Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 9 Mehmonlar: 9 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Буни биласизми
Mamlakatimizda yashovchilarning ko‘pchiligi banan, ananas, kokos, kivi, avokado, mango kabi mevalarni juda yaxshi biladi. Lekin olis mamlakatlardan eksport qilinmaydigan ba’zi bir boshqa mevalarni hamma ham bilmasligi mumkin. Sizning e’tiboringizga tabiatda uchraydigan ba’zi eng g‘aroyib va o‘zgacha meva, sabzavotlarni havola qilamiz.
Taqiqlangan guruch
Xitoyda paydo bo‘lgan bu guruch qora guruch turlaridan biridir. Pishirish paytida u to‘q binafsharang tusga kiradi va mazasi yong‘oqnikini eslatadi.
Tarvuz rediska
Bu ancha yirik bo‘lgan ildizmevali o‘simlik karamlar oilasiga kiradi va biroz achchiq ta’mga ega. Tarvuz rediska nimasi bilandir mitti tarvuzchalarni eslatadi.
Vi-bi mayda oshqovog‘i
Bu mayda oshqovoqlar asli Amerikada paydo bo‘lgan. Bu sabzavotlar shunchalik kichkinaki, hatto kaftingizga ham bemalol sig‘adi. Ular bir kishilik yegulik uchun juda mos keladi.
Shirin shokoladli qalampir
Bu qalampir biz ko‘rib o‘rgangan boshqa turlaridan farq qiladi, uning dastlabki yashil rangi pishgandan keyin jigarrang tusga aylanadi. Ularning ta’mi juda shirin bo‘lib, salatlarga ajoyib qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin.
|
Yevropa mamlakatlari Avstriya – nemischa «sharqiy mamlakat” Albaniya – illiriycha «qishloqcha” Andorra – baskcha «quruq hudud” Belorussiya – ruscha «erkin” (Oltin O`rtadan erkin) Belgiya – keltlar qabilasi «belgi” nomidan olingan. Bolgariya – bolgar xalqi nomidan olingan. Bosniya va Gersegovina – Bosna daryosi va vengercha «voyevoda” so`zidan olingan. Buyuk Britaniya – britlar qabilasi nomidan olingan. Vatikan – «fol ochish joyi” degan ma`noni bildiradi. Vengriya – vengr xalqi nomidan olingan. Germaniya – german qabilasi nomidan olingan. Gibraltar – arab lashkarboshisi «Jabal-al Tariq” nomidan olingan. Gretsiya – grek xalqi nomidan olingan. Daniya – german qabilasi nomidan olingan. Irlandiya – g`arbiy mamlakat. Islandiya – muzli mamlakat. Ispaniya – finikiycha «qo`yonlar qirg`og`i” Italiya – «buzoqlar mamlakati” italyan qabilalari nomidan olingan. Latviya – «Latviye” qabilalar nomidan olingan. Litva – Letava daryosi nomidan olingan. Lixtenshteyn – Lixtenshteyn sulolasi nomidan olingan. Lyuksemburg – nemischa «kichik shahar” Makedoniya – qadimgi yunoncha «baland”, «kelishgan” ma`nolarini bildiradi. Malta – finikiycha «ko`rfaz” Moldaviya – Moldova daryosi nomidan olingan. Monako – qadimgi yunoncha «manax” so`zidan olingan. Niderlandiya – «daryoning quyi etagidagi yerlar”
...
Читать дальше »
|
Tadqiqotchilar samolyotda taom nega bemaza tuyulishinii aniqlashdi. Ulkan avialaynerning bortidagi sharoit sun’iy tarzda yuzaga keltirilib, tadqiqot o’tkazildi. Ma’lum bo’lishicha, bosimning pasayishi va havo namligining o’zgarishi natijasida og`izning shilliq qavati qurib qoladi va ta’m bilish retseptorlari taomni boshqacha seza boshlaydi. Shu tariqa, ovqat ta’msiz, kofe achchiq tuyuladi, faqat pomidor sharbatigina xushta’m yutilishi mumkin.
Bundan tashqari, zamonaviy yirik laynerlardagi sharoit Yerdagi sharoitga yaqinlashtirilganini aytib o’tish lozim. Shunda o’zgarish kamroq bilinadi.
|
Antropologlar ibtidoiy jamoa tuzumi va qadimgi tosh davrlarini insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan shu bilan birgalikda keksaliksiz o’tgan jamiyat sifatida ta’riflashadi. Tadqiqotlar bu davrda kishilarning o’rtacha umr ko’rishi 20-34 yoshdan oshmaganligini ko’rsatadi. Keyinchalik esa inson ongi tafakkuri rivojlanishi, sivilizatsiyaning yaratilishi Sharq va G’arb ilm fan sohalarining taraqqiy etishi insonlar umrini ham birmuncha uzaytirdi. XV asrda bu ko’rsatkich 40 yoshgacha , XVIII asrda 43 48, XIX asrda 57, XX asrda esa 71 yoshgacha o’sdi. Qarilik haqida bir qancha nazariyalar ilgari surilgan. Gerantologlarning fikricha, bu moddalar almashinuvining buzilishi ya’ni organizmning tashqi muhitga moslanish qobiliyatining susayishidir Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda dissimilyatsiya jarayoni assimilyatsiya jarayoniga nisbatan jadal kechadi va a’zolardagi asosiy to’qimalar atrofiyaga uchraydi. Ya’ni nobud bo’ladi bu jarayon, avvalo miyadan boshlanadi undagi 17-22% to’qimalar qisqara boradi. Bir o’zi 5 xil funktsiyani bajaruvchi jigarda 12-14% to’qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funktsional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko’ra, odam aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan yilga ko’payib borayotgan turli kasalliklar va epidemiyalar, narkomaniya, alkogalizm, kashandalik ekologiyaning buzilishi, shuningdek boshqa ko’plab ijtimoiy faktorlar ta’
...
Читать дальше »
|
Bugungi kunda bo‘yi uch metrga yetadigan darozlar deyarli uchramaydi. Ammo, qadimda bahaybat insonlar juda ko‘p bo‘lgan. Bu haqda dunyo xalqlari orasida ham turli rivoyatu afsonalar yuradi. Qadimgi grek manbalarida devqomat Orest haqida alohida so‘z boradi. Aytishlaricha, dafn oldidan uning o‘lchamlari olingan. O‘shanda Orestning bo‘yi uch metrdan oshiqligi, o‘zi esa nihoyatda go‘shtdor bo‘lgani qayd etiladi. Qolaversa, imperator Avgust davrida ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan. Sallyustiya bog‘ida ter to‘kayotgan qullar qoya ichida ikkita ulkan daxma borligini, kimdir ularni atayin yashirib qo‘yganini payqab qolishadi. Qabrlar ko‘zdan kechirilgach, u yerda bir zamonlar ana shu bog‘ni jon-jahdi bilan qo‘riqlagan Skundilla va Pozio ismli darozlar manguga qo‘nim topgani ma’lum bo‘ladi. Ularning bo‘yi salkam 3 metr bo‘lib, ko‘rinishdan qo‘pol va qo‘rqinchli bo‘lgan emish. Shundanmi uchiga chiqqan o‘g‘rilar ham bog‘ga kirishga jur’at etolmagan. Hatto, bog‘ qorovullari vafot etgach ham bu yerga hech kim yaqin yo‘lamagan ekan. Shu kunga qadar dunyoning birorta go‘shasi yo‘qki, u yerda bo‘ydor odam qoldiqlari topilmagan bo‘lsa. Masalan, 1950-yili Turkiyaning janubi-sharqida ana shunday insonning tos suyagi, Shenin (Tunis) hu
...
Читать дальше »
|
Bugungi kunda Xitoy ishlab chiqarish, qayta ishlash, u yoki bu mahsulotning sun’iy nusxasini yaratish borasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri sanaladi. Odatda xitoylik olimlar ishlab chiqarish sirlarini hyech kimga oshkor qilishmaydi. Qayta ishlab chiqarish va sun’iy ishlab chiqarish sirlari haqida-ku, aytmasa ham bo’ladi. Hozirda xitoylik olimlar sun’iy ravishda hosil qilayotgan oziq-ovqatlar mavzusi tobora ommalashib bormoqda. Chunki bunday oziq-ovqat mahsulotlari ko’rinishi jihatidan haqiqiysidan farq qilmasa-da, organizmga bo’lgan salbiy ta’siri juda xavfli. Bugungi kungacha, kartondan yasalgan bulochka, kimyoviy tovuq, kimyoviy lag’mon, sun’iy go’shtlar aynan xitoyliklar tomonidan o’ylab topilgan va dunyo bo’ylab savdoga chiqarilgan. Bugun e’tiborinigizni xitoylik “olimlar” yaratayotgan sun’iy tuxumlarga qaratmoqchimiz. Sun’iy tuxumlar juda mustahkam, ular uncha-muncha og’irlikni ko’tara oladi. Oddiy tuxum esa… Oddiy tuxum Tovuq tuxumi tarkibida yog’, oqsil, glyukoza, uglevodlar, mineral moddalar, ko’plab foydali fermentlar, shuningdek, A, Ye, D, B vitaminlari bor. Tarkibidagi xolesterin esa ham foydali, ham zararli. Sun’iy tuxum Sun’iy tuxum esa sanab o’tilgan ana shu vitamin va mineral moddalardan holi. Boshqacha qilib aytganda, uning tarkibida hyech qanday foydali narsa yo’q. Tuxum po’stlog’i, “nozik” bo’lishi uchun gips, kalsiy va parafindan yasalgan.
...
Читать дальше »
|
Ma’lumotlarga ko’ra, yer yuzida 6809 ta til bor. Bu tillarga egalik qiluvchilarning aksariyati Afrika va Osiyoda. •Tillarning ayrimlari rivojlanib, so’zlashuvchilari soni ko’payib boryapti. Ayrimlari esa yo’qolib ketish xavfi ostida. •Til yashab qolishi uchun unda so’zlashuvchilar soni kamida 100 ming kishi bo’lishi kerak. Hozir 400 ga yaqin til yo’qolib borayotgan tillar safiga kiritilgan. •Tillar o’lishining asosiy sabablaridan biri unda so’zlashuvchilarning notekis taqsimlanganidir. Yer yuzi aholisining 80 foizi 80 ta tilda so’zlashadi. 3500 ta tildan esa sayyora aholisining 0,2 foizigina foydalanadi, xolos. •Hozir 46 ta tilda faqat bir kishigina so’zlashadi. Agar bu tillar boshqalarga o’rgatilmasa, ular o’tmish bo’lib qolishi turgan gap. Shuningdek, uch-to’rt kishigina biladigan tillar ham talaygina. 200 ga yaqin tilning esa 10 nafardan so’zlashuvchisi bor. •Afrika qit’asida jami 1000 dan ortiq tilda so’zlashiladi. •Papua-Gvineyada 700 dan ko’proq til amal qiladi. Ularning qay birini davlat tili sifatida belgilash ancha vaqt bahs-munozaralarga sabab bo’lgan. Shu sababli konstitusiyada davlat tili yo’qligi belgilangan. Ish yuritishda ingliz tili va uning mahalliy lahjasi – pijin-inglishdan foydalaniladi. •Xitoy tilining mandarin lahjasi eng ko’p so’zlashuvchiga ega – unda 885 milliondan ortiq kishi gaplashadi. Bu borada ikkinchi o’rinni ispan (332 million), uchinchi o’rinni ingliz (3
...
Читать дальше »
|
Har bir ayol o`z turmush o`rtog`ini juda yaxshi bilaman, deb o`ylaydi. Aslida ham shundaymikan?.. Axir har bir insonning u erkak yoki ayol bo`lsin, har birimizning o`zimizga xos, yashirin xislatlarimiz bo`ladi. Agar turmush o`rtog`ingizning ana shunday ochilmagan qirralari haqida bilishni istasangiz, uning qanday uxlashiga bir nazar soling. Ko`pchilik ayollar erlarining xurrak otishidan nolishadi. Garchi bunday erkaklar kunduzi mehribon, e`tiborli bo`lishsa-da, xurrak baribir ayollarni asabiga tegadi. Xurrak fiziologik jarayon, ammo erkak kishi buni tuzatishni istamasa, yoki tan olmasa, demak u xudbin. Agar erkak kishi bola yig`isini eshitib, narigi yonboshga chappa qarab olsa, demak, u oilaviy muammolardan xoli bo`lgisi kelyapti. Farzandlar tug`ilishi odatda oila boshlig`idan katta mas`uliyat talab qiladi. Ko`pchiligi otalik hissini chuqur his qilib, bunga mas`uliyat bilan yondashadilar. Ammo ba`zilar bu rolga tayyor emasliklarini sezib qolishadi. Agar turmush o`rtog`ingiz doim uxlash lozim bo`lmagan joylarda, ishdami, ko`chada o`rindiqdami uxlab qolaversa, u tashqi tomondan yaxshi oilaparvar, mas`uliyatli ishchi bo`lib ko`rinishi mumkin. Ammo qalbining tub-tubida u bularning bariga qo`l siltab qo`ya qoladi va xayolida boshqa joylarda uchib yuradi. Yuqoridagi uyquchilarni metro yo bo`lmasam avtobuslarda mizg`ib oladiganlar bilan adashtirmang. Agar turmush o`rtog`ingiz avtobusda mizg`ib, hatto o`z bekatidan o`tib ket
...
Читать дальше »
|
Ideal munosabatlarda biz juftimizga faqat bizdagi yaxshi tomonlarni ko`rish imkonini beramiz, real hayotda esa ular bizlarning “qora” tomonlarimizdan xabardor bo`lishlariga to`g`ri keladi. Biroq ayrim ayollar o`zlarini o`ta mehribon, ayrimlar o`ta ehtirosli yoki muammolarga to`lib toshgan qilib ko`rsatishadi. Quyida e`tiboringizga erkaklar orqa-oldiga qaramay qochadigan toifadagi ayollarni taqdim etamiz. MAKKORA Makkora ayol erkak kishiga nima qilishni o`rgatib, doim munosabatlarni nazorat qilishga urunadi. U o`zini huddi muammolarni echa oladigan qilib ko`rsatadi va doimiy ravishda erkakning har bir harakatini nazorat qiladi. OYIJON «Oyijon» doim juftiga enagalik qiladi. U doim undan havotirda, g`amxo`r, nima kiyishni o`rgatadi, ishxonada nima egani bilan qiziqadi, uyqudan oldin peshonasidan o`pib qo`yadi. Siz uchun bu me`yordir, ammo aslida unday emas. «Oyijon» juftining barcha shodlik, g`am, parvoz va muvafaqqiyatsizliklarini o`ziniki deb qabul qiladi. Bu erkakning joniga tegishi va u bunday munosabatlardan voz kechishi aniq. O`TA EHTIROSLI «O`ta ehtirosli» ayol erkaklarni o`z domiga jinsiy munosabatlar bilan tortib, shu yo`l bilan ularni nazorat qiladi. U erkak kishi u istagan narsani qilishi uchun barchasini qiladi. Ammo bu holat erkakdagi norozilik kayfiyatini uyg`otishi mumkin. MUAMMOLI AYOL
...
Читать дальше »
|
Ayol kishi erkakka tog` deb suyanadi, bog` deb ishonadi. Ayolni sevadigan, uni himoya qiladigan, ro`zg`or yukining og`ir tomonini elkasiga oladigan, bolalarini parvarishlab avaylaydigan va umr yo`ldoshiga faqat sevikli yor emas, o`rni kelganda ota, yaqin do`st sifatida elka tutib beradigan inson har qanday ojizaning orzusi. Umuman, ideal erkak bu. Lekin hayotda hammasi boshqacha bo`ladi. Erkaklar va muammolar masalasini ko`tarishimizga aynan ana shu «boshqacha» vaziyatlar sabab bo`ldi.
Avvalo, boshidanoq aniqlashtirib qo`yaylik. Hamma erkaklar ham muammodan qochavermaydi. Bu borada ularni bir necha turga ajratish mumkin: a) muammoni echadigan; b) muammodan qochadigan; v) faqat muammo yuzaga keltiradigan; g) yo`q joydan muammo o`ylab topib, uni o`zi echib, qahramon bo`lishga intiladigan. Sanayversang, yana turlari ko`payaveradi. Ammo asosiylari hozircha shu. Har bir turning o`zini oqlaydigan va yoqlaydigan dalillari ko`p. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Muammoni echadigan erkak «Birovning senga ishi tushsa, hal qilib bersang, sendan minnatdor bo`lsa. Yoki hayot oldinga qo`ygan qiyin bir muammoni echsang. Bu xuddi maktabda matematikadan qiyin bir masalani bir necha kun urinib echganingek gap. O`shanda qanaqa lazzat olasan? Men odamlarga yordam bersam, biron echilmas muammoga echim topsam, o`zimni Kenja botirdek his etaman. Muammo qanchalik murakkab bo`lsa, sh
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|