Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Foydali maslahatlar
Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan nima o’rganishni bilish lozim. Hayotning sinovlaridan o’tish uchun insonga katta shijoat, aql-zakovat va tajriba kerak bo’ladi. Agar hayotingizda hech vaqt yurqizmay desangiz, quyidagi maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing. 1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta buni udaasidan chiqing. 2. Borish lozim bo’lgan joyga kechga qolyapsizmi? Ogohlantirib qo’yishni unutmang. 3. O’zgalarni ulkan orzulari ustidan zinhor kulmang. 4. Ota-onangizga ko’roq vaqt ajrating. Ularga hammadan ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini sedan chiqarmang. 5. Shirin so’z bilan dunyoni olish mumkin ekanligini unutmang. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling. 6. Shikoyat qilishdan o’zingizni tiying. Chunki birovni tashvishi boshqaga yoqmasligi mumkin. 7. O’zgalar ortidan zinhor g’iybat qilmang. 8. Fikr va g’oyalar keldimi? Darxol uni yozib qo’ying. 9. Bir marotaba hiyonat qilgan inson bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi. 10. O’z hatoingizni tan olishni o’rganing. 11. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab, dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang. 12. Faqat oldinga qarab intiling va harakatda bo’ling. Sinab ko’ring, foydasi bo’ladi. 13. Biror-bir jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz vaqti kelib u inson bilan yarashasiz. Ammo u
...
Читать дальше »
|
JUDA HAM ACHCHIQ NARSA YEB QO'YGANINGIZDA Juda ham achchiq narsa yeb qo'yganingizda xech qachon gazli ichimliklar ichmang! Balki, bir stakan sut yoki ozigina smetan yordam beradi. Bu ham yordam bermasa, og'izni sho'r suvda chayqash yoki og'izda shakarni ushlab turish kerak CHIVIN CHAQQANDA QICHIMASLIGI UCHUN Chivin chaqqan joy qichishini istamasangiz, chaqqan joyni lekoplastor, skotch yoki izolenta bilan bog'lab oling, kislorod kirmagan joy qichishmaydi. Qichishni oddiy aspirin dorisi ham qoldiradi. Uni maydalab chivin chaqqan joyga qo'yish zarur. AGAR TORT USTIDAGI GLAZUR KO'RKAM VA QARSILDOQ CHIQISHINI XOHLASANGIZ Agar tort ustidagi glazur ko'rkam va qarsildoq chiqishini xohlasangiz, fenda issiq havo haydab quriting SOCHLAR YUVILGANIDAN SO'NG UZOQROQ YALTIRASHINI XOHLASANGIZ Sochlar yuvilganidan so'ng uzoqroq yaltirashini xohlasangiz, sochingizni 5 daqiqa limon suviga bo'ktirib qo'ying Do`kondan narsa harid qilayotganda egilib pasroqdagi mahsulotlarni ko'rishga erinmang. Chunki... Harid uchun do'konga kirar ekansiz, bir narsani bilib qo'ying, qimmat narsalar ko'z darajasiga qo'yiladi. Egilib pasroqdagi mahsulotlarni ko'rishga erinmang. Pastda yuqoridagi qimmat mollardan ancha arzon, ammo sifati deyarli bir bo'lgan mahsulotni topishingiz mumkin bo'ladi Yosh bolalar bilan gaplashayotib, cho'kkalab oling. Chunki... Yosh bolalar bilan ga
...
Читать дальше »
|
Qizlar o’qishi mumkinmas! - Ko'pincha yigitlar to'ydan avval uchrashuvga chiqqanlarida o'ylanib qoladilar: Shu qizni tanlasammikan yoki keyingi uchrashuvdan bundanam yahshisi chiqib qolsachiq Gohida tanlab-tanlab uylangani chippasiga chikib "rossa o'ynatadigan”i uchrab qoladida, butun hayotni barbod kiladi. Agar uylanishdan avval uchrashuvga chiqqan bo'lsangiz: 1. Hadeb tikilavermang! Noqulay ahvolga solib qo'yasiz. Qaytanga unga (qizga) kamroq qarang va qaraganingizni bildirmang. Chunki qiz sizga qarashiga imkon berishingiz kerak. 2. Qiz bola siz bilan suhbatlashayotganida sochlarini quloq ortiga olsa, to'girlasa: Demak siz u qizga yoqgansiz, u esa sizga yoqishni istayapti. 3. Agar qiz sizga er ostidan qarasa huddi princessa Dianadek, bu karash itoatni bildiradi. 4. Suhbatlashayotganingizda qizni oyoq kiyimiga qarang: Agar oyoqi siz tomon burilgan bo'lsa, demak siz bilan u o'zini yaxshi his qilyapti. 5. Agar oyoqlari boshqa tomonga qaragan bo'lib, yuzi siz tomonga qaragan bo'lsa: Demak u qiz tezroq siz bilan suhbatlashib, ketgisi kelyapti. Chunki bizni oyoqlarimiz maqsadimiz tomon burilgan bo'ladi. Har doim! 6. Ko'pincha suhbatlashayotganimizda, suhbatdoshimiz shoshib turgan bo'lsa yoki ketmoqchi bo'lsa: sizni gapingizni bo'lolmay turib, ikki qo'li tizzasida o'tirgan holatida bo'ladi. Huddi hozir turib ketadiganday. 7. Agar qizni suhbatda zeriktirib qo'ygan bo'lsangiz: U dasturhondagi biron narsani o'ynashni bosh
...
Читать дальше »
|
Agar kayfiyatingiz yomon bo’lsa, uni yaxshilashga harakat qiling. Bir nuqtada qotib qolmang. O’zingizni o’nglashga intiling, kayfiyatingizni ko’tarishga sababchi bo’ladigan yo’llarni axtaring. Axir o'zingiz haqingizda o'zingiz qayg'urmasangiz, boshqalardan nima kutish mumkin? Shunday ekan o'z ustimizda ishlashni o'rganaylik. Kayfiyat ko’tarishning yo’llari: 1.Avvalo, har doim sizda yaxshi kayfiyat bo’lishi uchun, o’zingizni boshqarishni o’rganing. Har narsaga hafa bo’lavermang. Yaqinlaringizdan araz qilib o’tirish yaramaydi - ularni kechirishni o’rganing. Kechirish – birinchi o’rinda o’z qalbingizni yomon hislardan tozalash va o’zingizga ruhiy azob bermaslikning bir yo’li hisoblanadi. 2.Dunyoga kulgu bilan qarang. Xatto eng og’ir damlarda ham tabassum qiling va shunday deng: “Bu ham o’tib ketadi!” Agar bu gapga chin dildan o’zingizni ishontirsangiz, eng yomon narsa ham juda yengil o’tadi. 3.Kuni bilan uyda o’tirmang, ko’chaga chiqing, ishga boring. Do’stlaringiz orasida bo’ling. Ishonaman, ozingizni chalg’itsangiz kayfiyatingiz yomon bo’lmaydi. 4.Hayotingizga yangilik olib kiring. Psixologlar shuni maslahat berishadiki, vaqti-vaqti bilan hayotingizdagi odatlangan narsalaringizni o’zgartirib turing. Masalan, yangi xobbi toping, yoki kiyinish uslubingizni, qiyofangizni o’zgartiring. Garderobingizdagi kiyimlarni yangilang. Yorqin ranglar tanlang. Bunday o’zgarishlar kayfiyatingizni ko’tarilishiga yordam beradi. 5.O’zingizga hordiq berish
...
Читать дальше »
|
Barchamizga ma'lum, agar kechasi mazza qilib to'yib uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a'lo bo'lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo'shashishlik alomatlaridan holi bo'lib, o'zimizni yaxshi his etamiz, ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo'lsachi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun. 1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo'lsa yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin. 2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol maxsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Uning urniga iliq sut yoki o't damlanmasini ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi. 3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz xush ko'rgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing. Qo'shimcha: Iloji bo'lsa uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling; Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin; O'zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va kislorod bor xonada yoting; Yotgan mahalda muammolar haqida o'ylamang;
|
O‘zingizni qiziqtirgan savolga aniqva haqqoniy javob olishni istaysizmi? Unda suhbatdoshingizga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilmay, SMS jo‘nating. Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, insonlar og‘zaki suhbatdan ko‘ra, yozma muloqot paytida ko‘proq mulohaza qiladilar hamda matnli xabarlarda aniq va ma'niliroq ma'lumot beradilar. Telefonda aniq javob berishga nima to‘sqinlik qiladi? “Xatga tushding – o‘tga tushding” maqoli shu yerda juda o‘rinli bo‘ladi. SMS yozishda odamlar bu xabar saqlab qolinishini bilgan holda, muloqotga jiddiy yondashadilar. Og‘zaki so‘zlashuvda esa, bunday mas'uliyat ko‘rinmaydi. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda ko‘proq yolg‘on, bo‘rttirish, “aravani quruq olib qochish” uchraydi. “Aslida, ko‘pchilik SMSlarda aniq javob bermaydi, degan fikr mavjud edi. Chunki bu javobni ko‘pchilik ko‘rishi va yozganlaringizga javob berishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘ladi. Lekin, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, aynan yozma javoblar to‘liqroq va aniqroq bo‘ladi”,- deyishadi Michigan ijtimoiy tadqiqotlar instituti (AQSh)olimlari. Ularga ko‘ra, matnli xabarlarda kishilar ma'lumotlarni umumiy suratda taqdim eta olmaydilar. Masalan, telefonda so‘zlashayotganda “o‘nlab institutlar” degan so‘z ishlatgan kishi xuddi shu xabarni SMS orqaliyozganda, aynan “32 ta institut” tarzida ma'lumot beradi. Buning sabablaridan biri – telefon orqali suhbatlashayotganda vaqtni qizg‘anishdir. SMS terish o‘ylashga majbur etadi Michiganlik olimlar tadqiqotida iPhone,
...
Читать дальше »
|
Agar odamlardan siz chet tilini o'rganish zarurmi, deb so'rasangiz, ularning ko'pchiligi "yo'q" deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o zbek tiliga o'girilgan, qolganlarini o'qish uchun esa ikkinchi tilni o'rganish shart emas, deb o ylaydi. Ammo biron-bir tilni o rganish kerakmi- yo'qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo'lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so'rab ko ring. Axir o zida yo'q narsaning ahamiyati haqida kim sizga to'g'ri ma'lumot bera oladi? Shu bois, chet tilida bemalol so' zlasha oladiganlar o'rtasida kichik tadqiqot olib bordik va olimlarning bu boradagi ayrim xulosalarini e'tiboringizga havola qilyapmiz. Dunyoga yangicha nigoh Har bir til o ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda bo 'lgani kabi boshqa tillar ham o'zida xalqning o'tmishini aks ettiradi. Til o'rganishning afzalliklarini uni mukammal o'zlashtirmaguningizcha bilolmaysiz. Xorijiy tilni o'rganish asnosida o'sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishasiz. Bu til o'rganishni boshlagan ilk kunlaringizdanoq sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal egallaganingiz sari hayot yanada yorqin va rang-barang ekanligiga amin bo'lasiz. Zamonaviy psixologiya fani chet tilini o' rganish inson xarakterini ham qisman o'zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda. Keling, ko p gapirmasdan til o'rganishning
...
Читать дальше »
|
Бироз кириш қилайлик. Мени бир камчилигим бор – бепарво, бефарқ бўлолмайман. Бир неча йил олдин қишлоқдан шаҳарга кўчиб келдим ва ҳали-ҳануз нега бу ерда ёрдамга муҳтож кишининг ёнидан беэътибор ўтиб кетиш ёки болали аёлни ижара ҳақини тўлай олмагани учун уйдан улоқтириб ташлашни одатий ҳолдай қабул қилишларига ҳеч тушунмайман. Тўғри, истисно ҳоллар ҳам бўлиб туради, бироқ тез-тез эмас. Менда эса тескари, кимдадир катта муаммоси борлигини кўрсам юрагим оғрийди. Ўзимни ҳеч нимани сезмагандай, кўрмагандай тута олмайман. Кимдир бахтсиз бўлса, бахтли бўла олмайман. Шунинг учун кимдир ҳақиқатан ёрдамга муҳтож бўлса, албатта, ёрдам қўлини чўзаман. 2006 йил. Бир куни ишим тугагач, савдо марказига бордим. У ердан чиқаётганимда эса эътиборимни ёш она ва кичкина қизалоқ тортди. Аёлнинг тушкун руҳда эканлиги аниқ сезилиб турарди: — Нима керак сенга?! — Овқатлангим келяпти, — деди секингина қизалоқ. Улардан бир неча қадам нарироқда ота-оналар фарзандларига турли хил ширинликлар сотиб олар эди. Қизалоқнинг одмигина кийинганидан ва хафа бўлиб гапирганидан унинг ғашлик қилмаётгани, аксинча, ҳақиқатан ҳам бирор нима егиси кўриниб турарди. Аммо унинг онаси жаҳл қилиб, уни туртиб юборди. Қизалоқ унинг ҳаётини издан чиқарганини айтиб бақирди ва кўздан ғойиб бўлди. Бирор нима дейишга ҳам ҳайрон қолдим. Қизча ўрнидан турди, онаси қаерга кетганини тушунолмай, бир четга ўтиб, йиғлай бошлади. Бу йиғи талтайган боланинг бақироқ й
...
Читать дальше »
|
Сиз ҳам бошқа машҳур компания ходимларига ўхшаб ҳаёт кечираётган бўлсангиз, яъни ҳар томондан сизга қўйилаётган талаблар ва уларнинг ҳар бирини ўйлашга вақтингиз мавжуд эмас. Бу ҳолатда қандай принциплар асосида иш кўриш ва улар ёрдамида тўғри қарор қилишни ўрганишимиз лозим. Мана бу маслаҳатлар сизга ҳақиқий кўмакчига айланиши шубҳасиз: 1. Ҳаммани, айниқса, ўзингизни текширинг. Агар ҳақлигингизга ишонсангиз, қуйидагича савол беринг: "Бирор нарсани назардан қочирмаяпманми?” Агар вазифаларимизнинг ҳамма деталларигача аниқлаб олганимизда, ҳақиқий ҳаёт бошланар эди! 2. Мукаммалликка машаққатли кураш ёрдамида эришилади, бироқ қониқиш ҳисси узоқ вақт давомида сақланиб қолади. "Она йўлбарснинг курашувчан мадҳияси” китобининг муаллифи Эми Чуа ҳақ эди: мукаммалик тиғизликни хушламайди. Яхши ўйланган амалиёт зарур, қисқа муддатли қониқишни инкор этиб, қулай зонадан зудлик билан чиқишга ҳаракат қилиш зарур. 3. Ҳислар юқумли, шундай экан уларни текшириш керак. Ҳаётингиздаги энг яхши раҳбарни ёдга олинг. Унинг ёнида ўзингизни қандай ҳис этардингиз? Ёнингизда ҳамкасбларингиз ўзини айнан шундай ҳис қилишига ҳаракат қилинг. 4. Иккилантирувчи вазиятларда ўзингизга савол беринг: "Агар максимум ҳаракат қилганимда қандай йўл тутардим?”. Тўғри йўл қандай эканлигини барчамиз ҳис этамиз, гарчи ундан қочиш истаги уйғонса ҳам. Агар мураккаб вазиятда идел Менингиз қандай йўл тутишини билмасангиз, сиз ҳақиқатан ҳам фахрланадиган инсон қандай й
...
Читать дальше »
|
Машинангизни ўт олдиргач дарров кондиционерни ишга туширманг! Ушбу матнни ўқиш учун бир дақиқангизни аяманг. Яқинларингиз соғлиғи учун жудаям керакли бўлган маълумот! Соя-салқин жойда кун давомида ёпиқ ойналар билан қолдирилган автомобилда 400-800 мг. миқдорида бензол тўпланади. Агар у очиқ қуёш остида, 16 даражадан юқори ҳарорат остида қолдирилган бўлса, бензол кўрсаткичи янада ошади. Унинг миқдори меъёрий кўрсаткичдан 40 баробар зиёда, яъни 2000-4000 мг.га етади. Ёпиқ ойнлаи машина кетаётган одамлар маълум бир миқдорда бензол ютиб кетишади. Бензол — буйрак, суяк ва жигарга зарар келтирадиган заҳар тури ҳисобланади. Энг ёмони организмни бу заҳардан тозалаш жудаям қийин. Автомобиллар қўлланмасида, кондиционер қўшандан сўнг, ойналарни икки дақиқа мобайнида очиб қўйиш кераклиги, эслатиб ўтилган. Аммо нега бундай қилиш лозимлиги ҳақда сўз кетмаган. Шунда ҳам бу маслаҳатни фақатгина энг зўр автомобиллар қўлланмасида учратиш мумкин. Тиббий асослар эса шундай дейди: Тадқиқотлар тасдиқлашича, кондиционер ҳавони совитишни бошлаганда, иссиқ ҳавони чиқариб ташлаш учун бутун иссиқликни пластикка беради. Натижада ҳавода ракни чақирувчи бензол пайдо бўлади. Бунинг олдини олиш учун эса ойналарни бир неча дақиқада очиқ ҳолатга келтириш ўта аҳамиятлидир. Машинани ўт олдирганиз ҳамоно дарров кондиционерни қўшманг! Бундан олдин ойналарни очиб қўйиш, бироз ўтиб эса кондиционерни қўшиш мумкин. Машинани ўт ол
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|