Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 2 Mehmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Sog'liq (Salomatlik Haqida)
G‘arbiy Avstraliya universiteti olimlari o‘n besh yil davom etgan tadqiqotni nihoyat yakunlab, bir to‘xtamga kelishdi.
Ma’lum bo‘ldiki, kuniga bir dona olma iste’mol qilgan odamda muddatidan oldin o‘lish xavfi 35 foizga kamayarkan. Albatta, bunga olma tarkibidagi foydali moddalar sababchidir. Bu moddalar qondagi xolesterin miqdorini keskin kamaytiradi, qon bosimini me’yoriy holatga keltiradi, saraton xastaligi xavfini bartaraf etadi. Magniy, kaliy moddalari esa qon aylanishini yaxshilab, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 108
Siz buni bilishga haqlisiz! Saraton — zamonaviy vabo! Olimlar xotimasi halokatga olib boruvchi bu kasallikka davo topish uchun millionlab dollarlarni sarf etishmoqda, deya yozadi vmirchudes.com sayti. Bu maqolada biz sizga Kentukki universiteti olimlari olib borgan izlanishlar natijasi bilan o‘rtoqlashamiz. Unga ko‘ra saratonni muqobil davo usullari bilan davolash mumkin ekan, ulardan biri bilan sizni tanishtiramiz. So‘nggi ilmiy kashfiyotga ko‘ra uzum urug‘i saratonning 80% noma’lum hujayralarini halok etishga qodir ekan. Ha, o‘sha siz bilgan, mevasini yeya turib, danagini tuflab tashlaydigan uzum. Shunga ishonasizmi? Saraton nihoyatda katta tezlik bilan tarqalib, har yili millionlab insonlarni hayotdan olib ketadi. Olimlar har yili millionlab dollarlarni sarflayotgan bo‘lsalarda, ularning harakatlari bizni quvontirgani yo‘q. Biz yuqorida keltirganimizdek, davo bizga juda yaqin, biroq farmaseftikkompaniyalar bu narsa tarqalmasligi uchun bor kuchlari bilan buni sir saqlashga urinmoqdalar. Nahotki, million — million dollar, millionlab insonlar hayotidan muhimroq ? Uzum urug‘i 80% gacha saraton hujayralarini yo‘q qilishga qodir. Bu ishonchli fakt vaistiqbolli davo! Endi bu kashfiyot hammaga ma’lum ekan, saratonga chalingan bemorlarning hayotlarini saqlab qolish mumkin. Yaqin kelajakda ahvol ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid qilib qolamiz!
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Sochning o`sish tezligi bizning genimiz va turmush tarzimiz bilan bevosita bog`liqligini unutmaslik kerak. «Sochim negasekin o`sayapti?» degan savolniberishdan avval taomnomangiz va parvarishlovchi vositalaringizni ko`zdan kechiring... Asosiysi, muammoga har tomonlama yondashing! 1. To`g`ri ovqatlaning! Tabiiy va sifatli mahsulotlar (meva, sabzavot va yormalar)ni iste`mol qiling. Ana shunda organizm soch o`sishi uchun kerakli vitaminlarni ovqat orqali qabul qiladi. 2. Ehtiyot bo`ling! Kimyoviy jingalak yoki vodorod peroksidi bilan «yuvilgan» sochlar sekin o`sishi tabiiy hol. Bundan tashqari, sochbo`yog`i, lakiva mussidan hamda fen, dazmol kabi vositalardan tez-tez foydalanish ham jarayonni sekinlashtiradi. 3. Soch «gullamasin» Sochlarni uchidan bir yarim-ikki oyda qirqtirib turish ham ularning tezroq o`sishiga ta`sir ko`rsatadi. Chunki soch uchidan gullab borsa, uch qismi sinuvchan bo`lib qoladi. Natijada sochning o`sgani aslo sezilmaydi. 4. Boshingizni uqalang! Har kuni kamida 10 daqiqa vaqtingizni boshni uqalash uchun ajratishga odatlaning. Bu bilan boshda qon aylanish jarayoni tezlashib, soch follikula (ildiz)lari kerakli miqdorda foydali moddalar bilan ta`minlanib, soch o`sishiga sabab bo`ladi. 5. Xantalli niqob Quruq xantal kukunidan 2 osh qoshiq olib, 2 choy qoshiq shakar, bitta tuxum sarig`i va 2 osh qoshiq qaynoq suvni aralashtirib, tayyor niqobni quruqsoch ildiziga sur
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 181
Bugungi kunda erta klimaks tez-tez uchrab turayotgan holatga aylandi. Bu davrda o‘ziga xos o‘zgarishlar qatorida sog‘ligimizda ham turli bezovtaliklar kelib chiqishi sir emas. Ularni bartaraf etish uchun esa ishni taomnomadan boshlashni tavsiya etamiz: • Kalsiyga boy mahsulotlar – sut,qatiq, tvorog, yogurt, pishloq, tuxum, bodom, sariyog‘, dengiz karamidan tayyorlangan yeguliklar ayni muddao. • Yarim to‘yingan yog‘ kislotalariga ega bo‘lgan o‘simlik yog‘i, yong‘oqlar, albatta, taomnomaga kiritilishi zarur. Ular qondagi trigliserid va xolesterin miqdorini kamaytiradi. • Omega – 3 yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan baliq turlari iste’mol qilinishi kerak. Hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta bo‘lsa ham. Shuningdek, yong‘oqlarni ermak qilish ham asabni tinchlantiradi. • Nonushtaga suli va manniy yormasidan tayyorlangan bo‘tqalar, meva sharbatlari bo‘lsa, tushlikka suyuq taomni tanlang. Kechki taomda esa ko‘kat qo‘shilgan salat yeyishingiz lozim. • Makaron yoki xamirli taomlarni bug‘da tayyorlang. • Sabzi, karam, qizil lavlagi, bulg‘or qalampiri, pomidor va barra ko‘katlar immunitetga “tez yordam”dir. Unutmang, bu davrda immun tizimi zaiflashib qoladi. • Bor elementiga mo‘l bo‘lgan mayiz, shaftoli, anjir, qulupnay va olxo‘riga ham diqqat qiling. • Salat bargi tarkibida Ye vitamini talaygina. Ayni klimaksning boshlang‘ich davrida salat bargi qo‘shilgan taom va yeguliklarni kanda qilmasangiz, kayfiyat o‘zgaruvchanligi hamda uyqu
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 135
Axborot va muloqot vositalari ko‘payishi, monitorlarning kichrayib borishi natijasida ko‘rish bilan bog‘liq kasalliklar bugungi avlodning eng katta muammosi. Tibbiyotda kichkina ko‘z bilan bog‘liq 60 ga yaqin xastaliklar aniqlangan. Agar bugun monitor qarshisida ko‘p vaqt sarflayotgan bo‘lsangiz, keksalikda ortiqcha muammolarga duch kelmaslik uchun hozirdanoq ko‘z salomatligi haqida qayg‘uring. Eng avval beradigan muhim tavsiyamiz shuki, monitor qarshisida tez-tez kiprik qoqing. Shunda ko‘zning oq pardasi namlanadi. Ko‘zning ko‘rish qobiliyati va boshqa ko‘z kasalliklari oq pardaning qurishi bilan bog‘liq. Ko‘zning ko‘rish qobiliyatini oshiramiz Ko‘zga dam bering. Kunning ish eng tig‘iz bo‘lgan soatlarida, har soatda bir marta ko‘zlarni 2 daqiqa mobaynida yumib, ularga dam bering. Bu lahzalarda ko‘z mushaklari dam olib, ko‘rish qobiliyati oshadi, asab tizimi ham tinchlanadi. Bunga odatlansangiz, tez orada nigohingiz ravshan tortib, ko‘zingiz o‘tkirlashadi. Ko‘zoynakni tez-tez yechib turing Ko‘rish qobiliyati past bo‘lishi va ko‘zoynak yoki linza taqish vaqti-vaqti bilan undan voz kechmaslikka sabab bo‘la olmaydi. Kun mobaynida hech bo‘lmaganda 30 daqiqa bu vositalarni yechib qo‘ying. Bu ko‘zning ko‘rish qobiliyatiga yaxshi ta’sir qiladi. Sababi, shifokorlar ko‘zoynakning ko‘zga foydali yoki foydasiz ekani yuzasidan hali bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ko‘zni massaj qiling Har kuni hech b
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 201
OLMA – Har kuni 2 tadan yashil olmani po`sti bilan birga iste`mol qiling.
BANAN – Qorinda og`irliqni his etib, ishtahangiz bo`lmasa, 1 ta banan eyishingiz mumkin.
UZUM – Haftada bir marta «uzumli kun» tashkil etib, oq va qora uzum navidan maza qilib, esagngiz, organizmingiz tozalanib, tiqinlardan halos bo`ladi.
KARTOShKA – Sovuq suvda yaxshilab chayib, so`ng qaynatib pishirib oling. Po`sti bilan iste`mol qilsangiz, ham to`yimli ham me`da faoliyatini yaxshilaydi.
LIMON ShARBATI – yuz va qo`l teringiz quruqlashib, qavarib qolayotgandek tuyulsa, ertalab yarim stakan limon sharbatiga shuncha miqdorda qaynatib ilitilgan suvni aralashtirib, ichib oling.
SABZI – qabziyat bezovta qilsa, har kuni ertalab 1 piyola yangi chiqarilgan sabzi sharbatini iching. Shuningdek, jigar faoliyati o`zgarishlarida ham sabzi sharbati asqotadi.
QIZIL LAVLAGI – ko`p miqdorda dori vositalari qabul qilishingizga to`g`ri kelgan bo`lsa, kunora yangi chiqarilgan lavlagi sharbatini iching. Ushbu sabzavot jigarni tozalash hususiyatiga ega.
SARSABIL (SPARJA) – mazkur sabzavotni salat ko`rinishida iste`mol qilish buyrakka foydali hisoblanadi.
Manba: Darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 126
Ertalab yugurishdan ko`ra uxlashni yaxshi ko`radigan erinchoqlar uchun motivatsiya bo`la oladi: 1. Yurugurish yurak va qon tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi, uzoq yugurish yurakni baquvvatlashtiradi va natijada siz tekinga infarktga qarshi davolanib borasiz. 2. Kislorod almashinuvi hajmi oshadi. Mashq qilinadigan inson yuragi mashq qilmaydigan insonning yuragidan bir necha bor ko`p qon aylantiradi. Yurakdan qancha qon ko`p aylansa undagi kislorod aylanish hajmi ham shuncha oshadi. Organizmning barcha nuqtalariga kislorod bilan to`yingan qon boradi. 3. Asasbiylashishdan judayam ajoyib qutulish yo`li. Siz yugurayotgan vaqtingizda haqiqiy o`zingizni namoyon etasiz. Hech narsa o`ylamasdan miyya ham tiniq, charchoq yo`q, yuzga shamol esib turibdi va hayot naqadar go`zal. Yugurish inson organizmidagi barcha toliqishlarni yo`qotadi. 4. Organizmni mashq bilan zo`riqtirganda qonga qo`shimcha gormon quyiladi. Uni nomi endofrin. Endofrinni doktorlar baxt gormoni deb ham atashadi. Gormon qonga qo`shilgandan so`ng siz o`zingizni baxtli hursand his qila boshlaysiz. Shu bilan birga o`zingizga ishonch ham ortadi. 5. Miyya ishlashi yaxshilanadi. Yuqorida ta`kidlaganimdek yugurayotgan vaqtda siz o`zingiz bilan o`zingiz bo`lasiz va miyya tiniq ishlaydi. Shu vaqtda anchadan beri yechimini topishga qiynalayotgan ishlarning yechimi avtomatik tarzda yechiladi. Chunki sizni diqqatingiz aynan shu muammoni hal etishda bo`ladi. Yugur
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 214
Eshak ustida o'tirilsa, tutqanoq tutish to'xtaydi. Kimda tutqanoq bo'lsa, buyniga tillo zanjir osib yursin. Moshni kuydirib tutatsangiz, tutqanoqqa naf bo'ladi. Kaklik jigarini issiq holda yeyilsa, tutqanoqdan omon qutilasiz. Tutqanog'i bor odam it terisi ustida o'tirsa, tutqanoq tutishini to'xtatadi. Tutqanoqqa yuliqqanlar echki go'shtidan yemasliklari kerak.
Sahro toshbaqasi qonini 0,6 grammdan ichgan odam tutqanoqdan qutiladi. Qora sholg'omni maydalab, dokadan o'tkazib, 1 litriga 400 gramm suyuq asal qo'shib iching, davo bo'ladi. Murchni iste'mol qilib turing. U o'pkadagi balg'amni yo'qotadi (bir kunda ichish miqdori 4,5 gramm).
Коментариев: 0
Просмотров: 137
Semiz o'tning bargini ezib yoki shirasini olib, ko'ygan joyga surtsangiz, tez tuzaladi. Shirin oshqovoq po'stini quritib xavonchada yanching, so'ng mol yog'i bilan yaxshilab aralashtirib bog'lasangiz, olovda qo'ygan joylarga shifo bo'ladi, oq dog'larga barham beradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 125
Bodom va shakar yeb turing. Miyaga quvvat beradi, aqlni ziyoda qiladi, fikrni ravshanlashtiradi. Chirmovuq miya va asab kasalliklariga doridir, asosiy istemol qiladigan kismi bu har tomonga tarmoqlovchi "iplari" va urug'laridir. Uni murch bilan qo'shib yesa yana yaxshi. Uch misqolni (bir misqoli 4,25 gramm) uzoq qaynatmasdan, urug'ini ezmasdan yeyish kerak.
Semiz o't, sunbul, qoqi asabda yuz beradigan har qanday kasallikni uyqusizlikni, iztirob, tashvish va yurak siqilishini yo'qotadi. Asab kasaliga yuliqqan bemor yong'oq bargini qaynatib, uch yuz gramm suvini badanlariga surtsa, shifo topadi. Lavlagi ildizidan suv olib, asal bilan qorishtirib, burunga tomizsangiz miyaning zararli mikroblarini o'ldiradi. Achchiq oshqovoqning gulini suvidan burunga tomizsangiz, miya illatlarini ketkazadi. Oqatirgul yog'idan 4,5 gramm ichgan odamning miyasi baquvvat bo'ladi.
Atirgul yog'i qo'yidagi usulda olinadi, yarim shisha kunjut moyi ustiga oq atirgulni to'ldirib quyoshga qo'ying, 6-7 kunda gulning rangi, hidi va quvvati yog'ga o'tadi. So'ngra u gullarini siqib olib tashlab, yangi gullar bilan shishani to'ldiring. Bu jarayonni 40 kun davomida takrorlang. Natijada gul yog'i paydo bo'ladi. Oshqovoqni yosh xo'roz go'shti bilan yoki oshqovoq urug'ining mag'zi bilan shurva qilib ichilsa, xushdan ketish dardiga shifo bo'lsa ajab emas. Agar arpaning xo'l bargini ezib boshga bog'lasalar miyani va uning pardalarini (meningitni) davolaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 173
Petrushkanint mevasini va tanidagi buqoqlaridan olib qaynatib, bir kunda 2 stakan ichsangiz, yarasini tuzatadi. Yasmig' donidan 30 tasini olib, po'stini tushirib yesangiz, buzilgan me'da faoliyatini izga soladi. Moychechak (romashka) gulini choy kabi damlab ichilsa, me'da yarasini yo'qotadi. Me'dada dard bo'lsa, tovuq shurvasini, yuvilayotgan guruch suvini iching va qushjiyda mevasini iste'mol qiling.
10,5 gramm archa mevasini "yanchib yesangiz, me'dadagi qurtlarni batamom o'ldirib chiqaradi. Binafsha gulidan damlab ichilsa, kuchli isitmani ham bartaraf qiladi. Yasmig'ni bodom yog'i bilan qilingan ovqatga qo'shib yesangiz, xech qachon isitmangiz chiqmaydi. Petrushka urug'i, rovoch, esangiz isitmangiz tushadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 89
20 misqol shirin anor tomirini sopol idishga soling. Ustidan 4 kosa suv solib qaynating. Tayyor aralashmani yarim misqol qand yeb, iching (so'ng xech narsa yemang) va 4-5 qadam yuring. Shunda qovoq urug'simon gijjalarni tushiradi (1 misqol 4,75 grammga teng). Shaftoli bargini ezib suvini ichsangiz, qorindagi qurtlarni o'ldiradi. Ichakdagi qurtlarni yo'qotish uchun yong'oq bargi yoki po'stini chayqab suvini yuting. Oshqovoq urug'i 25-50 gramm iste'mol qilib, ustidan ichni suradigan dori ichilsa, qorin qurtlari batamom halok bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 174
Yo'tal xastaligiga turli omillar sababchi bo'lishi mumin. Kishining shamollashi, allergiyaga moyilligi shuningdek, silliq pardalarga u yoki bu ko'rinishdagi ta'sirchan moddalar tushishi shular jumlasidandir. Har xolda yo'tal tutishi ma'lum bir dardning nishonasi bo'lib, agar u surinkali tus oladigan bo'lsa, albatta shifokorning o'rinli maslahati va tavsiyasi bilan davo hamda muolaja choralarini ko'rish lozim. Orasiga saryog' va dumba qo'yilib pishirilgan behi, shunga o'xshash sholg'omning orasiga chuqurcha qilinib, uning ichiga dumba bo'lagi yoxud saryog' solinib, bug'latilib yoki dimlab pishirilgan mahsulot ham quruq yo'talga malham bo'ladi. Balg'amni osonlik bilan ko'chishiga yordam beradi. Shivit (ukrop) urug'laridan tayyorlangan damlama balg'amni yengilgina ko'chishiga yordam beradi. Iztirobli yo'talni qoldiradi. Buning uchun bir choy qoshiq miqdoridagi shivit urug'i yarim choynak qaynoq suv bilan damlanadi. Damlama o'z tafti bilan sovugach, doka vositasida suzilib, osh qoshiq bilan sharbat kuniga uch-to'rt mahal ichiladi. Yog'i olinmagan sutni sariyog' bilan qaynatilib, issiq holda ichilishi, tomoqni yumshatib qirilishi va yo'taldan holi bo'lishga yordam beradi. Kishini qiynaydigan iztirobli yo'talga barham beradigan tabiiy bir vaqtning o'zida mutloq bezarar bo'lgan davolardan bargizub (zubturum, buzchi) asosida tayyorlanadigan damlamani kiritish mumkin. Buning uchun bargizub barglaridan damlama tayyorlashga ogzi yopiladigan sirli, chinni yoki haroratga bard
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 138
Nahorda bir grammdan mumiyo, asal va aloedan tayyorlangan aralashmani ichib turish kerak. Arpa suvini ichsangiz, nafas olishni yaxshilaydi. 25 gramm isiriqni maydalab, 100 gramm suvda qaynatib, dokadan o'tkazing. So'ng uni 75 garmm asal va 50 gramm kunjut yog'i bilan aralashtirib ichilsa, nafas kisishga davo bo'ladi. 100 gramm isiriqni yanchib, 100 gramm zig'ir va 1,5 kg asalga aralashtirasiz.
Tayyor aralashmadan kuniga uch marta bir qoshiqdan yeb turing. Shunda nafas qisishdan qutilasiz. Xaftada bir marotaba hammomga tushib, so'ng binafsha yog'idan 7 grammdan ichilsa nafas qisishini yo'qotadi. Binafsha yog'ini olish usuli: 300 gramm kunjut yog'i bilan 135 gramm binafshaning yangi gulini shishaga solib quyoshga qo'yiladi. Binafsha gulining rangi va hidi yog'ga o'tgach, gullarni siqib olib o'rniga boshqa gullar solinadi. Bu xol 3-4 marotaba takrorlanadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Sirka bilan asalni qaynatib yeng, jigar dardidan qutilasiz. Tovuq go'shti, anor, mayiz, nuxat iste'mol qilib, qatiq ichib turish kerak. Oshqovoq sariq kasalligi bilan xastalanganlarning haroratini pasaytiradi va jigar faoliyatini yaxshilaydi. Sedanadan yetti dona olib maydalab, ayol sutiga biror soat ivitib, undan burunga tomizilsa, sariq xastaligiga foyda qiladi. Makkajuxori pishgan paytida popugi ajratib quritiladi.
O'sha popuklar olti oy davomida choy kabi damlab ichsangiz, jigaringiz tuzaladi. Isiriqni suvda kunjut yog'i bilan qaynatib ichilsa, jigar illatlarini daf qiladi. 10,5 gramm zigir urug'ini xavonchada yanchib yesangiz jigarga ham davo bo'ladi. Ravoch ildizini olib mayda kesib quritib va xavonchada yanchib shisha idishda saqlang. Agar jigarda kamquvvatlikni sezsangiz, undan yeb turing.
Коментариев: 0
Просмотров: 107
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|