Главная » 2017»Iyun»19 » Uchrashuv uchun foydali va ajoyib maslahatlar!
23:49
Uchrashuv uchun foydali va ajoyib maslahatlar!
Qizlar o’qishi mumkinmas! - Ko'pincha yigitlar to'ydan avval uchrashuvga chiqqanlarida o'ylanib qoladilar: Shu qizni tanlasammikan yoki keyingi uchrashuvdan bundanam yahshisi chiqib qolsachiq Gohida tanlab-tanlab uylangani chippasiga chikib "rossa o'ynatadigan”i uchrab qoladida, butun hayotni barbod kiladi. Agar uylanishdan avval uchrashuvga chiqqan bo'lsangiz: 1. Hadeb tikilavermang! Noqulay ahvolga solib qo'yasiz. Qaytanga unga (qizga) kamroq qarang va qaraganingizni bildirmang. Chunki qiz sizga qarashiga imkon berishingiz kerak. 2. Qiz bola siz bilan suhbatlashayotganida sochlarini quloq ortiga olsa, to'girlasa: Demak siz u qizga yoqgansiz, u esa sizga yoqishni istayapti. 3. Agar qiz sizga er ostidan qarasa huddi princessa Dianadek, bu karash itoatni bildiradi. 4. Suhbatlashayotganingizda qizni oyoq kiyimiga qarang: Agar oyoqi siz tomon burilgan bo'lsa, demak siz bilan u o'zini yaxshi his qilyapti. 5. Agar oyoqlari boshqa tomonga qaragan bo'lib, yuzi siz tomonga qaragan bo'lsa: Demak u qiz tezroq siz bilan suhbatlashib, ketgisi kelyapti. Chunki bizni oyoqlarimiz maqsadimiz tomon burilgan bo'ladi. Har doim! 6. Ko'pincha suhbatlashayotganimizda, suhbatdoshimiz shoshib turgan bo'lsa yoki ketmoqchi bo'lsa: sizni gapingizni bo'lolmay turib, ikki qo'li tizzasida o'tirgan holatida bo'ladi. Huddi hozir turib ketadiganday. 7. Agar qizni suhbatda zeriktirib qo'ygan bo'lsangiz: U dasturhondagi biron narsani o'ynashni boshlaydi. Yoki esnaydi. Boshqa ahamiyatsiz narsalarni ko'zi bilan izlab o'tiradi. Yigit kishi ozgina hushyor bo'lishi kerakda! Gapimni eshitarkan deb valdillab o'tirish kerakmas. 8. Siz qanchalik o'zingiz haqingizda oz gapirsangiz, shunchali suhbatingiz qiziq bo'ladi. Chunki odamlar o'zlarini gaplarini birovga etishidan ko'proq lazzatlanadilar. Lekin birinchi uchrashuvga chiqqan qiz hijolat chekib gapirishdan uyalsa, unga to'g'ri savollar bering. Masalan: qalesiz, kino yoqadimi, shirinlikni yaxshi ko'rasizmi? – degan savollar ketmaydi. Chunki bu savollarga "ha” yoki "yo'q” deb javob bilan qutilib qo'yishi mumkin. Savolni shunday beringki u qiz ha yoki yo'q javobini berolmasin. Masalan: Siz kasbizni nima uchun yaxshi ko'rasiz? Talabalik vaqtlarizni qaysi vaqtlarini hush ko'rasiz? Ideal oila deganida nimani tushunasiz? 9. Agar qiz sizga yoqsayu, u qizgayam yoqishni istasangiz: Komplementdan foydalaning! Inson qarshisida birov 100 dollar beraman, shunchaki - desa yo'q deyolmaganday…. Komplement oldida uncha - muncha ayol eriydi. Masalan: Siz modelerlikka o'qiganmisiz, ko'ynagizni judayam yarashibdi, ayniqsa, sochingizga va ko'zingizni rangiga mos. Uncha - muncha odam did bilan kiyina olmaydi)) Imkon qadar bor narsani maqtang. - Soch turmagingiz o'zingiz tanladingizmi, yuzizga yarashibdi judayam. Ko'pchilik sochini yuz tuzilishiga moslamay oldiradi, lekin sizga rossayam mos tushibdi. )) - Bilasizmi, anchadan beri bunday suhbatlashmagandim. )) - Sizni bo'lajak turmush o'rtog'ingiz rossayam baxtli bo'lsa kerak-a)) (nega degan savolga o'ziz javob o'ylab topasiz) Diqqat bilan gaplarini eshiting va shu mavzudan u qizga yaqinrok mavzuda savollar bering. Va tinglayotganizda uni eshitayotganingizni bildirish uchun kallangizni qimirlatib turing. Suhbat yaxshi boshlanishi uchun 5 minut ichida 3 marta u qizdan "ha” degan so'zni oling. Masalan: Har bir inson baxtli bo'lishni xohlaydi… -ha Odam kelajakda kim bilan birga bo'lar ekanman deb rosa o'ylaydiya?… -Ha 10. Agar siz unga yoqayotgan bo'lsangiz, qiz gapirayotganda yengilgina elkasini qimirlatib qo'yishi mumkin. Bu erkalanish. Yoqmagan insonga bunday qiliq qilinmaydi. Suhbatimizni qizlar o'qimasin degandimku, siz nimaga o'qivossiz!!! Mayli o'ziz bilasiz, bu o'g'il bolalar uchun maslahat edi. Diqqat quloq tuting! Ana shu 5 sifatga ega bo'lgan erkak oldida uncha-muncha ayol yo'q deya olmaydi. 1. Erkakni oldida ayol o'zini himoyalanganligini his qilsa, huddi qa'la ichida turgandek. 2. Agar erkak kishi ayol kishini kuldira olishni eplasa (o'zi kulmay turib) 3. Taom tayyorlashga usta bo'lsa. 4. Yosh bolalarni yaxshi ko'rsa, parvarish yoki o'ynatish va hokazo. 5. Suhbatini tinglashni bilsa va maqtovni eplay olsa. Albatta pul ham ro'l o'ynaydi. Lekin ayol kishi erkakda ko'proq aqllilik va mustaqillikni hurmat qiladi. Gollivuddagi yoqimli erkaklarni hammasi ham chiroyli emas. Lekin qizlar ko'nglini olishni biladi. 11. Agar qiz sizni gapingizga yarim yuzi bilan kulsa, yani labi bir tarafga jilmaysa: Bilib qo'ying, bu kesatuv bo'ladi, yani sen ahmoqsan, gaping ham ahmoqcha - degani! ) 12. "Menga turmushga chiqasizmi” – deb zinhor aytmang. Erta-inding oilada urishib hafalashib qolganingizda hotiningiz shirin tillari bilan: "O'ziz manga teygin degansiz", - deb yuzizga soladi )) Undan ko'ra "Men bilan baxtli bo'lishizga ko'ziz yetadimi", – deb so'rang. Ha – desa tamom. To'ydan keyin, mabodo, urishib qolsangiz tilingiz qisik bo'lmaydi o'zing ko'zim yetadi degansan. Ana endi ko'zing yetsin deysiz (Hazil). 13. Vaqti-vaqti bilan ayolingizga ahamiyat berib tursangiz sizdan yaxshi er bo'lmaydi. Chunki ko'p erkaklar to'ydan keyin 2-3 yildan keyin ayoliga ahamiyat bermay qo'yadilar. Huddi o'yinchoqdan zerikkan boladay ko'chadan yangi sarguzasht qidiradilar. 14. "Onasi, yaxshiyam sen borsana, sensiz men nima qilardim", - deb erkalab qo'ying. 15. Yana maslahatlarim ko'pkuya, lekin ko'pchilik o'qiyotganlar hali uylanmagan. 16. Har doim holis bo'ling, hech qanday talantingiz bo'lmasa ham. Holislik eng yaxshi libos inson uchun. Hunuk qizlar bo'lmaydi aslida, ko'r erkaklar ko'p bo'ladi. Hamma ayolni pardozsiz ham chiroyli qiladigan narsa tabassumdir!