Shanba, 21.06.2025, 22:37
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Foydali maslahatlar
So‘nggi paytlarda sochlarni keratin bilan tekislash haqida ko‘p gapirilmoqda. Xo‘sh, keratinlash nima va u zararli emasmi?

Bizning soch va tirnoqlarimiz tarkibida ko‘p miqdorda keratin moddasi (soch, pat va shoxda bo‘ladigan, oltingugurt moddasiga boy oqsil modda) mavjud. Sochlarimiz har xil tashqi ta’sirlar natijasida quruqlashib, rangsiz va mo‘rt bo‘lib qoladi. Keratinlashda ishlatiladigan vositalar yetishmagan moddalarni to‘ldirib, sochlarni chiroyli va sog‘lom qiladi. Keratinlangan sochlar oson taraladi va tez ukladka qilinadi.
Shu bilan birgalikda, keratinlashning bir qancha kamchiliklari ham bor. Shifokorlarning ta’kidlashicha, keratinlash vositalari tarkibida, onkologik kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, kanserogenlar guruhiga kiruvchi – formaldegid moddasi mavjud. Bundan tashqari, bu modda inson organizmiga tushsa, ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi va nafas olish organlari kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Keratinlash vositasining narxi baland bo‘lganligi sababli, sochlaringizni keratinlash sizga juda qimmatga tushadi – bu keratinlashning kamchiliklaridan yana biri deyish mumkin.
Quruq, mo‘rt va rangsiz sochlaringizni keratinlaysizmi yoki shu ahvolda qoldirasizmi – to‘g‘ri qaror qilish o‘zingizga havola. Asosiysi, natijasi sizga yaxshi kayfiyat bag‘ishlasa bas!
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 77 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Har bir qiz kipriklari chiroyli bo‘lishini orzu qiladi. Biz sizga, kipriklar quyuq va chiroyli bo‘lishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida maslahat bermoqchimiz.

Birinchi navbatda, vaqtincha bo‘lsa ham, dekorativ kosmetikadan voz keching. Ertalab unchalik achchiq bo‘lmagan iliq choy yoki qaynagan suvda yuvinib, kipriklarga krem surib qo‘ying. Uxlashdan oldin, ko‘zingizni bo‘yoqlardan sovun bilan emas, balki maxsus tozalovchi vositalar yordamida tozalash zarur.
Kipriklaringizni parvarishlash maqsadida kanakunjut, zaytun yoki bodom yog‘laridan foydalanishingiz mumkin. Kipriklarga pardoz cho‘tkachasi yordamida ozgina yog‘ surib qo‘ying. Bu oziqlantiruvchi yog‘lar kipriklar uchun juda foydali bo‘lib, tez o‘sishiga, quyuq va sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. Tunda ko‘zingizga tushmasligi uchun, bu yog‘larni uyqu oldidan emas, balki, avvalroq sursangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu tadbirni bir kunda bir mahal va o‘z vaqtida amalga oshirsangiz, kipriklaringiz uchun samarali natijani uzoq kutib o‘tirmaysiz. Bir hafta, uzog‘i bilan bir oy ichida sog‘lom va chiroyli kipriklarga ega bo‘lasiz.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 92 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. U organizmga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni yengishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?

1.Organizmni ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi
Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va ko‘p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar mavjud.
2.Immun tizimini mustahkamlaydi
Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.
3.Oson hazm bo‘ladi
Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun yengil hazm bo‘ladi.
4.Allergiya chaqirmaydi
Sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.
5.Suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlaydi
Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko‘proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi yetishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.
6.Vaznni kamaytiradi
Bu borada ko‘pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi x ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 82 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Ko‘pchilik qizlar kundalik pardoz-andoz uchun, natijasi ko‘ngildagidek chiqmasa ham, bir soatdan ortiqroq vaqt sarflaydi. Ushbu maqola yordamida siz pardozda talab qilinadigan bir nechta hiylalar to‘g‘risida bilib olasiz.

Kipriklaringizni qayiring
Agar siz kipriklaringiz kun bo‘yi qayrilib turishini xohlasangiz, ishlatishdan oldin mo‘ychinakni fen yordamida biroz isitib oling.

Xatolardan himoya
Ko‘z makiyajini buzib qo‘ymaslik uchun, qovog‘ingiz ustiga karton qog‘ozcha qo‘ygan holda kiprigingizni bo‘yang.

Tushni qutqaring
Kiprikni bo‘yaydigan tush qurib qolgan bo‘lsa, uni eritish uchun tush cho‘tkachasini iliq suvda yuvib ishlating.

Lab bo‘yog‘i rangini o‘zgartiring
Lab bo‘yog‘ingiz och ko‘rinmasligi uchun, surishdan oldin, labingiz chetlarini unga mos rangdagi qalam yordamida chizib oling.

Sevimli upangizni asrang
Upangiz tushib ketganda sinmasligi uchun, uning g‘ilofi ichiga paxta solib qo‘ying.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 114 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Yorqin va toza yuz terisi tabiatan hammaga ham berilavermaydi. Bunday natijaga erishish uchun ko‘p hollarda ancha mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda sizga losyon va toniklar yordamga keladi.

Tonik — yuz terisining ustki qismidan pardoz vositalarining qoldiqlari, sovun va ortiqcha yog‘ni tozalash vositasidir.

Tonikning foydali xususiyatlari

Tabiiy PH balansni qayta tiklaydi;

qattiq suv ta’sirini neytrallashtiradi;

antiseptik ta’sir ko‘rsatadi;

qizarishni yo‘qotadi;

teri qarishining oldini oluvchi antioksidantlar bilan oziqlantiradi.

Ideal teriga erishish uchun har doim ham ko‘p mablag‘ sarflash talab etilmaydi. Uyda bor mahsulotlardan ham bunday vositani tayyorlash mumkin. Quyida nisbatan samarali retseptlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Bodringli tetiklashtiruvchi losyon
Zarur masalliqlar

5—7 dona sarhil yalpiz barglari;

yarimta bodring;

1 choy qoshiq borat kislota (dorixonalardan xarid qilish mumkin);

1 stakan qaynatilgan suv (45—50 daraja).

Tayyorlanishi
Yalpizning ustidan suv quyib, 2 soatga issiq joyga qo‘ying. Bodringni blender yoki mayda qirg‘ichdan chiqaring. Hosil bo‘lgan aralashmani yalpiz damlamasiga qo‘shib, suzib oling. Eng oxirida borat kislotasini qo‘shing.

Limonli oqartiruvchi tonik
Kerakli masalliqlar

1/2 stakan suv;

... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 121 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

//ОМАД//

Омад-бу инсоннинг бахтидир. У келиб бошингга кунади-ю, яна учиб кетади. У б.н дуст букиб оксанг, у сени хеч качон тарк етмайди. Хафалашиб колсанг, сендан узокларга учиб кетади. Омадингни кетишига йул куйма.

//ОРЗУ//

Орзу калбнинг учкуни. Сени хаёолингда килган орзуйинг еса калбнинг сурогидир. Бу сурок сени орзу килишга ва унга эришишга ундайди. Сен доимо орзу б.н яша. Буни курган армон калбингда гул очмасин. Орзу кил ва унга эриш.

// БАХТ//

Бахтли букиш хар кимнинг кулидан келади. Уз бахтини яратмаганлар, уни ушлай олмаганлар бахтсиздир. Бахт кулингизда, уни кучинг ва бахтли булинг.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 99 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Hech kim birdan semirib ketishni istamasa kerak. Ayniqsa, ayollar hamisha qomatlarini asrash uchun turli usullardan foydalanib ko‘rishadi. Buning asosini ochlik tashkil etadi. Lekin...

Ochlikka har kimning ham bardoshi yetavermaydi. Beixtiyor qo‘llaringiz ovqat tomon cho‘zilganini o‘zingiz ham sezmay qolasiz. Shuni hisobga olgan psixologlar karnayga aylana boshlagan ishtahani aldashning 20 ta usulini e’tiboringizga havola etishadiki, bu, shubhasiz, sog‘lig‘ingizni, o‘rtacha vaznni saqlab turish uchun qo‘l keladi.

