Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismida dunyodagi eng uzun to’rli devor mavjud bo’lib, uning uzunligi 5614 kilometrga teng, lekin shosse yo’llari o’tgan joylarda uzilib davom etadi. Bu devor 1885 yilda yaylovlardagi qo’ylarni dingodan (Avstraliya yovvoyi iti) himoya qilish maqsadida qurilgan.
Asosan bu devor o’z vazifasini bajardi deyish mumkin, qo’ylarning o’limi qisqardi. Ayni paytda ushbu yaylovda qo’ylar bilan raqobatda bo’lgan kenguru va quyonlarning populyasiyasi ko’paydi. Avstraliyaning g’arbida 3253 kilometr uzunlikdagi qurilgan yana bir devor quyonlardan himoyalanish maqsadida qurilgan, bir paytlar bu quyonlar qit’aga kuchli ekologik xavf tug’dirgan.