Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 4 Mehmonlar: 4 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Yulduzlar Haqida
Rahimova Hosilaхon Ibragimovna 1975 yil 22 aprеlda Surхondaryo viloyati Dеnov tumanidagi I.To'raеv nomli jamoa хo'jaligi Ilonsoy mahallasida shifokorlar oilasida tavallud topgan.Millati o'zbеk oilali,uch nafar farzandi bor. U 1982-1992 yillarda Dеnov tumanidagi Q.Eshmurodova nomli №15-o'rta maktabda tahsil olgan. Maktabda o'qib yurgan kеzlari ya’ni 1986-1990 yillarda Dеnovdagi YU.Rajabiy nomli musiqa maktabining rubob sinfini ham tamomlagan. 1990-1996 yillarda Dеnovdagi «Navnihol» хalq ansambli va tuman madaniyat bo'limida yakka хonanda sifatida faoliyat khrsatgan. 1998-2001 yillarda Toshkеnt Davlat Madaniyat Instituti "хalq musiqasi" bo'limini tamomlagan. Hosila Rahimova san’atdagi faoliyati davomida shoirlardan U.Azim, I.Muzaffarzoda, M.Toir, H.Shodmon, A.Karim, R.Hotamova bastakorlardan R.Mahmudov, O.Safarov, H.To'raqulovlar bilan ijodiy hamkorlik qilib kеlmoqda. Surхondaryo baхshchilik sa’natini ayol ovozda elga tanitayotgan Hosila Rahimova o’z faoliyati davomida ajoiyb qo’shiqlari bilan ko’pgina fеstival va ko’rik tanlovlarda ishtirok etgan va munosib taqdirlangan. 1998 yilda «O’zbеkiston- Vatanim manim” qo’shiq bayramida 3-darajali diplom, 2003 yilda «Shuhrat» mеdali sohibasi, 2004-yil Shimoliy Korеyaning Pхеnyan shahrida o’tkazilgan «Aprеl bahori» nomli butunjahon milliy folklor fеstivalida «Oltin arfa» mukofoti sohibasi, 2004 yil avgust oyida Gеrmaniyaning Bon shtatida o’tkazilgan «Fulеrs» fеstivalida folklor yo’nalishida mutloq G’olib bo’lganligi shular jumlasidandir
...
Читать дальше »
|
Ismi - Akieva Elena (Alyona) Kamalovna Creative boshqacha - Kamilla Singer, aktrisa. Toshkent shahar, 14.06.1993 kuni tug'ilgan. Ota - Akiev Kamal Bajramovic (askar). Ona - Vera Uvarova Y. (boshlang'ich maktab o'qituvchisi). onasiga bir qizi tug'ilganidan beri pianino va xirgoyi o'ynash uni o'qitish, umuman musiqa va san'at sevgi soldik. Bundan tashqari, oila tasviriy san'at uchun sevgi va iqtidori dan uzatiladi taniqli san'atkorlar (Seabiscuit Seabiscuit GP va SP) edi. u zamonaviy bal raqslari 11 yoshgacha bo'lgan raqs guruhi "zamonaviy", bir qismi sifatida 4 yil ichida katta sahnada birinchi marta amalga uchun. 9 yoshida farq bilan tugatib, pianino musiqa maktabi qabul qilindi. 2003-2004 yillarda u, bolalar tanlovi "Little Princess" ishtirok professional raqs studio Kruglova TA guruhda ishtirok Kidanov AV ishlab chiqarilgan O'zbekiston va Qozog'iston bo'ylab ko'zdan kechirdi edi "badiiy Princess", unvonini qo'lga kiritdi. 2007 yilda pop studiyasi rahbari "Aladdin" Rustam Hamrakulov iqtidorli qiz sezib, u uzoq vaqt davomida kuyladi va etakchi barcha studio konsertlar, uning vokal va raqs guruhi, taklif. Birgalikda jamoasi bilan jamoa Gran-pri sohibi bo'ldi, ko'p vokal va raqs musobaqalarda ishtirok biri ( "plastik va xoreografiya bo'yicha xalqaro tanlovi"). 2009 yilda, Creative san'at davom ettirish yo'qmi ustida aks uzoq vaqt, nihoyat musiqa va ashula bilan hayotlarini bog'lashga qaror vokal bo'limida Respublika estrada-tsirk kolleji, kirdi. parallel, 4 yil bir solisti bo'l
...
Читать дальше »
|
TVM kanalining "M-Files" dasturi boshlovchisi Oyxon Iforzoda 1989-yil 23-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 4 yoshidan O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi "Bulbulcha" ashula va raqs dastasi ishtirokchisi bo'lgan jajji qizaloq 9 yoshidan O'zbekiston teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan "Oltin toj" ko'rsatuvi boshlovchisi ham bo'lgan. O'zining iste'dodidan kelib chiqqan xonanda maktabdan so'ng Xamza nomidagi O'zbekiston Davlat musiqa kollejini bitiradi. Kollejdan so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasining "Estrada honandalik" fakultetini tamomlaydi. Shu bilan birga TV-Markazning eng jozibali va maftunkor xodimi, "M-Files" dasturi boshlovchisi hamdir. Hozorda xonandaning 10 dan ortiq qo'shiqlari bor. Oyxon Iforzodaning xit qo'shig'i bu "Hayajonim"dir.
|
Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabr kuni ko'hna va navqiron Samarqand shahrida Melik Yarmuhammedov oilasida tavallud topdi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida musiqa maktabining akkardeon bo-limiga borgan. Maktabdan so'ng Nasiba Abdullaeva o-z omadini sinash uchun hujjatlarini Arxitektura institutiga topshiradi. Xuddi shu vaqtning o'zida uni maktabga taklif etishadi va u musiqa o'qituvchisi lavozimida ishlaydi. Bir qancha vaqtdan so'ng esa jozibador ovoz egasini "Samarqand" vokal-instrumental ansambliga solist etib taklif qilishadi. Musiqa maktabida o'qib yurgan kezlaridayoq katta sahnalarga chiqib yurgan Nasiba, qo'shiq va san'at hayotining mazmuniga aylanishini sira o'ylamagan ham. Nasiba Abdullayeva ijodi davomida juda ko'plab halqaro tadbir va festivallarda ishtirok etgan hamda gastrol safarlarda bo'lgan. Xonandaning repertuari juda ham boy. U o'zbek, rus, turk, ozarbayjon va fors tillarida qo'shiq kuylay oladi. Xonandaning ko'plab qo'shiqlari xit darajasiga yetgan. Bular "Barigal", "Samarqand", "Aylanay", "Baxt o'zimdadir", "Sog'inch", "Umr bahori", "Eslanar", "Ko'ngil bog'imdan" va "Yetti javohir" qo'shiqlaridir. Nasiba Abdullayeva ijodi davomida ko'plab mukofotlarga erishdi. Xukumatimiz tomonidan ta'sis etilgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, hamda O'zbekiston xalq artisti unvonlariga ham sazovor bo'lgan.
|
Россиялик таниқли мусиқачи, бастакор, қўшиқлар муаллифи Юрий Лоза ёшлигида Ўзбекистон қамоқхоналарининг бирида ўтирган. Бу ҳақда Бари Алибасов «Интеграл» гуруҳининг юбилейи муносабати билан ташкил этилган тадбирга гапириб ўтган. «Кассада «чипталар қолмаган» деб ёзилган ёзув тахтаси илиб қўйилганди. Биз саҳнага чиққанимизда эса бор йўғи залнинг ярим қисми тўлганини кўрдик. Қандай қилиб бундай бўлиши мумкин? Аслида эса улар чипталарни ўзлари олиб уни нақд пулга қимматга сотиб фойдасини чўнтакка уришни мақсад қилишган экан. Мен Саратов филармонияси директорига шикоят қилдим. У зудлик билан мусиқачиларнинг Саратовга қайтишига кўрсатма берди. Воқеа эса Ўзбекистонда содир бўлганди. «Эндигина самолётга чиқай деганимизда, директор милицияга Лоза ва бизнинг бас-гитарачимиз унинг 10 минг рубль пулини ўғрилаб олганини билдириб шикоят қилибди. Ўша пайтларда бу катта пул эди. Биз аэропортда қолдик, милиция ходимларни уларни олиб кетишди. Ўшанда умримда биринчи марта йиғлагандим. Милиция уларни қўйиб юбориши учун шунча пулни топишимиз керак эди», – дея Бари Алибасовнинг сўзларидан иқтибос келтирадиPrOzEvD. «Ҳа ўтирганмиз. Шунақа вазият ҳам бўлган», – дея Барининг гапини тасдиқлаб ўтган Лоза.
|
O'zbek Milliy teatrining aktrisasi, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Ra'no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 2 yoshligidanoq qo'shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina "Semurg'", "Sehrli tambur", "Zolushka" bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u "Tantana" bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi "Qo'shchinor" va Diyor Mahkamov bilan kuylagan "Balli" duetidir. 15 dan ortiq qo'shiqlari va "Baxtli yo'l" albomini o'z muhlislariga havola etgan. Abduvohid G'anievning "O'zimdan-o'zimgacha", Bahodir Qosimovning "Yuzma-yuz" filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda "Nihol" mukofoti sovrindori bo'ldi.
|
Dilfuza Ismoilova 1968-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U A.Ikromov tumanidagi 116-maktabda o'qigan. Maktabda o'qib yurgan vaqtlaridayam Dilfuza juda ham faol o'quvchi bo'lgan. Darslardan tashqari drama to'garaklariga ham qatnashgan. Maktab tadbirlarida sinfdoshlarini yig'ib sahna ko'rinishlarida rollar ijro etib yurgan. Maktabdan so'ng san'at yo'lini tanlagan san'atkor 1985-1990 yillarda M.Uyg'ur nomidagi San'at institutining "Kino va drama" fakultetini tamomlaydi. 1990-yildan A.Xidoyatov nomidagi teatrda ishlaydi. So'ng turmushga chiqadi. Bir oz tanaffusdan so'ng Dilfuza Ismoilova "Yoshlar" telekanalida namoyish etiladigan, rejissyor To'xtamurod Mahkamovning "Gap yoq" loyihasining "Maslahat" ko'rsatuvining bosh va xalqning sevimli aktrisasiga aylanadi. U har xil obrazdagi rollarni juda ham maromiga yetkazib ijro etadi. Dilfuza tezda xalq nazariga tushdi va uni taniqli rejissyorlar kinofilmlarga taklif etishadi. Murod Rajabov rejissyorlik qilgan "Ulfatlar", rejissyor Rustam Sa'dievning "Oshiqlar" va rejissyor Xusniddin Ergashevning "Seni izlab" filmlarida bosh rollarni juda ham qoyilmaqom qilib ijro etgan. Yoshligida qo'shiq kuylashga qiziqqan Dilfuza 2001-yildan o'z ijod yo'nalishini o'zgartirib, qo'shiq kuylashni boshlaydi. Uning ilk qoshiqlari "Bevafo", "Toshkentning sho'x qizlari" deb nomlanadi. Xozirgi kungacha xonandaning 300ga yaqin qo'shiqlari, 30dan ortiq kliplari, 6ta MP3 albomlari va 4ta klip to'plamlari bor. Dilfuza Ismoilova bir qator konsert
...
Читать дальше »
|
Ruhshona 1994-yil fasllarning kelinchagi bo'lmish bahor oyining 21-mart kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topdi. Maktab vaqtidan xorij qo'shiqchilari Selin Dion, Toni Brekston san'atlariga juda qiziqib, ularning qo'shiqlarini kuylab ham yurardi. Shuning uchun hammi hozirda Xamza nomidagi musiqa kolejjida o'qiydi. Kelajakdagi orzusi kollejdan so'ng Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kirmoqchi. Nega desangiz, Ruhshona nafaqat qo'shiq kuylaydi, balki bir nechta filmlarda ham suratga tushib o'z ijodiy qirralarini ochmoqda. Javlon Shodmonov, Jahongir Poziljonovlarning "Kichkina xo'jayin", "Shaddod qiz", "Enagalar", Jasur Shametovning "Uchrashuv" filmlarida suratga tushdi. Ruhshonaning xit taronasi "Yuragim" va "Azizim" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonanda 20dan ortiq qo'shiqlari, 6ta klipi va bitta "Azizim" nomli albomini o'z muhlislariga havola eta oldi.
|
Ilhom Farmonov 1978-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida san'atkor Shomurod Farmonov oilasida tavallud topdi. U yoshligida uyiga ko'pgina otasining san'atkor do'stlari kelib ketgan vaqtlari qo'shiq aytishga juda ham qiziqishi uyg'onib qolgan. Bolaligida Chilonzor tumanidagi 84–maktabga boradi. Maktabni tugatgandan so'ng A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutining xalq musiqa fakultetiga o'qishga kiradi. Ilhom Farmonov ilk ijodini 1986-yil "Eh orzular", "Tinchlik bo'lsin" qo'shiqlari bilan boshladi. Xonandaning "Qora ko'z", "Senmuding", "Dilbari jonon", "Sevganim sevgan" va barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetgan desak ham adashmaymiz. Hozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shig'i 80dan ortiq kliplari va 10ta albomi o'z muhlislari yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qora ko'z", "Onajoning rozi qil", "Binafsha", "Sinchalak", "Gulim" kabi albomlari shular jumlasidandir. Ilhom Farmonov kino san'atida ham o'zini sinab ko'rgan. U 2003-yilda suratga olingan Lutfulla Sa'dullayevning "Munis onam" filmida bosh rolni, ya'ni Iqbol obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Xonanda bir qator mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 1989-yil "Kamolot" diplomanti bo'lgan, 1997-yilda O'zbekiston Vatanim mening ko'rik tanlovida birinchi o'rin sohibi, 2000-yilda esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist nomiga sazovor bo'ldi.
|
Shahzod guruhining solisti Rashid Xoliqov 1973-yil 28-aprelda Toshkent shahrida tavallud topdi. Xonanda poytaxtimizdagi 95-maktabni a'lo baholarga bitirib so'ng san'atga juda ham chanqoqligi sababli O'zbekiston Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi. Institutda o'qib yurgan davrlaridan boshlab Rashid Holiqov qo'shiq kuylashga juda ham qiziqar edi. Ilk ijodini esa 17 yoshida boshlaydi, 1990-yilda u akasi Ravshan Holiqov bilan birgalikda "Shahzod" guruhini tashkil qiladi. "Shahlo ko'zli malikam" qo'shig'i Rashidning ilk xit taronasiga aylangan. Undan so'ng "O'ynaysan", "Aziz yurtim", "Leyla", "Nozli gulim", "Yo'q-yo'q" va shu kabi qo'shiqlari va barcha-barchasi "Shahzod" guruhining xit taronalari desak adashmaymiz. Rashid Holiqov qo'shiqlarni nafaqat o'zbek tilida, balki rus, fransuz, arab tillarda ham ijro etgan. Xonanda juda ko'plab Davlat mukofotlariga sazovor bo'lgan, M&TVA AWARDS, "Tarona" taqdimoti, "Nihol" mukofotlari hamda 26 yoshida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist unvoniga ega bo'ldi.
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|