1. Ovqatlanishdan oldin bir stakan mineral suv yoki pomidor sharbatini iching. Shunda odatda yeydigan ovqatingizning bir qisminigina yeya olasiz, xolos.

2. Ovqatni kichik tovoqqa suzing. Bu ko‘zlaringizga ovqatni me’yordan ham ko‘proq qilib ko‘rsatadi. Ayniqsa, moviy rangli tovoqni tanlasangiz, yanayam yaxshi. Chunki, bu rang ishtahani biroz bo‘lsa-da bo‘g‘adi.

3. Ovqat mahali tuz va qalampirni ko‘p iste’mol qilmang.

4. Bolalikda o‘rgatishganidek, ovqatni shoshilmasdan, asta chaynab yeng. O‘rningizdan xuddi ko‘p ovqat yeb yuborgan odam kabi sekin, norozi holatda turing.

5. Muzlatkichda yuqori kaloriyali yeguliklarni asramang. Aks holda kunlarning birida bu ovqat esingizga tushib uni paqqos tushirib qo‘yishingiz hech gap emas.

6. Meva, sabzavot, shunga o‘xshash parhez taomlarni ko‘zga yaqin joyga qo‘yish kerak. Oshqozon bezovta qila boshlaganda nafi tegadi.

7. Gazet ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 206 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Psixologlar hayotimizni yaxshi tomonga o’zgartirishimizda, unga ma’no qo’shishimiz uchun o’z xobbimizga ega bo’lishimizni tavsiya qilishadi. To’gri, xobbi uchun turli narsalar o’lja bo’lishi mumkin. Ammo uni amalga oshirish biroz qiyin kechishi mumkin. Xo’sh, unda qanday qilib hayotimizga yorqin ranglar qo’shadigan to’gri xobbi tanlasak bo’ladi? Quyida berilgan tavsiyada bu haqida aytib o’tilgan. O’qing, ishonamiz bu tavsiyalar albatta sizga qo’l keladi. Tavsiyalar: 1 - Qadam: atrofingizda turli tuman qiziqarli odamlar . Ular bilan suhbatlashing, ularning xobbilari bilan tanishing. Xaqiqatanda o’z xobbisini yaxshi ko’rgan odam bu haqida boshqalarga bajonidil aytib beradi. Qayerdan bilasiz, suhbatdoshingizning xobbisi sizni ham ilxomlantirib, siz ham o’sha xobbini tadbiq qilib ko’rarsiz. Yaxshi manabunday qilaylik: siz bir varoq olingda, tanish-bilishlaringizning xobbisini o’sha qog’ozga tushuring. Hohlasangiz, bu ro’yxatdagilardan birini o’zingiz uchun tanlashingiz mumkin, yoki bo’lmasa, ularni ko’rib chiqqandan so’ng sizga ham biror original g’oya kelib qolar. 2 - Qadam: yaxshi ko’rgan kinolaringizni va kitoblaringizni ko’zdan kechiring, balki o’sha yerda biror qiziq xobbi haqida gapirilgandir. Albatta, barchamizga ma’lum, kino va kitobdagi so’zlar hayotdagi xaqiqiylikdan biroz uzoq bo’lishi mumkin, ammo aytishadiku chiqmagan jondan umid deb. Umid qilamiz, ular orasidan sizga yoqadigan biror xobbi topiladi. 3 - Qadam: bilimingiz oshiradigan, foydali dasturlani tomosha qiling ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 71 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Қадимдан эркаклар ўзидан кейин насл қолдириш мақсадида ўғил фарзандли бўлишни кўпроқ хоҳлашган. Табиат ҳам ўғил бола туғилишига кўроқ имконият яратар экан: кўп йиллик кузатишлар ва статистик маълумотларга қараганда, 100та қиз бола чақалоққа 106та ўғил бола тўғри келар экан. Бу кўрсаткич сабаби ҳамон илмий жиҳатдан изоҳланмаган. Шунга қарамай табиат ер юзидаги эркак ва аёл сони ўртасидаги мувозанатни бузмаган ҳолда бошқариб туради.

