Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 2 Mehmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Hikoyalar
Shahardan qaytayotib, avtobusga chiqdim. Odam siyrak, ulovning hali jo‘naydigan shashti yo‘q. Bir-ikkita kitob xarid qilgandim, mutolaaga kirishdim. Bir payt: – Bu joy bo‘shmi, opa? – deya so‘radi kimdir. – Ha, bemalol. Hech kim yo‘q, – dedim. Qarasam, qo‘lida bola ko‘tarib olgan yosh kelinchak. – Opa, telefoningizni berib turolmaysizmi? Onamga qo‘ng‘iroq qilib olsam, degandim, – so‘radi u. Onasi bilan bir yig‘lamsirab, bir asabiy gaplashdi. Negadir, unga achindim, ko‘ngil so‘ragan bo‘ldim. – Qachonlardir qilgan xatolarimning jabrini tortyapman. Aslida menga shu ham kam, – dedi o‘zini Munira deb tanishtirgan hamrohim. – Nega unday deysiz, sabrli bo‘ling. Qarang, qanday shirin farzandingiz bor ekan, – dedim yupatgan bo‘lib. – Ayting-chi, ko‘rinishimdan o‘g‘riga o‘xshaymanmi? Javobingiz aniq, yo‘q, to‘g‘rimi? Lekin bu haqiqat! …Men o‘g‘riman. Qo‘li egrilik o‘quvchilik davrimdan oilam barbod bo‘lgunga qadar ortimdan soyadek ergashib yurdi. Dastlab sinfdoshlarim mendan yuz o‘girishdi, ustozlarim avval nasihat, so‘ng dakki berib charchashdi. Maktabni bitirdim va ular o‘g‘ridan qutulishdi. Kollejda kursdoshlarimning pullari, narsalari yo‘qola boshladi. Bora-bora mendan o‘zlarini olib qochadigan bo‘lishdi. Mahalla-ko‘y ham bilardi. Shu sabab, chekka qishloqdan kelgan sovchilarga ota-onam ra’yimga ham qaramay, uzatib yuborishdi. Endi unday qilmayman, har holda oilali ayolman, deya o‘zim-o‘zimga
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 154
Esini tanibdiki, otasi unga nisbatan juda qattiqqo‘l edi. Arzimagan narsaga ham tanbeh beraverar, uning har bir harakatini e’tibor bilan kuzatardi. Qizgina padarini dugonalarining otalari bilan solishtirib, bir kuni hatto onasiga yig‘lab arz qilgandi: – Dadam meni yomon ko‘radi, yaxshi ko‘rganida bunchalik qattiq urishmasdi… – Yo‘q, qizim, unday dema! – yupatgandi onaizor qizini, – aksincha, dadang seni judayam yaxshi ko‘radi, faqat o‘zingga bildirmaydi, tug‘ilganingda shunaqa xursand bo‘lgan ediki… Hali katta bo‘lsang, hammasini tushunasan… Ammo qiz otasi haqidagi fikrini o‘zgartirmadi: otasi uni yaxshi ko‘rmaydi! Yillar o‘tdi. Ota nazorati, ona tarbiyasi ta’sirida havas qilsa arzigulik aqlli, odobli qiz bo‘lib ulg‘aydi. Dugonalari bilan biror yerda to‘planmoqchi bo‘lishsa, dadasidan ko‘pda ruxsat ololmasdi, to‘y-tantanalarga ham dadasining roziligi bo‘lmasa, borolmasdi. Yana o‘sha o‘y ko‘nglidan kechardi: otasi uni yaxshi ko‘rmaydi! Vaqti-soati yetib, rozi-rizolik, yorug‘ yuz bilan baxt ostonasiga qadam qo‘ydi – kelin bo‘ldi. To‘y kuni qadrdon uyini tark etar mahali ostonada otasining poyiga bosh urdi. Otaning qo‘llari duoga ochildi, ovozi titrab, jigargo‘shasiga oq fotiha berdi: – Bergan tuzimga mingdan-ming roziman, qizim! Borgan yeringda toshday qotgin! Baxtli-taxtli bo‘lgin! Omin! Kelinning ko‘zlari beixtiyor yoshlandi, ko‘ngli allanechuk bo‘lib ketdi. Lekin o‘sha o‘yida qoldi: ot
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 186
1989 yil 8,2 ball kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Ana shu dahshatli daqiqalarda hayoti xavfsizligiga ishonib stepanakertlik bir kishi xotinini uyda qoldirdi. O’g‘lidan xabar olish uchun maktabga yugurdi. Ammo maktab o‘rnida hosil bo‘lgan vayrona tepalikka duch keldi-yu dahshatdan qotib qoldi. Shunda to‘satdan xayoliga qachonlardir o‘g‘liga bergan va’dasi tushdi: – Qanday xodisa yuz bermasin, men albatta, senga yordamga yetib kelaman! Otaning ko‘zi yoshga to‘ldi. U vayronaga tikilarkan, biror chora, najotni ko‘rmadi, lekin xayolida o‘g‘liga bergan va’dasi charx uraverdi. U o‘g‘lini har kuni maktabning qaeriga yetaklab borganini eslashga urinib, binoning o‘ng tomonidagi burchakda joylashgan sinfni chamalab topdi. Va xarobani kovlashga tushdi. Bu orada boshqa o‘quvchilarning ham qayg‘uga botgan ota-onalari yetib kelishdi. Ular alam bilan: – O’g‘lim! Qizim! – deb faryod urishdi. Ba’zi ota-onalar: – Endi kech! – Allaqachon halok bo‘lishgan! – Biz endi ularga yordam berolmaymiz! – Uyga ketdik! – deb qayg‘uga botishdi. Bolaning otasiga ham: – Aql bilan ish tuting, urinish befoyda, – deb maslahat berishdi. Shunday tasalli bilan unga yaqinlashgan har bir kishidan bolaning otasi bir narsani so‘rardi: – Siz
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 167
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi kunda ertalab chiqib ketib, kechqurun qaytar ekan. Ukasi uyda qolar ekan. Bir kuni akasi kechqurun kelganida ukasi: — Aka, siz har kuni erta ketib, kech qaytasiz. Ertaga o‘zingiz bilan meni ham birga olib keting, — deb iltimos qilibdi. — Seni olib ketardim-u, lekin menga xalaqit berasan-da, — debdi akasi. — Yo‘q, xalaqit bermayman, — debdi ukasi. Akasi rozi bo‘libdi. Ertalab aka-uka yo‘lga otlanishibdi. Ular yurib-yurib charchashibdi, och qolishibdi. Bitta boyning eshigiga kelib, yeyishga biror narsa berishini o‘tinib so‘rashibdi. Boy ularga yarimta suvi qochgan non beribdi. Aka-uka nonni yeb bo‘lishgach, akasi: — Omin, bundan boy bo‘lmagin, — debdi. Yana yo‘lga ravona bulishibdi. Yurib-yurib kunni ham kech qilishibdi. Yo‘lda bir kampirning uyiga kirishibdi. Kampir o‘zi juda qarib qolgan bo‘lib, kambag‘al yashar ekan. Uyida bitta sog‘in echkisidan boshqa hech narsasi yo‘q ekan. Kampir aka-ukalarni xursand bo‘lib kutib olibdi, echkining sutidan sog‘ib beribdi. Ular kampirnikida yotib qolishibdi. Ertalab turib, kampirnikidan chiqib ketishayotganida, akasi: — Omin, kampirning echkisi o‘lib, echkisiz qolsin, — debdi. Ukasi yana hayron bo‘libdi, lekin indamabdi. Yana yo‘lga ravona bo‘lishibdi. Yurib-yurib bir joyga kelishsa, bitta eski hovlining ichida ikkita bola — aka-ukalar yig‘lab o‘tirishgan ekan. Akasi ukasiga: — Mana bu devorni
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 164
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir boshpanasiz cho‘pon bor ekan. U juda qashshoq va kimsasiz ekan. Lekin cho‘pon juda mehnatkash ekan, doimo odamlarning og‘irini yengil qilib, qo‘lidan kelgan yordamini ayamas ekan. Cho‘pon taqdir bir kun kelib unga kulib boqishiga umid qilib yurar ekan. Bir kuni cho‘pon yaylovda qo‘y boqib yurganida bir nuroniy chol kelib, undan bir burda non so‘rabdi. Yigit o‘zining ozgina nonini chol bilan baham ko‘ribdi. Chol rahmat aytib, cho‘ponga bitta nay beribdi va: — O‘g‘lim, sen mehribon, qo‘li ochiq yigit ekansan. Bu nay — seniki. U — sehrli. Chalganingda sen hamma tashvishu g‘amlaringni unutasan. Uning kuyi senga shodlik va baxtiyorlik olib keladi, — debdi va ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Shu-shu yigitga bu nay ovunchoq bo‘lib qolibdi. Qishloqda dong‘i ketgan bir boy yashar ekan. Uning hamma narsasi yetarli ekanu, lekin sog‘lig‘ining mazasi yo‘q ekan. Uning kasaliga hyech kim shifo topolmas ekan. Boy kechalari alaxsirab uxlolmay chiqar ekan. Bir kuni kechasi boy uzoqdan nay ovozini eshitib, unga mahliyo bo‘lib qolibdi. O‘zi ham sezmay, asta-sekin shu ovoz kelgan tomonga qarab ketaveribdi. Yurib-yurib bir qorong‘i kulbaga kelib qolibdi, nay ovozi o‘sha yerdan eshitilayotgan ekan. Kirib qarasa, bir yigit nay chalib o‘tirgan emish. Boy yigitga qarab: — Ey yigit, sening kuying menga juda ham yoqdi, go‘yo sog‘ayib ketgandek bo‘ldim. Men anchadan beri kasal edim, hyech kim dardimga shifo topgan emas
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 143
"Bir kishiga ziyoratchilari qovun keltirishdi. U yoniga sirdosh-ko‘ngildoshi, sodiq xizmatkori Luqmonni chaqirdi va qovundan bir tilim kesib, uzatdi. Luqmon uni shunday rohat bilan yediki, ko‘rgan odamning ishtahasi ochilib ketishi tabiiy edi. Uzatilgan ikkinchi tilimni ham xuddi shunday yeganini ko‘rgach, xo‘jayin ham o‘ziga qovun kesdi. Ammo og‘ziga olar-olmas tupurib tashladi, chunki judayam achchiq edi. "Ey Luqmon, – dedi xo‘jayin. – Bunday zaharni qanday qilib bol kabi yeya olding? Bunday qahrni nima sababdan lutf o‘rnida qabul etding? Bu qanday sabr? Kim bilsin, bugungacha qanday azoblarga bardosh bergan bo‘lsang? Sen shirin joningga dushmanmisan? Biror nima desang, bo‘lardi-ku? Hech qursa, ma’zur ko‘ring, yeyolmayman, deyish shuncha qiyinmi?" Luqmon javob berdi: "Men sizning qo‘lingizdan shuncha ko‘p shirin narsalar yedim, moddiy va ma’naviy ozuqa oldimki, bularning evazini o‘tay olmasligimni o‘ylab, huzuringizda xijolatman. Shunday bo‘lgach, qo‘llaringiz bilan bergan narsani, qanday qilib: "Achchiq ekan, yeyolmayman", deyman? Siz nimaiki bersangiz, xushnudlik bilan qabul qilaman! Sizdan yetgan biror aziyatdan shikoyat qilsam, boshimga tuproq sochilsin. Lutfkor qo‘lning totini bir qovunning achchiqligi qanday ketkazsin? Xojam! Muhabbat sabab achchiq shirin, mis oltin, zindonlar gulzor, podshoh qul, qul shoh bo‘ladi. Davosiz dardlar shifo topadi. Muhabbat ila qorong‘i uylar yorishadi, qayg‘u, iztiroblar quvonchga, yo‘ldan adashtiruvchilar saod
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 128
Hayotning fazilatlaridan biri shundaki, kimgadir, nimagadir, intilib yashaymiz. Bu intilishlarda ilk orzular, ilk qadamlar va ayniqsa ilk yutuqlar bizni nihoyatda o‘ziga jozibali bog‘lab oladi. Erkak kishiga shunday ilk jozibali tayanch nuqtalardan biri uning sevikli yorining uyalib, chirmanib ibo iffatini yorib, «…bo‘yimda borga o‘xshaydi…», degan so‘zlari bo‘lsa kerak. Erkakning bu kutilmagan xushxabardan entikishi, «…endi og‘ir narsalarni ko‘tarmang…», degan so‘zlaridan boshlanib bo‘lg‘usi farzandga munosabati bilinadi. U xayol og‘ushiga cho‘madi va ko‘z oldiga o‘g‘ilcha yoki qizaloqni keltiradi. Bo‘lg‘usi ona ikkalasi shirin xayollarga beriladilar. Mana shu ilk orzumand xayollardan bo‘lg‘usi farzandga muhabbat tuyg‘usi boshlanadi. Er-xotin o‘rtasidagi har bir suhbat davomida bu tuyg‘u chuqurlashib, kenggayib, aniq shakl-shamoyillarga kirib boradi. Xalq o‘rtasida ko‘pchilikka ma’lum bir naql yuradi. Deydilarki, bir kishi bir donishmandning oldiga kelib, «Ey donishmand, kecha men o‘g‘illi bo‘ldim, aytingchi tarbiyani qachon va nimadan boshlayin». Shunda u donishmand deydiki, tarbiyani bir yil oldin, bo‘lg‘usi farzand onasiga muhabbat ko‘rsatishdan boshlash kerak edi, attang kechikibsiz. Bobolarimiz ruhiyatga katta e’tibor berishlarini ko‘rsatuvchi xalq o‘rtasida yurgan bu naqlning mag‘zi hozirgi zamon ruhshunosligi tili bilan aytganda shuni anglatadiki, farzandni sevish, unga shaxsiy munosabatni ko‘rsatish, uning onasini s
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 145
Uyimiz soyga yaqin bo'lgani uchun yoz bo'yi biz bolalar soydan chiqmasdik. Salqin tushganiga qaramay, yaqinda Akram degan o'rtog'im "yur cho'milamiz" deb qoldi. Oyog'im tortmasa ham birga bordim. Akram ko'prik ustidan suvga sakradi-yu, lekin men junjikib turaverdim. Akram suv ostida turish bo'yicha mahalla chempioni bo'lgani uchun uning suvdan chiqmayotganiga avvale'tibor bermadim. Lekin bir ozdan kegin havotirimoshib, otini aytib chaqira boshladim. U ko'rinavermagach, ortidan suvga sakradim. Uni rosa qidirib suv ostida ham, suv ustidan ham topa olmaganimdan keyin qirg'oqqa chiqib odamlarni yordamga chaqira boshladim. Bir mahal suv ostida rangi ko'karib ketgan Akram ko'rindi. U so'zsiz suvdan chiqdi va atrofdagi odamlarga ham, qirg'oqda yotgan kiyim boshiga ham qaramayketa boshladi. Men kiyimlarini olib ortidan ergashdim... Ertasi kuni maktabda vahimali gap tarqadi. Akram yarim tunda o'rnidan turib, o'z- o'zidan soyga qarab yo'l olganmush. Akalari bilip qolib, qaytaribkelishibdi. Soyga boraman, meni chaqirishyabdi, deb janjal qilavergach, qo'rqqan ota-onasi uni bir honaga qamab qo'yib, domla chaqirtirib o'qitishayotganmush. Xabar olgani borganimda onasi "Usha kuni bemahal tinch oqayotgan suvga sakragan o'rtog'ing suv parilarining suhbatini buzibdi. Jahli chiqqan suv parilari endi chaqirishyapti", dedi. Uyqu dori ta'sirida xolsiz yotgan do'stim meni ko'rib jilmaydi: - Men baribir ketishim kerak og'ayni. Eshityabsanmi? - dedi osmonga ishora qilib. - Ana, "Akra-a-am" deyishyabdi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 113
Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat Pushkin!» Poezd qo`zg`agan onda Baxtiyor bir qalqib tushdi. Boshi vagon ichidagi tutqichga urildi. Peshonasini ushlab yon-veriga alangladi. «Hech kim ko`rmadimikin». Ro`parasida allaqanday gazetani varaqlab o`tirgan ayoldan boshqa vagonda hech kim yo`q edi. Soat ham o`n birdan oshib qolgan. O`zi bunaqa paytda odam kam bo`ladi metroda? Baxtiyor cho`ntagidan ro`molchasini chiqarib, lovullab turgan peshonasiga bosdi. Ishqilib, g`urra bo`lmasa go`rgaydi. Beixtiyor qarshisidagi ayolga tikildi va... tanidi. Bu Saida! Xuddi o`shaning o`zi, boshqa birov bo`lishi mumkin emas. — Saida! Bu ismni beixtiyor tiliga ko`chirdi. Ayol cho`chib, avval ikki yoniga, keyin qarshisidagi yo`lovchiga qaradi: — Baxtiyor! — Siz... — Ha... tuzukmisiz? Tanimabman. — Shuncha yil o`tib, uchrashgan joyimizni qarang. — Buyam taqdir-da! Taqdir! Qanchalar qudratli va beomon kuch. Shu qadar qudratliki, butun insoniyat, zamonu makon uning izmida. Baxtiyor bir paytlar qaerdadir o`qigan, alhol miyasiga kelib urilgan bu fikrdan o`zi ham dong qoldi. Chindan-da g`alati. O`n yil avval erning yuzasida turib, bir-biriga vido aytgan, bir-biridan ko`ngil uzgan ikki inson ayni damda er ostida baqamti kelib turishibdi. O`shanda kim o`ylabdi, deysiz... — Saida, uydagilar tuzukmi? Bolalaringiz... <
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 144
O`ziga to`q oilaning yolg`iz qiz farzandi edim. Dadamning tijorat ishlari yaxshi, shu sababli onamning ishlashiga hojat yo`q edi (dadam shunday hisoblardilar). Hech kimdan kam qilmay o`stirdilar, tarbiya berdilar. Sportga ham qatnashtirib, sog`lom ulg`aytirdilar. O`rta ta`lim muassasasini tamomlab, nufuzli universitetlarning biriga, hujjat topshirib, imtihondan o`tdim. Shartnoma asosida o`qishga qabul qilindim. A`lo baholarga o`qib ta`lim ola boshladim... Bir kuni uyimizga men tanimaydigan, avvallari umuman ko`rmagan dadamning do`sti keldi. Ular juda uzoq vaqt bahslashdilar. Murosaga kelishdi chog`i jimib qolishdi. U odam ketdi. Biz dadamning ishlariga umuman aralashmasdik. Onam doim "bizni boqayaptimi tamom, shuning o`zi etarli. Qaerdan pul topishni o`zi hal qiladi" — derdilar. Dadam ertasiga ishdan kelib zudlik bilan uyni bo`shatib qo`yishimiz kerakligini buyurdilar. Savol berishga haddim sig`may, buyruqlarini so`zsiz bajarishga kirishib ketdim. Onam esa shunday g`azablanardilarki, dadam bilan bir soatlarcha qattiq janjallashishdi. Ko`z yoshlarim bo`g`zimga kelgan, nima bo`layotganligiga aqlim etmasdi. Dadam miq etmadilar. Boshlarini changallab quyi solgan bo`yi o`tiraverdilar. Onam esa tinimsiz yig`lar, goh baqirib, goh pichirlab dadamni koyirdilar. Uyimizdan qimmatbaho tilla taqinchoqlar, kiyim-kechaklar va shaxsiy buyumlarimiznigina joylab faqatgina olti chemodon narsa oldik xolos. Uy jihozlarini olishga dadam ruxsat bermadilar. Shu
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 239
Beixtiyor tamshandi. Tili tanglayiga zulukdek yopishib, harakatsiz to`xtadi. Labini yalamoqchi bo`lgandi, og`ziga quruq, dag`al, qog`ozdek shiqirlagan narsa ilindi. Yutingandi, dimog`ida ham namlik sezmadi. «Kun bo`yi quyoshda yurdim, — o`yladi u go`sht bozoriga umid bilan kirayotganida. — Tinkam qurib ketganga o`xshaydi. Tik oyoqda yuraversang, charchaganingni sezmaysan, lekin hozir birpas o`tirsang bormi, tanangni jon tark etayotgandek shalvirab qolasan...» U har kuni ro`zg`orning yugur-yuguri bilan hali bozorga keladi, hali tomorqaga kiradi, hali o`choq-tandirning atrofida kuymalanadi. Bugun ham saharlikdan keyin tomorqadagi sabzining bir jo`yagini begona o`tlardan tozaladi. Keyin gullab-gurkirab yotgan kartoshkalarining tagini kavlab, ikki sumka terib oldi. Bozorga olib boradi. Harna bir-ikki so`m-da. Ikki sumkani ko`tarib uy tomon kelayotgandi, katta o`g`li boshini qashib chiqib keldi. Turdilaringmi, bolam? — dedi u bo`yi ancha cho`zilib, elkalari ham kengayib, otasining kelbatini ola boshlagan o`g`lidan ko`z uzmay. Nimalar qilib yuribsiz? Uyg`otmaysizmi, o`zim terib berardim, — norozi to`ng`iladi o`g`li. Opangning hasip egisi kelibdi. Bozorga so`ppayib bormay, dedim. Sotsam pul. Opam kelarmikan? Ha. Kechga tomon kelib, yotib ketarkan. Birinchi marta bemalol kelishi. «Nima pishirib qo`yay desam», «hasip» dedi. Bolam bechora erta-indin tug`adi. Har nima tusaydi-da ko`ngli. Ertaroq uyg`otmabsiz-da! P
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 115
Бундан беш олти йилча аваал қишлоқда «Қўшни қишлоқдаги Ориф қассоб деган одам қазо қилибди» деган нохуш хабар бизнинг қишлоққа хам етиб келди. Дадамнинг айтишларича, раҳматли Ориф қассоб ўша қишлоқнинг обрўли одам бўлган экан. Хабарни эшитиб, қассобнинг яқиндан таниган ёр биродарлари жанозага отланишди. Жанозадан сўнг, Ориф қассобнинг майитини қабристонга қўйиб келишди. Эртасига эса, жудаям қўрқинчли хабар бутун туманга тарқалиб кетди: — Кеча қабристонга қўйилган майитнинг жасади ер юзасига чиқиб қолган эмиш. Бундай қўрқинчли ва нохуш хабар яшин тезлигида ҳамма томонга тарқалиб кетди. Кимдир, «ит олиб чиқиб қўйгандирда» деса, яна кимдир «Бунда бир гап бор» деб мулохаза қилишди. Ориф қассобнинг ўғли бир иккита жиянлари билан биргаликда ер юзасига чиқиб қолган дадасининг жасадини яна ўз жойига қўйиб келибди. Индинига эса яна қўрқинчли хабар болалади: — Қассобнинг жасади яна ер юзасига чиқиб қолган эмиш. Ушбу аянчли холат икки уч бор такрорланавергач, мархумнинг ўғлига қишлоқнинг оқсақоллари туман марказидаги Жоъме масжиди имомидан маслахат олишни таъкидлашибди. Қассобнинг ўғли махалла фаоллари билан биргаликда имомнинг хузурига борибди ва бўлаётган нохуш холатни айтиб, у кишидан маслахат сўрабди. Шунда имом мархумнинг ўғлига савол берибди: — Дадангиз қандай одам эди? — Яхши одам эдилар домла, — дебди хайрон бўлиб ўғил. — Хаётликларида нима иш билан шуғилланган эдилар? — Эсимни таниганимдан бери қассобчилик билан шуғилланар эдилар. — Бирорта ножўя харакатларини сезганмидингиз? —
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 209
Qashqadaryo viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlari tomonidan «o`ldi» deb ota-onalariga topshirilgan bir yarim oylik go`dak mayit yuvuvchining qo`lida jonlandi. Bu haqda hali ham hayot uchun kurashayotgan jajji Muhammadjonning buvisi — Nargiza Qurbonova “Daryo” internet-nashrigama`lum qildi. Muhammadjon Rashidov 2017 yil 14 may kuni dunyoga kelgan. Otasi hozir Rossiyada — «hovlining tomini shifer qilaman» degan maqsad bilan ishlagani ketgan. Lekin topgan puli shiferga emas, yangi tug`ilgan chaqaloqni davolashga sarflanmoqda. Chaqaloqning onasi Shahnoza Hamidova va qarindoshlari, jumladan, buvisi Nargiza Qurbonova 16 maydan beri chaqaloqning hayoti uchun shifokorlar bilan kurashib keladi — xuddi shu kuni Muhammadjon qayt qilishni boshlagan. Muvaffaqiyatsiz davolanish jarayoni bir oydan ziyod davom etgan — turli shifokorlarning bir-biridan farqli tashxislari asosida berilgan har xil dori vositalari chaqaloqning ahvolini yaxshilash o`rniga og`irlashtirgan, qorni esa shishib ketgan. Muhammadjonning ahvoli juda og`irlashib qolganidan so`ng, viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi yonidagi poliklinikadagi, chaqaloqni birinchi marta ko`rganida: «Buning kasali bizniki emas», degan jarroh unga orqa tomondan dori yuborib, aslida chaqaloqning salomatligidagi muammo uning orqa ichagi qayrilib qolgani bilan bog`liq ekanini ma`lum qilgan. «Ichagi qayrilgan ekan-ku, operasiya qilish kerak», — degan shifokorlar. Chaqaloqning onasi va
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 228
Hayotimda bo`lib o`tgan voqea tufayli bu olam sir-sinoatlarga to`laligiga yana bir bor ishondim... O`shanda ham ayni bahor kunlari edi. Atrof ko`m-ko`k maysalarga, daraxtlar ham yashil libosga burkangan. Qishi bilan dam olgan dehqonlar endi dala boshidan beri kelmay qo`yishgandi. Dehqonchilik ishlari boshlanib, hamma ochiq maydonlarga ekin ekishga kirishib ketgandi. Havo isib ketganidan uyimiz yonidan oqib o`tadigan kanal ham ancha to`lib oqadigan bo`ldi. — Suv juda ko`payibdi. Kuzda ekilgan bug`doylarni yaxshilab sug`orishimiz kerak. Kechasi navbatlashib qarab, tezroq suvlashni tugatib olinglar, - deb topshiriq berdi otam. — Ehtiyot bo`linglar, yosh bolalar ko`zimizni chalg`itib, ko`chaga chiqib ketmasin, katta suv yaqin... — deb onam ham kelinlarga tinmay eslatib turardi o`sha kunlari. — Ikki kundan beri daladasizlar. Nimagadir ko`nglim notinch, kechasi suv bo`yiga borganda kalima qaytarib, duo o`qinglar, suvning parilari bo`ladi... Quloqlarni to`g`rilab qo`yib, uyga qaytaver, sahar turib xabar olarsan, — dedi onam kechki payt ketayotganimda. — Oyi, tuni bilan siz aytgan parini kutdim, kelmadi. Kun yorishgach, uyga qaytaverdim, — dedim ertasiga hazillashib onamga. — Ha, senga hazil bo`lsa... — ranjigan bo`ldi onam. Ikki-uch kun o`tib, kechasi kuchli momaqaldiroq bo`lib, chelaklab yomg`ir quya boshladi. Bunday paytda kanaldagi suv ham ko`payib, yopilgan quloqlarni yuvib, ekinlarni suv bosishi hech
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 146
— Sevgi bo‘lmagan gap! — Sevgi bor! Ana Malohatxon misol. Haqiqiy sevishni undan o‘rganish kerak. — Esingni yeganmisan? Axir u to‘rt marta turmushga chiqdi. Sevishni kelib kelib undan o‘rganish kerakmi?! Tavba! — To‘rt martta erga tekkan bo‘lsa ham, o‘ynashi hamon o‘sha bitta odam!
Коментариев: 0
Просмотров: 196
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|