Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » May » 30
Dunyoning eng qimmat ayoli sifatida e’tirof etiladigan xonanda Jennifer Lopez haqida ma’lumotga egamisiz? Quyida ushbu xonanda haqidagi eng qiziqarli faktlarni sizga taqdim etadi. 1. 1969-yilning 24-iyulida Nyu-York shahrida tavallud topgan. 2. Karerasini 1987-yilda boshlagan. 3. 2 marta «Lotin Gremmisi», 3 marta esa «American Music Awards » haykalchasini qo‘lga kiritgan. 4. Albomlari 55 million nusxada sotilgan. 5. Har kuni shokoladli pechene yeyishni xush ko‘radi. 6. O‘zidan ko‘ra boshqalarni pardoz qilishni yaxshi ko‘radi. 7. Tabiatan mehnatkash va romatik inson. 8. Maktabni tugatgach, yordamchi, sotuvchi, konsultant bo‘lib ishlagan. 9. Yoshligida qomati tufali «gitara», harakteri tufayli esa «olov» laqabini olgan. 10. Agar o‘zi haqida biografik film suratga olinsa, unda bosh rolni Selena Gomez ijro etishini xohlaydi.
|
Rahimova Hosilaхon Ibragimovna 1975 yil 22 aprеlda Surхondaryo viloyati Dеnov tumanidagi I.To'raеv nomli jamoa хo'jaligi Ilonsoy mahallasida shifokorlar oilasida tavallud topgan.Millati o'zbеk oilali,uch nafar farzandi bor. U 1982-1992 yillarda Dеnov tumanidagi Q.Eshmurodova nomli №15-o'rta maktabda tahsil olgan. Maktabda o'qib yurgan kеzlari ya’ni 1986-1990 yillarda Dеnovdagi YU.Rajabiy nomli musiqa maktabining rubob sinfini ham tamomlagan. 1990-1996 yillarda Dеnovdagi «Navnihol» хalq ansambli va tuman madaniyat bo'limida yakka хonanda sifatida faoliyat khrsatgan. 1998-2001 yillarda Toshkеnt Davlat Madaniyat Instituti "хalq musiqasi" bo'limini tamomlagan. Hosila Rahimova san’atdagi faoliyati davomida shoirlardan U.Azim, I.Muzaffarzoda, M.Toir, H.Shodmon, A.Karim, R.Hotamova bastakorlardan R.Mahmudov, O.Safarov, H.To'raqulovlar bilan ijodiy hamkorlik qilib kеlmoqda. Surхondaryo baхshchilik sa’natini ayol ovozda elga tanitayotgan Hosila Rahimova o’z faoliyati davomida ajoiyb qo’shiqlari bilan ko’pgina fеstival va ko’rik tanlovlarda ishtirok etgan va munosib taqdirlangan. 1998 yilda «O’zbеkiston- Vatanim manim” qo’shiq bayramida 3-darajali diplom, 2003 yilda «Shuhrat» mеdali sohibasi, 2004-yil Shimoliy Korеyaning Pхеnyan shahrida o’tkazilgan «Aprеl bahori» nomli butunjahon milliy folklor fеstivalida «Oltin arfa» mukofoti sohibasi, 2004 yil avgust oyida Gеrmaniyaning Bon shtatida o’tkazilgan «Fulеrs» fеstivalida folklor yo’nalishida mutloq G’olib bo’lganligi shular jumlasidandir
...
Читать дальше »
|
Ismi - Akieva Elena (Alyona) Kamalovna Creative boshqacha - Kamilla Singer, aktrisa. Toshkent shahar, 14.06.1993 kuni tug'ilgan. Ota - Akiev Kamal Bajramovic (askar). Ona - Vera Uvarova Y. (boshlang'ich maktab o'qituvchisi). onasiga bir qizi tug'ilganidan beri pianino va xirgoyi o'ynash uni o'qitish, umuman musiqa va san'at sevgi soldik. Bundan tashqari, oila tasviriy san'at uchun sevgi va iqtidori dan uzatiladi taniqli san'atkorlar (Seabiscuit Seabiscuit GP va SP) edi. u zamonaviy bal raqslari 11 yoshgacha bo'lgan raqs guruhi "zamonaviy", bir qismi sifatida 4 yil ichida katta sahnada birinchi marta amalga uchun. 9 yoshida farq bilan tugatib, pianino musiqa maktabi qabul qilindi. 2003-2004 yillarda u, bolalar tanlovi "Little Princess" ishtirok professional raqs studio Kruglova TA guruhda ishtirok Kidanov AV ishlab chiqarilgan O'zbekiston va Qozog'iston bo'ylab ko'zdan kechirdi edi "badiiy Princess", unvonini qo'lga kiritdi. 2007 yilda pop studiyasi rahbari "Aladdin" Rustam Hamrakulov iqtidorli qiz sezib, u uzoq vaqt davomida kuyladi va etakchi barcha studio konsertlar, uning vokal va raqs guruhi, taklif. Birgalikda jamoasi bilan jamoa Gran-pri sohibi bo'ldi, ko'p vokal va raqs musobaqalarda ishtirok biri ( "plastik va xoreografiya bo'yicha xalqaro tanlovi"). 2009 yilda, Creative san'at davom ettirish yo'qmi ustida aks uzoq vaqt, nihoyat musiqa va ashula bilan hayotlarini bog'lashga qaror vokal bo'limida Respublika estrada-tsirk kolleji, kirdi. parallel, 4 yil bir solisti bo'l
...
Читать дальше »
|
TVM kanalining "M-Files" dasturi boshlovchisi Oyxon Iforzoda 1989-yil 23-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 4 yoshidan O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi "Bulbulcha" ashula va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan jajji qizaloq 9 yoshidan O'zbekiston teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan "Oltin toj" ko'rsatuvi boshlovchisi ham bo'lgan. O'zining iste'dodidan kelib chiqqan xonanda maktabdan so'ng Xamza nomidagi O'zbekiston Davlat musiqa kollejini bitiradi. Kollejdan so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasining "Estrada honandalik" fakultetini tamomlaydi. Shu bilan birga TV-Markazning eng jozibali va maftunkor xodimi, "M-Files" dasturi boshlovchisi hamdir. Hozorda xonandaning 10 dan ortiq qo'shiqlari bor. Oyxon Iforzodaning xit qo'shig'i bu "Hayajonim"dir.
|
Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabr kuni ko'hna va navqiron Samarqand shahrida Melik Yarmuhammedov oilasida tavallud topdi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida musiqa maktabining akkardeon bo-limiga borgan. Maktabdan so'ng Nasiba Abdullaeva o-z omadini sinash uchun hujjatlarini Arxitektura institutiga topshiradi. Xuddi shu vaqtning o'zida uni maktabga taklif etishadi va u musiqa o'qituvchisi lavozimida ishlaydi. Bir qancha vaqtdan so'ng esa jozibador ovoz egasini "Samarqand" vokal-instrumental ansambliga solist etib taklif qilishadi. Musiqa maktabida o'qib yurgan kezlaridayoq katta sahnalarga chiqib yurgan Nasiba, qo'shiq va san'at hayotining mazmuniga aylanishini sira o'ylamagan ham. Nasiba Abdullayeva ijodi davomida juda ko'plab halqaro tadbir va festivallarda ishtirok etgan hamda gastrol safarlarda bo'lgan. Xonandaning repertuari juda ham boy. U o'zbek, rus, turk, ozarbayjon va fors tillarida qo'shiq kuylay oladi. Xonandaning ko'plab qo'shiqlari xit darajasiga yetgan. Bular "Barigal", "Samarqand", "Aylanay", "Baxt o'zimdadir", "Sog'inch", "Umr bahori", "Eslanar", "Ko'ngil bog'imdan" va "Yetti javohir" qo'shiqlaridir. Nasiba Abdullayeva ijodi davomida ko'plab mukofotlarga erishdi. Xukumatimiz tomonidan ta'sis etilgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, hamda O'zbekiston xalq artisti unvonlariga ham sazovor bo'lgan.
|
Россиялик таниқли мусиқачи, бастакор, қўшиқлар муаллифи Юрий Лоза ёшлигида Ўзбекистон қамоқхоналарининг бирида ўтирган. Бу ҳақда Бари Алибасов «Интеграл» гуруҳининг юбилейи муносабати билан ташкил этилган тадбирга гапириб ўтган. «Кассада «чипталар қолмаган» деб ёзилган ёзув тахтаси илиб қўйилганди. Биз саҳнага чиққанимизда эса бор йўғи залнинг ярим қисми тўлганини кўрдик. Қандай қилиб бундай бўлиши мумкин? Аслида эса улар чипталарни ўзлари олиб уни нақд пулга қимматга сотиб фойдасини чўнтакка уришни мақсад қилишган экан. Мен Саратов филармонияси директорига шикоят қилдим. У зудлик билан мусиқачиларнинг Саратовга қайтишига кўрсатма берди. Воқеа эса Ўзбекистонда содир бўлганди. «Эндигина самолётга чиқай деганимизда, директор милицияга Лоза ва бизнинг бас-гитарачимиз унинг 10 минг рубль пулини ўғрилаб олганини билдириб шикоят қилибди. Ўша пайтларда бу катта пул эди. Биз аэропортда қолдик, милиция ходимларни уларни олиб кетишди. Ўшанда умримда биринчи марта йиғлагандим. Милиция уларни қўйиб юбориши учун шунча пулни топишимиз керак эди», – дея Бари Алибасовнинг сўзларидан иқтибос келтирадиPrOzEvD. «Ҳа ўтирганмиз. Шунақа вазият ҳам бўлган», – дея Барининг гапини тасдиқлаб ўтган Лоза.
|
O'zbek Milliy teatrining aktrisasi, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Ra'no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 2 yoshligidanoq qo'shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina "Semurg'", "Sehrli tambur", "Zolushka" bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u "Tantana" bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi "Qo'shchinor" va Diyor Mahkamov bilan kuylagan "Balli" duetidir. 15 dan ortiq qo'shiqlari va "Baxtli yo'l" albomini o'z muhlislariga havola etgan. Abduvohid G'anievning "O'zimdan-o'zimgacha", Bahodir Qosimovning "Yuzma-yuz" filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda "Nihol" mukofoti sovrindori bo'ldi.
|
Dilfuza Ismoilova 1968-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U A.Ikromov tumanidagi 116-maktabda o'qigan. Maktabda o'qib yurgan vaqtlaridayam Dilfuza juda ham faol o'quvchi bo'lgan. Darslardan tashqari drama to'garaklariga ham qatnashgan. Maktab tadbirlarida sinfdoshlarini yig'ib sahna ko'rinishlarida rollar ijro etib yurgan. Maktabdan so'ng san'at yo'lini tanlagan san'atkor 1985-1990 yillarda M.Uyg'ur nomidagi San'at institutining "Kino va drama" fakultetini tamomlaydi. 1990-yildan A.Xidoyatov nomidagi teatrda ishlaydi. So'ng turmushga chiqadi. Bir oz tanaffusdan so'ng Dilfuza Ismoilova "Yoshlar" telekanalida namoyish etiladigan, rejissyor To'xtamurod Mahkamovning "Gap yoq" loyihasining "Maslahat" ko'rsatuvining bosh va xalqning sevimli aktrisasiga aylanadi. U har xil obrazdagi rollarni juda ham maromiga yetkazib ijro etadi. Dilfuza tezda xalq nazariga tushdi va uni taniqli rejissyorlar kinofilmlarga taklif etishadi. Murod Rajabov rejissyorlik qilgan "Ulfatlar", rejissyor Rustam Sa'dievning "Oshiqlar" va rejissyor Xusniddin Ergashevning "Seni izlab" filmlarida bosh rollarni juda ham qoyilmaqom qilib ijro etgan. Yoshligida qo'shiq kuylashga qiziqqan Dilfuza 2001-yildan o'z ijod yo'nalishini o'zgartirib, qo'shiq kuylashni boshlaydi. Uning ilk qoshiqlari "Bevafo", "Toshkentning sho'x qizlari" deb nomlanadi. Xozirgi kungacha xonandaning 300ga yaqin qo'shiqlari, 30dan ortiq kliplari, 6ta MP3 albomlari va 4ta klip to'plamlari bor. Dilfuza Ismoilova bir qator konsert
...
Читать дальше »
|
Ruhshona 1994-yil fasllarning kelinchagi bo'lmish bahor oyining 21-mart kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topdi. Maktab vaqtidan xorij qo'shiqchilari Selin Dion, Toni Brekston san'atlariga juda qiziqib, ularning qo'shiqlarini kuylab ham yurardi. Shuning uchun hammi hozirda Xamza nomidagi musiqa kolejjida o'qiydi. Kelajakdagi orzusi kollejdan so'ng Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kirmoqchi. Nega desangiz, Ruhshona nafaqat qo'shiq kuylaydi, balki bir nechta filmlarda ham suratga tushib o'z ijodiy qirralarini ochmoqda. Javlon Shodmonov, Jahongir Poziljonovlarning "Kichkina xo'jayin", "Shaddod qiz", "Enagalar", Jasur Shametovning "Uchrashuv" filmlarida suratga tushdi. Ruhshonaning xit taronasi "Yuragim" va "Azizim" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonanda 20dan ortiq qo'shiqlari, 6ta klipi va bitta "Azizim" nomli albomini o'z muhlislariga havola eta oldi.
|
Ilhom Farmonov 1978-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida san'atkor Shomurod Farmonov oilasida tavallud topdi. U yoshligida uyiga ko'pgina otasining san'atkor do'stlari kelib ketgan vaqtlari qo'shiq aytishga juda ham qiziqishi uyg'onib qolgan. Bolaligida Chilonzor tumanidagi 84–maktabga boradi. Maktabni tugatgandan so'ng A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutining xalq musiqa fakultetiga o'qishga kiradi. Ilhom Farmonov ilk ijodini 1986-yil "Eh orzular", "Tinchlik bo'lsin" qo'shiqlari bilan boshladi. Xonandaning "Qora ko'z", "Senmuding", "Dilbari jonon", "Sevganim sevgan" va barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetgan desak ham adashmaymiz. Hozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shig'i 80dan ortiq kliplari va 10ta albomi o'z muhlislari yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qora ko'z", "Onajoning rozi qil", "Binafsha", "Sinchalak", "Gulim" kabi albomlari shular jumlasidandir. Ilhom Farmonov kino san'atida ham o'zini sinab ko'rgan. U 2003-yilda suratga olingan Lutfulla Sa'dullayevning "Munis onam" filmida bosh rolni, ya'ni Iqbol obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Xonanda bir qator mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 1989-yil "Kamolot" diplomanti bo'lgan, 1997-yilda O'zbekiston Vatanim mening ko'rik tanlovida birinchi o'rin sohibi, 2000-yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist nomiga sazovor bo'ldi.
|
Shahzod guruhining solisti Rashid Xoliqov 1973-yil 28-aprelda Toshkent shahrida tavallud topdi. Xonanda poytaxtimizdagi 95-maktabni a'lo baholarga bitirib so'ng san'atga juda ham chanqoqligi sababli O'zbekiston Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi. Institutda o'qib yurgan davrlaridan boshlab Rashid Holiqov qo'shiq kuylashga juda ham qiziqar edi. Ilk ijodini esa 17 yoshida boshlaydi, 1990-yilda u akasi Ravshan Holiqov bilan birgalikda "Shahzod" guruhini tashkil qiladi. "Shahlo ko'zli malikam" qo'shig'i Rashidning ilk xit taronasiga aylangan. Undan so'ng "O'ynaysan", "Aziz yurtim", "Leyla", "Nozli gulim", "Yo'q-yo'q" va shu kabi qo'shiqlari va barcha-barchasi "Shahzod" guruhining xit taronalari desak adashmaymiz. Rashid Holiqov qo'shiqlarni nafaqat o'zbek tilida, balki rus, fransuz, arab tillarda ham ijro etgan. Xonanda juda ko'plab Davlat mukofotlariga sazovor bo'lgan, M&TVA AWARDS, "Tarona" taqdimoti, "Nihol" mukofotlari hamda 26 yoshida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist unvoniga ega bo'ldi.
|
Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Samarqand viloyatining Denov tumanida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktab tadbirlarida qo-shiq kuylab yurgan Lola maktabdan bitirib madaniyat kollejini, so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasini tamomladi. 100 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham o'z muhlislariga havola eta oldi, bular "Yolg'izginam", "Devona", "Begim", "Biznikidir dunyolar". 2004-yilda bo'lib o'tgan "Aziz ona yurtim navolari" ko'rik tanlovida birinchi o'rinni egalladi. 2006-yil esa "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan Lola 2010'yil O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. Qo'shiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning "Muhabbatimsan" filmida bosh rolni, Ra'no obrazini ijro etdi.
|
Sevinch Mo'minova 1982-yil 30-iyunda Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan so'ng xonanda poytaxtimizdagi Manon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. "To'lin oy" ilk qo'shig'ini Sevinch "Navro'z" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat O'zbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Istambul, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarida ham mashhurlikni qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq kuylabgina qolmasdan bir nechta filmlarda ham rol ijro etgan. Yusuf Roziqovning "Dilhiroj", Bahrom Yoqubovning "Baxt uchun million", "Tsunami", "Qish ertagi" filmlarda bosh rollar ijrochisi bo'lgan.
|
Ravshan Komilov 1964-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan u qo'shiq aytishga qiziqib 4-sinfdan qashqar rubobida qo'shiq kuylab ham yurgan. Xonanda musiqa maktabi, undan so'ng esa Madaniyat texnikumini bitiradi. Musiqa va madaniyat sirlarini a'lo baholarga o'zlashtirgan Ravshan Komilov Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlaydi. Ilk ijodini u 1987-yilda Toshkent Davlat Universitetining sahnalarida, tadbirlarda boshlaydi. Xonandaning "Odam bo'laylik", "Qarab qo'y", "Tango", "Yurishlaring yoqadi", "Ozodani sevaman" va M.Asalxo'jaeva bilan birgalikda duet shaklida kuylagan "Xech kim bilmasin" qo'shiqlari muhlislar tomonidan a'lo baholanib xit qo'shiqlar qatorinidan joy olgan. Xozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shiqlari 30ta klipi va 10ta albomi bor. Albomlari "Odam bo'laylik", "Erka qiz", "Ozoda", "Sevib qoldim", "Odamlar", "Dunyo" deb nomlanadi. Ravshan Komilov bir qator filmlarda ham suratga tushgan. Bular, rejissyor Lutfulla Sa'diyevning O'zbekiston telekanali orqali namoyish etilgan "Singilginam" milly teleserialida, "Otaga tik boqma", Rustam Sa'diyevning "SMS" filmlarida suratga tushgan. Ravshan Komilov 1991-yilda "Kamolot" ko'rik-tanlovi g'olibi, 1994-yilda "Ulug'bek" mukofoti laureati, 2000-yilda esa O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist unvonlariga sazovor bo'ldi. U O'zbekiston Respublikadi hududlari bo'yicha gastrol konsertlarini namoyish etib keladi. Bundan tashqari Davlat tadbirlarida doimo istirok etib kelmoqda. Uning s
...
Читать дальше »
|
Aziza Niyozmetova 1972 yil 27 yanvarda Xorazm viloyatida tavallud topdi. Urgench Pedagogika bilim yurti musiqa fakultetini hamda Toshkent Milliy Universiteti san'atshunoslik fakultetini tamomladi. Serqirra ijodkorning 10 ga yaqin albomlari bor. Jumladan: 1. Azizlarim 2. Kishmishim 3. O'zbekni kimligini dunyo biladi 4. Yuragimdan joy beraman kelasangiz 5. Meni xudo asradi 6. Rashk etaman 7. Diyorim jannatimsan 8. Sevgim bo'ldi afsona 9. Rashk etasiz azizim 10. Endi menga boq dunyo Aziza Niyozmetova Lazgi-90 hamda Nafosat-90 ko'rik tanlovlar g'olibi bo'lgan. Hit qo'shiqlari: "Kishmishim". Ana shu qo'shiq bilan xonanda o'z muhlislariga ega bo'ldi.
|
Yong'in - ishqibozlik, shaxvoniy istak, to'satdan g'oya kelishi, o'zgarish istagi timsolidir. Tushda yong'inni o'chirish – to'xtatish qiyin bo'ladigan, oldini olishning iloji yo'q uyushtirilgan harakatda g'alayonlar o'sib borishini bildiradi. Gulxan yoqishda qatnashishni tush ko'rish - hal qiluvchi o'zgarishlar alomati bo'lib, adolatsiz tarzda ig'vo qilishdan dalolat beradi, bunday tush muammolar va tartibsizliklarni bildiradi. Yong'indagi kishini qutqarib qolishni tushda ko'rish -uzoq, vaqt tinchlik bermagan, doimo zo'riqishda ushlab turgan va ko'p kuch talab etgan fojeali voqealar natijasi alomatidir. Xonadagi yong'inni tushda ko'rish - ikki tomonning kelishuvi bilan bo'ladigan xiyonat timsoli bo'lib, bu xiyonat natijasida eng kutilmagan sarguzashtlar, jamiyatda keskin o'zgarishlar ro'y beradi. Yong'inda yugurib borayotgan ot tushga kirsa - 2038 yilda asr davomidagi eng ko'p nikoh tuzilib, bu yil ko'pgina davlatlar uchun aholi ko'payishi muammolari hal etilishi boshlangan yil bo'lib qolishini bildiradi. Yong'indan so'ng qolgan kulni ko'rish - bu tush turar-joyga ega bo'lishni xoxlovchilar istagini ta'min etadigan yangi turar-joy loyixasi yaratilishi alomatidir. Chaqmoq natijasida paydo bo'lgan yong'inni tushda ko'rish - demak, o'z hayotingizdagi eng asosiy qishini g'ayrioddiy holatda uchratishingiz belgisidir.
Просмотров:
208
|
Добавил:
OtasH
|
Дата:
30.05.2017
|
|
Tushingizda o'z tanangizda jaroxat borligini ko'rsangiz - yaqinlaringizdan biri sizning ma'naviy azob chekishingizga sababchi bo'lib qoladi. Agar siz yaqinlaringizdan birini yarador qilib qo'yganligingiz tushda ko'rinsa - bu ogohlantirish ehtimol, sizning dushmanlaringizdan biri nojuya kirdikor bilan ig'vo qiladi. Tushda jarohatni davolash - o'ngda yaxshi xabar eshitishdan ayon etadi. Tushda yarador kaptarni ko'rish - tinchlikka xavf bo'lishidan darak beradi. Agar tushingizda sizni kimdir pichoq yoki xanjar bilan yarador qilsa - o'ngda soxta do'stlaringizdan extiyot bo'ling. Ularning yovuzona tillari sizning yuragingizga jaroxat yetkazishi mumkin. Tushda qon okib turgan jaroxatni ko'rish - o'ngda vijdon azobini kechirishni bildiradi. Chuzilib ketgan jarohatdan qon oqa boshlaganini tushda ko'rish - extiyot bo'lish kerakligi alomatidir. Mayib bo'lish va yo'l xalokatidan extiyot bo'ling.
|
Go'dak - umid, kelajak timsoli. Agar tushingizda go'dakni xayvon tishlab olganligi ko'rinsa, bu tush kelajakda yerda ko'plab vampir (odamxur) lar paydo bo'lib, birinchi navbatda bolalarga jiddiy xavf solinajagidan guvoxlik beradi. Tushda xomilador erkak ko'rinsa - bu ko'p yillardan beri erkaklarning homilador bo'lib, chaqaloq tug'ishi to'g'risidagi mish-mishlarning haqiqatda ro'y berishi belgisidir. Balki bu yovuz kuchlarning aralashuvisiz sodir bo'lar, ammo bu haqiqat erkakni va chaqaloqni dunyoga mashxur etadi. Agar tushda nogiron go'dak ko'rinsa - bunday tush butun insoniyat xavf ostida ekanligidan, bu xavf bizning atmosferani ifloslantirishimiz oqibati bo'lishidan ogoh etadi. Tush ko'ruvchiga bu tush uning o'zi juda yordamga muxtoj bo'ladigan odam bilan uchrashishidan darak beradi. Yiqilib tushgan ayol qo'lidagi irkit bolani tushda ko'rish - bu tush yerning katta xavf ostida turganligidan dalolatdir. Kelajakda bog'liq misli ko'rilmagan miqdordagi odamlardan zaharlanadi va insoniyat qirilib ketish bo'sag'asiga kelib qoladi. Biroq halokatli axvolni xech narsa bilan o'zgartirib bo'lmaydi, deb turilganda ushbu daxshatli kasallikka qarshi dorini yaratuvchi inson paydo bo'ladi. Agar sizga oyoqlari yo'q bola tush ko'rinsa, bu tush yerning hav - xatarda turganligidan shoxidlik beradi. Atrof-muxit nihoyatda ifloslanganligi bois ko'plab bolalar jismoniy nuqsonlar, shuningdek, ruxiy kamchilik bilan dunyoga keladilar. Doimiy, jilmayib turgan bolani tushda ko'rish yaxshi alomat. Nixoy
...
Читать дальше »
|
Baliq- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik ramzidir. Osmondan tushayotgan baliqni yoki baliq yomg'irini tushda ko'rish-yomon alomat! Ekologik xalokatdan, musibatdan darak beradi. Baliq tutayotganlik tushga kirsa - qiyin ahvoldan chiqishga urinishni bildiradi. Baliqlarning to'planib qolganligini tushda ko'rish - taqdir ixtiyoriga o'zingizni ko'pam topshiravermang, yo'qsa o'zingizning imkoniyatingizni boy berasiz. Tushingizda uchta baliqni ko'rsangiz - omadim keldi deyavering. Agar tushda baliq yeyayotgan bo'lsangiz, kutilmagan, ammo yaxshi xabar olasiz. Odam basharali baliq tushda ko'rinsa - yadro urushidan dalolat beradi. Tushingizda bir baliq boshqa bir baliqqa ^xujum qilayotganligini ko'rsangiz - bu, suv osti kemasining xujumidan xabardor etadi. Agar sasigan baliq tushingizga kirsa - kutilmagan ovozalar tufayli sizning e'tiborli kishi bilan munosabatlaringiz buziladi. Tushda jonli ko'p baliqni ko'rish-sizning matonatingizni va bardoshingizni bildiradi.
|
Tushda chigirtkalarning galasini ko'rish - yer yuzidagi mamlakatlarning biriga chigirtkalarning xujum qilishi va oqibatda butun qishloq xo'jaligi ekinlari yakson bo'lishining alomatidir. Chigirtkalar xujumi ko'plab kishilar och qolib, ushbu mamlakatni tark etishlariga va bu mamlakat bir necha yillar taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo'ladi. Tush ko'ruvchiga bu tush moddiy axvoli barqaror xolatda bo'lmasligini ayon etadi. Agar siz tushingizda chigirtkalarni o'ldirayotgan bo'lsangiz, bunday tush sizning juda qiyin bir ishni uddalay olishingazdan guvoxlik beradi.
|
Sham ishonch, shinamlik, xayolparastlik, xissiyot, tarkidunyochilik alomatidir. Agar tunda deraza oldida sham yorug'i ko'rinayotganligi tushingizga kirsa - bu, yoshingiz o'tganda navqiron paytingizdagiga nisbatan sevimliroq intizorlik bilan kutilgan odam bo'lishingiz alomatini bildiradi. Ko'chada sochilib yotgan nim shamlarni terib olayotganligingiz tushga kirsa - din tarafdorlari og'ir iqlimli joyga surgun qilish bilan bog'liq kulfatdan dalolat. Agar osmondan sham yorug'ligi kabi yorug'lik nurlanib turganligi tushga kirsa - kutilmagan xar qanday voqealarni qarshi olishga tayyor turing. Yangi bilimlarni olarkansiz, uning yordamida unga muxtoj kishilarga yordam bering. Sham bilan borayotgan marosim qatnashchilarini tushda ko'rish - bu shunday xabarki, baxorda ro'y beradigan va ko'pchilikning umriga zomin bo'ladigan va motam e'lon qilinadigan baxtsizlikdan ayon etadi. Sham bilan yoritilgan ko'chadan borayotganlikni tushda ko'rish, bu sizning sevib qolishingiz xali oldinda ekanligining belgisidir. Son-sanoqsiz yonib turgan shamlar o'rnatilgan shamdonni sovg'aga olish - bu tush eng og'ir pallada ham diniy ustozingiz sizni tashlab ketmay, sizga nafaqat o'zingizning, balki fazoviy quvvatni o'zingizda mujassamlashtirishga yordam berish alomatidir. Ko'zida yonib turgan sham aks etgan bo'ri tushga kirsa, dinni niqob qilib olgan va o'zini ma'naviyat kurashchisi qilib ko'rsatuvchi, boyishga qaror qilgan, ezgulikni niqob olib hokimiyatga intilayotgan kishidan ehtiyot bo'lishni bildiradi.
...
Читать дальше »
|
Chayon qasoskorlikni, buzuqlikni, makkorlikni bildiradi. Agar tushingizda sizni chayon chaqib olganligini ko'rsangiz, o'ngda siz g'iybat va soxta ovozalar qurboni bo'lasiz. Tushga o'lkan qirra chayon kirsa - bu katta o'zgarishlardan dalolat. Sizning chayon o'ldirayotganingiz tushda ko'rinsa, o'ngingizda dushmaningizni makkorona rejalarini barbod qilishga erishasiz. Agar tushingizda o'zingizning chayon burjida ekanligingizni ko'rsangiz - bu, voqealarni sizning foydangizga kutilmaganda o'zgarishlarydan dalolat beradi. Agar siz tushingizda Xitoyliklarning chayondan tayyorlangan g'ayri oddiy taomini tanovvul qilayotgan bo'lsangiz - o'ngda siz shunday kishi bilan uchrashasizki, u sizning xayotingizning tuliqligini ta'minlaydi va o'nta ko'plab ta'assurotlar baxsh etadi.
|
Fil donishmandlik, qudrat, ba'zi hollarda qasoskorlik va shafkatsizlik timsolidir. Agar tushda yelkasida yulduzlar mavjud bo'lgan fil namoyon bo'lsa, bu Amerikada xokimiyatga respublikachilar partiyasi kelishini bildiradi. Agar tushingizda siz oq filni ko'rgan bo'lsangiz, demak, o'ngda siz foydasiz muvaffaqiyatga erishasiz. Tushda o'zingizning o'limingizni ko'rsangiz, sizning yanada uzoq, yashashingizdan guvoxlik beradi. Agar sizga yaqin kishingizni o'layotgani tushda ko'rinsa, bu o'sha kishini uzoq, va baxtli hayot kechirishidan shoxidlik beradi. Ko'plab kishilarning o'limini tushda ko'rish insoniyatning uzoq, yashashidan dalolatdir. Xozirga paytda gapirilayotgan oxirgi zamon yana bir necha ming yillar kelmaydi. Dunyodagi juda muxim kishi o'layotganligi tushingizga kirsa, butun dunyodagi betinchlik va g'alayonlardan ogoh. etadi. To'g'rirog'i, kelajakda haqiqatdan ham juda yuksak martabali odam to'satdan vafot etib, uning o'limidan so'ng siyosiy hokimiyat uchun shavqatsiz kurash boshlanib ketadi. Bu kurash katta fuqarolar urushiga, hatto jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Tushda bemor odamning vafotini ko'rish - unchalik uzoq bo'lmagan vaqt ichida XX asr vabosi OITS davosi topilishini bildiradi. Ushbu dori tufayli kasali yo'qdan ko'plab kishilar o'z dardlariga davo topadilar, birmuncha vaqt o'tganidan so'ng bu ajal keltiruvchi kasallik sayyoramizdan butunlay yo'q qilinadi. Azobli ajaldan vafot etayotgan kishining tushga kirishi yomon alomatdir. Bunday tush kelajakda Chika
...
Читать дальше »
|
It - sadoqat timsoli, ramzidir. Daydi itni tush ko'rish katta mexnat va mashaqqat bilan to'plangan mol dunyo 2006 yilda osongina sovurilishidan dalolat beradi. Umuman oppoq katta kuchuk tushga kirsa - bu, qishda, shimoliy davlatlar sanoatida va turmush darajasida axvolning yomonlashishi alomatidir. Oyog'ida uyqudagi ilon yotgan itni tushda ko'rish 2001 yilda hech kim kutmagan va hech kim oldindan bilmagan ittifoq tuzilishidan, uning *uzoqga muljallanib it kabi sadoqatli va ilon donishmandligi singari samarali bo'lishidan darak beradi. It qiyofasidagi odam tushga kirsa, bu ko'r odamga va uning yaqin qarindoshlariga ta'alluqli yangi kashfiyotlar belgisidir. Kit bilan munozara olib borayotgan itni tushda ko'rish - yangi qonun asosida jaxonda xaqiqiy muvozanatning vujudga kelishiga yordam beradigan eng kuchli o'lim keltiruvchi qurolning qo'llanilishidan ayon etadi.
|
Tushda boyqushni ko'radigan bo'lsangiz, bu kelajakda sizni jodugarlik ilmini mukammal egallagan kishi bilan uchrashish kutayotganligini bildiradi. Agar tushingizda ko'p boyqushlar ko'rinsa, bunday tush vaqti kelib yer yuzasida qora kuchlar xukmronlik qilishidan guvoxlik beradi. Tushda boyqushni o'ldirish - bu, o'ngda sizning yovuz kishi ta'siridan qutilishga erishishingizni bildiradi. Agar tushingizda boyqushning ovozini eshitsangiz - bu yomon alomat. Bunday tush kelajakda sizga juda ko'p qayg'u keltiradigan daxshatli xabar olishingizni ayon etadi.
|
Qamoqxona erksizlik, odamovilik va yolg'izlik timsolidir. Tushda o'zingizni qamoqxonada tutkin holatda ko'rsangiz, demak, o'ngda siz o'ylaganlaringizni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qancha tadbirlar ta'siridan chiqa olmayapsiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan bo'lsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo bo'ladiki, sizning ustingizdan cheksiz xukmronlik qilish ehtimoli mavjud.Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda ko'rinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan bo'lsangiz, bu o'zgalar ta'siridan qutilish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda o'tirganligi namoyon bo'lsa, demak, siz o'z yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suiiste'mol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish - o'ngda siz zudlik bilan yolg'izlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi.
|
Tushda asalari qutisini ko'rish bu yaqin kelajakda sizning ko'plab qiyin xal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini ko'zdan kechirayotganliklarini ko'rsangiz, bunday tush unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat xokimiyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq, ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak bo'lishidan shoxiddik beradi. Asalari uyalarini o'z qo'lingiz bilan yasayotganligingiz tushda ko'rinsa - o'ngda yo'lingizda paydo bo'lgan tusiqlarni osonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda kimningdir uya yasayotganligini ko'rsangiz, bu kelajakda sizning hayotingizga katta ta'sir ko'rsatadigan juda kuchli odam bilan uchrashishingizni bildiradi. Tushingizda asalari uyasiga qulingizni tiqayotganligingizni ko'rsangiz – ko'ngil sovushidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan ko'nglingiz qolishidan guvoxlik beradi. Balki, o'sha, siz hozirgacha o'zingizning eng yaxshi do'st deb xisoblab kelgan odam, aslida yovuz, hasadguy bo'lib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yo'q uyni ko'rish - jiddiy yo'qotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizdan ayrilib, bundan qattiq qaygurasiz.
|
Tushda buqalamunni ko'rish - bunday tush kelajakda butun dunyoda o'zgarishlar ro'y berishidan ogoh etadi. Bu o'zgarish butun bir davlat bilan bir qatorda ayrim kishilarga ham ta'alluqlidir. Agar tushingizda buqalamunning o'z tusini o'zgartirayotganini ko'rsangiz - bu, kelajakda bir qarashda yirik va foydali ishni sizga taklif qilishlaridan guvohlik beradi. Bu tush sizga mazkur ishda qatnashmaslikni, aks holda barcha mol-mulkingizdan ayrilishingizni bildiradi. Tushda savodsiz kishi bilan uchrashish - bunday tush ayni paytda sizning muxim ishga qo'l urmasligingizni, chunki siz bundan kelajakda qattiq afsuslanishingizni ogohlantiradi.
|
Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik - kelajakda sizning o'tmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon bo'lishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat bo'lishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi - kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan o'zgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda qo'l soatini ko'rsangiz, bunday tush o'ylab qo'yganlaringizni ro'yobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat raxbari o'z islohot va loyihalarini amalga oshirishga ulgurmasligini bildiradi. Tushda siferblati yo'q soatdan vaqtni aniqlashga urinayotganlikni ko'rish - yomon alomat. Siz bilan ro'y beradigan voqealar odatdagiga o'xshamaydi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish - yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shoxidlik beradi. Qancha tez yordam ko'rsatilsa, shunchalik yaxshi bo'ladi.
|
Kabutarim ko’zlarida yosh, Qo’llarimda joni so’nadi. Bag’ritoshlar ko’zlab otdi tosh, Maktubimni yoqib kuladi. Ne bo’lsa ham yurak sevadi, Bugun seni ko’rgim keladi. Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar, Atrofimga qo’nib meni ovutarlar, Dardim kuylayman endi shudir taqdirim, Muhabbatim, muhabbatim. (x2) Mana bugun ko’zlarimda yosh, Sen tomonga uchgim keladi. Vujudimni kuydirar quyosh, Bulutlarni quchgim keladi. Ne bo’lsa ham yurak sevadi, Bugun seni ko’rgim keladi. Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar, Atrofimga qo’nib meni ovutarlar, Dardim kuylayman endi shudir taqdirim, Muhabbatim, muhabbatim. (x2) Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar, Atrofimga qo’nib dilim ovutarlar, Dardim kuylayman endi shudir taqdirim, Muhabbatim, muhabbatim. Osmonlarda uchar oppoq kabutarlar, Atrofimga qo’nib meni ovutarlar, Dardim kuylayman endi shudir taqdirim, Muhabbatim, muhabbatim. (x2)
|
Bir ko’rishda sevganim, Bir umrga sevganim, Yagonamsan san manim, Baxtlimisan, ayt? Dersan balkim qaydalar, Oyni urgan va’dalar? Oshiq barin uddalar, Baxtlimisan, ayt? Tangri bergan boyligim, Qoshi kamon yoyligim, O’zimni chiroyligim, Baxtlimisan, ayt? (x2) Baxtlimisan, ayt? (x2) Hayot yo’llaring Men bilan bog’laganingga? Baxtlimisan, ayt? (x2) Afsuslanmaysanmi Meni tanlaganingga? Yillar o’tdi birpasda, Savolim hazilmasda, Bo’lmasin desang xasta, Baxtlimisan, ayt? Sara gullar donasi, Farzandlarim onasi, Ko’nglimning yagonasi, Baxtlimisan, ayt? Tangri bergan boyligim, Qoshi kamon yoyligim, O’zimni chiroyligim, Baxtlimisan, ayt? Gohida ko’zingda yosh, Gohi men sal bag’ritosh, Kel, bo’lay senga sirdosh, Baxtlimisan, ayt? Baxtlimisan, ayt? (x2) Hayot yo’llaring Men bilan bog’laganingga? Baxtlimisan, ayt? (x2) Afsuslanmaysanmi Meni tanlaganingga? Tangrim bergan boyligim, Qoshi kamon yoyligim, O’zimni chiroyligim, Baxtlimisan, ayt? Javobing ajoyib bo’ldi, Sevinchdan ko’zlaring kuldi, Xotirim endi jam bo’ldi, Baxtliman shu payt! Baxtliman shu payt, (x2) Hayot yo’llarim Sen bilan bog’laganiga. Baxtliman shu payt, (x2) Afsuslan
...
Читать дальше »
|
Sendan so’ng hayotda qovrilib, qaynab, Ona, xotirjam bo’l, yuribman o’ynab. Hali ham akamni, opamni qiynab, Boshida shamoli bordir bolangni.
Tushundim nelardan beziblar ketding, Yarim yuragimni eziblar ketding. Osmonim – bolam deb seziblar ketding, Ko’klarda kamoni bordir bolangni. Ona xotirjam bo’l…
Mendan uzoq ket qayg’u, Yaqinlashma endi g’am. Yengilsam hasratlarga, Bezovta bo’lar onam. (x2)
Anduhlarga ko’milib, Ko’zyoshimga cho’milib, Qolsam tutday to’kilib, Bezovta bo’lar onam. Qolsam tutday to’kilib, Bezovta bo’lar onam.
Hatto ruhi parvona, Oromi yo’q giryona. Yig’lasam tushimga kirib, Bezovta bo’lar onam.
Ey dard, aylama bemor, Tunlarim etib bedor. Yuragim topsa ozor, Bezovta bo’lar onam.
Ko’nglimda yonsa chiroq, Bosgan yo’lim bo’lsa oq, Yursam bundan yaxshiroq Ruhi tinch bo’lar onam.
Hatto ruhi parvona, Oromi yo’q giryona. Yig’lasam tushimga kirib, Bezovta bo’lar onam.
Bo’lsa rangim zafaron, Judolikdan bag’rim qon. Ruhi tegramda giryon Bezovta bo’lar onam. (x2)
Hatto ruhi parvona, Oromi yo’q giryona. Yig’lasam tushimga kirib, Bezovta bo’lar onam. (x2)
Yig’lasam tushimga kirib, Bezovta bo’lar onam. (x2)
|
Har kun yoniga boraman qaragisi yo’q, Nozik yuziga boqaman ahamiyati yo’q. Har kun yoniga boraman qaragisi yo’q, O’zi bilan u ovora ahamiyati yo’q. Qaramasa qaramasin (Nega? nega?) Ou, menga farqi yo’q, O’ylamasa o’ylamasin, Zorim boru zo’rim yo’q. Qaramasa qaramasin (Nega?) Ou, menga farqi yo’q, O’ylamasa o’ylamasin, (Nega?) Menga farqi yo’q. Farqi yo’q… Ko’nglimni og’ritdi qorako’z, Men ishonibman, Adashar ekan har kim. Hijronida yurib boraman, Tuyg’ularim ham barbod endi. Bu ko’rganlaringni bari tush, Endi unutishga beraman imkon. O’zimga ishonib boraman, Sen ahvolimni so’rama endi. Qaramasa qaramasin (Nega? nega?) Ou, menga farqi yo’q, O’ylamasa o’ylamasin, Zorim boru zo’rim yo’q. Qaramasa qaramasin (Nega? nega?) Ou, menga farqi yo’q, O’ylamasa o’ylamasin, (Nega? nega?) Menga farqi yo’q. Farqi yo’q… O’ylamasa o’ylamasin… Qaramasa qaramasin…
|
Hol-axvolim mani g’irt dardu malomat, Qara so’nib boradi yuzda alomat. Qilma asabimda naqdu daromad, Iltimosimga diqqatingni qarat. Balo tuzma, sharoitimni yarat, Qanaqa bemahal, ham o’sha holat, Nima bo’ladi bersang so’zga bir fursat? Hayolim arosat. Ana deding, xo’p deding, Yozda qor yog’sa deding. Kutib ado bo’ldim, Uyquga zor bo’ldim. Ko’nglingni hamon Yugurib-yurib ham topa olmadim, Imlaydi qo’shig’im. O’ynama, Ko’zlarimga qarab, Qalbimni sindirma. Xazil qilsam ko’taradi deb o’ylama. Ko’ngil bergan ko’nikadi-da dema, Nozlaru nafosatingga boylama, Sevamanda foyda bilib kuydirma. Lablaringni burishtirma, yuz o’girma, Qora ko’zim o’zingdan meni ayirma, Ayirma, ayrilma. Ana deding, xo’p deding, Yozda qor yog’sa deding. Kutib ado bo’ldim, Uyquga zor bo’ldim. Ko’nglingni hamon Yugurib-yurib ham topa olmadim, Imlaydi qo’shig’im. (x2)
|
Yuragimga qil sig’mas hatto Jonim, ko’rmasam seni bir kun. Yuragimni berolmam aslo Sendan bo’lak o’zgaga nechun? Bilolmadim ne tuyg’u bu, Bunchalar azobli? Taskin topmas ne ko’ngil bu, Dardlari alamli? Jonim ayt, bormanmi xayolingda, Bormanmi yuragingda, Bormanmi hayotingda? (x2) Jonim ayt. Naqadar azobli bu tuyg’u, Bilmay turib yashash sevgingni? Bilarmisan qanchalik og’ir Kulib berkitishim dardimni? Bilolmadim ne tuyg’u bu, Bunchalar azobli? Taskin topmas ne ko’ngil bu, Dardlari alamli? Jonim ayt, bormanmi xayolingda, Bormanmi yuragingda, Bormanmi hayotingda? (x2) Jonim ayt. Jonim ayt, bormanmi xayolingda, Bormanmi yuragingda, Bormanmi hayotingda? (x4) Jonim ayt.
|
Birdan hammasi o’zgarib ketdi hayotimda, Bir qizni uchratdim ona shahrimning qo’ynida. Bilasizmi qanchalar go’zalligini? Kim nima desa desin endi manga farqi yo’q, Men uni sevib qoldim, sevmoqlikni aybi yo’q. Bunday go’zal dunyoda yo’q. Uni yuragi olov, olov, olov, Uni ko’zlari olov, olov, olov, Usiz menga sovuq, sovuq, sovuq, Qachon keladi u? (x2) Yoqimli ovozing, yoqimli so’zlaring Sog’indim asalim, sog’indim go’zalim. (2x) Netay ko’zlari o’z-o’zidan mani rom qildi? Bunchalar go’zal u, bir ko’rishdayoq lol qildi, O’ziga sexrlab oldi. Mayin ovozi mani aqlimdan ayiradi, So’zlari esa musiqaga o’xshab yangraydi. Bilasizmi qanchalar go’zalligini? Uni yuragi olov, olov, olov, Uni ko’zlari olov, olov, olov, Usiz menga sovuq, sovuq, sovuq, Qachon keladi u? (x2) Yoqimli ovozing, yoqimli so’zlaring Sog’indim asalim, sog’indim go’zalim. (2x)
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|