Аёлларда туғилиш имкони камроқ бўлса-да, яшовчанлик қобилияти кўпроқ берилган.

Ўғил ёки қиз туғилиши нимага ёки кимга боғлиқ? Агар аёлнинг Х хромосомаси билан эркакнинг У хромосомаси жуфтлашса, ўғил бола, аёлнинг Х хромосомаси билан эркакнинг Х хромосомаси жуфтлашса, қиз бола дунёга келади. Ўғил бола туғилиши учун керак бўладиган У хромосома фақат отада мавжудлиги боис, ўғил туғилиши фақат отага боғлиқ.

Ўғил бола туғилиши имконини оширувчи омиллар:

1. Қон янгиланишига қараб. Жинсий ҳужайраларнинг уруғланишидан олдин кимнинг қони янги бўлса, ўша жинсдаги фарзанд пайдо бўлади. Буни олдиндан билиш учун қуйидаги оддий ҳисоблашни билиш кифоя: эркак кишининг қони ҳар 4 йилда, аёлнинг қони эса ҳар 3 йилда янгилади. Шунинг учун отанинг ёшини 4га, аёлнинг ёшини эса 3га бўлиш керак. Қон янгиланишини балоғат ёшидан бошлаб оладиган бўлсак, аёл қони 12, 15, 18, 21, 24, 27, 30… ёшида, эркак қони эса, 12, 16, 20, 24, 28, 32… ёшларида янгиланади.

Қуйида келтирмоқчи бўлган мисолимизда аёл 26 ёшда (қони ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 227 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

Uchrashuvga chiqishdagi qoidalar Birinchi uchrashuvga chiqish ham hayajonli ham hovotirli bo’lishi tabiiy. Hayajonli bo’lishining sababi – siz kimnidir o’rganish uchun ketyapsiz, hammasi yaxshi bo’lsa, sizning hayotingizga yangi bir inson kirib keladi. Hovotirli tomoni esa uchrashuv qanday o’tishi sizga noma’lum, qiz sizga yoqadimi yoki qizga siz yoqasizmi? Bularni o’ylab hayajoningiz ming karra oshadi. Quyida berilgan maslahatlar, birinchi uchrashuvning omadli kechishini ta’minlashda ko’maklashadi. Ularga rioya qilib, yoningizdagi qizni qalbini o’girlang. Unutmang, birinchi uchrashuvning omadli kechishi – ikkinchi uchrashuvga yo’l ochadi, aks holda qizdan umidingizni uzavering!

Maslahatlar:

Esda qolarli joy tanlang. Tanlagan joyingiz romantikaga boy bo’lib, chinam va toza bo’lsin. Birinchi uchrashuvning joyi juda katta ahamiyatga ega. Sababi bu joy ikkingizning ham hotirangizda bir umrga muhirlanib qoladi. To’gri balki, bu restaranni tanlash sizga biroz qimmatga tushar, ammo yodingizda bo’lsin, birinchi uchrashuv – katta ahamiyatga ega. Kiyimingizga e’tiborli bo’ling. Ayollar tug’ma ravishda modaning quli bo’ladi. Albatta , kiyimingiz ularning e’tiboridan chetta qolmaydi. Shuning uchun shunday kiyinki, ortiqcha izoha hojat qolmasin. Kiygan kiyimingiz o’tiradigan restaraningizga va boradigan joyingizga mos bo’lsin. Qizdan nima kiyishini aslo so’ray ko’rmang. Shunday kiyiningki, u ham odatiy bo’lsin, ham jiddiy. Jentelmenlik qiling.Birinchi uchrashuvd ... Читать дальше »
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 78 | Добавил: OtasH | Дата: 15.06.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 4 5 6 7 8 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |