Shanba, 21.06.2025, 16:45
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 10
Mehmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Буни биласизми
Go`zal, oqila, ishda, ilmda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, fe`li ham ajoyib, ammo… yolg`iz! Sizning tanishlaringiz orasida ham shunday qizlar bordir? Xo`sh, u nega shu paytgacha yolg`iz, nega baxti hech ochilmaydi? Siz kelin qilish umidida qiz qidirganlarga uning manzilini berasiz, yaxshi yigitlar bilan tanishtirib qo`yasiz, biroq bari befoyda. U negadir nomzodlarni o`zidan nari itarayotgandek yoki nimasi bilandir cho`chitayotgandek. Xo`sh, muammo nimada? Ruhshunoslar fikricha, bunday qizlar bir necha toifaga bo`linar ekan.

1-toifa: QIROLIChA


Shohsanam bir qarashda kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Chiroyli, ochiqko`ngil, kirishimli, quvnoq va bama`ni qiz. Bundan tashqari, havas qilsa arzigulik kelin bo`lishi mumkin: mashinasi, kvartirasi bor, oliy ma`lumotli, yaxshi ishda ishlaydi, ziyoli oilada tarbiya topgan. Shunga qaramay, yoshi 28 ga chiqsa hamki hamon oila qurmagan. Hatto shu paytgacha birovdan sevgi izhori ham eshitmagan ekan. Umuman olganda, Shohsanamning o`zi uncha-muncha yigitni nazariga ilmasligi hech kimga sir emas. U bo`lajak turmush o`rtog`iga qo`yadigan shartlarni eshitib, nega yigitlar bu qizdan bir chaqirim narida yurishlarini tushunsa bo`ladi. Ya`ni bo`lajak kuyov ichmasin, chekmasin, yaxshi pul topsin, uni qattiq sevsin va Shohsanamdan har tomonlama «bir kalla baland bo`lsin» emish. Bordiyu talabgor yigit bu talablardan birontasiga ozgina bo`lsa-da javob bermaslikka jur`at etsa, mag`rur qirolichamiz qoshlarini chimirib ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 398 | Добавил: OtasH | Дата: 05.06.2017 | Комментарии (0)

Qadim-qadimdan ovqat tayyorlashda turli-tuman ziravorlardan foydalanib kelingan. Shu bilan birga ziravorlar turli kasalliklarga davo hamdir. Ziravorlarning asl vatani Hindiston. Ammo har bir mamlakat o`z dorivor o`t va giyohlari, ziravor o`simliklariga ham ega. Tabiblarning fikriga ko`ra eng yaxshi shifoni o`z o`lkangizda o`sgan o`t-giyohlardan topish mumkin ekan. Xalqimizda ham turli giyoh va ziravorlardan foydalanish odat bo`lgan. Taomlarimizni ularsiz tasavvur qilish ham mushkul. Yurtimizda ishlatiladigan aksariyat ziravorlar va ularning foydali jihatlari barchaga ham ma`lum emas. O`ylaymizki, ziravorlar haqida keltirib o`tilgan ma`lumotlar barchangizga birdek foydali bo`ladi…



Ishlatishni bilasizmi?


Ba`zi tibbiyot kitoblarida aytilishicha, ziravorlarni yog`da qovurib bo`lmaydi. Ziravorlar yog`da qovurilganda uning tarkibidagi foydali moddalar yo`qoladi va toksinlar ajralib chiqa boshlaydi.

Hatto ziravorlarni ovqatga qo`shish tartibi ham mavjud ekan. Lavr yaprog`i, xushbo`y murch, qora kardamon, dolchin va boshqa “katta” ziravorlarni ovqat pishira boshlanganda solinadi. Qora murch, zira ovqat pishishining o`rtasida, zanjabil va boshqa maydalangan ziravorlarni esa ovqatni olovdan olishdan avval qo`shish lozim.

Saroy oshxonalarida esa avvaliga ziravorlar yog`da qovurib olinadi va so`ngra bu yog`da boshqa mahsulotlar qovurilgan. Albatta, ziravorlar yog`ga qovurilgach, bu taomga boshqacha xushbo`ylik va ta` ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 335 | Добавил: OtasH | Дата: 04.06.2017 | Комментарии (0)

Ayol makri qirq tuyaga yuk bo`ladi.

Nahot o`sha “tuyalar” ustiga nima ortilganini bilmasa ?

Erkak yuragini zabt etish degani chakana ish emas. Turmush qurib ham hech charchamadingiz-da. Qurg`ur eringiz ham o`zingizdan badtar chiqdi. Orqavorotdan u haqida hamma biladigan, birgina sizga noma`lum ma`lumotlarni eshitganda, ayniqsa, ahvolingizni tasavvur qilish qiyin emas. Siz o`qimagan psixologik kitob, er-xotin munosabatlari haqidagi risolalar, bormagan folbin, ekstrasens qolmadi. Faqat 4 sir bor.

O`g`rini qaroqchi ursa...

Siz yoqtiradigan psixologlarning aytishicha, ayollar uchun erkaklarni rom etish haqidagi maqolalarni ularning o`zlari ham maza qilib o`qisharkan. Superizquvar bo`lib topgan informasiyalaringiz o`zingizga qarshi ishlashi mumkin, bu doim yodingizda bo`lsin. Agar qo`lingizni so`rayotgan yigit istaklaringizni chaqqon bilib olaversa, shilq etib tushishga shoshilmang. Hamma narsa tahlilda bilinadi. “Ko`ngilni ovlash” chinakam sevgiga aylanishini xohlasangiz, birinchi uchrashuvdayoq “tumshug`ingizdan ilinmang”.

Biz va mayda-chuydalar

Erkaklar ayollarning mayda-chuydalar ustida soatlab bosh qotirishlarini tushunishmaydi. Do`konga chiqish uchun soch tarash, labga bo`yoq surtishing shartmi, degan gaplarni birinchi marta o`qimayotgan bo`lsangiz kerak. Lekin bu erkaklarning o`zi bunday odatlardan holi degan ma`noni bildirmaydi. Erkakning oldi tor, orqasi keng, deganl ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 163 | Добавил: OtasH | Дата: 04.06.2017 | Комментарии (0)

Ma`lum bo`lishicha, inson umri davomida har biri 7 yil davom etadigan 12 ta bosqichdan o`tar ekan. Bu bosqichlarda o`ziga xos muammolarga duch kelish tabiiy. Bundan hayotiy tajriba ortadi va muayyan qiyinchiliklarga chap berishni ham o`rgansa bo`ladi. Boshqacha aytganda, biz insonlar umrimizning har bir yilini o`z yoshimizdan kelib chiqqan holda kutib olamiz va kuzatamiz. Umringizning qaysi bosqichida sog`lig`ingiz qay darajada bo`lishiga qiziqsangiz va uni imkon boricha yaxshilash tarafdori bo`lsangiz, ushbu maqola aynan siz uchun!



0-6 yosh

Jajji odamchaning umurtqasi, skeleti va umuman, butun tayanch-harakat apparati, mushak paylari ham kattalar e`tiboriga muhtoj. Bu davrda uqalash kurslari, yoshga doir jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Bordiyu bu jarayonda lat eyish, pay cho`zilishi kabi muammolar uchrab qolsa, aslo o`zboshimchalik bilan uy sharoitida davolashga urinmang. Bolani travmatolog qabuliga olib boring. Ovqatlanish rasioni tarkibi: sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar, A, V, S, E vitaminlari.



7-13 yosh

Ota-onalar bu yoshdagi bolalarning tanosil a`zolari, tayanch-harakat apparati va tishlariga, nutqi va ongi rivojlanishiga, yuragining ishlash maromi, endokrin va nafas olish tizimiga… (bu ro`yxatni hali ancha davom ettirish mumkin) e`tiborli bo`lishlari kerak. 7-13 yosh — bolaning shaxs sifatida shakllanishida asos bo`ladigan, organizm o`sishining eng faol davri. Bola rasionidan yarim tayyo ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 305 | Добавил: OtasH | Дата: 02.06.2017 | Комментарии (0)

O`zida vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go`shtini ko`p va xo`b eng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to`kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Sho`rvaga solib, buvi-buvalarning oldiga qo`ysangiz, duo olishingiz aniq: baliq yurakni sozlab, qon bosimini me`yorda ushlaydi, qarabsizki, keksalarning xotirasi pand bermaydi, kayfiyati chog` yuradi. Baliqni turmush o`rtog`ingizga “toblama” shaklida yaltiroq qog`ozga o`rab, gaz pechida pishirib berishdan erinmang. Qalbida xushnudlik paydo bo`ladi, sog`lig`i tiklanadi. Nega deysizmi, axir unda erkaklar salomatligi uchun nihoyatda zarur omega oqsillari mujassam. O`zingiz ham onda-sonda emas, har hafta baliq esangiz, yuqoridagi xizmat, kattalarga ko`rsatgan himmatingiz uchun umringiz uzoq bo`ladi. Baliqning biz bilgan va bilmagan xususiyatlari haqida oilaviy shifokor Yulduz Karimjonova ma`lumot beradi.

QANDAY TAYYORLAGAN MA`QUL?

Odatda, daryo balig`ini qovurib iste`mol qilamiz. Ammo bunda yurak va tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko`rinishda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo`shib qaynatma sho`rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab eyishga o`rganing. Ammo qovurma baliqqa ko`ngil ketaversa, zaytun moyida engil qovurib, dimlab qo`ygan ma`qul, vitamin ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 303 | Добавил: OtasH | Дата: 02.06.2017 | Комментарии (0)

Qaldirg'ochlar chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar bo'lib, ularning bir necha o'nlab turlari bor. Qanotlari uzun va tor, oyoqlari kalta, deyarli yura olmaydi, yerga faqat ini uchun material to'plashga tushadi. Yer yuzasining Arktika va Antarktidadan boshqa hamma qismida tarqalgan. O'zbekistonda shahar va qishloqlarda qishloq qaldirg'ochi ko'p uchraydi. Ular uchib yuradigan hasharotlarni havoda tutib yeydi. Hasharotlar esa faqat issiq havodagina uchadi, demak qaldirg'ochlar qishda och qolishi mumkin. Shu sababli ular qishda Afrika hamda Janubiy Osiyoga uchib ketadilar.


Qaldirg'ochlar mart oyida uchib keladi va aprel-may oylarida in quradilar. Qaldirg'och inini, ko'pincha, yarim doira shaklida jun va xas-xashak aralash loydan yasaydi. Yiliga 1—2 marta 4—6 ta tuxum qo'yadi. Tuxumini 14—16 kunda ochib chiqadi. Qaldirg'ochlar avgust oyining oxirlarida oila bo'lib, issiq mamlakatlarga uchib ketadi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 1462 | Добавил: OtasH | Дата: 02.06.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |