Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 8 Mehmonlar: 8 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Yulduzlar Haqida
Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Samarqand viloyatining Denov tumanida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktab tadbirlarida qo-shiq kuylab yurgan Lola maktabdan bitirib madaniyat kollejini, so'ng O'zbekiston Davlat konservatoriyasini tamomladi. 100 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham o'z muhlislariga havola eta oldi, bular "Yolg'izginam", "Devona", "Begim", "Biznikidir dunyolar". 2004-yilda bo'lib o'tgan "Aziz ona yurtim navolari" ko'rik tanlovida birinchi o'rinni egalladi. 2006-yil esa "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan Lola 2010'yil O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. Qo'shiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning "Muhabbatimsan" filmida bosh rolni, Ra'no obrazini ijro etdi.
|
Sevinch Mo'minova 1982-yil 30-iyunda Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan so'ng xonanda poytaxtimizdagi Manon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. "To'lin oy" ilk qo'shig'ini Sevinch "Navro'z" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat O'zbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Istambul, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarida ham mashhurlikni qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq kuylabgina qolmasdan bir nechta filmlarda ham rol ijro etgan. Yusuf Roziqovning "Dilhiroj", Bahrom Yoqubovning "Baxt uchun million", "Tsunami", "Qish ertagi" filmlarda bosh rollar ijrochisi bo'lgan.
|
Ravshan Komilov 1964-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan u qo'shiq aytishga qiziqib 4-sinfdan qashqar rubobida qo'shiq kuylab ham yurgan. Xonanda musiqa maktabi, undan so'ng esa Madaniyat texnikumini bitiradi. Musiqa va madaniyat sirlarini a'lo baholarga o'zlashtirgan Ravshan Komilov Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlaydi. Ilk ijodini u 1987-yilda Toshkent Davlat Universitetining sahnalarida, tadbirlarda boshlaydi. Xonandaning "Odam bo'laylik", "Qarab qo'y", "Tango", "Yurishlaring yoqadi", "Ozodani sevaman" va M.Asalxo'jaeva bilan birgalikda duet shaklida kuylagan "Xech kim bilmasin" qo'shiqlari muhlislar tomonidan a'lo baholanib xit qo'shiqlar qatorinidan joy olgan. Xozirgi kungacha xonandaning 200dan ortiq qo'shiqlari 30ta klipi va 10ta albomi bor. Albomlari "Odam bo'laylik", "Erka qiz", "Ozoda", "Sevib qoldim", "Odamlar", "Dunyo" deb nomlanadi. Ravshan Komilov bir qator filmlarda ham suratga tushgan. Bular, rejissyor Lutfulla Sa'diyevning O'zbekiston telekanali orqali namoyish etilgan "Singilginam" milly teleserialida, "Otaga tik boqma", Rustam Sa'diyevning "SMS" filmlarida suratga tushgan. Ravshan Komilov 1991-yilda "Kamolot" ko'rik-tanlovi g'olibi, 1994-yilda "Ulug'bek" mukofoti laureati, 2000-yilda esa O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist unvonlariga sazovor bo'ldi. U O'zbekiston Respublikadi hududlari bo'yicha gastrol konsertlarini namoyish etib keladi. Bundan tashqari Davlat tadbirlarida doimo istirok etib kelmoqda. Uning s
...
Читать дальше »
|
Aziza Niyozmetova 1972 yil 27 yanvarda Xorazm viloyatida tavallud topdi. Urgench Pedagogika bilim yurti musiqa fakultetini hamda Toshkent Milliy Universiteti san'atshunoslik fakultetini tamomladi. Serqirra ijodkorning 10 ga yaqin albomlari bor. Jumladan: 1. Azizlarim 2. Kishmishim 3. O'zbekni kimligini dunyo biladi 4. Yuragimdan joy beraman kelasangiz 5. Meni xudo asradi 6. Rashk etaman 7. Diyorim jannatimsan 8. Sevgim bo'ldi afsona 9. Rashk etasiz azizim 10. Endi menga boq dunyo Aziza Niyozmetova Lazgi-90 hamda Nafosat-90 ko'rik tanlovlar g'olibi bo'lgan. Hit qo'shiqlari: "Kishmishim". Ana shu qo'shiq bilan xonanda o'z muhlislariga ega bo'ldi.
|
Oybek va Nigora. Nigora Ismailova 1988-yil 12-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Nigora bolaligidan qo'shiq aytishga juda qiziqqani uchun ham u 5–sinfda o'qib yurgan vaqtlarida, "Tantana" qo'shiq va raqs dastasiga qatnashib yurgan. Oybek Alimov esa 1987-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan qo'shiq aytishga qiziqqan Oybek ham Xamza nomidagi musiqa kollejini bitirgan. Oybek va Nigora duet tuzilish tarixiga kelsak, ikki talaba "Akfa-Media" tomonidan o'tkazilgan qo'shiqchilik tanlovi g'olibi bo'lishgan va 2005-yilda bu guruh tuzildi. Oybek va Nigora "Sen uchun", "Yorimsan" xit taronalari bilan tanildilar. Hozirda ularning ikkita "Sen uchun" va "Sog'indingmi man qurg'urni" albomlari hamda 50 dan ortiq qo'shiqlari muhlislarga taqdim etilgan. Oybek va Nigora 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindorlari bo'lganlar. Bundan tashqari "Navro'z" va "Mustaqillik" bayramlari tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqdalar. Xonandalar nafaqat qo'shiq kuylashadi, balki kinofilmlarda bosh rollarni ham ijro etib kelmoqdalar. Jahongir Poziljonovning rejissyorligidagi "Amakivachchalar", "Boyvachcha", Javlon Shodmonovning "O'xshatmasdan uchratmas", rejissyor Jahongir Axmedovning "Oling quda bering quda" filmlari shular jumlasidandir.
|
Asl ismi: Selena Marie Teefey-Gomez Tug'ilgan vaqti: 1992-yil, 22-iyul (24-yoshda, saraton burji) Yashash joyi: Grand-Preyri, Texas, AQSH Kasbi: Aktrisa, Rejissiyor, Prodyuser va xonanda Filmlar janri: Sarguzasht, Komediya, Oilaviy. Bo'yi: 165sm. Barcha filmlari: 88ta Birinchi filmi: 2003-yil So'nggi filmi: 2013-yil REJISSIYORLIGIDAGI FILMLARI: 1. DEMI VA SELENA SHOUSI[b] (serial, 2008) [b]PRODYUSERLIGI: 1. Sexrgarning qaytishi. Aleks Aleksga qarshi (TV, 2013) ijrochi Prodyuser FILMLARI RO'YHATI: 1. Behaving Badly ... Nina Pennington (2013) 2. Girl Rising ... Narration (serial, 2013) 3. Getaway ... The Kid (2013) 4. Sexrgarning qaytishi. Aleksga qarshi Aleks ... Aleks Russo (TV, 2013) 5. Aftershok (2012) 6. Tatildagi Monstrlar ... Mavis, озвучка (2012) 7. Spring Breakers ... Faith (2012) 8. Barney: All About Opposites ... Gianna (Video, 2012) 9. Fifty Shades of Blue ... qisqametraj (2012) 10. Monte Carlo ... Grace Bennett / Cordeli Winthrop Scott (2011) 11. ARTUR. Ikki olam jangi ... Selenia (2010) 13. Arthur et la vengeance de Maltazard ... Selenia, озвучка (2009) 14. Wizards on Deck with Hannah Montana ... Alex Russo (video, 2009)
...
Читать дальше »
|
Xodjaeva Umidaxon Xotamtoevna (2-mart, 1990, Toshkent sh.) - qo‘shiqchi. Yoshligidan san’atga qiziqish uyg‘onishida ota-onasi sabab bo‘lgan. Hozir ham shu kungacha oila a’zolari Umidaxonga san’at sohasida imkon qadar o‘z maslahatlari bilan juda ham katta yordam berishadi. Zero, Umidaxonning ota-onasi ham san’atkor bo‘lishgan. Yoshligida raqs va xor orkestriga qatnashgan va turli xil mukofotlarni qo'lga kiritgan. Maktab davrida jajji bolajonlarga raqs tushgan, teatr va qo'shiq postanovkasini tayyorlab, kichkintoylarni sahnaga olib chiqqan. 2011 yil yanvar oyida "Akfa-media" prodyuserlik markazida kastingdan muvaffaqiyatli o'tib, ijodga jiddiy kirishgan. Akfa-media prodyuserlik markazi yopilgach, oʻzi faoliyat olib bormoqda.
|
Oradan besh yil o‘tib, Sandra kichkintoy Luisdan so‘ng, yana bir bola asrab oldi. OAVning ma’lum qilishicha, bola allaqachon uyga olib kelingan va vaqti-vaqti bilan Ballok u bilan birga ko‘chada paydo bo‘lmoqda.
Matbuotga xabar bergan manbaning ta’kidlashicha, Sandraga bu ishda uning yangi boyfrendi Rendall juda katta yordam bergan va aktrisani qo‘llab-quvvatlagan. Juftlik oila qurishi ehtimoli ham yo‘q emas.
|
Munisa – arab tilidan tarjima qilinganda – "ajoyib ovoz" degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun "Ism inson hayotini aniqlab beradi" deb bekorga aytishmasa kerak. Uning tashqi ko'rinishi, ovozi va shaxsiga ham ismning bog'liqlik tarafi kuzatiladi. Biz uchun Munisa Rizaeva - bugungi kun qo'shiqchilik san'atida ijod qilayotgan xonanda - go'yoki u "1001 kecha" ertagidan kelib qolgandek, chiroyli ovozga ega bo'lgan, betakror tashqi ko'rinishli. Uning ovozini estrada olamida ijod qilayotgan hech bir ovoz bilan adashtirib bo'lmaydi, boshqa ovozlardan farq qiladi. Uning obrazi, kiyinish uslubi, hatti-harakatlari, ijrosi yurtimizdagi millionlab tomoshabinlarni o'ziga rom etdi. Munisaning uslubi o'ziga hos va takrorlanmasdir. Munisa Rizaeva xonandalik faoliyatiga tez va shiddat bilan kirib kelishi ortida, avvalam bor uning iste'dodi, tinimsiz mehnati va vokal salohiyati asosiy o'rinda turadi. Munisa Rizaeva oltin kuz faslining 21 oktyabrida tavallud topgan. U yoshligidan, deyarli umrining asosiy qismida Londonda istiqomat qilgan. 6 yoshidan musiqa uning nafasiga aylangan - yoshligidan u kuylash va raqsga tushishni yaxshi ko'radi. Biroq, ota-onasi ijod qilishiga qarshi bo'lishgan, chunki buni oddiy bir havas deb hisoblashgan. Lekin, albatta Munisa kurashishda davom etdi: yig'ladi, to'palonlar qildi, ocharchilik e'lon qildi, ammo bularning hech biri qattiqqo'l otaning yuragini yumshata olmadi. Maktabni yakunlagach Munisa otasidan konservatoriyada o'
...
Читать дальше »
|
Shahzoda tahallusi ostida ijod qilayotgan go'zal va betakror Zilola Musayeva 1979-yilda Farg'ona shahrida filolog va falsafa fanlari doktori oilasida tavallud topdi. U bolaligidan musiqa bilan yashashni boshladi. 9 yoshigacha u Moskvada yashadi. So'ng Toshkentga qaytib o'z ijodini boshladi. Maktab yoshidanoq Zilola vokal bilan shug'ullanardi. Oliygohga kirganda esa u "Jonim" guruhining solisti edi va aynan uning birinchi albomi ham taniqli kompozitor Vagif Zokirov tashabbusi bilan ana shu guruhda yoziladi. 2001-yildan esa Shahzoda o'z ijodini "Tarona rekords" rekord kompaniyasi bilan davom ettiradi. 2003-yilda xonanda o'zining birinchi yakkaxon konsertini o'z muhlislariga taqdim etadi. U o'zining konsert dasturlari bilan gastrol safarlariga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hattoki MDH davlatlari Kavkaz va Zakavkazyelarda ham uni katta olqishlar ila kutib olishdi. Xonanda o'zining "Bor ekan", "Baxt bo'ladi", "Keragimsan", "Baxtliman", "Assalomu Aleykum" nomli albomlarini o'z muhlislari e'tiboriga havola eta oldi. Shahzoda nafaqat qo'shiq kuylab muhlislar ko'nglidan joy oldi, balki 10dan ortiq filmlarda, ya'ni "Fotima va Zuhra", "Majruh", "Sevinch", "Layli va Majnun", "Sarvinoz", "Zumrad va Qimmat" filmlarida bosh rollarni qoyilmaqom qilib ijro etgan. Shahzoda bir qancha mukofotlar sovrindori ham bo'lgan. 2003-yil Tarona taqdimotida "Yilning eng yaxshi kuychisi" nominatsiyasiga, 2004-yilda "Yil albomi", 2005-yilda "Keragimsan" qo'shig'i bilan "Yil qo'shig'i" nominatsiyasin
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|