Ko‘pchilik qizlar kundalik pardoz-andoz uchun, natijasi ko‘ngildagidek chiqmasa ham, bir soatdan ortiqroq vaqt sarflaydi. Ushbu maqola yordamida siz pardozda talab qilinadigan bir nechta hiylalar to‘g‘risida bilib olasiz.
Kipriklaringizni qayiring Agar siz kipriklaringiz kun bo‘yi qayrilib turishini xohlasangiz, ishlatishdan oldin mo‘ychinakni fen yordamida biroz isitib oling.
Xatolardan himoya Ko‘z makiyajini buzib qo‘ymaslik uchun, qovog‘ingiz ustiga karton qog‘ozcha qo‘ygan holda kiprigingizni bo‘yang.
Tushni qutqaring Kiprikni bo‘yaydigan tush qurib qolgan bo‘lsa, uni eritish uchun tush cho‘tkachasini iliq suvda yuvib ishlating.
Lab bo‘yog‘i rangini o‘zgartiring Lab bo‘yog‘ingiz och ko‘rinmasligi uchun, surishdan oldin, labingiz chetlarini unga mos rangdagi qalam yordamida chizib oling.
Sevimli upangizni asrang Upangiz tushib ketganda sinmasligi uchun, uning g‘ilofi ichiga paxta solib qo‘ying.