Dugonajon, men juda-yam sahiy yigit uchrashib yuribman. — Nimasi sahiy? — Menga har kuni juda ko'p gullar sovg'a qiladi. Ayniqsa, o'tgan hayitda sovg'a qilgan gullarini ko'pligini ko'rsangiz edi... — Voy, zo'r-ku. U o'zi qaerda ishlaydi? — Qorovul bo'lib ishlaydi. — Bo'magan gap. Qorovul shuncha pul toparmidi? — U qabristonda qorovul.