Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 8 Mehmonlar: 8 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Sog'liq (Salomatlik Haqida)
Arpa suvi bilan 20 gr eshak sutidan takror ichib turish kerak. Otning sutidan (qimiz) takror va takror ichib turish kerak. Tipratikan go'shtidan yeb turing. Quyon go'shtidan qovurib yeb turing. Behi mevasidan darcha ochib ichini tozalaysiz. Unga qo'y quyrug'i va asal to'ldirib, ustini kesib olingan bo'lagi bilan yoping. Bugda pishirib, bir necha oy yeb tursangiz sil xastaligiga shifo bo'ladi. Qaragay daraxtining buqoqlari (g'udda) aroqqa solib, tindirma qilib, uni ichib yurgan kishi sil kasalligidan qutiladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 98
Pishirilgan ot sutini iste'mol qilsangiz yuzingizni rangi qizil bo'ladi. Baqlajon suvidan yuzingizga sursangiz yuzdagi dog'lar kamayadi. Kuy tezagini teng miqdorda arpa uni bilan qorishtirib qozonga soling va uni kumadigan miqdorda suv qo'yib, suvi qolmaguncha qaynating. So'ng aralashmani quritib, havonchada yanchib, sirka bilan aralashtiringda, yuzning dog' tushgan joyiga surting.
Bir necha kun davomida bu muolajani qilingan yuzdagi dog' yo'qola boshlaganining guvohi bo'lasiz. Yuz falajiga uchragan odam musicha go'shtini yesa tuzaladi. Ravoch ildizini maydalab sirka bilan qo'shib surtilsa, yuz chiroyli bo'ladi. Yuz falajiga uchragan odam mushuk go'shtidan bir necha kun yesa, tuzaladi. Yuzingizda dog' bo'lsa, quyon suti iching, agar topilmasa, turp urug'ini yeb turing. Yuzingizda dog' bo'lsa, turp urug'ini maydalab sirka bilan aralashtirib surting. Yuz falaji bor odam qo'shjiyda gulini xidlasin va sarimsoq yeb tursin.
Yasmig'ni pishirib, qovun urug'ini maydalab, unga aralashtirib yuzga surtsangiz, rangu ruxsoringizni ochadi. Yuz sariqligini bartaraf qiladi. Mirt mevasini loviya uni bilan hamir qilib yuzga surtilsa, yuz dog'ini yo'qotadi. Yong'oqning po'stlog'ini randalab, uni sirka bilan hamir qilib, yuzga surtsangiz? yuzingizni qizartiradi. Achchiq bodomni havonchada yanchib, sirka bilan aralashtirib, yuzga surtsangiz, yuzdagi barcha dog'larni ketkazadi. Daraxt tanasidagi qo'ziqorindan 0,8 gramm yesangiz yuzingiz go'zal bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 122
Ichingiz o'tib bezovtalanayotgan bo'lsangiz, rayxon urug'i yoki pista mag'zini ivitib suvini iching shifo topasiz. Yuvilgan guruch suvini ichish ham ich o'tishiga em bo'ladi. Anor po'sti va gulini qaynatib iste'mol qiling. Sizni qiynayotgan ich o'tishidan forig' bo'lasiz.
Jiyda bargi va quruq bargini iste'mol qiling, ich o'tishiga shifodir. Shovul (qo'ziquloq)ni pishirib, zaytun moyiga qovurib, uning ichiga ozgina kashnich, zira va anor suvidan solib ichilsa ich ketishini to'xtatadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Agar tuyaning yungini kuydirib, kulini jarohatga sepsangiz, tuzatadi. Ayollar ko'kragidagi yaraga gulxayri bargidan bog'lansa, shifo bo'ladi. Sigir shoxini kuydirib, sirka bilan eski yaraga bog'lansa, tuzatadi. Tovuq qanoti patini kuydirib, kulini maydalab jarohatga uch kungacha sepib turilsa, yara tuzaladi. Qo'y suyagani kuydirib, kulini ayol suti bilan qorishtirib, qurt tushgan yaraga qo'yilsa, qurtlarni o'ldiradi.
Odamzod sochini kuydirib, kulini bosh yarasiga sepsangiz, tuzaladi. Ukropni kuydirib, eski yaraga sepsangiz yara tez tuzaladi. G'ozning oyoq suyagi kuydirib kulini yaraga bog'lansa, tuzaladi. Rayxon urug''ini yegan bemor ichak yarasidan qutiladi. Quyonning qonini biron narsa chaqqan joyga bog'lansa, og'riqni qoldiradi. Jayra qonidan surkalsa yoki bog'lansa, yiringli yaralarni yo'qotadi.
Tipratikanning kuydirilgan terisi yuqumli yara, tanadan o'sib chiqqan ortiqcha go'shtlarni quritib yuboradi. Quritilgan oshqovoq po'sti yara va kesib olingan joylarga sepiladi, qon oqishini to'xtatadi. Qurigan sumbulni yara ustiga sepilsa, tuzatadi. Tirnoq gulning bargi arpa uni bilan aralashtirib qo'yilsa, yiringli yaralarga davo bo'ladi. Yalpizning xo'l bargini bir necha soat qaynagan suvga solib qo'yib, teri yarasiga bog'lang, davo bo'ladi. Xo'l shivitni (ukrop) ezib shishgan joylarga bog'lasangiz, ularni pishiradi, agar zaytun yog'i bilan aralashtirib bog'lasangiz yana foydasi kuchliroq bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Qabziyat yoki ichni qotishi qator xastaliklarni asorati bo'lishi yoxud notug'ri ovqatlanishdan kelib chiqqan xolda ham bo'lishi mumkin. Qabziyat oqibati yomon dardlarga olib keladi. Shu boisdan ichni me'yorida tutishga harakat qilmog' darkor. Qo'yida ichni me'yorlashtiruvchi sodda va beozor amallar keltiriladi. Sholg'om urug'ini havonchada yanchib, asal bilan aralashtirib yesangiz, ichingizni yurishtiradi.
Surunkali ravishda qabziyatdan ozorlanuvchi kishilar olxo'ri yoki so'li donlari qaynatilgan suvdan iste'mol qilib turishlari tavsiya etiladi, Bu borada turp sharbati iliq xoldagi tuzlangan karam sharbati iste'mol qilish ham ijobiy natija beradi. Ichni yurishtiradigan, qabziyatdan xoli etadigan tabiiy davolardan ravoch ildizi sharbati, sabzi ildiz mevasi, kungaboqar moyi (engil surgi kuchiga ega) kiradi.
Agar kungaboqar moyidan chorak piyola miqdorida ichilsa, ichni suradi. Utkir turshak ivitmasi ichni yengil suruvchi ne'matlar hisoblanadi. Shivit (ukrop) mevalari, shuningdek, arpa urug'lari asosida tayyorlanadigan damlamalar iching, yurishtiruvchi beozor ne'matlardir. Yong'oq mag'zini xavonchada yanchib, ezilgan anjir bilan aralashtirib, undan 45 gramm iste'mol qilib tursangiz ichingiz yurishadi. Oq atirgul gul barglarini ezib (3,5-4g) yesangiz ichingiz rostmana muloyimlashadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 98
Erqalampir ildizlarini maydalab, undan damlama tayyorlanadi. So'ng u bilan tomoq chayilib g'apg'ara qilinadi. Maymunjon barglari yohud to'rt choyqoshigida olib, uning ustiga 2 stakan miqdorida qaynoq suv solinib, og'zi yopilgan xolda bir soat davomida damlanadi. Iliq xolida sharbatidan yarim piyola miqdorida to'rt mahal ichiladi. Tomoq og'rig'ini qoldirish maqsadida bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi to'rt qoshiq tuz, to'rt tomchi yod tindirmasi (yod nastoykasi) solib og'iz bo'shlig'i, tomoq g'arg'ara qilinadi. Xantal (gorchisa) suvi bilan og'iz bo'shlig'i g'arg'ara qilinadigan bo'lsa, tomoq og'rig'idan forig'' bo'linadi. Tomog'i og'riyotgan bemor moychechak (romashka) hamda qonchup (chistotel) aralashmasidan quyuq damlama tayyorlab, iliq xolida og'iz chayib, g'arg'ara qilib tursa tomoq og'rig'ini butunlay tuzatadi. Murtak bezlari yalliglanish arafasida bo'lsa, tozalangan kerosinga paxta piliqchasini namlab, tomoqqa har yarim soatda surtib turiladigan bo'lsa, bir kun orasida darddan forig' bo'lasiz. Nilufar ildizidan ozginasini og'izga solib tursangiz, tomoq dardidan qutulasiz. Turpni suvda qaynatib, u suvni sirka solingan asal bilan qo'shib ichilsa, eng og'ir tomoq kasalini ham tuzatadi. Sarimsoqning boshpiyozini bir kecha-kunduz sirkada ho'llab, usha sirka bilan g'arg'ara qilinsa, tomoqning og'ir dardini ham xolos qiladi. Anjir mevalarining qaynatmasidan ichib turiladigan bo'lsa, murtak bezlarining yallig'lanishiga xotima beradi. Bos
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Sunbulni qaynatib, suvi bilan og'iz chayilsa og'iz ichidagi yara-chaqalarni tuzatadi. Yasmig' suvi bilan og'iz chayilsa, yalliglanish va og'iz yarasini yo'q qiladi. Agar ogzingizdan so'lak oqib tursa, turpni tuz bilan yeb turing. Agar og'zingiz kuysa, ukrop bilan g'arg'ara qiling. Agar og'zingizda yomon xid bo'lsa, sarimsoq va qalampirmunchoqni ezib, asalga aralashtirib iste'mol qiling. Anjirni suvda qaynatib, suvi bilan g'arg'ara qilinsa, til shishlarini yo'qotadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Odam o'zining tabiiy tishlarini qadriga yetishi va unga bepisand bo'lishi yoxud kasallanishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Mutaxassis shifokorlar ham yilda ikki bor ko'rikdan o'tkazib turishni ma'qul deb biladilar. Tish og'rig'ini keltirib chiqaradigan juda ko'p salbiy omillar mavjudligi qayd qilinadi. Tishni "qurt yeyishi" asab tolalarining ochilib qolishi tishlarning og'rig'iga sababchi bo'ladi. Yanchilgan murch yoki xantaldan (gorchisa) olib, teng miqdorda tuz qo'shib aralashtiriladi va og'riyotgan tishga qo'yiladi. Semiz o'tning bargini chaynasangiz, milklaridan qon ketishini to'xtataydi. Yong'oq ustidagi po'stning bir bo'lagini og'riyotgan tishga qo'ysangiz, og'riq tuxtaydi, milklar mustahkamlanadi. Tish milklari bushashib ketsa, har kecha qizigan va anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo'yib turing. Oshqovoq xom "go'shti" dan olingan suvga limon suvidan aralashtirib, g'arg'ara qilinsa, tish taskin topadi. Tishingizning o'ng tomoni og'risa, chap qo'lingiz tomiriga, aksincha bo'lsa, o'ng qo'lingiz tomiriga qirgichdan o'tkazilgan sarimsoq, bog'lang. Shunda iztirobli darddan qutilasiz. Sholg'om ildiz mevasi qirg'ichdan o'tkazilib 1 piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach sharbati bilan og'iz bo'shlig'i chayiladigan bo'lsa, zirq'irab og'riyotgan tishga malhamlik qilib taskinlik beradi. Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib, iliqligida og'iz bo'shlig'ida tutib turiladigan bo'lsa, milklarning pilla bog'lashiga malham beradi. Q
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o'sha katakchalar yo'q?» deb so'ragan ekan. Bunday deb so'rashiga sabab go'dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo'yar ekan. Keyinchalik o'sha manzarani bo'lg'usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o'sha katakchalar yo'q?» deb so'ragan ekan. Bunday deb so'rashiga sabab go'dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo'yar ekan. Keyinchalik o'sha manzarani bo'lg'usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so'zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor. O'z navbatida kishi xotirasi juda ko'p omillarga bog'liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko'rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o'rnashadi. Ba'zan esa ma'lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto til o'rganishga qobiliyati yo'q, deb hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar kashf etilgani ham tajribalarda o'z isb
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Bilasizmi? Ketma-ket 3-4 marta tunlarni uyqusiz o'tkazish, inson miyasida tiklab bo'lmas buzilishlarga olib kelishi uchun etarli bo'lar ekan. JSST (Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti) ning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Er yuzidagi har beshinchi odam uyqu buzilishlarida aziyat chekar ekan. Agar siz shundaylardan bo'lsangiz, ushbu holatni kasallik deb bilib, bu holat bilan jiddiy kurashing, sababi, bu surunkali depressiya (insondagi chuqur ruhiy tushkunlik holati) hatto giyohvandlikkacha olib kelishi mumkin. Uyqusizlik sabablari Uyqusizlikning asosiy sabablaridan biri - odam organizmining hayotiy murakkab vaziyatlariga nisbatan javobidir. Masalan, oilaviy yoki ishdagi muammolar, hech echimi topilmagan vaziyatlar. Bunday holatlarda odam doimiy ravishda asabiylashadi, o'z ko'ngilsizliklari haqida o'ylaydi va bu o'z navbatida uning uxlashiga halaqit beradi. Uyqusizlikning boshqa sabablari ham bor: Ortiqcha asabiylashish. Asabiy odamlarda uyquning buzilishlari mavjudligi isbotlangan. Kuchli charchash. Ko'pchilik "odam qanchalik charchasa, shuncha yaxshi uxlaydi" deb hisoblaydi. Ammo bu noto'g'ri fikr. Uyqusizlikka kuchli charchash ham sabab bo'lar ekan. Ruhiy buzilishlar va ba'zi bir kasalliklar. Oshqozon-ichak yo'llari, jigar, buyrak kasalliklari, gijja kasalliklari uyquga ketishni qiyinlashtiradi va tez-tez uyg'onib ketishga sabab bo'ladi. Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida odam uyqudan erta uyg'onishga moyil bo'lib
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 99
Bolalar bo'yi tabiiy ravishda o'sib boradi. Biroq ayrim hollarda ushbu o'sish sekinlashadi yoki umuman to'xtab qoladi. Bunday vaqtda jiyda daraxti mevasidan bo'y o'stirish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Uning tarkibidagi qand, oqsil, oshlovchi moddalar, organik ishqorlar kishi organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va bo'y o'sishiga yordam beradi. V1, V2, PP1 vitaminlariga boy bo'lgan bu ne'mat turli xastaliklarni davolashda ham qo'l kelishi mumkin. Uning damlamasi ayniqsa foydalidir. Damlamani tayyorlash uchun usti yopiq idishga bir yarim litr suv quyib, unga 50 gramm jiyda mevasidan solinadi va biroz qaynatiladi, so'ngra qaynatmani dokadan suzib, kuniga ovqatdan so'ng ikki osh qoshiq ichib turiladi, ayniqsa, qish va ko'klam oylarida bu mevaning foydasi kattadir. XALQ TABOBATI - Quruq, iztirobli yo'talni qoldirishda ichiga sariyog' yoki dumba solib, bug'da pishirilgan yoxud oshga bosilgan behi iste'mol qilinsa, tomoqni yumshatib, yo'talishga xotima beradi, balg'am ko'chishini osonlashtiradi, ko'krakni yumshatadi; - Yog'i olinmagan qaynoq sutga biroz sariyog' aralashtirilib ichilsa, yo'tali qolib, ovozning ravon bo'lishiga yordam beradi; - Karam sharbatining shakar bilan aralashmasi balg'am ko'chirish hamda tomoq xirillashini davolash xususiyatiga ega. Buning uchun shakarli karam sharbati 1 choy qoshiqdan kuniga bir necha mahal ichiladi; - Karam sharbatini asal bilan qaynatib iste'mol qilinadig
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 143
Bosh og'rig'idan ko'pchilik shikoyat qiladi. Ba'zilar boshi og'risa, darrov dori (tabletka) ichishga shoshiladi. Bu noto'g'ri. Chunki bosh og'rig'i turli sabablarga ko'ra ro'y beradi. Ana shu sabablar aniqlanib, bartaraf etilgandagina boshdagi og'riq qolishi mumkin. Buning uchun avvalo boshningqaeri og'riyotganiga ahamiyatberish kerak. 1. Masalan, keksalarning bosh og'rig'i ko'pincha ateroskleroz tufayli ro'y beradi. Chunki aterosklerozda bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi buziladi, miya to'qimalarida kislorod etishmaydi, natijada boshning uvishib og'rishi, xotira pasayishi, uyqusizlik holatlari yuzaga keladi. 2. Bosh og'rig'i ko'zning tinishi va darmonsizlik kabi alomatlar bilan kechsa, qon bosimi pastligi yoki kamqonlikdan darak beradi.Shu ikki holatda ham miya qon va kislorod bilan to'la ta'minlana olmaydi. 3. Boshga sovuq tekkanda, soch ildizlarini harakatga keltirib turgan mushaklar shamollaydi. Shunda boshning ichki tomoni og'riyotgandek tuyuladi. Aslida esa og'riq boshning sirtida bo'ladi. Qishda issiq xonadan tashqariga bosh yalang chiqqan kishining darrov boshi og'rib qoladi. 4. Qon bosimi ko'tarilganda (gipertoniya kasalligida) hamboshning og'rishi kuzatiladi. Bunda bosh og'rigi xafagarchilik paytida kuchayadi. Og'riq ikkala chakkada, peshona bilan ko'z kosasi atrofida, boshning orqa qismida bo'lishi mumkin. Og'riq vaqti-vaqti bilan xuruj qiladi,bosh og'irlashadi va qon tomirlar gupillab urib turgandek tuyuladi. 5.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 124
Quloq og'riganda nima qilish kerak? Quloqni gugurt cho'pi, shpilka va boshqa vositalar bilan tozalash oqibatida quloqning tashqi tomoni yallig'lanishi (otit) vujuda kelishi mumkin. U ko'pincha chipqon ko'rinishida bo'ladi. Shamollash kasalliklarida quloqning o'rta qismi yallig'lanadi (o'rta otit deb ataladi). Tashqi otitda quloqda og'riq paydo bo'ladi. Quloq suprasi bosilganida og'riq kuchayadi, biroq ko'pincha harorat ko'tarilishi kuzatilmaydi. O'rta otitda esa eshitishning pasayishi, quloqning bitishi hissi, suyuqlik oqishi kuzatiladi. Odatda harorat ko'tariladi. Har qanday turdagi otitda agar vrach ko'rigiga borishning iloji bo'lmasa, quyidagi maslahatlardan foydalanishingiz mumkin: 1. Quloqqa 70% li bornaya kislota tomizish kerak. Tashqi otitda agar quloq teshigiga chipqon chiqqan bo'lsa, unga zelenka surtib quloqqa qizdiruvchi kompress qilinadi, u quruq issiq bilan ta'minlanishi lozim. Shuningdek, quloqning tashqi teshigiga 70% li spirtga bo'ktirilgan jgut tiqiladi. Kompress qilish uchun avval quloq chig'anog'I atrofiga vazelin yoki bolalar kremi surkaladi, so'ngra quloq atrofiga dokani yoki gazlama salfetkani aroqqa yoki spirtga bo'ktirib qo'yasiz, bunda quloq chig'anog'I va teshigi ochiq qolishi kerak. Buning uchun kompressga qo'yiladigan doka yoki gazlama salfetka o'rtasidan yumaloq teshik kesib qo'yiladi. Kompress qo'yilgach, u bint yoki leykoplastir bilan mahkamlanadi. Kompress har kuni 1-2 soatga qo'yiladi. Tunda kompress qo'
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 129
Burun qonashi - burun bo'shlig'idan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (mas, gripp) Burun qonashi ga sabab bo'ladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi aʼzolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Baʼzan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi o'zgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy moddalar taʼsir etganda, shuningdek jazirama issiq kunlarda ham Burun qonashi kuzatiladi. Burun qonaganda qon tashkariga chiqmay, baʼzan halqumga qarab oqishi va burni qonayotgan kishi uni bilmay yutib yuborishi ham mumkii. Bunda birdan qon qusish burun qonayotganining aniq belgisi hisoblanadi. Baʼzan qizilo'ngach yoki meʼdadan kelayotgan qon ham burundan qon ketishiga sabab bo'ladi. Burun qonaganda boshni baland qilib yotqizish, burun katagiga vodorod peroksid shimdirilgan paxta yoki doka tiqin qo'yish, iloji boricha qonni to'xtatish chorasini ko'rish lozim. Muzdek suvga latta ho'llab qansharga bosish, to'xtayvermasa ensaga muz solingan xalta qo'yish, bular yordam bermasa vrach chaqirish kerak. Botbot Burun qonashi biror kasallik alomati bo'lishi mumkin, bunday hollarda, albatta, tibbiy tekshiruvdan o'tish zarur. Burun qonaganda birinchi yordam Burun-nafas olish sistemasini boshlanishi bo'lib, u jarohat, bosh miyada haroratni ortishi, qon bosimini ortishi, oftob o'tishi va boshqa bir qancha sabablarga
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 111
Qo‘lning terlashi erkaklarni ko‘p hollarda noqulay holga solib qo‘yadi. Bu kuchli jins vakillari ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi albatta. Doimiy stress, o‘ziga ishonchsizlik, imkoniyatlariga past baho bilan qarash kabi omillar oila boshliqlari bo‘lmish erkaklarning kasbiy muvaffaqiyatga erishishlariga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday odamlar boshqalar bilan qo‘l berib ko‘rishishdan qochishadi. Bu esa o‘zgalar bilan ish va boshqa masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tuvchi uchrashuvlarning samimiyat, ishonch va ishchanlik ruhida o‘tishiga xalal bermasdan qolmaydi. Shu bilan birga, ayrim kishilar qo‘li terlaydigan odam bilan bir marta ko‘rishganidan so‘ng boshqa u bilan salomlashmaslikka ham harakat qiladi. Xo‘sh, bunday vaziyatda kafti doimo nam bo‘lib yuruvchilar qanday yo‘l tutishlari lozim? Buning sabablari qanday va oqibatlarini qay tarzda bartaraf etish mumkin? Umumiy ma’lumot Avvalo aytish kerakki, inson organizmida taxminan 2-5 million dona ter ajratuvchi bezlar bo‘lib, ularning eng katta qismi qo‘l va oyoq kaftlari (tovon)da joylashgan. Ter ajralib chiqish jarayoni organizm uchun juda muhim hisoblanadi. Jumladan, mazkur jarayon orqali organizmdan ortiqcha issiqlik energiyasi hamda zararli moddalar chiqarib yuboriladi. Biroq ayrim insonlarda ter ajralib chiqishi me’yori buzilgan bo‘lib, bu ularga ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Tibbiyotda ter chiqishining me’yoridan ortishi gipergidroz deb nomlanadi. Gipergidr
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 123
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|