Shanba, 21.06.2025, 16:26
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Тушлар таъбири
Parranda - intiluvchanlik, oldindan ko'ra bilish, beqarorlik timsoli. Agar tushingizda katta qush ko'rinsa, bu kelajakda yerga juda katta meteorit xavf solayotganligini, natijada, bir qancha shaharlar yer yuzidan yo'q bo'lib ketishini bildiradi. Agar tushda katta qush tush ko'ruvchiga yaqinlashayotgan bo'lsa, o'ngda ana shu tush ko'ruvchi yashayotgan shahar meteoritdan zarar ko'radi. Tushda kichkinagina qushni ko'rish - yerda tinchlik va xotirjamlik o'rnatilishi alomati, urush ham, ocharchilik ham, qashshoqlik ham bo'lmaydi. Hamma odamlar baxtli bo'ladilar. Bunday tush ko'ruvchiga baxt ato qiladi. Qanotsiz qush tushingizda ko'rinsa - bu Avstraliya aholisiga aniq xavf solinishidan dalolat beradi, chunki aynan shu davlatning gerbida qanoti yo'q qush - emu tuyaqushining tasviri aks ettirilgan. Agar tushingizda parranda "yovvoyi" ovoz bilan qichqirayotganligi ko'rinsa, elajakda qandaydir mamlakatga vaxshiylarning xujum qilishi xavfi borligidan ayon etadi. Tush ko'ruvchiga bunday tush qattiqqo'l rahbar qo'l ostida mashaqqatli ishda ishlashini bildiradi. Ikki boshli qora burgutning qandaydir hayvon bilan urushayotganligani tushda ko'rish - urush xavfi va tashqi kelishmovchiliklarni bildiradi. Ikki boshli qora burgut Rossiya qudratining timsolini bildirishi bejiz emas. Tushda boshsiz qushning ko'rinishi Rossiyadagi qayg'uli voqealardan dalolat beradi. Agar tushingizda ovozi yo'q qush ko'rinsa - bu kelajakda yer yuzasida juda qattiq qurg'oqchilik ro'y berib, sayyoradagi ko'plab mamla ... Читать дальше »
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 146 | Добавил: OtasH | Дата: 03.06.2017 | Комментарии (0)

O'rgimchak to'ri - chalkashlik, makkorlik, xoinlik, uzoq, davom etadigan ish, qabihlik timsolidir. Tom shiftini butunlay o'rgimchak to'ri qoplaganligini tushda ko'rish - kasallik alomati bo'lib, sababini aniqlab bo'lmaydigan, tashhis qo'yish va dori topish qiyin bo'lgan kuchli bosh og'rig'i bilan bog'liqdir. Uchib yurgan va quyoshda yarqirab turgan o'rgimchak to'rining tushga kirishi - bu alomat tushning ro'yobga oshishi erta kuzga nisbatan talqin etilishini bildiradi. O'rgimchak to'ridan chiqa olmayotgan kishi tushingizga kirsa, bu qabul qilingan qonun tufayli hammaning hayot kechirishi og'irlashishidan, boshlab qo'yilgan ishlar boshi berk ko'chaga kirib qolishidan va ko'pgina baxtsizliklar kelishidan dalolatdir. Liboslari o'rgimchak to'rini eslatuvchi ko'plab kishilarning tantana qilayotganliklari tushingizda ko'rinsa - bu kishidagi har qanday libosning o'rnini bosadigan va ob-xavo hamda iqlimning o'zgaruvchanligiga bardoshli yengil dazmol kashf etilishining belgisidir. Agar tushda o'rgimchak to'riga urilib o'lkan o'rgimchakning qurboni bo'layotgan burgut ko'rinsa - bu Rossiyani larzaga soluvchi ko'ngilsizlik timsolidir. Tushda shahar tepasini o'rgimchak to'ri qoplab, tobora quyuqlashayotgani ko'rinsa - bu Yaponiyaning xududni bo'lish borasida da'volashish ishlarini boshlab yuborishini, biroq bundan faqat munosabatlarning keskinlashib, ilgaridan yo'lga qo'yilgan aloqalarning buzilishiga erishishini bildiradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 111 | Добавил: OtasH | Дата: 03.06.2017 | Комментарии (0)

Tushingizda o'z tanangizda jaroxat borligini ko'rsangiz - yaqinlaringizdan biri sizning ma'naviy azob chekishingizga sababchi bo'lib qoladi. Agar siz yaqinlaringizdan birini yarador qilib qo'yganligingiz tushda ko'rinsa - bu ogohlantirish ehtimol, sizning dushmanlaringizdan biri nojuya kirdikor bilan ig'vo qiladi. Tushda jarohatni davolash - o'ngda yaxshi xabar eshitishdan ayon etadi. Tushda yarador kaptarni ko'rish - tinchlikka xavf bo'lishidan darak beradi. Agar tushingizda sizni kimdir pichoq yoki xanjar bilan yarador qilsa - o'ngda soxta do'stlaringizdan extiyot bo'ling. Ularning yovuzona tillari sizning yuragingizga jaroxat yetkazishi mumkin. Tushda qon okib turgan jaroxatni ko'rish - o'ngda vijdon azobini kechirishni bildiradi. Chuzilib ketgan jarohatdan qon oqa boshlaganini tushda ko'rish - extiyot bo'lish kerakligi alomatidir. Mayib bo'lish va yo'l xalokatidan extiyot bo'ling.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 117 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Go'dak - umid, kelajak timsoli. Agar tushingizda go'dakni xayvon tishlab olganligi ko'rinsa, bu tush kelajakda yerda ko'plab vampir (odamxur) lar paydo bo'lib, birinchi navbatda bolalarga jiddiy xavf solinajagidan guvoxlik beradi. Tushda xomilador erkak ko'rinsa - bu ko'p yillardan beri erkaklarning homilador bo'lib, chaqaloq tug'ishi to'g'risidagi mish-mishlarning haqiqatda ro'y berishi belgisidir. Balki bu yovuz kuchlarning aralashuvisiz sodir bo'lar, ammo bu haqiqat erkakni va chaqaloqni dunyoga mashxur etadi. Agar tushda nogiron go'dak ko'rinsa - bunday tush butun insoniyat xavf ostida ekanligidan, bu xavf bizning atmosferani ifloslantirishimiz oqibati bo'lishidan ogoh etadi. Tush ko'ruvchiga bu tush uning o'zi juda yordamga muxtoj bo'ladigan odam bilan uchrashishidan darak beradi. Yiqilib tushgan ayol qo'lidagi irkit bolani tushda ko'rish - bu tush yerning katta xavf ostida turganligidan dalolatdir. Kelajakda bog'liq misli ko'rilmagan miqdordagi odamlardan zaharlanadi va insoniyat qirilib ketish bo'sag'asiga kelib qoladi. Biroq halokatli axvolni xech narsa bilan o'zgartirib bo'lmaydi, deb turilganda ushbu daxshatli kasallikka qarshi dorini yaratuvchi inson paydo bo'ladi. Agar sizga oyoqlari yo'q bola tush ko'rinsa, bu tush yerning hav - xatarda turganligidan shoxidlik beradi. Atrof-muxit nihoyatda ifloslanganligi bois ko'plab bolalar jismoniy nuqsonlar, shuningdek, ruxiy kamchilik bilan dunyoga keladilar. Doimiy, jilmayib turgan bolani tushda ko'rish yaxshi alomat. Nixoy ... Читать дальше »
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 160 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Baliq- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik ramzidir. Osmondan tushayotgan baliqni yoki baliq yomg'irini tushda ko'rish-yomon alomat! Ekologik xalokatdan, musibatdan darak beradi. Baliq tutayotganlik tushga kirsa - qiyin ahvoldan chiqishga urinishni bildiradi. Baliqlarning to'planib qolganligini tushda ko'rish - taqdir ixtiyoriga o'zingizni ko'pam topshiravermang, yo'qsa o'zingizning imkoniyatingizni boy berasiz. Tushingizda uchta baliqni ko'rsangiz - omadim keldi deyavering. Agar tushda baliq yeyayotgan bo'lsangiz, kutilmagan, ammo yaxshi xabar olasiz. Odam basharali baliq tushda ko'rinsa - yadro urushidan dalolat beradi. Tushingizda bir baliq boshqa bir baliqqa ^xujum qilayotganligini ko'rsangiz - bu, suv osti kemasining xujumidan xabardor etadi. Agar sasigan baliq tushingizga kirsa - kutilmagan ovozalar tufayli sizning e'tiborli kishi bilan munosabatlaringiz buziladi. Tushda jonli ko'p baliqni ko'rish-sizning matonatingizni va bardoshingizni bildiradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 175 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Tushda chigirtkalarning galasini ko'rish - yer yuzidagi mamlakatlarning biriga chigirtkalarning xujum qilishi va oqibatda butun qishloq xo'jaligi ekinlari yakson bo'lishining alomatidir. Chigirtkalar xujumi ko'plab kishilar och qolib, ushbu mamlakatni tark etishlariga va bu mamlakat bir necha yillar taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo'ladi. Tush ko'ruvchiga bu tush moddiy axvoli barqaror xolatda bo'lmasligini ayon etadi. Agar siz tushingizda chigirtkalarni o'ldirayotgan bo'lsangiz, bunday tush sizning juda qiyin bir ishni uddalay olishingazdan guvoxlik beradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 101 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Sham ishonch, shinamlik, xayolparastlik, xissiyot, tarkidunyochilik alomatidir. Agar tunda deraza oldida sham yorug'i ko'rinayotganligi tushingizga kirsa - bu, yoshingiz o'tganda navqiron paytingizdagiga nisbatan sevimliroq intizorlik bilan kutilgan odam bo'lishingiz alomatini bildiradi. Ko'chada sochilib yotgan nim shamlarni terib olayotganligingiz tushga kirsa - din tarafdorlari og'ir iqlimli joyga surgun qilish bilan bog'liq kulfatdan dalolat. Agar osmondan sham yorug'ligi kabi yorug'lik nurlanib turganligi tushga kirsa - kutilmagan xar qanday voqealarni qarshi olishga tayyor turing. Yangi bilimlarni olarkansiz, uning yordamida unga muxtoj kishilarga yordam bering. Sham bilan borayotgan marosim qatnashchilarini tushda ko'rish - bu shunday xabarki, baxorda ro'y beradigan va ko'pchilikning umriga zomin bo'ladigan va motam e'lon qilinadigan baxtsizlikdan ayon etadi. Sham bilan yoritilgan ko'chadan borayotganlikni tushda ko'rish, bu sizning sevib qolishingiz xali oldinda ekanligining belgisidir. Son-sanoqsiz yonib turgan shamlar o'rnatilgan shamdonni sovg'aga olish - bu tush eng og'ir pallada ham diniy ustozingiz sizni tashlab ketmay, sizga nafaqat o'zingizning, balki fazoviy quvvatni o'zingizda mujassamlashtirishga yordam berish alomatidir. Ko'zida yonib turgan sham aks etgan bo'ri tushga kirsa, dinni niqob qilib olgan va o'zini ma'naviyat kurashchisi qilib ko'rsatuvchi, boyishga qaror qilgan, ezgulikni niqob olib hokimiyatga intilayotgan kishidan ehtiyot bo'lishni bildiradi. ... Читать дальше »
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 120 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Chayon qasoskorlikni, buzuqlikni, makkorlikni bildiradi. Agar tushingizda sizni chayon chaqib olganligini ko'rsangiz, o'ngda siz g'iybat va soxta ovozalar qurboni bo'lasiz. Tushga o'lkan qirra chayon kirsa - bu katta o'zgarishlardan dalolat. Sizning chayon o'ldirayotganingiz tushda ko'rinsa, o'ngingizda dushmaningizni makkorona rejalarini barbod qilishga erishasiz. Agar tushingizda o'zingizning chayon burjida ekanligingizni ko'rsangiz - bu, voqealarni sizning foydangizga kutilmaganda o'zgarishlarydan dalolat beradi. Agar siz tushingizda Xitoyliklarning chayondan tayyorlangan g'ayri oddiy taomini tanovvul qilayotgan bo'lsangiz - o'ngda siz shunday kishi bilan uchrashasizki, u sizning xayotingizning tuliqligini ta'minlaydi va o'nta ko'plab ta'assurotlar baxsh etadi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 100 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Fil donishmandlik, qudrat, ba'zi hollarda qasoskorlik va shafkatsizlik timsolidir. Agar tushda yelkasida yulduzlar mavjud bo'lgan fil namoyon bo'lsa, bu Amerikada xokimiyatga respublikachilar partiyasi kelishini bildiradi. Agar tushingizda siz oq filni ko'rgan bo'lsangiz, demak, o'ngda siz foydasiz muvaffaqiyatga erishasiz. Tushda o'zingizning o'limingizni ko'rsangiz, sizning yanada uzoq, yashashingizdan guvoxlik beradi. Agar sizga yaqin kishingizni o'layotgani tushda ko'rinsa, bu o'sha kishini uzoq, va baxtli hayot kechirishidan shoxidlik beradi. Ko'plab kishilarning o'limini tushda ko'rish insoniyatning uzoq, yashashidan dalolatdir. Xozirga paytda gapirilayotgan oxirgi zamon yana bir necha ming yillar kelmaydi. Dunyodagi juda muxim kishi o'layotganligi tushingizga kirsa, butun dunyodagi betinchlik va g'alayonlardan ogoh. etadi. To'g'rirog'i, kelajakda haqiqatdan ham juda yuksak martabali odam to'satdan vafot etib, uning o'limidan so'ng siyosiy hokimiyat uchun shavqatsiz kurash boshlanib ketadi. Bu kurash katta fuqarolar urushiga, hatto jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Tushda bemor odamning vafotini ko'rish - unchalik uzoq bo'lmagan vaqt ichida XX asr vabosi OITS davosi topilishini bildiradi. Ushbu dori tufayli kasali yo'qdan ko'plab kishilar o'z dardlariga davo topadilar, birmuncha vaqt o'tganidan so'ng bu ajal keltiruvchi kasallik sayyoramizdan butunlay yo'q qilinadi. Azobli ajaldan vafot etayotgan kishining tushga kirishi yomon alomatdir. Bunday tush kelajakda Chika ... Читать дальше »
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 112 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

It - sadoqat timsoli, ramzidir. Daydi itni tush ko'rish katta mexnat va mashaqqat bilan to'plangan mol dunyo 2006 yilda osongina sovurilishidan dalolat beradi. Umuman oppoq katta kuchuk tushga kirsa - bu, qishda, shimoliy davlatlar sanoatida va turmush darajasida axvolning yomonlashishi alomatidir. Oyog'ida uyqudagi ilon yotgan itni tushda ko'rish 2001 yilda hech kim kutmagan va hech kim oldindan bilmagan ittifoq tuzilishidan, uning *uzoqga muljallanib it kabi sadoqatli va ilon donishmandligi singari samarali bo'lishidan darak beradi. It qiyofasidagi odam tushga kirsa, bu ko'r odamga va uning yaqin qarindoshlariga ta'alluqli yangi kashfiyotlar belgisidir. Kit bilan munozara olib borayotgan itni tushda ko'rish - yangi qonun asosida jaxonda xaqiqiy muvozanatning vujudga kelishiga yordam beradigan eng kuchli o'lim keltiruvchi qurolning qo'llanilishidan ayon etadi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 209 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |