Merkuriy, Utorud- Quyosh sistemasidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan so’ng uning yaqinida ko’rinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304-1023 kg;
O’rtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Qu-yoshdan o’rtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri88 sutka. Orbital harakatining tezligi47,9 km/sek. Merkuriy satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, ko’rinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan o’rtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da bo’lganda T=618 K; nadirda esa G<250 K.
Quyoshdan eng uzok, masofada bo’lganda yorug’ligi—0,3 dan +0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng bo’lib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi ko’rinadi. Yuzasida qora, oqish dog’lar va kucheiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N, va argon Ag bo’lishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yo’ldoshi mavjud emas.