Yo`l to`smagin zinhor, Nima qizig`i bor kimda ko`nglim bor? A uncha-muncha beraverma e’tibor, Xullas kalom, bari baribir bekor.
Bekorga undan-bundan yana-yana so`rama, Mahoratingni ishga solib, bo`ldi o`rama. Niyating o`zi asli neligini bilaman, Bezor qilma, bo`ldi, yolvoraman.
Balki o`zga inson bordir ko`nglimda, Behuda sarflamagin vaqtlaringni yo'limda. Seni sevib qolish kelmaydi qo`limdan, Qolmagin yo`lingdan, yo`lingdan.
Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch, Ko`zlaring endi och-och-och-och-och. Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch, Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)
Sayr qilib yurganimda toza havoda, Telegram, Instagram yoki Imoda, Ko`cha-ko`yda, “o`tta-bo`tta”, hamma joyda Kuzatib yurishlaring bu – bekor.
Nechta qizni kuzatasan, ayt bir kunda? Xayoling bitta mendamas, unda-bunda. To`g`ri tushungin, yo`qdir boshqa choram, Bo`lmagin ovora, bo`lmagin ovora.
Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch, Ko`zlaring endi och-och-och-och-och. Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch, Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)
Ilinar deb gaplaringga o`ylama, Takror-takror qo`llarimni bo`ldi-bo`ldi so`rama.
Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch, Ko`zlaring endi och-och-och-och-och. Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch, Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)