Shanba, 21.06.2025, 16:24
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 11
Mehmonlar: 11
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Тушлар таъбири
Tushda boyqushni ko'radigan bo'lsangiz, bu kelajakda sizni jodugarlik ilmini mukammal egallagan kishi bilan uchrashish kutayotganligini bildiradi. Agar tushingizda ko'p boyqushlar ko'rinsa, bunday tush vaqti kelib yer yuzasida qora kuchlar xukmronlik qilishidan guvoxlik beradi. Tushda boyqushni o'ldirish - bu, o'ngda sizning yovuz kishi ta'siridan qutilishga erishishingizni bildiradi. Agar tushingizda boyqushning ovozini eshitsangiz - bu yomon alomat. Bunday tush kelajakda sizga juda ko'p qayg'u keltiradigan daxshatli xabar olishingizni ayon etadi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 89 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Qamoqxona erksizlik, odamovilik va yolg'izlik timsolidir. Tushda o'zingizni qamoqxonada tutkin holatda ko'rsangiz, demak, o'ngda siz o'ylaganlaringizni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qancha tadbirlar ta'siridan chiqa olmayapsiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan bo'lsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo bo'ladiki, sizning ustingizdan cheksiz xukmronlik qilish ehtimoli mavjud.Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda ko'rinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan bo'lsangiz, bu o'zgalar ta'siridan qutilish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda o'tirganligi namoyon bo'lsa, demak, siz o'z yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suiiste'mol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish - o'ngda siz zudlik bilan yolg'izlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 95 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Tushda asalari qutisini ko'rish bu yaqin kelajakda sizning ko'plab qiyin xal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini ko'zdan kechirayotganliklarini ko'rsangiz, bunday tush unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat xokimiyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq, ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak bo'lishidan shoxiddik beradi. Asalari uyalarini o'z qo'lingiz bilan yasayotganligingiz tushda ko'rinsa - o'ngda yo'lingizda paydo bo'lgan tusiqlarni osonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda kimningdir uya yasayotganligini ko'rsangiz, bu kelajakda sizning hayotingizga katta ta'sir ko'rsatadigan juda kuchli odam bilan uchrashishingizni bildiradi. Tushingizda asalari uyasiga qulingizni tiqayotganligingizni ko'rsangiz – ko'ngil sovushidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan ko'nglingiz qolishidan guvoxlik beradi. Balki, o'sha, siz hozirgacha o'zingizning eng yaxshi do'st deb xisoblab kelgan odam, aslida yovuz, hasadguy bo'lib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yo'q uyni ko'rish - jiddiy yo'qotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizdan ayrilib, bundan qattiq qaygurasiz.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 102 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Tushda buqalamunni ko'rish - bunday tush kelajakda butun dunyoda o'zgarishlar ro'y berishidan ogoh etadi. Bu o'zgarish butun bir davlat bilan bir qatorda ayrim kishilarga ham ta'alluqlidir. Agar tushingizda buqalamunning o'z tusini o'zgartirayotganini ko'rsangiz - bu, kelajakda bir qarashda yirik va foydali ishni sizga taklif qilishlaridan guvohlik beradi. Bu tush sizga mazkur ishda qatnashmaslikni, aks holda barcha mol-mulkingizdan ayrilishingizni bildiradi. Tushda savodsiz kishi bilan uchrashish - bunday tush ayni paytda sizning muxim ishga qo'l urmasligingizni, chunki siz bundan kelajakda qattiq afsuslanishingizni ogohlantiradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 94 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik - kelajakda sizning o'tmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon bo'lishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat bo'lishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi - kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan o'zgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda qo'l soatini ko'rsangiz, bunday tush o'ylab qo'yganlaringizni ro'yobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat raxbari o'z islohot va loyihalarini amalga oshirishga ulgurmasligini bildiradi. Tushda siferblati yo'q soatdan vaqtni aniqlashga urinayotganlikni ko'rish - yomon alomat. Siz bilan ro'y beradigan voqealar odatdagiga o'xshamaydi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish - yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shoxidlik beradi. Qancha tez yordam ko'rsatilsa, shunchalik yaxshi bo'ladi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 121 | Добавил: OtasH | Дата: 30.05.2017 | Комментарии (0)

Qoyada o'tirgan odamni tushda ko'rish, uzoq kelajakda tush ko'ruvchi hayotida misli ko'rilmagan voqealar ro'y berib, uning hayotini tubdan o'zgartirib yuborishini bildiradi. Tushda yovuz, zuravon kishini ko'rish, bu hokimiyatga zolim odam kelib, yer yuzasiga urush, ochlik va qashshoqlik olib kelishi alomatidir. Agar tushingizda qashshoq odam ko'rinsa, kelajakda siz katta ko'ngilsizlikka duchor bo'lib, natijada, butun mol-mulkingizdan, boshpanangizdan va sodiq do'stingizdan ajralishingizdan dalolatdir. Agar siz tushingizda bir talay qashshoqni ko'rsangiz, bu ko'pgina xalqlar qashshoqlikda hayot kechirishini bildiradi. Badavlat kishini tushda ko'rish - yaxshi alomatdir. Sizni yaqin kishilaringiz davrasida kam-ko'stsiz hayot kutadi. Agar tushda ko'plab o'ziga to'q odamlar namoyon bo'lsa - butun dunyo xalqlarining baxtiyor hayot kechirishiga ishora. Agar tushingizda yarador kishini ko'rsangiz, bu demak, sizga yaqin kishilardan birining nafaqat uy-joyidan, moddiy boyliklaridan, oilasidan ajralishi, balki o'zining ham jiddiy jarohat olishini ayon etadi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 189 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)

Sana ifoda etilgan taqvimni tushda ko'rish - ushbu ko'rsatilgan sanada tush ko'ruvchi bilan daxshatli hodisa ro'y beradi. Tushda qandaydir xisoblarni amalga oshirish - sizga qarshi o'ylangan yovuzlikni bartaraf etishning uddasidan chiqishingizdan guvoxlik beradi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 94 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)

Tushda katta pishgan olmani ko'rish - tez fursatlar ichida bu yo'q kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. Tush ko'ruvchiga esa bu tush kelajakda ko'plab kishilarning xurmatini kozonishidan darak beradi. Agar chirigan olma tushingizga kirsa - siz shug'ullanayotgan ish muvaffaqiyatsiz tugashini bildiradi. Olma yeyayotganligi tushingizga ko'rinsa - bu sizning taqdiringizga katta ta'sir etadigan go'zal ayol bilan uchrashishingizga ishora. Ehtimol, bu tush, kelgusida dunyo davlatlaridan birining tepasiga ayol kishi kelishidan va u butun dunyodagi qudratli davlatga aylantirishga muvaffaq. bo'lishidan dalolat berayotgandir. Agar siz tushingizda juda ko'p olma ko'rsangiz, bunda kelajakda olma shaklidagi g'alati meva mavjudligi aniqlanadi. Bu meva odamlarga sog'lik, va yoshlik baxsh etadi.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 208 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)

Tuxum - yangi hayot vujudga kelishi, tiklanish alomatidir. Tushda tuxumdan qandaydir mavjudotning chiqib kelayotganligini kuzatish - tez fursatlar ichida siz yer yuzasida tirik mavjudotning paydo bo'lishiga guvoh bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Yosh xomilador ayollar shunday tush ko'rsa farzandini muvaffaqiyatli tug'ib olish alomatidir. Tushda g'ayritabiiy katta tuxum topib olish - kelajakda katta g'ayritabiiy xayvon tuxumi topilishini bildiradi. Ehtimol, bu qachonlardir qirilib ketgan dinozavrniki bo'lib chiqar. Agar tuxumni sindirganligingizni tush ko'rsangiz, bu tush sizni jinoyatga qo'l urishingizni bildiradi. Ehtimol, qandaydir tirik mavjudotning hayotiga zomin bo'larsiz. Agar kimdir tuxumni sindirganligini tushda ko'rsangiz, kelajakda beraxmlarcha qotillikning beixtiyor guvoxi bo'lib qolasiz.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 127 | Добавил: otabekjon_2016 | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)

Qirg'iy - shafqatsizlik, tezkorlik, xavf-xatar timsolidir. Tushda parvoz qilayotgan qirg'iyni ko'rish - o'ngda jamoatchilik hurmatini, e'tirofini, sharaflashini qozonishi bildiradi. Agar siz tushingizda qirg'ayning pastga otilib, o'z o'ljasini tutib olganligini ko'rsangiz, demak, o'ngda siz xunuk qilmishning guvoxi bo'lib qolasiz. Agar qirg'ayning xujum qilganini tush ko'rsangiz, demak, sizga dushmanlaringiz pastq'amlikdan zarba berishga intilayotganligidan dalolatdir. Yarador qirg'iyni tushda ko'rish, demak, do'stlaringiz sizga dushmanlar tomonidan o'ylangan makkorliklarini amalga oshirishlariga xalaqit beradilar. Qirg'iyni qanday o'ldirayotganligingizni tush ko'rsangiz - o'ngda kuchli va makkor dushmandan qutulasiz. Katta, qora qirg'ay falokat va vayronalik timsolidir.
Категория: Тушлар таъбири | Просмотров: 112 | Добавил: OtasH | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |