Главная » 2017»Iyun»21 » YANGI YILDAN BOSHLASHINGIZ MUMKIN BO‘LGAN 10 TA XOBBI
10:59
YANGI YILDAN BOSHLASHINGIZ MUMKIN BO‘LGAN 10 TA XOBBI
Har bir odamning xobbisi bo‘lishi kerak. Lekin odatda xobbi deganda biz qimmat mashg‘ulotlarni tushunamiz: parashutdan sakrash yoki noyob narsalar kolleksiya qilishni. Lekin aslida unday emas!
Bu maqola sizga bir dunyo ajoyib, arzon xobbilarni eslatib o‘tadi. Ko‘chada sayr qilishdan boshlab “skrapbuking”gacha (gazeta yoki jurnal sahifalarini yig‘ish), hayotingizni yanada rang-barang qiladigan mashg‘ulotlarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz yoki pulingizni tejashning bir qancha usullari haqida oʻqing.
100 ming so‘m yoki undan kam
1. Piyoda sayr
Sizga kerak bo‘ladigan eng muhim narsa — toza havo. Sizga yana qulay kiyim va poyabzal zarur! Shunchaki haftada ikki marotaba piyoda yurib, avval avtobus, mashinalarda o‘tib ketgan joyingizni yayov bosib oʻting. Bu sog‘ligingizga ham albatta foyda.
2. Blogerlik
Blog yuritish eng zamonaviy hamda ajoyib xobbilardan biri. Ichingizda bor fikrlarni yoki oʻzingiz yaxshi koʻradigan narsalar haqida yozib, odamlar bilan ulashing.! Siz arzimagan pulga va hatto tekinga kichkina sayt ochishingiz yoki ijtimoiy tarmoqda guruh, sahifalarda ishlashingiz mumkin. Balki sizda yaxshi yozish qobiliyati borligini hali ham bilmassiz?
3. Mutolaa
Mutolaa eng oson va odatda arzon xobbi turi. Siz o‘qishni sevgan gazeta, kitoblar dunyoqarashingizni kengaytiruvchi zo‘r vositalardir. Hozir juda ko‘p kitoblarning audio versiyasi bor. Ko‘chada yoki ish qilayotganingda mazza qilib, sevimli xobbiyingiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Elektron kitoblarni ham internetdan tekinga ko‘chirib olishingiz mumkin.
200 ming so‘m yoki undan kam
4. Tennis – tennis arzon yoki qimmat xobbi turiga kirishi mumkin. Agar siz bu sport bilan professional tarzda shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, ancha qimmat. Lekin shunchaki do‘stlaringiz bilan yig‘ilib, tennis kortlariga borib shug‘ullansangiz bo‘ladi. Choyxonalardan boshqa joyda vaqtingizni o‘tkazishingiz mumkin! Choyxonaga borish doʻstlar bilan koʻngil yozishning yagona usuli emas.
5. Skrapbuking
Gazeta yoki jurnallarning sahifalarini yig‘ish. Shaxsiy ensiklopediyangiz boʻlishi oʻz qoʻlingizda. Albomingizdan esa faqat siz qiziqqan narsalar oʻrin oladi. Buyog‘i sizning ijodingiz va fantaziyangizga bog‘liq.
6. Gitara
Agar siz biror musiqa asbobini chalishni doim xohlagan bo‘lsangiz, gitara eng yaxshi variant. Eng oddiy va arzon gitara bilan gitara mashqlarini oʻrganishingiz mumkin. Yoki ishlatilgan gitarani qidirib topib, sotib oling. Gitarisini ishlatmayotgan doʻstlaringiz yoki tanishlaringizdan musiqiy asbobini soʻrab turish ham yaxshi fikr. Youtubedan videodarslardan o‘rganishingiz mumkin.
300 ming so‘m yoki undan kam
7. Oshpazlik
Hayotimdagi ko‘p odamlar pishirishni yaxshi ko‘rishadi. Ularga internetdan tekinga yangi retseptlarni o‘rganish, yangi taomlarni pishirib ko‘rish zavq bag‘ishlaydi. Haqiqiy oshpazlar ishlatadigan mahsulotlar qimmat boʻlishi mumkin. Siz xobbi uchun oilangizni xursand qiladiganlarini tanlashigiz mumkin. Qimmat degani doim ham mazali degani emas!
8. Raqs
Qo‘shiq tinglayotganingizda beixtiyor oyoqlaringiz raqsga tushadimi? Unda raqs ayni siz uchun xobbi bo‘lishi mumkin. Hozir hamma yerda raqs maktablari bor. U yerda zamonaviy, estrada yo‘nalishlari yoki havaskorlar uchun maxsus mashqlar ham bor. Ozgina izlanib, o‘zingizga mosini toping. Bu borada ham internet, undagi videolar va ma’lumotnomalar sizga asqotishi mumkin.
9. Tikish
Tikish eng zo‘r xobbilardan biri. Eng katta chiqim tikuv mashinasi boʻlishi mumkin. Lekin usiz ham tikish mumkin. Hozir sonlarga qarab tikish bizda ham ommalashgan. Tayyor rasm, ip, ignali mahsulotlar sotilyapti. Siz yoʻriqnomaga qarab vaqt ajratsangiz bo‘lgani. Ularni sotish ham mumkin.
10. Chizish
Rasm chizish hammaga ham xobbi boʻlolmaydi, buning uchun alohida iqitidor kerak, degan gap bugun eskirdi! Istasangiz siz ham rasm chizishingiz mumkin. Turli kurslar sizga yordamga keladi. Xatto suvda chizish bo‘yicha ham bizda master-klasslar olib boriladi. Yoki tayyor chizilgan rasmlar sotilmoqda, siz bo‘yasangiz bas. Izlanib ko‘ring!
Koʻrib turganingizdek, qiziqarli hamda arzon xobbilar juda ko‘p. Boʻsh vaqtingizni samarali ishlating. Eslab qoling, xobbi qiziqarli boʻlishi uchun qimmat bo‘lishi shart emas!