Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Foydali maslahatlar
Hammaga alangali salomlar. Qadrli qadrdonlar. Kelayotgan 14- fevral "sevishganlar" kuni uchun siz azizlarga bir qator tabrik she'r lar ni taqdim etgan edik. Endi navbat tabrik so'zlar ga. Marxamat, baxramand bo'ling. Antiqa tabriklash usullari. - 14 fevral kuni uchun tabrik sovg‘asi haqida boshi qotayotgan do‘stim eng arzon va betakror sovg‘a qilish uchun 12 VAROKLIK DAFTAR OLIB NARXI 500 SO’M. Unga sevganingizni ismini boshidan oxirigacha yozib chiqing oxiriga esa biror bir sher yozib tabrikni yakunlang. Hech qanday qimmat sovg‘a ham ushbu haqiqiy qo‘l yozmaga yetolmaydi. Har qanday tabrik gaplaringizni imkoni bo‘lsa sms orqali yubormang. Maktub tarzida qog‘ozga yozib bering. Yana bir ajoyib sovg‘a usuli telefonga iladigan yoki mashinaga iladigan kichik o‘yinchoqcha, u juda pishiq ishlangan tez sinib yoki o‘chib ketadigan bo‘lmasin. Axir u doim yoringiz yaqinida bo‘ladi. Yana bir ajoyib idea sevganingizni o‘zini suratini o‘ziga sovg‘a qiling. Albatta bu musavvir tomonidan chizilgan bo‘lsin. Bu biroz chiqim lekin antiqa. Yana bir maslahat sevganingizga akvariumda chiroyli bir juft baliq (laqabi bilan) yoki toshbacha tirik bo‘lsin. (chunki har ikkisi ham boqish oson uzoq yashaydi va sasimaydi. Va eng so‘ngi antiqa sovg‘a u bilan munosabatiz haqida hazil prikol sher yozing. Masalan: Esingdami bir safar. Senga gullar bergandim. To‘g‘risi u gullarni. Mol t
...
Читать дальше »
|
1 avgustning qanday kun ekanligini umrida bir marta bo'lsada abiturient bo'lgan kishi yaxshi tushunadi. Ertalabdan jamoat transportlari to'la, shahar xuddi katta bozorga aylanib qolgandek barcha qayoqqadir shoshgan, hayajonlangan,butun borlig'ini unutgan. Soat tongi to'qqizdan keyin esa, xuddi katta bir dastur o'chirib qo'yilganidek atrof sukunat quyniga g'arq bo'ladi. Imtihonlar boshlanadi. Test topshirayotgan abiturientgina vaqtning qanday tez o'tganini yaxshi his qiladi. Uning uchun imtihon uchun ajratilgan uch soat uch daqiqadek tuyuladi.Xullas bularning bari ruhiy bosimni keltirib chiqaradi va irodasi sustroq, hayajonga beriluvchan abiturientni ketma-ket xatolar qilishiga sabab bo'ladi. Aql bilan ruhiyat har doim ham uyg'unlashavermagan. Ular har doim insonni mustaqil boshqarishga harakat qilib kelishgan. Hissiyotga berilgan aqlini, aqliga quloq solgan hislarini boy berganini hayot yo'llarining turli bekatlarida guvoh bo'lganmiz.Imtihonlarga tayyorlanishayotgan, shundoq ham vaqtlari tig'iz abiturientlarning vaqtini olmagan holda ruhiy quvvat bo'la oladigan eng yaxshi besh maslahatni ularga ilinishni lozim topdik. 1. Miyangizdagi "ZOOM”ni o'chirib qo'ying 1 avgust kuni tong sahardan uyg'onganizdan barcha narsa ko'zingizga ikki-uch baravar yiriklashgandek tuyuladi. Hayajon, tashvish ham shular jumlasidandir. Ular odamni ezib qo'yadi. Bunga miyadagi ba'zi bir funktsiyalar sababchi. Ularni batamom uzib qo'yish uchun o'zingizni chalg'itishga, kayfiyatni barqarorlashtir
...
Читать дальше »
|
Yoshi, millati va hududiga qaramasdan barcha ayollar uchun doimiy ravishda qarama-qarshi jins vakillari e'tiborida bo'lish istagi mavjud bo'ladi. Ayanan shu masalaga yechimida sizga ozroq yordam beramiz. ushbu maqolani o'qing va keraklicha xulosalar chiqaring. Aziz ayollar erkaklar oldida... 1. Tabassum qiling.Kayfiyatingiz bo’lmasa ham, yuzingizda soxta mayin tabassum uyg’oting, sekin u haqiqiy, quvonchga aylanganini sezasiz. Suratga tushganda tabassumingizni qizg’onmang. Tabassum sizning qiyofangizni sirli va jozibador qilib namoyon etadi. Hurmatli erkaklar tomonidan moda namoyishlari yomonlangan va yoqimsiz deb baholangan. Sababi unda kulgu yo’q, tabassum bo’lmasa joziba, latofat va mehr tuyg’alari begona… Ko'proq tabassum qiling. Erkaklar nazarida tabassum ayolning ziynati va ichki qiyofasini ochib beradi. 2. Sirli va ishonchli ko’ring. Ayollar tashqi va ichki ko’rinishlari bilan, balki mardona ishonch bilan ham erkaklar nazariga tushishadi. Ammo doim ham sirli va o’ta ishonchli ko’rinish ularni biroz sizdan bezdirib qo’yishi mumkin, yana me’yorni saqlang. Ba’zan siz o’zgartirishning iloji yuq deb hisoblaydigan narsalarni va odatlarni o’zgartirib ko’ring va atrofingizdagi insonni boricha qabul qiling. Erkaklar oldida o’ta ishonchli bo’lish ba’zida kamchilik bo’lib ko’rinadi va kichik xatolarni katta muammolarga aylantirishi mumkin. 3. Dunyoqarashingizni kengaytiring. Erkaklar ham ayollar kabi o’qimishli va dunyoqarashi keng insonlarni xushlasha
...
Читать дальше »
|
Odam nega xurrak otadi? Xurrak otishga ko'pincha burun-xalqum tuzilishidagi o'ziga xos tug'ma xususiyatlar yoki surunkali yallig'lanish kasalliklari: tumov, gaymorit, tonzillit, shuningdek burun poliplari va adenoidlar sabab bo'ladi. Bunda yumshoq tanglay va lakluk yallig'lanadi hamda bir muncha qalin tortadi, burun-halqumga kirish yo'li torayadi va unda manfiy bosim hosil bo'ladi. Uyquda og'izdan nafas olganda havo og'izdan burun-halqumga o'ta turib yumshoq tanglayni tebratadi, natijada odam xurrak otadi. Xurrak otayotgan paytda odam boshqa yonboshga ag'darilib olganda xurrak ko'pincha to'xtaydi. Xurrak otmaslik uchun quyidagi oddiy tadbirni qo'llab ko'ring: kechqurun yotishdan oldin gazlamani yostiqcha shaklida bir necha qavat qilibqattiqroq qilib buklab oling-da, ensaga qo'ying, ustidan doka bilan boshingizni qo'shib bog'lang. Shunday qilsangiz, chalqancha yotolmaysiz, yonboshlab olishga majbur bo'lasiz. Agar bu usul ham yordam bermasa, vrachga boring. Burundan normal nafas olishni tiklash uchun ba`zan operasiya qilishga to'g'ri keladi. Biroq bunda fizioterapevtik muolajalar (mexanik mikromassaj, issiqlik ta`siri) ham yaxshi yordam beradi. Ana shundan keyin yumshoq tanglay va lakluk hajmi normallashib qoladi, burundan erkin nafas ola boshlaydi va xurrakdan qutuladi.
|
Savol: Ba`zan Ramazon saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro`zaga qanday niyat qilish kerak? Biror narsa eb olish lozimmi? Chunki ulab ro`za tutish, ya`ni saharlik qilmay, ro`za tutish makruh, deyilgan… Javob: «Ulab ro`za tutish», deyilganda og`iz ochish vaqtida og`iz ochmay, ya`ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa emay-ichmay, jimo` qilmay ro`za tutish tushuniladi. Og`iz ochish vaqtida og`zini ochib, taom eb, saharlikka turolmay ro`za tutish «ulab tutish», deyilmaydi. Saharlikka tura olmagan kishi uyg`onganida tong otgan bo`lsa, hech narsa emasligi va ichmasligi kerak. Eb-ichsa, shu kuni ro`za tutmagan bo`ladi. Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro`zasini Alloh roziligi uchun tutishni ko`nglidan o`tkazsa, ro`za tutishga niyat qilgan bo`ladi. Umuman ro`zaning niyati Alloh roziligi uchun ro`za tutmoqlikni ko`nglidan o`tkazishdir.
|
Buyuk Alloh ro`zani har bir musulmonga farz qilib berdi va ro`za O`zi uchun ekanligini aytdi. Musulmonlar Allohning roziligiga erishishning ushbu imkoniyatini hech qachon qo`ldan chiqarmasliklari darkor. Ro`zada - Allohning rahmati va mag`firati bor bo`lib, unda musulmon uchun ko`plab foyda va manfaatlar borki, ular xaqida hadislarda ham bayon qilingan: 1. "Dunyodagi har bir narsaning zakoti bor va badanning zakoti ro`zadir”. 2."Ochlik va chanqoqni Alloh uchun boshdan kechiradigan musulmonlar naqadar baxtlidirlar. Bunday kishilarning martabalari qiyomat kunida ulug` bo`ladi”. 3."Agar Allohning quli ramazon oyida naqadar ko`p rahmatlar yashirin ekanligini bilganida edi, bu oyni butun yilga cho`zilishini so`ragan bo`lar edi”. 4."Agar banda yolg`on so`z va amaldan to`xtamasa, uning emak va ichmakdan cheklanishi Alloh uchun kerak bo`lmaydi”. 5. Kimki ro`zadorni taomlantirsa, u ro`zador darajasidagi savobga erishadi. Ro`zadorning savobi esa kamayib qolmaydi”. 6."Alloh taolo marhamat qiladi: mening bandalarim ichida eng sevimlilari ro`za uchun shoshiladiganlaridir”. 7."Ro`za - qalqondir. Agar sizlardan biringiz ro`za tutsa, yomon so`z aytmasin, shovqin solmasin. Agar uni xaqorat qilishsa yoki urishsa, "Men ro`zadorman” deb aytsin”. 8."Jannatning "Ar-Rayyon” nomli darvozasi bo`lib, ulardan faqatgina ro`zadorlar kiradi. Qiyomat kuni "Ro`zadorlar qani?” deb so`raladi, shunda ular o`rinlar
...
Читать дальше »
|
Ro`za durust bo`lishi uchun uch xil shart topilishi lozim. Birinchi shart – zimmaga lozim bo`lish shartlari. Bu shartlar to`rttadir: 1. Islom. Musulmon bo`lmagan odamga ro`za farz bo`lmaydi. Unday odam ro`za tutsa ham, ro`zasi ibodat o`rniga o`tmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, o`sha kundan boshlab ro`za tutadi. 2. Aql. Aqli yo`q odamga ro`za farz bo`lmaydi, chunki u mukallaf emas. 3. Balog`at. Balog`atga etmagan yosh bolalarga ro`za farz bo`lmaydi. Ramazon oyida balog`atga etganlar o`sha kundan boshlab ro`za tutishni boshlaydilar. Ikkinchi shart – ro`zani ado etish uchun lozim shartlar: Bu shartlar ikkitadir: 1) Sog`lom bo`lish. Bemor kishiga ro`za tutish vojib emas. 2) Muqim bo`lish. Musofirga ro`za tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi. Uchinchi shart – ro`zaning to`g`ri bo`lishi shartlari. Bu shartlar uchtadir: 1) Niyat. Niyatsiz ro`za durust bo`lmaydi. 2) Nifos va hayzdan xoli bo`lish. Nifos va hayzli bo`laturib tutilgan ro`za durust bo`lmaydi. Ramazon ro`zasining adosi va qazosi shar`iy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan to`g`ri bo`ladi. Ma`lumki, qilinishi lozim bo`lgan amalni shariatda belgilangan vaqtda qilish «ado» deyiladi. Qilinishi lozim bo`lgan amalni belgilangan vaqtidan keyin bajarish «qazo» deyiladi. Ramazon ro`zasini v
...
Читать дальше »
|
Islom va boshqa dinlarda ro`za, Yaratganga ibodatlarning eng muhimi bo`lish bilan birga, inson salomatligi uchun ham juda foydali hisoblanadi. Bir oylik ro`za tutish jarayonida inson organizmida moddalar almashinuvi tizimi dam oladi. Energiya hosil qilish uchun organizmdagi to`planib qolgan yog`lar ishga tushadi. Shu bilan birga, biz kunlik eguligimizni qadriga etishni va ochlikka sabr qilishni o`rganamiz. Hattoki ko`pchilikka ro`zadan keyin ovqatlarning ta`mi ham boshqacha – mazali tuyuladi. Ro`za ― bu Robbimizning bizga tuhfasi va biz bu jarayonga alohida ahamiyat bilan qarashimiz lozim bo`ladi. Ramazonda sog`lom turmush tarziga erishish uchun biroz tayyorgarlik ham kerak bo`ladi. Kelayotgan oy uchun avvaldan taxminiy «menyu» tuzib, kerakli narsalarni sotib olishni boshlash kerak. Shunda siz Ramazonning boshidanoq o`zingiz istagan taomni sizga qulay sharoitlar bilan tayyorlashingiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, oldindan menyuni tayyorlash sizning vaqtingiz va kuchingizni tejaydi. Hozirdanoq kofe, gazlangan ichimliklar, umuman, tarkibida kofein mavjud ichimliklarni kamaytirish maqsadga muvofiq. Shunda Ramazongacha sekin-sekin bunga o`rganasiz. Shu bilan birga, organizmda namlikni saqlab turish uchun 8-10 stakangacha suv ichishingiz mumkin. Ramazon – ozish fursati emas. Bu – sokinlik, xotirjamlik oyi. Agar o`tgan yili sog`ligingiz bilan muammolar bo`lgan bo`lsa, albatta, shifokorga borib, oldindan ovqatlanish tarzini qanday tashkil qilish borasida masla
...
Читать дальше »
|
Uzoq muddatli ochlikdan so`ng, mazali taomlarga to`la iftor uchun bezatilgan to`kin dasturxon Ramazonda sog`lom ovqatlanish xaqidagi orzularimizni cheklab qo`yishi mumkin. Agar to`g`ri amalga oshirilsa, Ramazon ro`zasi sog`ligimiz uchun koni-foyda, aks-holda, inson salomatligi uchun zarar bo`lishi mumkin. Ramazonda sog`lom ovqatlanish kerakligini va faqat yangi masalliqlardan taom tayyorlash joizligini yoddan chiqarmaslik kerak. Ushbu Ramazon oyida sog`lom ovqatlanish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya qilamiz: 1. Ovqatlanishni xurmodan boshlang. Xurmolar - oqsillarning manbasi bo`lib, faqat bir kunga etuvchi quvvat beruvchi taomdir. Xurmo tolalari ovqat xazm qilish tizimining vazifalarini o`z nazoratiga oladi. Shuningdek., xurmolar magniy va kaliy moddalariga boydir. 2. Ko`p suv iching. Bu yil Ramazon yozning issiq kunlariga to`g`ri keladi, shuning uchun, badan jazirama ob-xavoda suvsizlanib qolmasligi uchun etarli miqdorda suv iching. Saharlikdan keyin va tonggacha, kun davomida chanqab qolmaslik uchun ko`proq suv ichib oling. Xali ovqatlanish mumkin bo`lgan vaqtda 8 stakan suv ichishga harakat qiling. Chanqoqlikni chaqiruvchi mevalarni eyishdan saqlaning. Badandan chanqoqlik hissini uyg`otuvchi sabzavotlarni ham kamroq eng. Tuzli maxsulotlarni, xususan, tuzlangan konservalar, yong`oqlar, bodringlar, baliqlarni emang. Shuningdek, ziravorlari ko`p bo`lgan taomlardan ham cheklaning, ular ham chanqashga s
...
Читать дальше »
|
Ro`zada niyat qilish — Ro`za tutish uchun qachon va qanday niyat qilish kerakligi haqida ma`lumot bersangiz. — Mazhabimizning barcha faqihlari ramazon oyida har bir kun uchun alohida niyat qilish kerakligini aytishgan ("Fatovoyi Qozixon”). Chunki Ramazon ro`zasining har bir kuni alohida ibodat hisoblanadi. Imom Najmiddin Nasafiy ramazonda saharlikka turish ham ro`za niyati o`rniga o`tishini aytganlar. Ramazon ro`zasiga har kuni quyosh botganidan so`ng niyat qilsa ham bo`ladi (Saraxsiy, "Muhiyt”). Saharlikka turolmay uxlab qolgan kishi, Ramazonga iftorlik paytida niyat qilmagan bo`lsa, choshgohda ham ro`zasiga niyat qilsa bo`ladi. Havo issiqligining ta`siri bormi? — Hozirgiday issiq kunlarda (og`ir mehnatda) ishlaydiganlar ro`za tutmasalar ham bo`laveradimi? — Ramazon oyi jaziramada kelsa va uni tutsa, ishlashi bois tashnalik yo ochlik sababli aqliga ziyon etishidan qo`rqqan odam ro`za tutmasligi mumkin ("Fatovoyi Hindiya”). U ham keyinchalik bir kunga bir kun qazosini tutadi. Nozik pallada-chi? — Odatda hayz ko`rish kuni ramazon kunlaridan biriga to`g`ri kelib qolgan ayol shu kuni ro`zasini ochib yuborsa-yu, hayzi kelmasa, qanday yo`l tutadi? — Ayol "hayz kunim”, deya boshlagan ro`zasini buzsa va o`sha kuni hayz kelmasa, unga ham qazo, ham kafforat lozim bo`ladi ("Zahiriya”). Ya`ni, ochib yuborgan bir kuniga bir kun qazo va kafforat sifatida yana oltmish kun ketma-ket ro`za
...
Читать дальше »
| |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyun 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|