Buyuk Britaniya armiyasidan iste’foga chiqqan mayor Peddi Roy Beyts 1966 yilda o’zicha tashlab qo’yilgan Buyuk Britaniya chegara suvlaridan tashqarida joylashgan Rafs-Tauer harbiy platformasini egallab oldi va suveren Silend davlati tashkil qilganini e’lon qildi, hamda u o’zini knyaz Roy I deb e’lon qildi. Ikki yildan so’ng Britaniya hukmdorlari yosh davlatni zabt etishmoqchi bo’ldilar. Platformaga patrul katerlari yaqinlashib kelganda, knyazlar oilasi havoga ogohlantiruvchi o’q uzdilar. Ushbu ish yuzasidan Beytsga nisbatan sud jarayoni mobaynida, Beytsning Britaniya fuqaroligini inobatga olgan holda, sudya ushbu ish Britaniya yurisdiksiyasidan tashqarida deb qaror qildi. Hozirgi kunda Silend o’z bayrog’i, gerbi, konstitusiyasi, tangalari va pochta markalariga ega, lekin hyech bir boshqa davlat tomonidan tan olinmagan.