Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 12 Mehmonlar: 12 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Тушлар таъбири
Kema - yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi. Tushda oltin yelkanli yoki boshqa bezaklari bor kemani ko'rish - tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda baxtli davr boshlanganligi belgisidir. Oq yelkanli kemani tushda ko'rish - sizning mamlakatingiz hayoti shimoldagi qudratli va gullab-yashnayotgan davlat bilan uzluksiz bog'langandagina baxt keltirishini bildiradi. Qizil rangdagi kema tushga kirsa - bu baxt-saodatga erishish va farovonlikka yetish yo'lida turli to'qnashuvdan dalolat beradi. Eski, buzuq kemani tushda ko'rish - bu belgida baxt-saodatga ishonish bekordir, taqdirni boshqa mamlakat bilan bog'lash yoki ona-vatanda siyosiy vaziyatni o'zgartirish kerakligidan shohidlik beradi. Agar yonayotgan kema tushingizga kirsa - bu to'satdan tinchlikning buzilishi, urush e'lon qilinishi yoki kuchli tabiiy ofat tufayli tush ko'ruvchi yashayotgan mamlakatda uzoq, vaqt hayotning yomonlashishi, ko'p qayg'u va alam yetishining belgisidir. Kemaning portlaganini tush ko'rish - bu dunyo miqyosidagi halokatlar - koinot jismlari bilan to'qnashuv, ekologik tanglikning kelib chiqishini, yadro urushining ro'y berish alomatidir.
|
Mushuk - yovuz kuchlar, jodugarlar, uy shinamligi, muqaddas narsalar, omad timsoli. Ko'cha bo'ylab shahar tomon ketayotgan yo'l-yo'l mushukni tushda ko'rish - bunday tush yuqoridan donishmandlik olib keladigan ulug' insonning paydo bo'lishi haqida darak beradigan mushuk yoki boshqa jonivor to'g'risida ma'lum qiladi. Sher kattaligidagi mushukning uy ostonasida yotganligi tushda ko'rinsa - tinchlik jonivorlarga nisbatan o'ylangan siyosatga bog'liqligini bildiradi. Qizil ko'zli qora mushuk tushda ko'rinsa - bunday tush 2023 yilni ifoda etadigan, qon to'kish bilan yakunlanishi ehtimoli bor yovuz niyatlardan shohidlik beradi. Sichqon terisidan qilingan uzun ust kiyimdagi mushukni tushda ko'rish - 2008 yildagi voqealar qasos olishga aylanib, 2011 yilda poyoniga yetadi. Tushda mushukni tasodifan o'ldirish - 2045 yilda Misrda o'ta xavfli xalqaro jinoyatchi qo'lga tushishini bildiradi. Mushuklar bilan to'ldirilgan shaharni tushda ko'rish - ekologik halokatdan, qurg'okchilikdan, ocharchilikdan dalolat beradi. Mushuk bolalari solingan savatni ko'tarib odamlar safi kuzatuvida saroy tomonga tantanali tarzda olib ketilayotganligi tushga kirsa - bu o'n yildan so'ng xokimiyat tepasiga juda kuchli va harakatlariga ta'rif yo'q kishi kelib, unga shunday xurmat ko'rsatilishidan va iloxiylashtirilishidan darak beradi. Bu davrni demokratiya va barcha soxalarda mustaqil bo'lishga erishilgan davr deb atash mumkin bo'ladi. Tushda bir gala mushuklarning katta ishga tashlanganliklari ko'rinsa, bu 2018
...
Читать дальше »
|
Agar tushingizda o'zingizda qon borligini ko'rsangiz, bu yaqin vaqt ichida qarindonsharingizdan xabar kelishidan dalolat. Tushingizda siz qon yuqrtayotgan bo'lsangiz, bu vaqtincha yolg'izlikda qolishingizni va xafagarchilikni bildiradi. Kimningdir qonini to'kayotganligingizni tushda ko'rsangiz, bu siz uchun g'oyat muhim bo'lgan muammoni hal etishda beg'amlik qilishingizni bildiradi. Tashabbusni qo'lga olishingizga to'g'ri keladi. Agar tushingizda yaqinlaringizdan biri qon yo'qotayotganligini ko'rsangiz, bu sizning xudbinligingiz tufayli yaqin kishingiz bilan o'rtangizdagi munosabatingiz buziladi. Erga qon to'kilayotganligini tush ko'rish, og'ir sinovlar, ziddiyatlar, kimdir qurbon bo'lishidan dalolat beradi.
|
Kalamush jiddiylik, injiqlik, serqirrallik, yo'qotish va omadlar belgisidir. Agar tushda kemirayotgan juda ko'p kalamushlar ko'rinsa, shundan ogoh bo'lingki, o'ngda agar yerni asrash va qishloq xo'jaligi zararkunandalarini puxta o'ylab yo'q qilish chorasi ko'rilmasa, bu ocharchylikka olib keluvchi ekologik faloqatni keltirib chiqarishi mumkin. G'ayritabiiy go'zal oq kalamushning izvoshda kelayotganligi tushga kirsa, bir qarashda shimoldagi buyo'q davlat bilan kelishuv oson emasga o'xshab ko'rinishini bildiradi. Bunday tush ogohdantiradiki, tashqi tomon har doim aldamchi va dabdabaga havas, xarakter bo'lishligini, murosaga moyillikni bildiradi. Tushda odamlar kabi ko'chada sayr qilib yurgan bir juft kalamushni ko'rish tabiat ximoyachilari tomonidan 2020 yilda tirik jonzotlar dahlsizligi yili deb e'lon qilinishidan ogoh etadi. Kalamushlar boshqarayotgan kema tushga kirsa - bu alomat umumiy taraqqiyot davri boshlanishidan oldin, 2066 yilda suv toshqinidan boshlanadigan og'ir davrni boshdan kechirishga to'g'ri kelishini bildiradi. Odamlarning kalamush gushtidan taom tayyorlayotganligini tush ko'rish 2018 yilda inson uchun g'oyat zarur bo'lgan dorini yaratishga imkon bergan tajriba qilingan kalamushlar uchun ularga chuqur ehtirom izhor qilinishini bildiradi. Kalamush dumli odamni tushda ko'rish bu kasallik haqida ogoh. etib, sog'ligi haqida o'ylab, hayoti xavfsizligi to'g'risida g'am yeyish zarurligini bildiradi. Tushda kalamushlarning xujumga tayyorlanayotganligini ko'rish - Buyo
...
Читать дальше »
|
Sher - basavlat shaxs, hokimiyat, taxt timsoli. Tushda kafasdagi sherni ko'rish, bu xal qiluvchi pallada sarkardalarning o'zlarini yetarli darajada dadil va qat'iyatli tutmasliklari natijasida kuchli davlat e'tiboriga putur yetiishni bildiradi. Kichkina kuchuk bilan uynayotgan sherning tushga kirishi butun umr davom etib, to birortasining qazosi etguncha davom etadigan haqiqiy do'stlik alomatidir. Yuragidan yaralangan sher tushga kirsa, demak, tojdor shaxs sha'niga xaqorat yetkazgani uchun aybdor hayoti bilan javob beradi. Bir bo'lak gushtni yeyayotgan sher bilan ayiq tushda ko'rinsa, bu tush tarixiy raqibliklariga qaramay, Germaniyaning Buyo'q Britaniya bilan ittifoq tuzishidan shohidlik beradi. Tushda och va oriq, juni to'kilgan va holdan toygan sherni ko'rish - bu ocharchilik o'tgan avgustdan keyin boyliklar narxi o'zgarishi davri kelishi alomatidir. O'ljasini o'rab olgan sherlar to'dasini tushga kirishi, Irlandiyaning mustaqillik huquqini faol ximoya qilishda davom etishidan va bu ish 2003 yildan oldin harakatsiz nuqtasidan siljimasligi belgisidir. Katta karavotda uxlab yotgan sherni tushda ko'rish -Evropa davlatlarining ahvolini mustahkamlanishi va yangi valyuta - "evro" ning muvaffasiyat bilan ustunlik qilishini bildiradi.
|
Oy - yashirin xukmronlik qilish, osoyishtalik, tasodiflik belgisi. Oy to'lishganligini tushda ko'rish - Yerda yovuz kuchlar hukmronlik qiladigan, jodugarlik, afsungarlik davri boshlanadigan vaqt kelishidan ayon etadi. Tush ko'ruvchiga bunday tush afsungar bilan uchrashishidan, bu uning taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatishidan shoxidlik beradi. Tushda oyga intilish, sizning qandaydir yangilikka, boshdan kechirmagan voqealarga intilishingizni bildiradi. Ehtimol, bu tush unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida shunchalik o'zlashtirilib, kosmik ekspedisiyalar oyga tez-tez borib turadigan vaqt kelishidan va yerda yashovchilarga ham borish imkoni tug'ilishidan xabar beradi. Tushingizda siz ko'rib turgan oy yorqin qizil yoki to'q qizil rangda bo'lsa, ehtiyot bo'lishga ogohdantirishdir, shuningdek, hokimiyat almashuvini bildirishi mumkin. Agar tushingizda oy yorug'ini ko'rayotgan bo'lsangiz - o'ngda bartaraf etishingiz ancha qiyin kechadigan, kutilmagan qarshiliklarga ro'paru kelasiz. Oy aksini suvda yoki oynada ko'rish tushga kirsa, bu voqealarning kutilmaganda o'zgarib ketishini bildiradi. Tushda bo'laklanib ketgan oyni ko'rish, bu o'ngda o'z hayot yo'lingizni tanlashda ruxan charchab, qiyinchiliklarni kechirishingizni bildiradi. Agar tushingizda oy ma'budiga sajda qilish marosimini ado etayotgan bo'lsangiz, o'z zavqingizning qurboni bo'lishni oldini oling.
|
Tushda chaqmoqning yorqin chaqganini ko'rish - o'ngda siz uzoqdan kutilmagan xabarni olasiz. Agar tushingizda sizga chaqmoq teksa, o'ngda vazmin bo'lishga harakat qiling, chunki sizni janjalga tortishga harakat qilishlari mumkin. Tushingizda osmondan sharsimon yashin tushib kelayotganligini ko'rsangiz, bu koinotdan bostirib kirishni bildiradi. Sharsimon yashindan kishilar o'layotganligini tushda ko'rish - yomon alomat. Tevarak-muhitni ifloslantirilishi natijasida ekologik halokat ro'y berishi mumkin. Agar tushingizda chaqmoq chaqdanligini ko'rib, momaqaldiroq ovozini eshitsangiz, extlyot bo'ling, balki sizga o'z xayotiy o'rningizni qayta ko'rib chiqishingiz kerak bo'lar.
|
Roxib - odillik, vazminlik va beshavqlik, mu'tadillik, mutanosiblik ramzidir. Oq libosdagi monaxni tushda ko'rish - bu tush cherkovlarning umumiy rahbari saylaninsh bilan shimoliy hududlar birlashishini bildiradi. Roxibni mast holatda tushda ko'rish - umumboylik va quvonchdan darak beradi. Qung'iroq chalayotgan roxib tushga kirsa - bu tashvishli voqea, davr, xokimiyat, axloqiy gunoh bilan bog'liq kutilmagan musibatlar alomatidir. Qurol bilan urushga ketayotgan roxibni tushda ko'rish jinoyatchilikning keskin oshishi, axloq-odobning pasayib, jinoyatchilikning jazosiz qolib ketishi natijasida insoniyatning qurol olishga majbur bo'lishni bildiradi. Roxiblarning jazolanayotganligini tush ko'rish - hayotiy aqidalar o'rniga keluvchi, holatdardan barcha sodir bo'layotgan voqealarga qiziqishing yo'qolishi, kelajakdan qurquv zarbalariga duch kelishni ayon etadi. Tushda monaxlikka qabul qilish marosimini ko'rish - dunyoviy va diniy hokimiyatlar to'qnashuvi natijasida cherkovlarning vaqtincha kuchayishini bildiruvchi alomatdir. Ekipaji roxiblardan iborat kosmik kema tushga kirsa, bu yer ahlisini qamrab oladigan umumiy ma'naviyat belgisidir va bu diniy yo'nalishni o'zgartirishga olib keladi. Boshdan oyog'igacha oltindan qiyingan roxibni tushda ko'rish - bu tush kishilar urushni to'xtatganlaridan keyin yer yuzasiga ato bo'ladigan boylik va farovonlikdan xabar beradi.
|
Tun yaxshilik va yomonlik timsolidir. Tunda kimningdir ovozini eshitayotganingizni tush ko'rish, kelgusida yerga buyo'q inson kelishi alomatidir. Balki uni Allohning o'zi yuborgan bo'lishi mumkin. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning ekstrasensorlikka qobiliyati borligini, u odamlarga o'tmish haqida ham, kelajak haqida ham gapirishi va odamlarni davolashi mumkin. Tunda kimningdir qiyofasini ko'rayotganlikni tushga kirishi, unchalik ko'p o'tmasdan siz o'zingizning qilmishlaringiz uchun pushaymon bo'lishingizni bildiradi. Agar tushingizda zim-ziyo, yulduzsiz tunni ko'rsangiz, bunday tush siz yashayotgan davlatda notug'ri siyosat olib borilayotganligidan yorqin guvohlik beradi. Usha paytda shu hokimiyat tepasida turgan shaxs davrida hech narsa o'zgarmaydi. Yorqin yulduzli tunni ko'rish yaxshi alomat. Bunday tush kelajakda baxtli hayotdan xabar beradi, odamlar quyosh tizimidagi ko'plab sayyoralarni o'zlashtiradilar. Tunda osmonda ko'plab yorug'lik berayotgan ob'ektlarni ko'rish - kelajakda ko'plab sayyoralarning kashf etilib, unda yashovchi tirik mavjudodlar bilan aloqa o'rnatilinshdan guvohdik beradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning g'ayritabiiy kishi bilan uchrashishini va bu uning hayotiga katta ta'sir ko'rsatishini bildiradi. Agar sizning tushingizda sovuq tun ko'rinsa, bunday tushda shunday vaqt keladiki, bizning sayyoramizga quyosh issiqligi va yorug'ligi yetishmay qolishidan guvohlik beradi. Yerda kecha-kunduzning almashinuvi bo'lmay, fasat tun bo'ladi. Tushda tun kirishi
...
Читать дальше »
|
Tushdagi sichqonlar galasi - urush, o'lat, ocharchilik belgisi. O'lik sichqonni tushda ko'rish - moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirishni bildiradi. Agar tushingizda sizga ko'rshapalaklar galasi xujum qilsa, o'ngingizda daxshatli yovuzlikka duch kelasiz. Agar ko'rshapalaklarni qo'lingizda ovqatlantirayotganingizni tushingizda ko'rsangiz, o'ngingizda xavfli voqealarni bartaraf etishingiz uchun sizga sabr, chidam ko'rsatishingizga to'g'ri keladi.
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|