Shanba, 21.06.2025, 19:08
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Yulduzlar Haqida
1978 yilda, rassom Muborak oilasida jajji Manzura dunyoga keladi. Kichkina xonasini katta hayot yo’lida unga yelkadosh bo’lgan opasi bilan bo’lishgan Manzura 5 yoshlik paytidanoq, bog’chadoshlarini o’zining noyob ovozi bilan hayron qoldirardi. Qizidagi qobiliyatni sezgan ijodkor ota, do’sti Karim Hoji bilan maslahatlashib, uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga beradi.
U yerda olingan bilim va tajriba Manzurani vokal ustasi sifatida shakllantiradi. Yosh bo’lishiga qaramay Manzura, «Karubina» ariyasini «Neymer» orkestri jo’rligida kuylaydi. Katta diapazon bilan hammani hayratga solgan Manzura o’zida yangi kuch sezgach, faqat oldinga intilish zarurligini tushunib yetadi.1996 yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan «Sebonu» guruhini tuzadi. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo’shiq yozib, «Ofarin-96» ko’rik-tanlovida 2-o’rinni egallaydi. Kutilmagan burilish har uch ijodkorni xam quvontiradi. Natijada solist Manzura shu yili Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tugatib, Toshkent Davlat Konservatoriyasida o’qishini davom ettiradi. U paytga kelib guruxdagi Nargiza o’zini san’atshunoslikka bag’ishlaydi. Omadli trio esa sekingina «Osiyo» duetiga aylanadi.

1997 yilda, guruhga «Bisko-biznes» firmasi katta yordam beradi. Muhiddin Qamariddinov boshchiligida ular o’zlarining birinchi «Yolg’izim» nomli albomlarini chiqaradilar. Shu yilning o’zida ular shu qo’shikka klip xam olib, tezda muxlis orttirib tanila boshlaydilar. Ikkita hit ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 443 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Nargisxon Latipova 1988-yil 9-iyun. Qoraqolpog'iston respublika turtkul tumanidan.bekobod san'at kolleji derejyorlik fakultetini tugatgan.
Bastakor Musoxon Nurmatovni shogirdi. Shoira bo'lib 5 yil ishlagan.
Shogirdlidan chiqib mustaqil studio qilib bastakorlik ham qigan. Sanatkorlaga sher yozgan.Ozodbek Nazarbekovga yig'larmisan, Qachon,Qaro ko'zim, Yurak, Yorim Jonim.Sog'inadi. Jami 18 ta. Botir Qodirov Bir Laxzalik Diydor unchun, Ketganing Yomon, Yoriman.
Ziyoda, Mavluda va Guli Asalxo'jayevalar, Gulsanam M, A Yo'ldoshev, A Soliyev, Umar Shamsiyev, Iroda Iraliyeva, Yagona, Bojalar, Shoira Otabekova. Xosila, la bilan ishlagan.
Vidushiylik ham shoira bastakorlik ham qo'shiqchilikni teng olib borish niyatida. Eng buyuk ishq ilk qo'shig'i
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 115 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

O‘zbek estrada yulduzlari qaysi futbol jamoalariga muxlislik qiladi? Futbol shunday jozibador o‘yinki, bu sport turiga qiziqqan insonlar soni juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Bekorga futbolni “millionlar o‘yini” deb atamaydilar. To‘p o‘yinini irqi, yoshi, millati, dini va qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar barcha sevib tomosha qiladi. Barchaga ma’lum, ayni paytda el ardog‘idagi san’akorlarimiz insonlarning yaxshi kunlaridagi marosimlarda xizmat qilish bilan band. O‘zlari bu davrni “mavsum” deb atashadi. Shunday bo‘lsada, ularning o‘zlari va yulduzlarimizga yaqin bo‘lgan kishilardan kerakli ma’lumotlarni yig‘ib olishga harakat qildik. Demak, tanishing! O‘zbek estradasining taniqli insonlari qanday futbol klublariga ko‘ngil qo‘yishgan? Ma’lum va mashhur san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Vodiylik xushovoz va tinim bilmas hofizimiz Kataloniyaning “Barselona” klubi ishqibozi ekan. Aytishlaricha, uning oila a’zolari ham “Barsa” ishtirokidagi barcha o‘yinlarni qoldirmay ko‘rarmish… “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev Yoshu-qariga bir xil yoqadigan qo‘shiqlar ijrochisi bo‘lgan xonandamiz Sharqshunoslik institutining tarix fakultetini tamomlagan ekan. Bu uning futboldagi tanlovidan ham sezilib turibdi. Shundan bo‘lsa kerak, Ulug‘bek tomirlari mustahkam ko‘p yillik an’analarga ega “Real” klubiga ishqibozlik qiladi. Kinorejissyor va xonanda, “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov “Internet” deya atalmish virtual dunyo bazasidan Ja ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 304 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Rahmatullaev Ulug'bek Ibrohimovich
1982 yil 29 yanvar Toshkent shahrida, eski shaharda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oilada 5ta farzand: 3 o'g'il, 2 qiz. Ulug'bek oilada uchinchi farzand. Bog'cha paytida yosh Ulug'bek yurtimiz nashrlaridan birida namoyon bo'lgan. Balki o'sha davrlarda Ulug'bek
Rahmatullaevning ilk yulduzlik yurishi boshlangandir. Buni qarangki, Ulug'bek bog'cha paytida qizlardan tashkil topgan "musiqiy guruh"ga "rahbarlik" vazifasini o'tagan. 1989 yil birinchi sinfga Yunus obod tumanidagi 265-maktabga borgan. 3-sinfdan e'tiboran istiqomat manzili o'zgarganligi sababli Nazarbek dahasidagi 8-maktabga
ko'chib o'tgan. Maktab davridanoq Ulug'bekda musiqaga bo'lgan qiziqishi ko'rinib turardi. Jumladan, musiqiy fanlarda a'lo baholar bilan tahsil olgan.
6-sinfdan boshlab, 129-maktabga navbatdagi ko'chishga to'g'ri kelgan. 9 sinfni esa Chilonzor tumanida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi "Nafis san'at" litseyida davom ettirishni boshladi. 1998 yilga kelib yana Nazarbek dahasidagi 8-maktabga qaytib kelgan. Ulug'bekning maktabni ko'p almashtirganligining sababi u yaxshi o'qimaganligida emas, balki sho'xligidadir.
1999 yil Ulug'bek o'z kuchi bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik
institutiga tarix fakultetiga o'qishga kiradi. Institutda tahsil olib yurgan kezlari Ulug'bekning yoshligidagi orzularidan biri ushalgan. Bu ustozi
Farruh Badalboev bilan tanishish edi. Ilk qo'shig'ini 2000 yilda "Tarona Records" studiyasida ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 359 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Otabek Mutalxo'jayev 1984-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktabdan so-ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Neft va gaz" fakultetini tamomladi. Otabek
Mutalxo'jayevning bobosi o'zbek klassik maqom qo'shiqlari ijrochisi Fayzulla Mutalxo'jayev bo'lgan. Kichkinagina nabirasini oldiga olgan Fayzulla ota Mutalxo'jayev Otabekni bog'chaga boradigan aqtlaridanoq unga qo'shiq aytish sirlarini o'rgata oldi. Xonanda ijodini
2004-yildan boshladi desak ham bo'ladi. Xit taronasi – "Xazon", "Sevar yorim" va "Netayin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonandaning 35dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari hamda 2 "Xazon" va "Boriga baraka" nomli albomlari bor. tabek Mutalxo'jayev qo'shiq kuylabgina qolmay, balki NTT telekanalida "25 kadr" kinoko'rsatuvi boshlovchisi, hamda ko'pgina
filmlarda bosh rol ijrichisi hamdir. 2006-yilda "Yangi yil" bayramiga bag'ishlab "Olovuddinning sarguzashtlari" musiqiy filmida bosh rol ijrochisi bo'lgan. Bundan tashqari rejissyor Dilmurod Mirxidoyevning
"Lola", "Sehrli uzuk", Melis Abzalovning "Sirli sirtmoq", Tal'at Mansurovning "Madina" filmlarida bosh rollar ijrichisi bo'lgan. 2007-
yil Otabek Mutalxo'jayev "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. 2009-yilda M&TVA AWARDS taqdomotida "Yilning eng yaxshi
erkak qo'shiqchisi" nominanti bo'lgan. Hamda shu yili "Istiqlol" san'at saroyida "Sevar yorim" konsert dasturini, 2008- yilda esa Fond Forumning "Biz bir jamoamiz" loyihas ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 162 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Соипов Фаррух Шухратович
25-сентябр 1984 йил Тошкентда тугилган,
Буржи-тарози, маълумоти-олий:
Тошкент давлат Юридик институтини
битирган,
Хукукшунос. Уйланмаган. Оилада 3
фарзанд: икки угил ва бир киз, Фаррух
тунгич угил, сунг укаси ва синглиси бор.
Хар хил аксессуар такинчокларни хуш
куради.
Шиори «Инсон бир нарсага сидкидилдан
ишониб харакат килса, унга албатта
етишади»
Рухшунослик китобларини, айнан инсонга
нафи тегадиган китобларни укишни
ёктиради.
Афоризмлар укишни хуш куради.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 276 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Мумин акамни топиб беринглар!»
хайрон колманг, азиз муштарий. Тахририятимизга кунига, кунора сим кокиб «Божалар» гурухи солисти Жахонгир Позилжоновнинг соглиги хакида сураб-суриштираётган ашаддий мухлислар орасида, Мумин Ориповнинг улимига хали хануз ишонмаётганлар хам бор экан. Ана шундайлардан бири «Мўмин акамни топиб беринглар!
У киши оламдан утиши мумкин эмас!» деди алам билан тахририятимизга сим кокар экан, узини тутолмай йиглай бошлади...
Ёшу-карининг юрагини тилка пора килган фожиага хам салкам бир ой тулди. Лекин «Божалар» гурухи билан боглиқ шов-шувлар тинганича йук.
«Божалар» гурухининг ашаддий мухлисларидан бири эса куйидаги фикрларни билдирди: «Санъатда яхши топилма, яхши гап юкумли булади. «Божалар» кушик айтгандан сунг жийда гули мухаббат рамзига айланди. Санъатда «Жийда гули» деган романтик тушунча пайдо булди. Бу иктидорнинг кучи. Хар ким хам тушунчаларни русумга киритолмайди. Уша кушикнинг клипида хам, эътибор берган булсангиз, романтик мухит бор. Ёшу кексага бирдай ёкади. Аслида, «Божалар» узларини шух ва бир оз безоридай тутишларига карамай, уларнинг овозида дард бор. Бу купрок гурухнинг огир-босик йигити Мумин Ориповнинг овозига тегишли эди. Хатто шух кушик – «бладинка»нинг хам охангига эътибор беринг, кандайдир дард, кандайдир мунг ифодаланган. Демак, унинг келажаги порлок эди. У уз авлоди, уз мухлислари билан улгайиб, кексайиши керак эди…
Бу йигит эрта утди. Хали олдинда киладиган иши бир олам булгани холда, жуда эрта т ... Читать дальше »
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 280 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Dunyoning eng qimmat ayoli sifatida e’tirof etiladigan xonanda Jennifer Lopez haqida ma’lumotga egamisiz? Quyida ushbu xonanda haqidagi eng qiziqarli faktlarni sizga taqdim etadi.

1. 1969-yilning 24-iyulida Nyu-York shahrida tavallud topgan.

2. Karerasini 1987-yilda boshlagan.

3. 2 marta «Lotin Gremmisi», 3 marta esa «American Music Awards » haykalchasini qo‘lga kiritgan.

4. Albomlari 55 million nusxada sotilgan.

5. Har kuni shokoladli pechene yeyishni xush ko‘radi.

6. O‘zidan ko‘ra boshqalarni pardoz qilishni yaxshi ko‘radi.

7. Tabiatan mehnatkash va romatik inson.

8. Maktabni tugatgach, yordamchi, sotuvchi, konsultant bo‘lib ishlagan.

9. Yoshligida qomati tufali «gitara», harakteri tufayli esa «olov» laqabini olgan.

10. Agar o‘zi haqida biografik film suratga olinsa, unda bosh rolni Selena Gomez ijro etishini xohlaydi.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 155 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Sardor Rahimxon tahallusi ostida faoliyat yuritayotgan san'atkor Sanjar Rahimov 1981-yil 3-sentabr kuni Parizod burji ostida Toshkent shahrida tavallud topdi. U maktabni tamomlagandan so'ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Kompyuter texnologiyasi" fakultetini tamomladi. Xonandaning barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetadi. Bular, "Favvora", "Kechmish", "Hayolimda", "Baxtliman", "Bir donasan", "Bilsang bas", "Ishonmasman", "Yorim bo'lsang", "Jonginam", "Yaqinlarimga", "Bayram bugun" qo'shiqlaridir. Uning eng yaqin do'sti bu Ulug'bek Rahmatullayevdir. Xonanda SMS filmida bosh rolni ham ijro etgan.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 151 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

Ulug'bek Rahmatullayev 1982-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligida Ulug'bek juda ham sho'x bo'lgan. Maktabda ham o'qishga sira hohishi bo'lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va nihoyat u 8-o'rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog'cha va maktablardagi musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo'shiq kuylab, she'r aytishni juda ham sevardi. Maktabni bitirgandan so'ng Ulug'bek Raxmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining "Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi" fakultetini tamomlaydi. San'at borasida esa u ilk ijodini 1999-yilda "Yorim yoniga borsam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit tarona darajasiga yetadi. So'ng 2004-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Bobur Bobomurod qalamiga mansub bo'lgan "Oydin, oydin kechalar", "Sevma", "Sen ketding" va "Kapalak" qo'shiqlari hamda Ulug'bek Raxmatullaevning barcha-barcha qo'shiqlari xit darajaga yetgan. Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari va "Sevma", "Sen ketting", "Kapalak" albomlari o'z muhlislari yuragidan joy olgan. Ulug'bek Rahmatullayev ko'pgina Davlat mukofotlariga ham sazovor bo'ldi. 2007-yil "Nihol" mukofotini, hamda huddi shu yili M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Eng yaxshi klip" uchun nominatsiyasini qo'lga kiritdi.
Категория: Yulduzlar Haqida | Просмотров: 114 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 13.05.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 7 8 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |