Shanba, 21.06.2025, 17:03
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 10
Mehmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 08 » Ramazonda taomlanishning 9 ta oltin qoidasi
21:41
Ramazonda taomlanishning 9 ta oltin qoidasi
Uzoq muddatli ochlikdan so`ng, mazali taomlarga to`la iftor uchun bezatilgan to`kin dasturxon Ramazonda sog`lom ovqatlanish xaqidagi orzularimizni cheklab qo`yishi mumkin. Agar to`g`ri amalga oshirilsa, Ramazon ro`zasi sog`ligimiz uchun koni-foyda, aks-holda, inson salomatligi uchun zarar bo`lishi mumkin.

Ramazonda sog`lom ovqatlanish kerakligini va faqat yangi masalliqlardan taom tayyorlash joizligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Ushbu Ramazon oyida sog`lom ovqatlanish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya qilamiz:

1. Ovqatlanishni xurmodan boshlang. Xurmolar - oqsillarning manbasi bo`lib, faqat bir kunga etuvchi quvvat beruvchi taomdir. Xurmo tolalari ovqat xazm qilish tizimining vazifalarini o`z nazoratiga oladi. Shuningdek., xurmolar magniy va kaliy moddalariga boydir.

2. Ko`p suv iching. Bu yil Ramazon yozning issiq kunlariga to`g`ri keladi, shuning uchun, badan jazirama ob-xavoda suvsizlanib qolmasligi uchun etarli miqdorda suv iching. Saharlikdan keyin va tonggacha, kun davomida chanqab qolmaslik uchun ko`proq suv ichib oling. Xali ovqatlanish mumkin bo`lgan vaqtda 8 stakan suv ichishga harakat qiling. Chanqoqlikni chaqiruvchi mevalarni eyishdan saqlaning. Badandan chanqoqlik hissini uyg`otuvchi sabzavotlarni ham kamroq eng. Tuzli maxsulotlarni, xususan, tuzlangan konservalar, yong`oqlar, bodringlar, baliqlarni emang. Shuningdek, ziravorlari ko`p bo`lgan taomlardan ham cheklaning, ular ham chanqashga sabab bo`ladi. Ko`proq mevalar va sabzavotlarni iste`mol qiling, chunki ular organizmdagi suv zaxirasini to`ldirishadi.

3. Sekinlik bilan taomlaning. Uzoq och bo`lishlikdan keyin ko`p miqdorda taomlanish badan uchun stressdir. Iloji boricha, o`rtalikka rioya qiling, iftorni xurmo bilan boshlang, so`ng suv iching, undan keyin esa sho`rva va salat eyish mumkin. Ozroq muddat o`tkazib asosiy taomni eyishga kirishsa bo`ladi. Ortiqcha taomlanish ovqat xazm qilishdagi muammolar va oshqozondagi og`riqqa sabab bo`lib qolishi mumkin. Iftorni issiq sho`rva bilan boshlashlik, uzoq ochlikdan keyingi eng yaxshi taomlanish hisoblanadi, chunki, u organizmdagi ozuqaviy moddalar zaxirasini to`ldiradi va badanni astalik bilan qattiqroq taomga tayyorlaydi.

4. Ovqatingizda barcha darmondorilar bo`lishiga ishonchingiz komil bo`lsin.

Iftorda oqsillar, sabzavotlar, mevalar hamda foydali yog`lar bo`lishi kerak.

6. Foydali maxsulotlarni tanlang va ulardan foydalaning. Rasioningizda yorma, ko`krak go`shti, yog`siz go`sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo`lsin.

6. Qovurilgan, tuzlanga va o`ta yog`li taomlarni cheklang. Go`sht, tuxum va sut maxsulotlari oqsilga boy hisoblanadi. Yuqoridagi maxsulotlardan hech bo`lmaganda bittasini iste`mol qilish kerak.

7. Shirinliklardan ham cheklaning. Shirinliklar iftordan keyin qorinda damlanishga sabab bo`ladi va ovqat xazm qilishni yomonlashtiradi. Bundan tashqari, u qon tarkibidagi glyukoza miqdorini oshirib yuboradi, natijada shirinlikka bo`lgan talab yana ortib ketadi. Shuning uchun, shirinlikni iftordan 2-3 soat keyin iste`mol qilish tavsiya etiladi. Lekin eng yaxshisi shirinlikning o`rnini shirin xurmolar, quruq mevalar va mevalar bilan bosish kerak.

8. Ramazonda kofe miqdorini kamaytirish kerak, aks holda u bosh og`rig`i va uyqusizlikka sabab bo`lishi mumkin.

9. Ramazonda uch qismli ovqatlanish ham muxim o`rin tutadi. Asosiy taomni uch qismga bo`ling. Uchdan biri - kuchli oqsillar, yana uchdan biri - yog`siz go`sht va baliq, qolgani esa sabzavotlar bo`lsin. Bu ovqatlanishdagi sog`lom mo`tadillikka sabab bo`ladi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 264 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |