Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 9 Mehmonlar: 9 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 14 » Botir Qodirov - Musofir (Qo'shiq Matni)
20:36 Botir Qodirov - Musofir (Qo'shiq Matni) |
Qoshi qora ko'zlaring qora Yulduzisan qaysi osmonning Eslolmasang o'zim eslatay Bolasisan O'zbekistonning!
Qachon kelding, bu yerga o'zi Ne maqsadda, daydib yuribsan Anchagina ulg'ayibsanku Qorayibsan, ozib tozibsan
Jilg'alarsiz daryo quriydi Daryoyingni qo'yma unutib Yur barini eslaymiz birga Aylantiray qo'lingdan tutib
Yodingdami beshiging o'g'lim Bundan xali xiding ketmagan Mahallangni yo'liga qara Bundan xali izing ketmagan
Qara onang tandir yonida Yopayapti sen uchun kulcha Etagidan ajramasdingku Sog'intirding sen uni buncha
Akang bilan uchurgan varrak Oq osmondan tusholmayapti Opang seni sog'inib yig'lab Tishlaganin yutolmayapti
Ammang xolang amaking tog'ang Tarqatyapti sumalaklarni Nahot sog'inmading jon bolam Navruzdagi kamalaklarni
Bolam deysan tilingda ming bor Qo'lingda dars ko'tarolmaysan Kechirsa ham bir kun ayoling Sen o'zingni kechirolmaysan
Musofirning qadri bo'lmaydi Musofirning qabri bo'lmaydi Musofirning musofirlikdan O'tadigan dardi bo'lmaydi
Tish qayrama yomon dema hech Seni katta qilgan Vatanni Ket deydilar eshigin tepib Beshigin buzgan odamni
Yashnamaydi novda ildizsiz Tomiring suv ichgan yerga bor Otang qurgan yo'llarni yashnat Uy yoniga yana bir uy sol
Yaxshilik qil yurtingni yashnat Qo'ldan berma shunday imkonni Sen hech kimdan kam emassan bil Bolasisan O'zbekistonni Bolasisan O'zbekistonni.
|
Категория: Qo'shiq Matnlari |
Просмотров: 109 |
Добавил: OtasH
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|