Shanba, 21.06.2025, 15:57
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 10 » “Titanik” kemasi aslida nima sababdan cho`kkan?
22:57
“Titanik” kemasi aslida nima sababdan cho`kkan?
Dunyo tarixidagi eng yirik kemaning cho`kishi 100 yil o`tib ham odamlarga tinchlik bermayapti. Superzamonaviy, barcha zaruriy narsalar bilan jihozlangan “Titanik” nomli kema qanday qilib aysberg bilan to`qnashgani bois cho`kishi mumkin edi?

Aniqlanishicha, kemaning halokatiga muz bilan to`qnashib ketishidan boshqa omillar ham sabab bo`lgan. Mana ularning ayrimlari.

“TITANIK”NING YoQILG`I BO`LMASIDA YoNG`IN ChIQQAN

30 yil davomida kema cho`kishi tarixini o`rganayotgan britaniyalik jurnalist Shenon Moloni (Senan Molony) suratlarni o`rganib, aynan yong`in sabab kema cho`kkan degan xulosaga kelgan.

Yong`in layner safarga chiqishidan oldin boshlangan, uni bir necha hafta davomida o`chirishga harakat qilishgan. Jurnalist yong`in haqida kema egalari bilgani, ammo buni yo`lovchilardan yashirishganligini ma`lum qilgan.

Kema qoplamasi ushbu joyda 1 000 °S haroratgacha qizib ketgan, “Titanik” aysberg bilan to`qnashganda po`lat bunga dosh berolmagan — katta yoriq yuzaga kelgan. Ekspertlar bunday qizishda po`lat sinuvchan bo`lib qolib, 75 % qattiqligini yo`qotishini tasdiqlashgan.

DURBINLAR TURGAN XONA QULFLANIB, KALIT QURUQLIKDA QOLIB KETGAN

So`nggi onda White Star Line kompaniyasi rahbariyati kema kapitanining birinchi yordamchisini o`zgartirishga qaror qiladi, uning o`rniga ko`p yillik katta kema boshqarish tajribasiga ega Genri Uayld tayinlandi. Ammo avvalgi yordamchi Devid Bler Uayldga durbinlar saqlanadigan seyf kalitini topshirishni unutadi.

Shu sababli oldinda aysberg borligi kech payqalgan.

Qolib ketgan durbinlar haqida halokatdan 95 yil o`tgach, seyf kaliti auksionga qo`yilganida ma`lum bo`ldi.

HALOKATNI YuZAGA KELTIRIShI MUMKIN BO`LGAN YaNA BIR NEChTA OMILLAR

O`sha tunda osmonda aysbergni yoritishi mumkin bo`lgan oy bo`lmagan, agar u bo`lganida aysbergni avvalroq payqash imkoni bo`lardi.

Boshqa kemalarning ogohlantirishiga qaramay “Titanik” muzlar hududiga kirib borganda tezligini kamaytirmagan. Agar kema past tezlikda bo`lganida u burilish manyovrini amalga oshirolgan bo`lardi.
Категория: Буни биласизми | Просмотров: 185 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |