Shanba, 21.06.2025, 13:12
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Буни биласизми
Уйлар қиммат ва жудаям қиммат бўлади. Қуйидаги уйлар эса жудаям қиммат уйлар қандай бўлиши ҳақидаги тасаввуримизни бойитишга ёрдам беради.

1. Four Fairfield Pond, Гэмптон, Нью-Йорк / 133 миллион доллар

Майдони 25 гектардан ошиқ бўлган бу уйда 29та ётоқхона мавжуд. Бу ернинг ўз электростанцияси, узунлиги 100 метрли ошхонаси, 39та ювиниш хонаси, 3та бассейни, кегельбани, баскетбол майдончаси, сквош ва теннис кортлари бор.

Уй соҳиби Айра Реннерт, автомобиль саноати ва руда эритишга ихтисослашган Renco холдингининг хўжайинидир. Реннерт, шунингдек, металлургия ва тоғ-кон саноати йўналишларидаги компанияларга ҳам эгалик қилади.

2. "Беверли Хауз”, Беверли-Хилс, Калифорния / 135 миллион доллар

Голливуддаги ушбу машҳур кошона нашриёт бизнеси магнати Ренд ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 394 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

1. Kalkulatorni olasiz
2. Nomerizni boshidagi uchta
sonini kiritasiz xech qanday
kodlarsiz
3. Shu songa 80ni
ko`paytirasiz
4. Keyin esa 1ni qo`shasiz
5. 250ga ko`paytirasiz
6. Nomerizni so`nggi 4ta
sonini 2marta qo`shasiz
7. Chiqgan javobdan 250ni
ayirasiz
8. So`ngra 2ga bo`lasiz
shunda ekranda tel
raqamingiz paydo bo`ladi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 240 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Бугунги кунда бутун жаҳонга машҳур бўлган Эйфель минорасини 1889 йилда, Парижда ўтказилган Бутунжаҳон кўргазмаси учун қурувчи-муҳандис Александр Гюстав Эйфель тиклаган эди. Эйфелнинг фикрича, бу минора вақтинчалик, яъни, 20 йил туриб бериши керак эди. Бироқ Франциянинг рамзига айланган минора орадан 123 йил ўтдики, ҳамон ўша-ўша...
ЕВРОПАНИНГ ЭНГ ҚИММАТ ИНШООТИ
Яқинда Европанинг энг қиммат тарихий иншооти сифатида Париждаги Эйфель минораси танланди. 344 млрд. фунт-стерлингга баҳоланган ва баландлиги 324 метр, оғирлиги 10 100 тонна бўлган ушбу минора Италиядаги Колизей иншоотидан 6 баробар қиммат экан. Ушбу тадқиқот Италияда ўтказилди. Шунингдек, бир йилда 7 миллион инсон ташриф буюрадиган Эйфель минораси дунёда энг кўп зиёрат қилинадиган тарихий макон деб тан олинди. Шу пайтгача бу минорани 200 миллион инсон зиёрат қилган. Италиядаги Колизей майдонига йилига 4 миллион сайёҳ ташриф буюради.
ЭЙФЕЛЬ ДАРАХТГА АЙЛАНМОҚДА
Сайёҳларни ўзига жалб қилувчи машҳур минорани темир қафас кўринишидан воз кечиб, дунёнинг экологик рамзига айлантириш борасида улкан қадам ташланди. Минора янги лойиҳага кўра дунёдаги энг кўркам дарахтга айлантирилади. У 600 минг туб турли ўсимликлар билан қопланади. "Le Figaro” газетасининг хабарига кўра, лойиҳа режаси 7 декабрда якунига етказилади. Лойиҳани амалга ошириш учун 72 миллион евро сарфланиши белгиланган. Ўсимликлар 2013 йилнинг июн ойидан бошлаб жойлаштирилади. 2014 йилга бориб, Эйфель минораси ям-яшил тусга киради.
... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 366 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Yuan — Xitoy Xalq Respublikasining pul birligi. Xitoychadan tarjima qilinganda "yuan" "dumaloq" yoki "dumaloq tanga" degan ma'noni bildiradi.
"Yuan" so'zining kelib chiqishi Sin sulolasi hukmdorligi davriga borib taqaladi. O'sha davrlarda dumaloq kumush tanga shunday nomlangan. 1969-yildan buyon xitoy puli rasman "jenminbi" ("xalq puli" ma'nosini bildiradi) deb ataladi, yuan esa jenminbining o'lchov birligidir. Agar Xitoyga otlanayotgan bo'lsangiz, shuni e'tiborga olingki, xitoy yuani Gonkong va Makaodan tashqari butun Xitoydagi qonuniy to'lov vositasi hisoblanadi. Gonkong va Makao o'z valyutalaridan foydalanish huquqiga ega. Endi esa yuan haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishing.
1.Xitoy yuani – Xitoydagi dumaloq shaklga ega bo'lgan ilk pul. Bungacha tangalar kurak, bolta, omoch shaklida bo'lgan.
2.Xitoy valyutasi 100ga 1 tamoyiliga mos kelmaydi, masalan, 1 so'm=100 tiyin singari. Bu erda 1-10-10 sxemasi amal qiladi. Ya'ni 1 yuan 10 yao (yoki szyao)ga teng, 1 yao esa 10 fenga teng.
3.Xitoy yuani beshta seriyada chiqarilgan. Birinchi seriya banknotlar 1948 yil dekabrida chiqarilgan. Ikkinchi seriya 1955 yilda, uchinchisi esa 1962 yilda chiqarilgan. Uzoq vaqt mobaynida ikkinchi va uchinchi seriyadagi yuanlar bir vaqtning o'zida amal qilgan. Uchinchi seriya 2000 yilda butunlay muomaladan olingan. To'rtinchi seriyadagi banknotlar 1987-1997 yillarda chiqarilgan va hozirda ham amalda bo'lsa-da, asta-sekin muomaladan chiqarilmoqda. So'nggi beshinch ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 342 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Svetoforlar yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish va inson hayotini asrash uchun yaratilgan bo‘lsa-da, aslida ular haydovchilar uchun xavfni yuzaga keltiradi. Aniqlanishicha, svetoforda to‘xtab turish vaqtida o‘pkalarga katta miqdorda ifloslangan havo kiradi.
Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti tadqiqotchilari haydovchilar avtomobilda harakatlanish chog‘ida yutadigan iflos havoning 20 foizi svetoforda to‘xtagan vaqtida o‘pkaga tushishini aniqladi. Ta’kidlanishicha, bunday to‘xtab turishlarning umumiy davomiyligi butun safar uzunligining 2 foizini tashkil etadi.
Bunda gap avtomobildan chiqadigan ishlangan gazlardan ajraladigan spetsifik nanoqismlar haqida bormoqda. Ular astma, yurak va qon-tomir kasalliklari, bolalar oqqon kasalligi kabi og‘ir xastaliklar bilan bog‘lanadi. Olimlar yirik tirbandliklar yaqinida yashovchi, ishlovchi yoki harakatlanuvchi kishilar bunday kasalliklarga eng ko‘p chalinishini aniqladi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 157 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Ertaga barcha musulmon olamining orziqib kutilgan Ramazon hayiti bayrami. Hayit arafasida muqaddas bayramda erkaklarimiz uchun ba’zi tavsiyalarni eslatib o’tishni ma’qul topdik.

1) Aqli joyida, erkin, ko‘zi, oyog‘i salomat hamda shahar va qishloqlarda yashovchi barcha erkaklar Hayit namozini o‘qishlari zarur.
2) Ramazon hayiti namoziga chiqishdan oldin uyda shirinliklar iste’mol qilib chiqiladi.
3) Namozga chiqishdan oldin alohida g‘usl qilinadi va misvok bilan tishlar yuvilib xushbo’y narsalar suriladi.
4) Ramazon hayiti kuni va hayit namoziga chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlar kiyiladi.
5) Masjidga iloji bo’lsa yurib borish savobliroq hisoblanadi.
6) Hayit namozi o‘qilgunga qadar fitr sadaqasi beriladi.
7) Namozdan keyin uyga qaytib oila a’zolari bilan bayramona dasturxon atrofida yig’ilib birga vaqt o’tkazish yaxshi hisoblanadi.
8) Ota-onasiga, aka-uka, opa-singillari va oilasiga, farzandlariga sovg‘alar ulashiladi.
9) Betob yotgan qarindoshlarini ziyorat qilinadi.
10) Ramazon hayiti katta bayram, bunda hammani tabriklash kerak. Yo‘lda uchragan barcha insonlarga salom beriladi va Ramazon hayiti bilan tabriklanadi.
11) Hayit kunlari hafagarchilik, motam, aza ochish, yig’i-sig’i qilinmaydi. Sababi hayitda bayramona kayfiyat bo’lishi lozim.
12) Odatga ko’ra kattalar kichiklarga hayitlik beradi.
13) Oradan ko‘ngilxiralik o‘tgan barcha insonlar bilan yarashiladi.
14) Hayit na ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 130 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda erkaklar mamnuniyat bilan foydalanadigan buyumlarning ko‘pchiligini ayollar ixtiro qilgan ekan. Sovitgich, zirhli jilet va hattoki pivo ham ayol kishilar tomonidan o‘ylab topilgan. Yuqori texnologiyalar sohasidagi ba’zi dongdor ixtirolar ham aynan ayollarga tegishli ekan. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

Quyosh batareyalari


Doktor Mariya Telkes va uning hamkasbi Eleanor Reymond quyosh batareyalari ishlab chiqish sohasida yangilik yaratuvchilar bo‘ldi. Telkesning ilmiy ishlari unga ko‘plab mukofotlarni keltirdi va “aqlli uylar” texnologiyalari uchun asos qilib olindi.

Simsiz aloqada foydalaniladigan texnologiyalar


Olima va aktrisa Xedi Lamarr AQSh floti uchun radioaloqa sohasida innovatsiya yaratdi, u Bluetooth va Wi-Fi’ga o‘xshash bo‘lgan texnologiyalar uchun asos bo‘ldi.

Mikroto‘lqinli pech
... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 155 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har kuni tongda oyna oldida soqol olish erkaklar umrining o‘rtacha 180 kunini band etar ekan. Mazkur kunlik yumush ko‘pchilik erkaklar uchun yoqimsiz mashg‘ulot hisoblansa-da, uning foydali tomonlari ham yo‘q emas. Masalan, soqol olish natijasida yuz terisi o‘ziga xos massaj qilinadi. Shuningdek, yuz terisidagi eskirgan, halok bo‘lgan hujayralardan tozalanadi. Bu esa terining sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi.

Kosmetologlar 17-18 yoshdan boshlab muntazam soqol olishni tavsiya etishadi. Bu jarayonda tonggi soqol olish to‘g‘ri tarzda amalga oshirilishi lozim. Shunda yuz terisi ham, tuklar ham zarar ko‘rmaydi.

Soqol olishning ikki xil usuli mavjud – quruq va nam.

Birinchisi, elektr soqol olish uskunasi yordamida soqol olish hisoblanadi. Bu usul odatiy ustara bilan soqol olishdan ko‘ra oddiyroq va xavfsiz bo‘lib, nisbatan kam vaqt oladi ham. Biroq bunday vositalarni sotib olishda e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Chunki ba’zi soqollarni ustaralari aylanasiga harakatlanuvchi elektr ustaralar oson va yaxshi tozalasa, ba’zilarini tishlari to‘g‘ri harakat qiluvchi britvalar tozalay oladi.

Nam usulda soqol olish esa yuz terisini top-toza qilib qirtishlashga yordam beradi. Bu ayniqsa moyli va har xil toshma, chandiq yoki yara izlari ko‘p bo‘lgan terilar uchun qo‘l keladi. Bunda ustara har doim o‘tkir bo‘lishi kerak. Shu bois ularni o‘z vaqtida almashtirib turing.

Tadqiqotchilarning ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 338 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Har bir inson sodani yoshligidanoq eslaydi. Buvilarimiz va onalarimiz uni pishiriqlarga solishgan, idish yuvishda foydalanishgan. Hozirgi kunda tozalovchi vositalar turli xil, shu sabablimi, sodadan juda kamdan-kam odam foydalanadi. Lekin sodaning siz eshitmagan boshqa xususiyatlari ham ko‘pgina.

1. Ozuqa sodasi barcha hidlardan halos etadi. Masalan, sovutgich, axlat qutisi, poyafzal javoni deysizmi, yoqimsiz hiddan qutilish uchun, shunchaki kerakli joyga sodani sepib qo‘ysangiz kifoya.

2. Sodadan antatsid o‘rnida foydalaniladi, ya'ni oshqozonda kislota darajasini kamaytiradi. Jig‘ildon qaynashida bir choyqoshiq ozuqa sodasini bir stakan suvda aralashtirib olish lozim. Biroq bu maqsadda sodadan haddan ziyod ko‘p foydalanish mumkin emasligini inobatga olish zarur.

3. Ozuqa sodasi vannalar uchun mo‘ljallangan qimmat tuzlar o‘rnini bosa oladi. Bunday vanna yallig‘lanishlarni oldini olishda yaxshi natijaga ega bo‘ladi. Agar siz toliqib, asablaringiz ham charchagan bo‘lsa, bir necha oshqoshiq o‘simlik sodasini suv to‘ldirilgan vannaga seping va bir necha tomchi sizga yoqadigan efir moyidan tomizing. Natijaning samarasi sizni ko‘p kuttirmaydi. Bunday vannani qabul qilgach, teringiz yumshaganini va silliqlashganini sezasiz, shu bilan birga tinchlanasiz ham.

4. Soda yordamida, deyarli barcha joyni tozalash mumkin: qoshiq va sanchqilar, rakovina, vanna, kafel va gaz plitasi. Ushbu vosita juda natijakor va mutlaqo ekologik. Uning yord ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 525 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Xonaki gullar uchun banan po`sti eng samarali o`g`it hisoblanadi. Banan po`sti tarkibida ko`plab foydali moddalar bo`lib, ular gullarning tomirini mustahkamlaydi, faol o`sishiga ko`maklashadi va chiroyli gullashiga zamin yaratadi.

1. Eyilgan banan po`stini shisha idishga solib, ustidan suv to`ldirib bir kunga ivitib qo`ying.

2. Tayyor energetik kokteylning bir qismini boshqa idishga solib, suv bilan aralashtirib oling.

3. Gulga doimiy ravishda ushbu mo`jizakor vositadan quyib turing.

4. Qizig`i, bir dona banan po`stini bir necha marta ivitib, o`g`it sifatida foydalanishingiz mumkin.

5. Agar sevimli gulingiz nobud bo`layotgan bo`lsa, uni shoshilinch ravishda o`ziga keltirish uchun banan mevasidan foydaling. Buning uchun bananni sanchqi bilan ezib yarim stakan suv quyib, aralashtiring. So`ng gulga quying, mana ko`rasiz, u darrov asl holiga єaytib, sizni yana xursand qilishda davom etadi.

6. Dala-hovlida yashovchi bekalar esa hovlidagi bir biridan ajoyib gullar, o`simliklar tagiga banan po`stini ko`mib qo`ying, shunda har sug`organda banan po`sti tarkibidagi kaliy moddasi ham o`simlikning rivojlanishiga ko`maklashadi, ham uni hasharotlardan himoyalaydi.

7. Professional gulchilardan yana bir sir: banan po`stining ichki tomoni bilan gul barglarini artib turing, shunda ular yaltirashni boshlaydi. Yaltirash banan po`sti tarkibidagi tabiiy mo`miyo ta`sirida yuzaga keladi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 166 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

1 2 3 4 5 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |