Shanba, 21.06.2025, 16:14
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Yulduzlar Haqida


Men Iroda Nosirova .... yil 20 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelganman. Oilam haqida ko'p gapirishni yoqtirmayman. Aytishim mumkin bo'lganlari ota-onam, ukam va singlim bor. Ular bilan birga istiqomat qilaman. Toshkent shahridagi 287-o'rta maktabda tahsil oldim.

Mening qo'shiqchilik borasidagi sahnadagi ilk qadamlarim maktab sahnasidan boshlangan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Maktabda o'qib yurgan kezlarim "Ilhom chashmalari" va boshqa qo'shiq konkurslarida qatnashardim. Hatto "San'at g'unchalari" televizion ko'rsatuvida to'g'ridan-to'g'ri efirda Vatan haqida rosa hayajonlanib qo'shiq kuylaganman, bu adashmasam 1995 yil edi. Shu bilan birgalikda 8 yil davomida drama to'garagining qatnashchisi edim. Hatto ba'zilar ishonmasligi mumkin, Akmal Ikromov tumanidagi prezident archasida 2 yil davomida yalmog'iz kampir obrazini ijro etganman. Hullas maktabni tamomlab Pedagogika Unversitetiga o'qishga kirdim. O'zbek tili filologligi bo'yicha o'qib, jurnalist bo'lishni rejalashtirib qo'ygandim. Shu yilning o'zidayoq "Yoshlar" telekanalining "Davr" infotmatsion dasturiga ishga kirdim. Ushbu ko'rsatuvda 4 yil faoliyat yuritdim. Keyin bolalikdagi orzularim ustun keldi shekilli yana qo'shiq kuylash va kinoda suratga tushish istagi meni o'ziga torta boshladi. Hozirgacha 7ta filmda suratga tushdim. Qo'shiqchilik borasida esa ko'proq o'zim uchun kuylaganimdan uni jiddiy rivojlantirish haqida shu paytgacha o'ylamagan ekanman.

Ismimni rahmatli buvijonim ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 239 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

Ўзбек томошабинининг ҳинд фильмларига меҳри ўзгача эканлигини бизга келаётган мактублардан ҳам билиб олса бўлади. Биз навбатдаги саҳифамиз орқали ҳинд актёрлари орасида ўзининг ажойиб ва хилма-хил роллари билан ажралиб турувчи актёрЖон Абрахам ҳақида сўзламоқчимиз

Болливуднинг энг машҳур актёрларидан бири Жон Абрахам 1972 йил 17 декабр куни Мумбайда туғилган. Абрахам реклама агентлигидаги фаолиятида модел сифатида кўзга кўриниб келаётган бир пайтда спорт турларидан бири — бодибилдингда мураббий бўлиб ишлаган. Актёр ўзининг 2003 йилда суратга тушган илк "Jism" фильми орқали эркак моделлар ҳам кинода ўз ўрнини мустаҳкам топа олишини исботлади.

Маъулмки, Жон Абрахам "Water" киносида энг эсда қоларли образни яратган. Ҳатто унинг иштирокидаги ушбу фильм "Оскар-2006” тақдимотида биринчи бешталикка киритилган.

"Ad Labs” компанияси Жон Абрахам билан 6 фильм устида 220 миллионлик шартнома тузди. Бу компания бунга қадар Ритик Рошан билан 320 миллионлик ва Акшай Кумар билан ҳам шартномалар тузишган эди.

Илгари Жон Абрахам суратга тушган фильмларни бошқа дубляж актёрлари овозлаштиришган. Ҳозир актёр ўзининг ҳинча талаффузидаги камчиликларни бартараф этиб, барча ўйнаган ролларига ўзи овоз бераяпти.

Актёр бўш вақтларида мотоцикл ҳайдашни яхши кўради. ҳар куни эрталаб икки соатдан гимнастика билан шуғулланади. Бундан ташқари, шахмат ўйнаб вақт ўтказишни ёқтирадиган Жон тинимсиз равишда компьютер ўйинлари ўйнаши мумкин. Маълум ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 350 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

Bilasizmi ? "Benom"guruhi yigitlarining didlari nixoyatda bir xil ekan! "Benom" guruhi sayohat qilishni , ko'proq ijod qilishni va melodramma janridagi filmlar tomosha qilishni juda yoqtirishar ekan!

Yigitlarning sevib tanovul qiladigan ovqatlari : Qovurilgan Jo`ja. Hobbiylari : SarvarBEK - Arxeologik topilamalarni kolleksiyalash ; Komil - Interyer va rasm chizish Yoqtirgan sport turi : Futboll.

Muhabbat borasida : "Benom" guruhi yigitlarining ikkovlari ham o'zlari orzu qilishgan qizni hali uchratmagan ekanlar! "Benom" guruhidagi SarvarBEKning aytishicha Komil uxlashni juda yaxshi ko'rar ekan ,Komilning aytishicha esa Sarvar uxlash borasida undan qolishmas ekan, umuman esa bu yigitlar uxlashni juda yoqtirishar ekan (hazil).
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 132 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

Albina Urazbayeva 1989-yil 12-oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. 1-sinfdan Toshkentdagi Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi, so'ng Uspenskiy nomidagi musiqa litseyining kompozitorlik bo'limida tahsil oldi. Hozirda esa O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Bastakorlik san'ati" fakultetida tahsil olmoqda. Albina 3-4 yoshligidanoq otasi bilan Nukusda simfonik orkestr bilan qo'shiq ijro etardi. Qo'shiqqa qiziqishi, ishtiyoqi juda ham baland edi. 8-sinfda o'qib yurgan vaqtlarida esa Albina mustaqil o'zi kuy bastalar edi. Uning ilk bastalagan qo'shig'i "Seni sevmay" qo'shig'i bo'lgan. Hamda 8-sinfda o'qib yurgan vaqtida "Qismatdosh" qo'shig'ini yozdi va ijro etdi. 2010-yilda rejissyor Ravshan Norboyevning "O'yin ichida o'yin" filmida "Ko'zlarimda yosh" soundtrekini ijro etdi. Bu qo'shiq xit darajaga yetdi. Keyingi xit qo'shiqlari "Yulduzli kecham", "Xeylilla", "Bu sevgi", "Million atir gul" va "Sen ketmagin" qo'shiqlari bo'lgan. Yuqorida qayd etilgan qo'shiqlarning barchasi Albina muallifligidagi qo'shiqlardir. Xonanda hozirgi kungacha 40-50tagacha qo'shiqlarni bastalagan. Aynan o'zbek estrada yulduzlaridan Ziyoda, Iskander va Muzaffar Abduazimovlarga qo'shiq yozib, musiqalar bastalagan. Har yili yosh bastakorlar uyushmasi O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida o'tkazadigan konsertlarda Albina faol ishtirok etadi. 2009-yilda "Sharq ayoli" festivalida ishtirok etib fahrli diplom bilan taqdirlandi. 2010-yilda "Yosh basta ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 194 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

HAYOTI VA IJODI

Munisa Rizayeva 1986-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Ota-onasinig chet-eldagi hizmati sababli Munisa 5 yoshidan Angliyada yashadi. Maktabni ham Munisa Angliyaning Kastrten maktabida o'qidi. Maktabdan so'ng esa Angliya vokal texnik universitetiga "Estrada-vokal" yo'nalishi bo'yicha tahsil oldi. 6 yoshida qo'shiq kuylashni boshlagan. U Angliyadan Toshkentga kegan paytlari "Sezam", "Alladin" va "Tomosha" bolalar qo'shiq va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan. Toshkentga butunlay qaytganidan so'ng xonanda "Tarona-2004"da ishtirok etib "Nega-nega" qo'shig'ini kuyladi. 2002-2003-2004 yillarda esa "Umid yulduzlari" ko'rik tanlovida ketma-ket birinchilikni qo'lga kiritib kelgan. Xozirgi kungacha esa xonanda 30dan ortiq qo'shiqlarini o'z muhlislariga taqdim etgan. Bundan tashqari Munisa aktrisalik borasida ham o'zini bir necha filmlarda bosh qahramon obrazida talqin etgan.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 208 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 05.04.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 6 7 8
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |