Shanba, 21.06.2025, 16:15
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 8
Mehmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 21 » Eng Ko’p Tilli Davlat
22:31
Eng Ko’p Tilli Davlat
Hindiston sirli yurt sifatida turli davrlarda yashagan olim va sayyohlarning e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Jumladan, 1492 yilda Amerikani kashf etgan Xristofor Kolumb Yevropadan Hindistonga bo’lgan dengiz yo’lini topish maqsadida sayohatga chiqqan. Ammo Kolumbning bu orzusini 1498 yilda portugal sayyohi Vasko da Gama Afrikani aylanib o’tib, Yevropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochish orqali amalga oshirgan.

Hindistonning Mumbaydagi ramziy darvozasi.

Hindiston o’zin ing turli noyob mahsulotlari bilan qadim zamonlardan Yevropa va Osiyo mamlakatlariga yaxshi ma’lum bo’lgan. U asosiy savdo yo’li sifatida o’zining boyliklari, yuqori darajada rivojlangan madaniyati bilan sayyohlarni hayratda qoldirib kelgan. Strabon yozib qoldirgan ma’lumotlarga ko’ra, miloddan avvalgi 130 yillarda Rim imperiyasi va Hindiston o’rtasida savdoga asos solingan. Usha vaqtlarda yiliga 120 dan ortiq kemalar O’rta dengizdagi bandargohlardan Hindistonga suzib, savdo ishlarini olib borgan.

Hindiston o’z tarixida turli siyosiy voqyealarni boshdan kechirganiga qaramay, dunyodagi eng qadimiy madaniy uchokdardan biri sifatida o’zin ing xususiyatlarini sakdab krlgan va rivojlantir-gan. XII asrda Hindiston hududiga arablar, turklar va afg’onlar hukmronlik qilib, XIII asr boshlarida bu yerda Dehli sultonligi tashkil qilingan. 1526 yildan boshlab 200 yildan ortiq vaqtda daomida Hindistonda boburiylar hukmronlik qilib, bu yerda katta obodonchilik ishlarini amalga oshirishgan.

XVIII asrning boshlaridan XX asrning o’rtalariga qadar Hindiston Britaniya imperiyasi tarkibiga kirgan.Hozirda Hindistonning umumiy maydoni — 3,39 mln. kv.km, aholisi — 1,21 mlrd. kishi. Aholisining soni bo’yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Mamlakatning rasmiy nomi qadimgi fors so’zi — «hindu»dan olingan bo’lib, uning Konstitusiyasida ikkinchi nomi «Bxarat» deb ko’rsatilgan.

Ulkan yarimorolni egallab yotgan mamlakat qirgoq chizig’ining umumiy uzunligi 7,5 ming km, shundan 5,4 ming km kontinental hududga, 2,09 ming km orollarga tegishli. Kontinental hudud qirg’oqlarining 43 foizi qumloqlar, 11 foizi qoyali joylar va 46 foizi botqoqlardan iborat.

Hindiston relyefi rang-barang, u osmono’par Himolay tog’lari, Hind-Gang tekisligi, Dekan yassi tog’ligi, Tar cho’li hamda okean oldi tekisliklari kabi asosiy qismlardan iborat.

Hindistonning ko’p ming sonli daryolari to’yinish manbalariga qarab har xil rejimga ega. Himolay muzliklaridan va musson yomg’irlaridan to’yinadigan daryolar yil bo’yi to’lib oqadi, Dekan yassi tog’ligidan oqib tushuvchi daryolar asosan musson yomg’irlaridan to’yinib, ularning oqimi yilning turli mavsumlarida o’zgarib turadi. Himolay tog’laridan boshlanadigan va butun mamlakat hududidan oqib o’tadigan eng yirik daryolar Ganga va Brahmaputra Bengal qo’ltig’iga quyiladi.

Hindiston hududida nam tropik, quruq tropik, subtropik musson va baland tog’ iqlim tiplari mavjud. Tekisliklarda yanvarning o’rtacha harorati shimoldan janubga +15 dan +27°S gacha, may oyiniki +28+35°S, ba’zida +45+48 S o’rtasida o’zgarib boradi. Nam mavsumda mamlakatning aksariyat qismida harorat +28°S ga teng.

Shilong platosining yonbag’ridagi Cherapunji shaharchasi Yer kurrasidagi eng seryog’in joy bo’lib, bu yerdagi yillik yog’in miqdori o’rtacha 12000 millimetrga teng.

Hindistonning o’simlik va hayvonot olami juda boy, mazkur mamlakat dunyodagi barcha sut emizuvchilardan 7,6 foizining, qushlardan — 12,6, sudralib yuruvchilardan — 6,2, quruqlik va suvda yashovchilardan — 4,4, baliqlardan — 11,7, barcha gulli o’simliklardan — 6,0 foizining vatani hisoblanadi. Hindistondagi o’simliklarning — 33 foizi, sut emizuvchilarning -12,6, qushlarning — 4,5, sudralib yuruvchilarning — 45,8, quruqlik va suvda yashovchilarning — 55,8 foizi endemik turlar hisoblanadi.

Hindiston — aholisi eng ko’p tilda gaplashadigan mamlakat. Mamlakat Konstitusiyasida 1 milliondan ortiq aholi gaplashadigan 21 ta rasmiy til qayd etilgan. Mamlakatning pul birligi — rupiyaning qiymati har bir banknotda ana shu 21 tilda bayon etilgan. Bundan tashqari, Hindistonda 1650 dan ortiq lahjalar mavjud. Ammo mamlakat aholisi milliy jihatdan bo’linmagan — ularning barchasi hindistonliklar, deb ataladi.

Hindiston aholisining 80,5 foizi hindistonliklarning an’anaviy dini hinduizmga e’tiqod qiladi. Islom (13,4 foiz), nasroniylik (2,3), sikxizm (1,9) va buddizm (0,8 foiz) diniga e’tiqod qiladiganlar soni ham ko’pchilikni tashkil etadi. Hindiston musulmonlarning umumiy soniga ko’ra (160,8 mln. kishi) dunyoda Indoneziyadan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan yirik mamlakatdir.

Hindistonning boy tarixi va madaniyati kabi uning me’moriy obidalari ham rang-barang. Bu yerda qadimgi hind me’morchiligi arab, fors va O’rta Osiyo me’morchylik uslublari bilan qorishib ketgan. Hindistonliklar qadimgi hind ibodatxonalari bilan birga boburiylar va yevropaliklar barpo etgan me’moriy obidalarni birday qadrlashadi.

Hindistondagi yirik shaharlar — Dehli, Kalkota, Mumbay kabi ulkan megapolislarda qator zamonaviy arxitektura inshootlari bilan bir qatorda, qadimgi hind me’morchiligi an’analari bilan uyg’unlikda barpo etilgan jozibali obidalar mavjud. Qurilishi 1193 yilda boshlangan va Hindistonning birinchi musulmon xoqoni Qutbiddin Oybek sharafiga nomlangan Dehlidagi Qutb minorasi dunyodagi g’ishtdan qurilgan eng baland minora hisoblanadi. Umumiy balandligi 72,6 m bo’lgan mazkur inshoot musulmon mamlakatlarida mavjud minoralardan farqli o’laroq, bir-birining ustiga qurilgan besh qavatdan iborat.



Hindistondagi Katta ibodatxona.

O’zbekiston zaminida yashab ijod qilgan bir qator olimlar Hindiston haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Ana shunday keng qamrovga ega bo’lgan asarlardan biri — «Hindiston» Abu Rayhon Beruniyga tegishlidir. Beruniy 1017 yilda sulton Mahmud G’aznaviy tomonidan G’aznaga (hozirgi Afg’oniston hududida) olib ketilgach, bir necha yil davomida Hindistonda yashagan va ilmiy faoliyat olib borgan.

O’zining bevosita kuzatishlari va turli hind manbalarini o’rganish natijasi o’laroq, Abu Rayhon Beruniy 1030 yilda «Buyuk siymolar tomonidan tan olingan va olinmagan hind fanlariga izoh» yoki «Hindiston» nomi bilan mashhur asarini yozib tugatdi. Ushbu asar hind fani va madaniyatiga qo’yilgan haykal bo’lib, mazkur mamlakatning haqiqiy ensiklopediyasi hisoblanadi.

Beruniy Hindistonda yashagan chog’ida sanskrit tilini o’rgangan va turli manbalardan mamlakat etnografiyasi, geografiyasi, biologiyasi, filologiyasi va tarixiga oid juda muhim ma’lumotlarni to’plab, ularni «Hindiston» asariga kiritgan. Turli xalqlarning yilnomalariga asoslangan holda Beruniy dehqonchilikni yuritishga mo’ljallangan taqvimlar tuzishning umumiy tamoyillarini taklif etgan.



Dehlidagi Qutb minorasi.

Mazkur asar Hindistonning IX-X asrlardagi geografiyasi, tarixi, aholisining turmushi va madaniyatiga oid nodir manba sifatida haligacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

1413-1482 yillarda yashab ijod qilgan Abdurazzoq Samarqandiy turli fanlarni mukammal egallagan olim va sayyoh bo’lgan. Shohrux saroyida faoliyat olib borgan Samarqandiy diplomatik qobiliyat egasi bo’lgani tufayli Hindiston, G’ilon, Misr va boshqa mamlakatlarga elchi etib tayinlangan.

Hindistonga safar qilgan O’rta osiyolik olim va sayyohlarning aksariyati bu ishni quruqlik orqali amalga oshirganlar. Samarqandiy esa mintaqamizdan chiqqan geograf va sayyohlar o’rtasida birinchi bo’lib 1441-1444 yillarda, portugal sayyohi Vasko da Gamadan 56 yil oldin Hindistonga dengiz orqali sayohat qilgan. Uning ushbu sayohati yo’nalishi O’rta Osiyoning janubi, Xurosonning qumli cho’llari, Eron, Ozarbayjon va Iroq orqali o’tgan. Fors ko’rfazidagi Ho’rmuz bo’g’izidan Arabiston dengiziga chiqqan Samarqandiy ushbu dengiz orqali Hindistonga yetib olgan.


Hind me’morchiligida Sharqning ta’siri katta. (Boburiylar tomonodan qurilgan Toj Mahal)

Hindiston safarining natijasi o’laroq, Abdurazzoq Samarqandiy «Hindiston safarnomasi» asarini yozadi. Bu asarda olim Hindiston, uning tabiati, tog’lari, dengiz va daryolari, bu yerda yashaydigan xalqlarning urf-odatlari, mashg’uloti, shaharlari, o’simlik va hayvonot dunyosining o’ziga xosligi, qazilma boyliklari va boshqa tabiiy resurslari haqida qimmatli ma’lumotlarni keltirgan.

Abdurazzoq Samarqandiyning «Hindiston safarnomasi» ushbu mamlakatdan tashqari Yaqin Sharq va O’rta Osiyoga qo’shni mamlakatlarning XV asrdagi geografiyasi, tarixi, etnografiyasiga oid muhim qo’llanmadir.

1483-1530 yillarda yashab ijod etgan shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur XVI asr boshlarida Hindiston zaminida boburiylar saltanatiga asos solgan. Mazkur sulola XIX asrga qadar ushbu mamlakatda bunyodkorlik va ma’rifatparvarlik ishlarini olib borgan. Olimning yaratgan asarlari ichida O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonning geografiyasi, tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tabiati va etnografiyasiga oid muhim ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan «Boburnoma» alohida o’rin tutadi.

Bobur Farg’ona vodiysi, uning atrofidagi hududlar va Hindistonning geografik o’rni, tog’lari, suvlari, cho’l, yaylov va bog’lari to’g’risida ularning hozirgi zamon holatiga to’g’ri keladigan qiyosiy ma’lumotlarni keltirgan.

Bobur va uning avlodlari tomonidan Hindistonda Toj Mahal, Shoh Akbar maqbarasi, Agra va Dehlidagi Qizil qal’a kabi mahobatli me’moriy obidalar barpo etilgan. Ular hozirda ham nafaqat hindistonliklarning, balki butun dunyodan tashrif buyuradigan sayyohlarining sevimli ziyorat maskanlary hisoblanadi.
Категория: Turfa olam | Просмотров: 427 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |