Shanba, 21.06.2025, 19:09
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Yulduzlar Haqida
Ulug'bek Rahmatullayev 1982-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligida Ulug'bek juda ham sho'x bo'lgan. Maktabda ham o'qishga sira hohishi bo'lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va nihoyat u 8-o'rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog'cha va maktablardagi musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo'shiq kuylab, she'r aytishni juda ham sevardi. Maktabni bitirgandan so'ng Ulug'bek Raxmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining "Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi" fakultetini tamomlaydi. San'at borasida esa u ilk ijodini 1999-yilda "Yorim yoniga borsam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit tarona darajasiga yetadi. So'ng 2004-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Bobur Bobomurod qalamiga mansub bo'lgan "Oydin, oydin kechalar", "Sevma", "Sen ketding" va "Kapalak" qo'shiqlari hamda Ulug'bek Raxmatullaevning barcha-barcha qo'shiqlari xit darajaga yetgan. Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari va "Sevma", "Sen ketting", "Kapalak" albomlari o'z muhlislari yuragidan joy olgan. Ulug'bek Rahmatullayev ko'pgina Davlat mukofotlariga ham sazovor bo'ldi. 2007-yil "Nihol" mukofotini, hamda huddi shu yili M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Eng yaxshi klip" uchun nominatsiyasini qo'lga kiritdi.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 175 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida bosh rolni ijro etdi. Bir oz tanaffusdan so'ng, ya'ni 2010-yili Zarina rejissyor Jahongir Axmedovning "Qorako'z", 2011-yilda rejissyor Hasan G'ofurovning "Senga muxtojman", 2011-yil Javlon Shodmonovning "Zamonaviy sovchilar" , Aziz Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil rejissyor Jon Rid Sagdiyevning "Bardosh", rejissyor Laziz Ashuraliyevning "Iltimos menga qarang", Akbarbek Turdiyevning "Salom sevgi, xayr sevgi", Jaxongir Poziljonovning "Sevaman dedim, sevaman", Javlon Shodmono ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 325 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 06.05.2017 | Комментарии (0)

Бугун ўзбек шоу бизнеси оламида ёрқин порлаётган эстрада юлдузларимиз агар хонандаликни танламаганида қайси касб ёки ҳунарни эгаллаган бўлар эди. Бу соҳани болаликдан орзу қилишганми? Биз бугун бир қатор санъатимиз вакилларига шу савол билан мурожаат қилдик ва қуйидагича жавоб олдик.

Нилуфар Усмонова: ... менимча уй бекаси ёки тадбиркор бўлардим.
Лола: ...спортчи бўлардим.
Шоҳруҳҳон: ...агар хонанда бўлмаганимда учувчи бўлардим.
Манзура: ...агар хонанда бўлмаганимда архитектор дизайнер бўлардим.
Жаҳонгир Позилжонов: ... хонанда бўлмаганимда ошпаз бўлардим
Улуғбек Раҳматуллаев: ... рассом бўлар эдим

Сарвар Азимов (Беном гуруҳи): ... дипломат бўлардим.

Комил Фозилов (Беном гуруҳи): ... футболчи бўлардим.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 119 | Добавил: OtasH | Дата: 06.05.2017 | Комментарии (0)

Бугунги ўзбек киносида актриса Асал Шодиеванинг ҳам ўзига яраша мухлислари бор, десак адашмаган бўламиз. Қуйида мухлислар Асалнинг ижоди ва актёрлик маҳорати ҳақида турлича фикр билдирди. Орасида эса, албата, танқидлар ҳам бўлди.



ҚИСҚАЧА МАЪЛУМОТ

Туғилган йили: сир, куним 19 апрель.
...жойи: Тошкент шаҳри.
Оилавий шароити: Турмушга чиқмаганман.
Тил: ўзбек, рус ва инглиз тили.
Таҳсил: Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий Университети.
Мусиқий маълумоти: 1994–2005 йилларда 206-сонли мусиқа мактабида таҳсил олганман. Тўққиз ёшимда "Настарин” болалар ансамблига аъзо бўлганман. 2005 йили "Янги авлод” фестивалида фаол иштирок этиб, номзод бўлдим.
Ҳаётда асосий ўринда: Оила ва фарзандлар ҳаётимизда муҳим деб биламан.
Қадрлайди: Кўнгли тоза ва ростгўй инсонларни.
Машғулоти: ўзим ёқтирган қўшиқларни тинглаш ва куйлаш.

Фильмографияси:
"Жаноб ҳеч ким", "Уйланиш", "Адашган совчилар", "Қалб кўзи", "Пойма-пой”, "Ҳай-ҳай қизалоқ”, "Салом севги, хайр севги”, "Хавфли саргузашт”, "Учар қиз” ва ҳоказо.

Асал Шодиева:
— Менга Алишер Узоқов билан роль ижро қилишнинг битта қийин тарафи бор, уларга қарасам кулиб юбораман (кулади). Нафақат мен, Дилниёз акада ҳам шунақа (кулади). Шу нарса ишлашимга ҳалақит беради. Алишер ака кулдираверади, кейин бизларга режиссёр "Эй кулманглар, ўйнанглар”, деб бақиради. Алишер ака бўлса, доим ҳар хил нарсаларни гапириб, ҳамма ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 519 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)

Botir Qodirov 1981-yil 6-may kuni Andijonda san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning onasi O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Zulxumor Qodirovadir. Botir Qodirov bolaligidan qo'shiq kuylashga ishtiyoqi baland bo'lgan. U maktabni tamomlagandan so'ng 2000-yil Andijon san'at kollejiga o'qishga kiradi. Kollejni tugatgandan so'ng esa Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini u 2005-yil "Seni o'ylayman" qo'shig'i bilan boshlaydi. Xit taronalari esa "Adashdim" va "Seni o'ylayman" qo'shiqlari bo'lgan. Hozirgi kungacha xonanda 60ga yaqin qo'shiqlarini, 10ga yaqin kliplarini va 4 albomlarini o'z muhlislariga xadya etgan. Hozirgi kunda xonanda oranjirovkachilar Nodir Umarov, Aziz Hasanov, Aziz Xolmurodov, shoirlardan esa M.Xotamova bilan ishlab kelmoqda.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 249 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)

DILNOZA KUBAYEVA

1986 yil 22 NOYABRDA TUG`ULGAN

XOBBISI- OTKRITKA YIG`ISH

USTOZLARI -MUNAVVAR ABDULLAYEVA, XAYRULLA SADIYEV

Кубаева Дилноза Окилбековна родилась 22 ноября 1986 года. По гороскопу - стрелец.

Закончила факультет драматического и кино актерства Ташкентского государственного института Культуры. любит слушать музыку и быть в кругу семьи. Хобби - коллекционирование открыток. Дилноза левша.

Актёрским искусством увлеклась еще в школе - выступала в школьных постановках. Позднее, хотя семья Дилноза не актерская, поступила в институт Культуры с твердым намерением стать актрисой. Там прошла обучение и настоящий мастер класс у Мунаввара Абдуллаевой и Хайрулла Саъдиевых. Получила известность после постановки спектакля "Андишали келинчак" Мунаввара Абдуллаевой, в которой…
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 244 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)

Jasur Umirov bahor faslining 31-mart kuni Samarqand shahrida tavallud topdi. Bolalik vaqtida san'at shaydosi edi. Shuning uchun ham u musiqa maktabiga boradi, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining Estrada xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. U ilk ijodini 2009-yildan boshlaydi. Jasurning aytgan barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetmoqda. "Billuram", "Oysha", "Derdiya", "Jon-jon", "Daryolar" va "Yuribmande" qo'shiqlari barcha qizlarni lol qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xonandaning hozirgi kungacha 15dan ortiq qo'shiq kliplari va "Oysha" nomli albomi muhlislar yuragidan joy oldi. San'at olamiga yaqingagina kirib kelgan bo'lsada, 2010-yil 21-dekabr kuni "Istiqlol" san'at saroyida yakkahon konsert dasturini namoyish etdi.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 441 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)


Zulayho Boyxonova 1963-yil 28-aprel kuni Namangan viloyatida tavallud topdi. 1980-yil maktabni tugatib 1981-yil Mannon Uyg-ur nomidagi Toshkent Davlat San-at institutining musiqali drama fakultetini tamomladi. 1986-yil oliygohni bitirib, "Muqimiy" nomidagi musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatrda u juda ko'p spektakllarda bosh rollarni ijro etdi. Teatr san'atidagi hizmatlari va takrorlanmas qo'shiqlari uchun 1996-yil Zulayho Boyxonovaga O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist unvoniga sazovor bo'ldi. 2003-yil esa O'zbekiston Xalq artisti mukofotiga ega bo'ldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan "Sahnamiz farishtasi" nomi bilan taqdirlandi. Undan tashqari xonanda bir qancha davlatlarga gastrol konsert safarlariga ham borgan. AQSh, Fransiya, Belgiya, Polsha, Germaniya, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Misr, Saudiya Arabistoni. Xozirgi kunda xonanda ustozi Abduxoshim Ismoilov boshchiligida "Ofarin" ansamblining xonandasi bo'lib ishlaydi.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 154 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)

Aziza Xalilova 1991-yil 10-yanvarda Qozog'iston Respublikasida tavallud topgan. Xozirgi kunda Malayziyaning XELP universiteti 2-kurs talabasi. Xonandaning 8 ta qo'shig’i bo'lib, "Sog'inaman" va "Ayriliq" qo'shiqlari hit qo'shiqlarga aylanib ulgurgan. Xonanda yosh bo'lishiga qaramay 2004-yil "Kamolot" YOIHning "Oltin ovoz" gran pri sovrindori bo'lgan.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 181 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)

Dilso'z tahallusi bilan estradamizga kirib kelgan yangi yulduzimiz Go'zal Jumaniyozova 1989-yil Navoiy shahrida tavallud topdi. U Navoiy shahridagi 11-maktabni tamomladi. Maktabda o'qish bilan birga tadbirlarda qo'shiq ham kuylab turardi. Maktab davrida eng sevgan qo'shig'i bu Jasur Mirsagatovning "O xayot" qo'shig'i edi. Shu qo'shiqni juda mahorat bilan ijro etardi. Dilso'z maktabni tamomlagandan so'ng, Navoiydagi "Madaniyat va san'at kolleji"ning xor direjyorlik bo'limini tamomlaydi. Xozirgi kunda esa xonanda Navoiy Pedagogika institutining "Pedagogika fakulteti"ning musiqiy ta'lim bo'limi talabasi. Shu bilan birga tinib-tinchimas Dilso'z qo'shiq kuylashni ham davom ettirmoqda. Uning TV va radioto'lqinlari orqali 3 ta qo'shig'i namoyish etildi. Uning qo'shiqlari muhlislarga juda ham ma'qul bo'lib "Jonim ozori" va "Sevikli yorim" qo'shiqlari xit darajaga yetdi. Xonanda o'qish bilan bir vaqtning o'zida "New Star Media" markazida o'z faoliyatini olib borgan.
Muxlislar olqishidan ilxomlangan Dilso'z Ketma-Ket ajoyib va xit taronalarni taqdim etib bordi. Bularga misol qilib: Otajon, Begim, Begimey-2, Sog'indim Yomon larni keltirishimiz mumkin.
Ushbu taronalar ichida xalq ichida Begim taronasi juda ham katta e'tiborga sabab bo'lgan, Dilso'z deb atamasdan, Begim taronasini ijro etgan qiz deb ham atashadi.
Dilso'z yani Go'zal Jumaniyozova Sobiq Mango guruhining a'zosi Farrux Raimov ga turmushga chiqadi. Ularning nikoh to‘yi 2015 yil 15-aprelda Navoiyda va 21-ap ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 272 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 02.05.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 7 8 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |