Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 21
Ketma-ketlikda hisoblasak, u Quyoshdan olti sayyora narida «suzib yuradi». Kattaligi bo‘yicha Yupiterdan keyingi o‘rinda turadi. U yerda yashashning, biologik tiriklikning mutlaqo imkoni yo‘q: u qatori Yupiter, Uran va Neptun gazli gigantlar sanaladi. Saturn qadimgi Rim xudosi sharafiga nomlangan, ramzi esa o‘roq — mehnat asbobi. Manbalarda keltirilishicha, Saturn atmosferasining asosiy tuzilishi vodorod (96 foiz), geliy (3 foiz), metan (0,4 foiz), deyterid vodorod hamda ammiak (0,01 foizdan), etan(0,0007 foiz)dan iborat. Ichki qismida tog‘ jinslari hamda muzlikdan tuzilgan unchalik katta bo‘lmagan yadrosi, yupqa metall qavati bilan o‘ralgan vodorod va gazsimon moddalar mavjud ekan. Sayyorada shamol shunaqangi qattiq esarkanki, aql bovar qilmaydi: soatiga 1800 kilometr! Bunday tezlikdagi shamol maksimal darajada odamni ham istalgan joyiga itqitib yuborishi turgan gap. Astronomik asboblar bilan kuzatganda, Saturn halqali tizimga ega ekani, ya’ni «belida belbog‘i bor»ligi shundoqqina ko‘rinib, sezilib turadi, halqalar asosan muz parchalari, qisman tog‘ jinslari va olovli jismlardan tashkil topganki, go‘yo ular o‘z bag‘rida juda katta boylikni saqlayotgan hududni qo‘riqlayotgan soqchilarni yodga soladi. Sayyora atrofida bizga ma’lum bo‘lgan 61ta yo‘ldosh aylanib yuradi. Titan — ular ichida eng yirigidir, u Quyosh sistemasidagi ikkinchi raqamli yo‘ldoshdir. Bu borada birinchi o‘rinni Yupiterning «qarindoshi» — Ganimedga berishgan.
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
286
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Atlantika okeanining shim.sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyanmng muxtor viloyati. Maydoni 1,4 ming km2. Orollarning relyefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 metr. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirg’oqlari tik, ford ko’p. Iqlimi subarktika dengiz iklimi, o’rtacha temperatura fevralda 4°, iyulda 11°. Yillik yog’in 1500 mm. O’tloqlar, torfli botqokliklar, vereskzorlar bor. Parranda ko’p. Baliq ovlanadi. Qo’y boqiladi. Ma’muriy markazi — TorsXavn. Farer orollarida 7—9-asrlarda kelt qabilalari yashagan. 9-asrlardan norveglar ko’chib kela boshlagan. 2-jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida bo’lib kelgan.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
178
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Merkuriy, Utorud- Quyosh sistemasidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan so’ng uning yaqinida ko’rinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304-1023 kg;
O’rtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Qu-yoshdan o’rtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri88 sutka. Orbital harakatining tezligi47,9 km/sek. Merkuriy satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, ko’rinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan o’rtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da bo’lganda T=618 K; nadirda esa G<250 K.
Quyoshdan eng uzok, masofada bo’lganda yorug’ligi—0,3 dan +0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng bo’lib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi ko’rinadi. Yuzasida qora, oqish dog’lar va kucheiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N, va argon Ag bo’lishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yo’ldoshi mavjud emas.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
538
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Tabariya ko’li, Tveriada ko’li, G’anisaret ko’li, Galiley ko’li — Falastin tarixiy viloyatidagi kul, Isroil davlati hududida (ko’lning sharqiy sohilidan Isroilning Suriya bilan chegarasi o’tgan).
Alhor tektonik botig’ining shimoliy qismida, dengiz sathidan 212 metr pastda joylashgan. Maydoni 145 km2. Eng chuqur joyi 48 metr. G’arbiy va sharqiy qirg’oklari tik yon bag’irli, shimoliy va janubiy past.
Tabariya ko’li orqali Iordan daryosi oqib o’tadi. Ko’ldan baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. G’arbiy sohilida Isroilning Tiveriya shaxri joylashgan. Bibliyaning Yangi axd qismida Tabariya ko’li Isoning afsonaviy faoliyati bilan bog’liq. Shu sababli kul atroflari dindorlarning ziyoratgoh joyi.
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
469
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Hindiston sirli yurt sifatida turli davrlarda yashagan olim va sayyohlarning e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Jumladan, 1492 yilda Amerikani kashf etgan Xristofor Kolumb Yevropadan Hindistonga bo’lgan dengiz yo’lini topish maqsadida sayohatga chiqqan. Ammo Kolumbning bu orzusini 1498 yilda portugal sayyohi Vasko da Gama Afrikani aylanib o’tib, Yevropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochish orqali amalga oshirgan. Hindistonning Mumbaydagi ramziy darvozasi. Hindiston o’zin ing turli noyob mahsulotlari bilan qadim zamonlardan Yevropa va Osiyo mamlakatlariga yaxshi ma’lum bo’lgan. U asosiy savdo yo’li sifatida o’zining boyliklari, yuqori darajada rivojlangan madaniyati bilan sayyohlarni hayratda qoldirib kelgan. Strabon yozib qoldirgan ma’lumotlarga ko’ra, miloddan avvalgi 130 yillarda Rim imperiyasi va Hindiston o’rtasida savdoga asos solingan. Usha vaqtlarda yiliga 120 dan ortiq kemalar O’rta dengizdagi bandargohlardan Hindistonga suzib, savdo ishlarini olib borgan. Hindiston o’z tarixida turli siyosiy voqyealarni boshdan kechirganiga qaramay, dunyodagi eng qadimiy madaniy uchokdardan biri sifatida o’zin ing xususiyatlarini sakdab krlgan va rivojlantir-gan. XII asrda Hindiston hududiga arablar, turklar va afg’onlar hukmronlik qilib, XIII asr boshlarida bu yerda Dehli sultonligi tashkil qilingan. 1526 yildan boshlab 200 yildan ortiq vaqtda daomida Hindistonda boburiylar hukmronlik qilib, bu yerda katta obodonchilik ishlarini amalga oshirishga
...
Читать дальше »
Категория:
Turfa olam
|
Просмотров:
430
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
21.06.2017
|
|
Yaqin odamlar bir-biri bilan urishishi ko’pincha kuzatiladi lekin ma’lum qoidalarga rioya qilinsa bu urishlar unchalik qo’rquv tug’dirmaydi. 1. Hech qachon ota-onaga til tekkizmang Gap shundaki, urish faqat siz va juftingizga tegishli. Ota-ona haqida aytilgan gap yurakda uzoq yillar muhrlanib qolishi mumkin. Shuningdek ota-onangiz urishga aralashishiga yo’l qo’ymang. Agar baribir bunga yo’l qo’yilgan bo’lsa muammo endi faqat sizlarga emas, ikkita oilaga tegishli. Bunday urishni osonlik bilan dushmanlikka aylantirsa bo’ladi. Hattoki er-hotin orasi o’nglansa ham, oilalar o’rtasida vaziyatlarni og’irlashtiruvchi nizolar qolishi mumkin. 2. Hech ham kuch ishlatmang Ko’pchilik urishayotgan er-hotinlar “so’zlarim ta’sir qilmayapti“ deb o’ylab kuch ishlatishga o’tishadi. Qanchalik jaxlingiz chiqqanini ahamiyati yo’q — kuch ishlatmang. Sevganingiz tomonidan sizga nisbatan ishlatilgan kuch orangizdagi sevgini ketkazishi mumkin. 3. “Ajrashaman“ demang Qanday gaplar aytilganidan qat’iy nazar ajrashish to’g’risida gapirmang. Bu er-hotin gapirishi mumkin bo’lgan so’zlarning eng yomonlaridan biri. Agar urishgan paytda, bir tomon ajralish haqida gapiraversa — oxir-oqibat ajrashishga to’g’ri kelishi mumkin. Jaxlingiz chiqqanida ajralish haqida gapirib qo’yib, undan so’ng afsuslanishingizga ishonchimiz komil. 4. Urish paytida uydan chiqib ketmang Kinolarda ko’pincha er yoki hotin uydan qochib chiqib ketayotganini i
...
Читать дальше »
|
1. 1-2daqiqa davomida quruq choyni chaynasangiz og‘izdagi noxush hid yo‘qoladi. So‘ngra chaynalgan choyni tupurib tashlang. 2. Agar siz quruq choyni chaynashni istamasangiz, achchiq choy damlab u bilan og‘izni chayib tashlang. 3. Petrushka giyohining yangi barglari va ildizini ham saqich misol chaynash og‘izdagi noxush hidlarni bartaraf etadi. 4. Erman giyohining maydalangan kukunidan bir qoshiq olinadi va ustiga 1 stakan qaynoq suv solinib, og‘iz kuniga bir necha marta chayiladi. 5. 1 stakan qaynoq suvga 2 osh qoshiq yalpiz barglari solinadi va 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma 1 soat damlanadi va sovutiladi. Og‘iz kuniga ushbu damlama bilan 5-6marta chayiladi.
|
Stenford universitetida 1921 yildan buyon uzoq yashash sirlarini o‘rganishga bag‘ishlangan loyiha amalga oshirib kelinadi. 2011 yilda loyiha uzoq umr va shaxsiyatga oid bog‘liqlikni e’lon qildi. Unga ko‘ra, aqlli, qat’iyatli, tartibli, mehnatdan qochmaydigan insonlarning uzoq umr ko‘rish imkoni yuqori bo‘lar ekan. Boisi, bu fazilatlarga ega insonlarda tushkunlik, xafaqonlik kabi salbiy ta’sirlar deyarli kuzatilmaydi. ILLATLARDAN VOZ KECHING Misol uchun, kashandaning boshqalarga qaraganda 10 yil kamroq yashashi ilmiy jihatdan asoslangan. Ammo 45 yoshgacha bo‘lgan tamaki chekuvchi bu illatdan voz kechsa, yana uzoq yillar mobaynida umrguzaronlik qilish imkoniga ega bo‘ladi. Spirtli mahsulotlarni surunkali iste’mol qilish ham o‘ta xavfli odatdir. Shu bois, imkon borida ulardan voz keching. Baliq moyi 2013 yilda Harvard universitetining Salomatlik maktabi e’lon qilgan ilmiy izlanishlarga ko‘ra, tanasida omega-3 yog‘ kislotasi miqdori yuqori bo‘lgan insonlar nisbatan uzoq umr kechirib, yurak xastaligiga chalinish ehtimoli 35 foizga kamayar ekan. Zig‘ir yog‘i, losos, yong‘oq, skumbriya hamda ismaloq omega-3 yog‘ kislotasiga boy bo‘ladi. Ularning salomatlikka foydasi serob, tarkibidagi vitaminlar tushkunlikka qarshi kurashib, kayfiyatni ko‘taradi, qondagi xolesterin miqdorini nazorat qiladi. Ta’lim oling Bir oz avval 256 yil yashagan xitoylik Li Sin’yun haqida ma’lumot bergan edik. Bu inson o‘zining uzoq y
...
Читать дальше »
|
Aslida, havoning issig‘ida nima qilish kerakligini O‘zbekistonliklar shundog‘ ham yaxshi bilishadi, bosh kiyim va tanani oftobdan yaxshi himoya qiladigan kiyim-bosh kiyish, ko‘proq suv yoki choy ichish, kamroq ovqat, tushlik vaqti ko‘chada yurmaslik va hokazo…
Bu yilgi yoz ham O‘zbekistonda o‘ta issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bir necha bor ob havo harorati 50 gradusdan oshishi kutilmoqda. Agar shunday jazirama issiqda ko‘chada yurishga yoki ishlashga to‘g‘ri kelsa, sog‘liqni ehtiyot qilish uchun bizning maslahatlarimizdan foydalanishingiz mumkin.
|
Har bir odamning xobbisi bo‘lishi kerak. Lekin odatda xobbi deganda biz qimmat mashg‘ulotlarni tushunamiz: parashutdan sakrash yoki noyob narsalar kolleksiya qilishni. Lekin aslida unday emas! Bu maqola sizga bir dunyo ajoyib, arzon xobbilarni eslatib o‘tadi. Ko‘chada sayr qilishdan boshlab “skrapbuking”gacha (gazeta yoki jurnal sahifalarini yig‘ish), hayotingizni yanada rang-barang qiladigan mashg‘ulotlarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz yoki pulingizni tejashning bir qancha usullari haqida oʻqing. 100 ming so‘m yoki undan kam 1. Piyoda sayr Sizga kerak bo‘ladigan eng muhim narsa — toza havo. Sizga yana qulay kiyim va poyabzal zarur! Shunchaki haftada ikki marotaba piyoda yurib, avval avtobus, mashinalarda o‘tib ketgan joyingizni yayov bosib oʻting. Bu sog‘ligingizga ham albatta foyda. 2. Blogerlik Blog yuritish eng zamonaviy hamda ajoyib xobbilardan biri. Ichingizda bor fikrlarni yoki oʻzingiz yaxshi koʻradigan narsalar haqida yozib, odamlar bilan ulashing.! Siz arzimagan pulga va hatto tekinga kichkina sayt ochishingiz yoki ijtimoiy tarmoqda guruh, sahifalarda ishlashingiz mumkin. Balki sizda yaxshi yozish qobiliyati borligini hali ham bilmassiz? 3. Mutolaa Mutolaa eng oson va odatda arzon xobbi turi. Siz o‘qishni sevgan gazeta, kitoblar dunyoqarashingizni kengaytiruvchi zo‘r vositalardir. Hozir juda ko‘p kitoblarning audio versiyasi bor. Ko‘chada yoki ish qilayotganing
...
Читать дальше »
|
Umrni uzaytirish borasida bir qancha tavsiya va maslahatlardan xabardor qilamiz. Bu galgi tavsiyalarimiz ham sizni befarq qoldirmaydi. Har kuni tishlaringizni yuving – 1 yil qo‘shiladi Agar tishlaringizni yuvishni unutmasangiz, bir qator muammolarni ortda qoldirasiz: milkning kasallanishi, tish yemirilishi va tushishi. Milki og‘rigan insonlarda asosan buyrak va qandli diabet bilan og‘rishga moyillik kuzatiladi. Muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tish – yarim yil qo‘shiladi Shifokorlarning doimiy huzuriga borish kasallikning oldini olish yoki uni butkul bartaraf etishga sabab bo‘ladi. Bu ham insonning umrini uzoqlashtirishga yarim yil qo‘shiladi. Texnologik qayta ishlangan go‘shtni tanovul qilmang – 4 yil umr qo‘shiladi Taomni tez pishiradigan restoranlarda iste’mol qilishni kamaytiring. Ular sizning hayotingizga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Agar buni oldini olishni uddasidan chiqsangiz, umringizni 4 yilga uzaytirasiz. Doimiy jismoniy mashg‘ulotlar – 5 yil qo‘shiladi Jismoniy mashg‘ulotlar bilan doimiy ravishda shug‘ullanish insonni umrini uzaytirisha hech kimga sir emas. Haftasiga 2-3 marotaba jismoniy mashg‘ulotlar bilan bo‘lish foydalidir. Bu bilan siz yurak kasalliklari, qandli diabetni havfini olasiz. Yetarli miqdorda kalsiy iste’mol qiling – yarim yil qo‘shiladi Kalsiya insonga foydali hisoblanadi. Siz kuniga nonushtangizga pishloq, sut mahsulotlar
...
Читать дальше »
|
Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan nima o’rganishni bilish lozim. Hayotning sinovlaridan o’tish uchun insonga katta shijoat, aql-zakovat va tajriba kerak bo’ladi. Agar hayotingizda hech vaqt yurqizmay desangiz, quyidagi maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing. 1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta buni udaasidan chiqing. 2. Borish lozim bo’lgan joyga kechga qolyapsizmi? Ogohlantirib qo’yishni unutmang. 3. O’zgalarni ulkan orzulari ustidan zinhor kulmang. 4. Ota-onangizga ko’roq vaqt ajrating. Ularga hammadan ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini sedan chiqarmang. 5. Shirin so’z bilan dunyoni olish mumkin ekanligini unutmang. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling. 6. Shikoyat qilishdan o’zingizni tiying. Chunki birovni tashvishi boshqaga yoqmasligi mumkin. 7. O’zgalar ortidan zinhor g’iybat qilmang. 8. Fikr va g’oyalar keldimi? Darxol uni yozib qo’ying. 9. Bir marotaba hiyonat qilgan inson bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi. 10. O’z hatoingizni tan olishni o’rganing. 11. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab, dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang. 12. Faqat oldinga qarab intiling va harakatda bo’ling. Sinab ko’ring, foydasi bo’ladi. 13. Biror-bir jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz vaqti kelib u inson bilan yarashasiz. Ammo u
...
Читать дальше »
|
JUDA HAM ACHCHIQ NARSA YEB QO'YGANINGIZDA Juda ham achchiq narsa yeb qo'yganingizda xech qachon gazli ichimliklar ichmang! Balki, bir stakan sut yoki ozigina smetan yordam beradi. Bu ham yordam bermasa, og'izni sho'r suvda chayqash yoki og'izda shakarni ushlab turish kerak CHIVIN CHAQQANDA QICHIMASLIGI UCHUN Chivin chaqqan joy qichishini istamasangiz, chaqqan joyni lekoplastor, skotch yoki izolenta bilan bog'lab oling, kislorod kirmagan joy qichishmaydi. Qichishni oddiy aspirin dorisi ham qoldiradi. Uni maydalab chivin chaqqan joyga qo'yish zarur. AGAR TORT USTIDAGI GLAZUR KO'RKAM VA QARSILDOQ CHIQISHINI XOHLASANGIZ Agar tort ustidagi glazur ko'rkam va qarsildoq chiqishini xohlasangiz, fenda issiq havo haydab quriting SOCHLAR YUVILGANIDAN SO'NG UZOQROQ YALTIRASHINI XOHLASANGIZ Sochlar yuvilganidan so'ng uzoqroq yaltirashini xohlasangiz, sochingizni 5 daqiqa limon suviga bo'ktirib qo'ying Do`kondan narsa harid qilayotganda egilib pasroqdagi mahsulotlarni ko'rishga erinmang. Chunki... Harid uchun do'konga kirar ekansiz, bir narsani bilib qo'ying, qimmat narsalar ko'z darajasiga qo'yiladi. Egilib pasroqdagi mahsulotlarni ko'rishga erinmang. Pastda yuqoridagi qimmat mollardan ancha arzon, ammo sifati deyarli bir bo'lgan mahsulotni topishingiz mumkin bo'ladi Yosh bolalar bilan gaplashayotib, cho'kkalab oling. Chunki... Yosh bolalar bilan ga
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|