Shanba, 21.06.2025, 13:05
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 17
Уйлар қиммат ва жудаям қиммат бўлади. Қуйидаги уйлар эса жудаям қиммат уйлар қандай бўлиши ҳақидаги тасаввуримизни бойитишга ёрдам беради.

1. Four Fairfield Pond, Гэмптон, Нью-Йорк / 133 миллион доллар

Майдони 25 гектардан ошиқ бўлган бу уйда 29та ётоқхона мавжуд. Бу ернинг ўз электростанцияси, узунлиги 100 метрли ошхонаси, 39та ювиниш хонаси, 3та бассейни, кегельбани, баскетбол майдончаси, сквош ва теннис кортлари бор.

Уй соҳиби Айра Реннерт, автомобиль саноати ва руда эритишга ихтисослашган Renco холдингининг хўжайинидир. Реннерт, шунингдек, металлургия ва тоғ-кон саноати йўналишларидаги компанияларга ҳам эгалик қилади.

2. "Беверли Хауз”, Беверли-Хилс, Калифорния / 135 миллион доллар

Голливуддаги ушбу машҳур кошона нашриёт бизнеси магнати Ренд ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 394 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Salom. Ba'zida bilib yoki bilmay android uchun birorta programma o'rnatib olamiz. Lekin bitta muammo bor. O'rnatgan programmamiz yoqmay qolsa uni o'chirvorishimiz kerak. Lekin o'chirolmayapsizmi? Unda mening yozganlarimni diqqat bilan o'qing va qanday qilib androiddagi o'chmaydigan programmalarni o'chirib yuborishni o'rgataman. Eng avvalo Настройки » Диспетчер приложений ga kiramiz. U yerdan o'chirmoqchi bo'lgan programmamizni topamiz. Uning ichiga kiramiz. Berilgan funksiyalar mavjud lekin faqat o'chirib yuborish Удалить yo'q. So'ng Настройки » Безопасность » Администраторы устройства ga kiramiz. Shu yerda siz o'chira olmagan programmalar turgan bo'ladi. Ularni ichiga kirib Отключить ni bosamiz. Keyin Настройки » Диспетчер приложений ga kiramiz. Yana o'sha o'chira olmagan programmamizga kiramiz. O'chirish funksiyasi ya'ni Удалить paydo bo'ldimi? Demak endi bemalol programmani o'chirib yuborishingiz mumkin!
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 139 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Ko'pchilik foydalanuvchilarimiz Android telefonidan foydalanishi tabiiy. Hozirgi davrda tezkorligi va qulayligi, imkoniyati darajasidan android yetakchilik qilmoqda. PlayMarkat - Bu dastur Android telefonini yuragi desak ham bo'ladi. Ya'ni android uchun pullik va bepul internet magazini. Playmarketning eng qulay tomoni har qanday dasturning yangi versiyasi chiqsa eng avvalo shu dastur ichiga joylanadi. Playmarket Google kompaniyasining bir qismi hisoblanadi. PlayMarketni ishlatish uchun Google pochtasi (Gmail) pochta kerak bo'ladi. Android telefoningiz bor bo'lsa qanday qilib bo'lsa ham uni Playmarketga ulang. Shunda eski programmalaringizni yangisi chiqsa telefoningiz avtomatik ogohlantiradi va uni yangilash haqida buyruq beradi. Saytimizga ba'zi holatlarda PlayMarketga kirib yuklab olinadigan dastur qo'ymoqdamiz. Shunday holatga duch keldimki, saytimiz foydalanuvchilarining asosiy qismi bu programmalarni va o'yinlarni yuklay olmaganligini yozishdi. Endi hulosa qiladigan bo'lsak, saytimizga tashrif buyurgan ro'yhatdan o'tmagan qanchadan qancha foydalanuvchi ushbu programmalarni ko'chira olmadi ekan. Mening birinchi rejam va saytni ochishdan maqsadim, o'yin va programmalarni yozuvini o'zbekchaga tarjima qilolmasamda, uni sizlarga o'zbekcha tushuncha bilan yetkazib berish edi. Shu natijaga erishdim ham. Lekin endi bundan ham murakkab bo'lishni o'rganishimiz kerak. Zamonimiz texnikalar borgan sari murakkablashib borayapti. Biz esa bularni o'rganishimiz kerak. Sizning Playmarket ... Читать дальше »
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 277 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Salom aziz foydalanuvchi! Men sizlarga yordam beryotgan bo'lsam bundan juda hursandman. Endigi navbatdagi muammo bu Nokia smartfonlarida sms belgi, ya'ni yonib o'chib turuvchi smsni qanday yo'q qilish haqida. Bunday holatni juda ko'p tanishlarimda kuzatdim. Albatta bu kimlarnidir havotirga ham solgan. Tanishlarim menga "Mana bu sms belgi paydo bo'lib qoldi, zarari yo'qmi? Yo'q qilishni iloji bo'lsa, to'g'rilab ber" shunday savollar bilan murojaat qilishdi. Sizda ham shunday sms belgi paydo bo'lgandir. Undan siz ham hayron bo'lib hattoki havotirga ham tushgandirsiz. Men sizlarga ushbu belgini yo'q qilishni o'rgataman. Bu juda ham oson va oddiy. Hullas yozganlarimni yaxshilab o'rganing. Telefoningizdan Сообщения menyusiga kirasiz. Функции bosasiz. Сообщения на SIM ga kirasiz. U yerda Sim kartadagi SMSlar turgan bo'ladi. SMS belgining paydo bo'lishi aynan shu yerdan. Chunki Sim kartangizni hotirasiga SMS to'lib ketgan. O'sha SMSlarni o'chirib yuborsangiz, tepa paneldagi yonib o'chuvchi SMS belgi yo'qoladi. Bu juda oddiy. Nokia Smartfonida muammolaringiz bo'lsa izoh qoldiring. Men qo'ldan kelgancha yordam beraman
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 124 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Agar kayfiyatingiz yomon bo’lsa, uni yaxshilashga harakat qiling. Bir nuqtada qotib qolmang. O’zingizni o’nglashga intiling, kayfiyatingizni ko’tarishga sababchi bo’ladigan yo’llarni axtaring. Axir o'zingiz haqingizda o'zingiz qayg'urmasangiz, boshqalardan nima kutish mumkin? Shunday ekan o'z ustimizda ishlashni o'rganaylik.
Kayfiyat ko’tarishning yo’llari:
1.Avvalo, har doim sizda yaxshi kayfiyat bo’lishi uchun, o’zingizni boshqarishni o’rganing. Har narsaga hafa bo’lavermang. Yaqinlaringizdan araz qilib o’tirish yaramaydi - ularni kechirishni o’rganing. Kechirish – birinchi o’rinda o’z qalbingizni yomon hislardan tozalash va o’zingizga ruhiy azob bermaslikning bir yo’li hisoblanadi.
2.Dunyoga kulgu bilan qarang. Xatto eng og’ir damlarda ham tabassum qiling va shunday deng: “Bu ham o’tib ketadi!” Agar bu gapga chin dildan o’zingizni ishontirsangiz, eng yomon narsa ham juda yengil o’tadi.
3.Kuni bilan uyda o’tirmang, ko’chaga chiqing, ishga boring. Do’stlaringiz orasida bo’ling. Ishonaman, ozingizni chalg’itsangiz kayfiyatingiz yomon bo’lmaydi.
4.Hayotingizga yangilik olib kiring. Psixologlar shuni maslahat berishadiki, vaqti-vaqti bilan hayotingizdagi odatlangan narsalaringizni o’zgartirib turing. Masalan, yangi xobbi toping, yoki kiyinish uslubingizni, qiyofangizni o’zgartiring. Garderobingizdagi kiyimlarni yangilang. Yorqin ranglar tanlang. Bunday o’zgarishlar kayfiyatingizni ko’tarilishiga yordam beradi.
5.O’zingizga hordiq berish ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 106 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

1. Kalkulatorni olasiz
2. Nomerizni boshidagi uchta
sonini kiritasiz xech qanday
kodlarsiz
3. Shu songa 80ni
ko`paytirasiz
4. Keyin esa 1ni qo`shasiz
5. 250ga ko`paytirasiz
6. Nomerizni so`nggi 4ta
sonini 2marta qo`shasiz
7. Chiqgan javobdan 250ni
ayirasiz
8. So`ngra 2ga bo`lasiz
shunda ekranda tel
raqamingiz paydo bo`ladi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 240 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Barchamizga ma'lum, agar kechasi mazza qilib to'yib uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a'lo bo'lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo'shashishlik alomatlaridan holi bo'lib, o'zimizni yaxshi his etamiz, ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo'lsachi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun.
1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo'lsa yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin.
2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol maxsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Uning urniga iliq sut yoki o't damlanmasini ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi.
3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz xush ko'rgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing.
Qo'shimcha: Iloji bo'lsa uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling; Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin; O'zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va kislorod bor xonada yoting; Yotgan mahalda muammolar haqida o'ylamang;
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 98 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

O‘zingizni qiziqtirgan savolga aniqva haqqoniy javob olishni istaysizmi? Unda suhbatdoshingizga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilmay, SMS jo‘nating. Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, insonlar og‘zaki suhbatdan ko‘ra, yozma muloqot paytida ko‘proq mulohaza qiladilar hamda matnli xabarlarda aniq va ma'niliroq ma'lumot beradilar. Telefonda aniq javob berishga nima to‘sqinlik qiladi? “Xatga tushding – o‘tga tushding” maqoli shu yerda juda o‘rinli bo‘ladi. SMS yozishda odamlar bu xabar saqlab qolinishini bilgan holda, muloqotga jiddiy yondashadilar. Og‘zaki so‘zlashuvda esa, bunday mas'uliyat ko‘rinmaydi. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda ko‘proq yolg‘on, bo‘rttirish, “aravani quruq olib qochish” uchraydi. “Aslida, ko‘pchilik SMSlarda aniq javob bermaydi, degan fikr mavjud edi. Chunki bu javobni ko‘pchilik ko‘rishi va yozganlaringizga javob berishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘ladi. Lekin, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, aynan yozma javoblar to‘liqroq va aniqroq bo‘ladi”,- deyishadi Michigan ijtimoiy tadqiqotlar instituti (AQSh)olimlari. Ularga ko‘ra, matnli xabarlarda kishilar ma'lumotlarni umumiy suratda taqdim eta olmaydilar. Masalan, telefonda so‘zlashayotganda “o‘nlab institutlar” degan so‘z ishlatgan kishi xuddi shu xabarni SMS orqaliyozganda, aynan “32 ta institut” tarzida ma'lumot beradi. Buning sabablaridan biri – telefon orqali suhbatlashayotganda vaqtni qizg‘anishdir. SMS terish o‘ylashga majbur etadi Michiganlik olimlar tadqiqotida iPhone, ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 250 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Бугунги кунда бутун жаҳонга машҳур бўлган Эйфель минорасини 1889 йилда, Парижда ўтказилган Бутунжаҳон кўргазмаси учун қурувчи-муҳандис Александр Гюстав Эйфель тиклаган эди. Эйфелнинг фикрича, бу минора вақтинчалик, яъни, 20 йил туриб бериши керак эди. Бироқ Франциянинг рамзига айланган минора орадан 123 йил ўтдики, ҳамон ўша-ўша...
ЕВРОПАНИНГ ЭНГ ҚИММАТ ИНШООТИ
Яқинда Европанинг энг қиммат тарихий иншооти сифатида Париждаги Эйфель минораси танланди. 344 млрд. фунт-стерлингга баҳоланган ва баландлиги 324 метр, оғирлиги 10 100 тонна бўлган ушбу минора Италиядаги Колизей иншоотидан 6 баробар қиммат экан. Ушбу тадқиқот Италияда ўтказилди. Шунингдек, бир йилда 7 миллион инсон ташриф буюрадиган Эйфель минораси дунёда энг кўп зиёрат қилинадиган тарихий макон деб тан олинди. Шу пайтгача бу минорани 200 миллион инсон зиёрат қилган. Италиядаги Колизей майдонига йилига 4 миллион сайёҳ ташриф буюради.
ЭЙФЕЛЬ ДАРАХТГА АЙЛАНМОҚДА
Сайёҳларни ўзига жалб қилувчи машҳур минорани темир қафас кўринишидан воз кечиб, дунёнинг экологик рамзига айлантириш борасида улкан қадам ташланди. Минора янги лойиҳага кўра дунёдаги энг кўркам дарахтга айлантирилади. У 600 минг туб турли ўсимликлар билан қопланади. "Le Figaro” газетасининг хабарига кўра, лойиҳа режаси 7 декабрда якунига етказилади. Лойиҳани амалга ошириш учун 72 миллион евро сарфланиши белгиланган. Ўсимликлар 2013 йилнинг июн ойидан бошлаб жойлаштирилади. 2014 йилга бориб, Эйфель минораси ям-яшил тусга киради.
... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 366 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Yuan — Xitoy Xalq Respublikasining pul birligi. Xitoychadan tarjima qilinganda "yuan" "dumaloq" yoki "dumaloq tanga" degan ma'noni bildiradi.
"Yuan" so'zining kelib chiqishi Sin sulolasi hukmdorligi davriga borib taqaladi. O'sha davrlarda dumaloq kumush tanga shunday nomlangan. 1969-yildan buyon xitoy puli rasman "jenminbi" ("xalq puli" ma'nosini bildiradi) deb ataladi, yuan esa jenminbining o'lchov birligidir. Agar Xitoyga otlanayotgan bo'lsangiz, shuni e'tiborga olingki, xitoy yuani Gonkong va Makaodan tashqari butun Xitoydagi qonuniy to'lov vositasi hisoblanadi. Gonkong va Makao o'z valyutalaridan foydalanish huquqiga ega. Endi esa yuan haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishing.
1.Xitoy yuani – Xitoydagi dumaloq shaklga ega bo'lgan ilk pul. Bungacha tangalar kurak, bolta, omoch shaklida bo'lgan.
2.Xitoy valyutasi 100ga 1 tamoyiliga mos kelmaydi, masalan, 1 so'm=100 tiyin singari. Bu erda 1-10-10 sxemasi amal qiladi. Ya'ni 1 yuan 10 yao (yoki szyao)ga teng, 1 yao esa 10 fenga teng.
3.Xitoy yuani beshta seriyada chiqarilgan. Birinchi seriya banknotlar 1948 yil dekabrida chiqarilgan. Ikkinchi seriya 1955 yilda, uchinchisi esa 1962 yilda chiqarilgan. Uzoq vaqt mobaynida ikkinchi va uchinchi seriyadagi yuanlar bir vaqtning o'zida amal qilgan. Uchinchi seriya 2000 yilda butunlay muomaladan olingan. To'rtinchi seriyadagi banknotlar 1987-1997 yillarda chiqarilgan va hozirda ham amalda bo'lsa-da, asta-sekin muomaladan chiqarilmoqda. So'nggi beshinch ... Читать дальше »
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 342 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Agar odamlardan siz chet tilini o'rganish zarurmi, deb so'rasangiz, ularning ko'pchiligi "yo'q" deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o zbek tiliga o'girilgan, qolganlarini o'qish uchun esa ikkinchi tilni o'rganish shart emas, deb o ylaydi. Ammo biron-bir tilni o rganish kerakmi- yo'qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo'lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so'rab ko ring. Axir o zida yo'q narsaning ahamiyati haqida kim sizga to'g'ri ma'lumot bera oladi? Shu bois, chet tilida bemalol so' zlasha oladiganlar o'rtasida kichik tadqiqot olib bordik va olimlarning bu boradagi ayrim xulosalarini e'tiboringizga havola qilyapmiz. Dunyoga yangicha nigoh Har bir til o ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda bo 'lgani kabi boshqa tillar ham o'zida xalqning o'tmishini aks ettiradi. Til o'rganishning afzalliklarini uni mukammal o'zlashtirmaguningizcha bilolmaysiz. Xorijiy tilni o'rganish asnosida o'sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishasiz. Bu til o'rganishni boshlagan ilk kunlaringizdanoq sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal egallaganingiz sari hayot yanada yorqin va rang-barang ekanligiga amin bo'lasiz. Zamonaviy psixologiya fani chet tilini o' rganish inson xarakterini ham qisman o'zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda. Keling, ko p gapirmasdan til o'rganishning ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 240 | Добавил: OtasH | Дата: 17.06.2017 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |