Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 8 Mehmonlar: 8 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » May » 13 » Nasiba Abdullayeva - Umr bahori
09:52 Nasiba Abdullayeva - Umr bahori |
Zar beshikka quyosh belandi, Shoshma! – deb oy tongga elandi, Tunu kunlar shunday ulandi - Oqayotir yillar anhori , Qaytarmikan umr bahori?
Sochimizga qirovlar indi, Baxt otiga birovlar mindi, Dilda bo‘lur so‘roqlar tindi – Qulamasdan hayot chinori, Qaytarmikan umr bahori?
Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori?
To‘lmay turib yuraklar muzga, Uzrimiz bor munisa ko‘zga, Aytarmi do‘st rozini bizga – O‘rtamizda turar devori, Qaytarmikan umr bahori?
Ko‘ngil hanuz mehr so‘raydi, Muhabbatni deb yo‘l qaraydi – Bobirning ham tutdi xumori, Sog‘inchiga gullar o‘raydi, Qaytarmikan umr bahori?
Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori?
|
Категория: Qo'shiq Matnlari |
Просмотров: 109 |
Добавил: otabekjon_2016
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|