Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Мучаллар хақида
Quyon 1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 QUYON YILI. Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan "yaxshi” va "yomon” tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba'zan o`taketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o`ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste`dodli huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vaki
...
Читать дальше »
|
Ajdarho (baliq) 1916 1928 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012 A J D A R H O (BALIQ) Y I L I Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini yo`qotadi. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi. biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Iste`dodli, o`qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g`alaba qozonishadi. Ular ko`pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o`zlari boshqalarni kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi yoki dog`u alamini ularning boshidan kechmaydi. Ammo o`zlari muhabbat mojarosiga sababchi bo`lishi mumkin. Bu muchalda tug`ilganlar kamdan- kam hollardagina yoshligida oila qurisha
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|