Qoshi qora ko'zlaring qora
Yulduzisan qaysi osmonning
Eslolmasang o'zim eslatay
Bolasisan O'zbekistonning!
Qachon kelding, bu yerga o'zi
Ne maqsadda, daydib yuribsan
Anchagina ulg'ayibsanku
Qorayibsan, ozib tozibsan
Jilg'alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo'yma unutib
Yur barini eslaymiz birga
Aylantiray qo'lingdan tutib
Yodingdami beshiging o'g'lim
Bundan xali xiding ketmagan
Mahallangni yo'liga qara
Bundan xali izing ketmagan
Qara onang tandir yonida
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajramasdingku
Sog'intirding sen uni buncha
Akang bilan uchurgan varrak
Oq osmondan tusholmayapti
Opang seni sog'inib yig'lab
Tishlaganin yutolmayapti
Ammang xolang amaking tog'ang
Tarqatyapti sumalaklarni
Nahot sog'inmading jon bolam
Navruzdagi kamalaklarni
Bolam deysan tilingda ming bor
Qo'lingda dars ko'tarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling
Sen o'zingni kechirolmaysan
Musofirning qadri bo'lmaydi
Musofirning qabri bo'lmaydi
Musofirning musofirlikdan
O'tadigan dardi bo'lmaydi
Tish qayrama yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni
Ket deydilar eshigin tepib
Beshigin buzgan odamni
Yashnamaydi novda ildizsiz
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang q
...
Читать дальше »