Shanba, 21.06.2025, 16:40
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 08 » Ro`zaning 15 ta fazilati
21:45
Ro`zaning 15 ta fazilati
Buyuk Alloh ro`zani har bir musulmonga farz qilib berdi va ro`za O`zi uchun ekanligini aytdi. Musulmonlar Allohning roziligiga erishishning ushbu imkoniyatini hech qachon qo`ldan chiqarmasliklari darkor.
Ro`zada - Allohning rahmati va mag`firati bor bo`lib, unda musulmon uchun ko`plab foyda va manfaatlar borki, ular xaqida hadislarda ham bayon qilingan:

1. "Dunyodagi har bir narsaning zakoti bor va badanning zakoti ro`zadir”.

2."Ochlik va chanqoqni Alloh uchun boshdan kechiradigan musulmonlar naqadar baxtlidirlar. Bunday kishilarning martabalari qiyomat kunida ulug` bo`ladi”.

3."Agar Allohning quli ramazon oyida naqadar ko`p rahmatlar yashirin ekanligini bilganida edi, bu oyni butun yilga cho`zilishini so`ragan bo`lar edi”.

4."Agar banda yolg`on so`z va amaldan to`xtamasa, uning emak va ichmakdan cheklanishi Alloh uchun kerak bo`lmaydi”.

5. Kimki ro`zadorni taomlantirsa, u ro`zador darajasidagi savobga erishadi. Ro`zadorning savobi esa kamayib qolmaydi”.

6."Alloh taolo marhamat qiladi: mening bandalarim ichida eng sevimlilari ro`za uchun shoshiladiganlaridir”.

7."Ro`za - qalqondir. Agar sizlardan biringiz ro`za tutsa, yomon so`z aytmasin, shovqin solmasin. Agar uni xaqorat qilishsa yoki urishsa, "Men ro`zadorman” deb aytsin”. 8."Jannatning "Ar-Rayyon” nomli darvozasi bo`lib, ulardan faqatgina ro`zadorlar kiradi. Qiyomat kuni "Ro`zadorlar qani?” deb so`raladi, shunda ular o`rinlaridan turadilar va ushbu darvozalardan jannatga kiradilar. Ular kirib bo`lgach, darvozalar yopiladi va boshqa hech kim kiritilmaydi”.

9."Kimki ramazonda mukofot niyatida e`tiqod va umid bilan ro`za tutgan bo`lsa, uning avvalgi sodir etilgan gunoxlari kechiriladi”.

10."Ramazon paytida Alloh olovdan qutulib qoluvchi bandalarini tanlaydi”.

11."Kimki Alloh uchun bir kun ro`za tutsa, Alloh uni etmish yillik masofadagi do`zax olovidan omonda saqlaydi”.

12."Agar tong yorishguncha banda ro`za tutishga niyat qilmasa, uning tutgan ro`zasi qabul bo`lmaydi”.

13."Kimki Alloh rahmatidan umidvor bo`lib bir kun bo`lsa ham ro`za tutsa, bu kun umrining oxirgi kuni bo`lsa ham, u jannatga kiradi”.

14."Ro`za qalqondir va kimki ro`zador bo`lsa noma`qul ishlardan cheklansin va shovqin solmasin. Agar kimdir u bilan urushmoqchi bo`lsa yoki uni xaqorat qilsa, bas u ikki marta "Men - ro`zadorman” desin”.

15."Muhammad sollallohu alayhi vasallamning joni qo`lida bo`lgan Zotga qasamki, Alloh uchun ro`zadorning og`zidan kelayotgan hid mushkning hididan ko`ra yoqimliroqdir va ro`zador esa ikki holatda hursandchilikni his qiladi: iftor paytida hursand bo`ladi va Holiqi bilan ko`rishganda ro`za tutgani uchun bergan ajrini ko`rganida hursand bo`ladi”.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 230 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |