * Otlarning suyaklari odamnikidan 18 ta ko’proq. * Yer sharidagi jonivorlar orasida eng yuragi katta va eng yuqori qon bosimiga ega jonivor bu jirafa. * Jirafaning tili qora va uning uzunligi 45 sm.gacha yetadi. * Antarktidadagi baliqlarning qon harorati – 1,7 darajagacha pasaya oladi. * Kitning yuragi bir daqiqada 9 martagina uradi. * Tovuq uzog`i bilan 13 sekund ucha oladi. * Pingvin suza oladigan, ammo ucha olmaydigan yagona qush. Yana u tik yura oladigan yagona qushdir. * Folklend orollari aholisining har biriga 350 tadan kuy tog`ri keladi. Yangi Zelandiyada esa 20 tadan. * Fil miyasining umumiy ogirligi tanasi og`irligining 0,27 foizini tashkil etadi. * Mushukning jaglari yon tarafga qimirlamaydi. * Teterevyatnik kalxatlar Yevropaning faqat bir mamlakat – Islandiyada mavjud. * Buqalamun bir vaqtning o`zida boshini qimirlatmasdan boshqa-boshqa tomonlarga qaray oladi. * Tuyaqushning tuxumini pishirish uchun 40 daqiqa qaynatish kerak. * Injilda tilga olinmagan yagona joniv
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
444
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
07.06.2017
|
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|