Главная » 2017»Iyun»14 » Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang (Qo'shiq Matni)
20:39
Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang (Qo'shiq Matni)
Dunyo juda go'zal edi yuz burmadim Netay bitta savobga ham ulgurmadim Do'stlar bilan kulib davron surolmadim Onajonim bag'ringizdan olis ketdim Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim
Mehr nedur muhabbat ne anglar edim Orom olsam onam bag'rin tanlar edim Tonga qadar allalarin tinglar edim Beshigimda yotib rizqim olib ketdim Siz yig'lamang jannatlarga borib yetdim
Dunyolarga kim to'yibdi men to'ymasam Koshki kulib ikki bora qadam qo'ysam Shirin-shirin diydorlarga quloch yoysam Ota-onam ko'z yoshida oqib ketdim Yig'lamangiz jannatlarga borib yetdim
Taqdir kimni o'ynatadi kuldiradi Yana kimni ko'z yoshiga to'ldiradi Yashnab turgan g'uncha nigoh so'ldiradi Oppoq qordek sochingizga yog'ib ketdim Yig'lamangiz jannatlarga borib yetdim
Ko'p maslahat bergay hayot quloq tuting Yorug' kunlar nur sochadi tongni kuting Kulib yashang g'amlar ketsin va unuting Peshonada taqdirimdan nolib netay Onajonim jannatlarga borib yetdim Baholash: