Juma, 25.07.2025, 05:48
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 17
Mehmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 17 » Uyqu buzilishlari haqida
22:43
Uyqu buzilishlari haqida
Bilasizmi?
Ketma-ket 3-4 marta tunlarni uyqusiz o'tkazish, inson miyasida tiklab bo'lmas buzilishlarga olib kelishi uchun etarli bo'lar ekan.
JSST (Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti) ning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Er yuzidagi har beshinchi odam uyqu buzilishlarida aziyat chekar ekan. Agar siz shundaylardan bo'lsangiz, ushbu holatni kasallik deb bilib, bu holat bilan jiddiy kurashing, sababi, bu surunkali depressiya (insondagi chuqur ruhiy tushkunlik holati) hatto giyohvandlikkacha olib kelishi mumkin.

Uyqusizlik sabablari
Uyqusizlikning asosiy sabablaridan biri - odam organizmining hayotiy murakkab vaziyatlariga nisbatan javobidir. Masalan, oilaviy yoki ishdagi muammolar, hech echimi topilmagan vaziyatlar. Bunday holatlarda odam doimiy ravishda asabiylashadi, o'z ko'ngilsizliklari haqida o'ylaydi va bu o'z navbatida uning uxlashiga halaqit beradi.
Uyqusizlikning boshqa sabablari ham bor:
Ortiqcha asabiylashish. Asabiy odamlarda uyquning buzilishlari mavjudligi isbotlangan.
Kuchli charchash. Ko'pchilik "odam qanchalik charchasa, shuncha yaxshi uxlaydi" deb hisoblaydi. Ammo bu noto'g'ri fikr. Uyqusizlikka kuchli charchash ham sabab bo'lar ekan.
Ruhiy buzilishlar va ba'zi bir kasalliklar. Oshqozon-ichak yo'llari, jigar, buyrak kasalliklari, gijja kasalliklari uyquga ketishni qiyinlashtiradi va tez-tez uyg'onib ketishga sabab bo'ladi. Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida odam uyqudan erta uyg'onishga moyil bo'lib qoladi. Shuningdek, uyqu buzilishlar qandli diabeti bor bemorlarda asorat rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Uyquga ketishning qiyinligi va yuzaki uyqu giperterioz (qalqonsimon bez ishining kuchayib ketishi) dan darak beradi. Ayollarda klimaks davrida ham uyqu buzilishlari yuzaga keladi.
Hayot tarzi. Dam olish kunlari ko'p uxlash, juda issiq yoki sovuq xonada uxlash bilan siz o'zingizda uyqusizlikning rivojlanishiga sababchi bo'lasiz. Uxlash uchun xona harorati 17-19 S bo'lishi eng maqbul hisoblanadi. Uyqudan avval jismoniy harakat qilish kofe ichish uyqu qochishiga saba bo'ladi.
Uyquga ketish uchun ortiqcha sa'y-harakatlar. Uyqusiz buzilgan odamlar turli "marosimlar", irimlarni o'ylab topadilar va shularni bajarish bilan uyquga ketmoqchi bo'ladilar. Biroq uyqu ketish uchun bunday tayyorgarlik va u haqdagi jiddiy o'y-fikrlar faqatgina uyqu yo'qolishiga sabab bo'ladi.
Uxlay olmaslikdan qo'rqish. Qanchalik g'ayrioddiy tuyulmasin, bu uyqusizlikning eng keng tarqalgan sababidir: qo'rquv hissi odam tanasida adrnalin deb ataluvchi moddaning ishlab chiqarilishiga sabab bo'ladi. Bu modda faoliyati natijasida uyqu buzilishi yuzaga keladi.
Uyqu dorilaridan noto'g'ri foydalanish. Uyqu dorilarini shifokor buyurgan hollarda va uning nazorati ostida qabul qiling. Sababi, ularning tarkibidagi ba'zi moddalar teskari ta'sir qilishi, ya'ni uyquni qochirishi mumkin. Alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish ham uyqusizlikka sababchi hisoblanadi.

Tibbiyot olami uyqu buzilishlarining 3 ta turini ajratadi:
• Uyquga ketishning qiyinligi
• Tez-tez uyg'onish va keyinchalik qiyin uyquga ketishlar bilan kechuvchi yuzaki uyqu
• Erta uyg'onish
• Uyquchanlik

Davolash
Uyqu buzilishlaridan xalos bo'lish uchun uyqusizlikka sabab bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarni o'ylab ko'ring va imkoni bo'lsa ularni bartaraf eting. Masalan, yakshanba kunlari kun bo'yi o'rinda yotmang va hokazo. Agar uyqusizlikka biror bir kasallik sabab bo'layotgan bo'lsa (oshqozon yarasi, qalqonsimon bez xastaliklari, yurak qon-tomir xastaliklari) shu kasalliklarni davolashga harakat qiling.
Uyqusizlik sababini aniqlay olmasangiz, shifokorga murojaat qiling.

Bedorlarga maslahatlar
1. Kunni shoshilish, hayajon va muammolarsiz yakunlashga harakat qiling. Kechqurun "dunyo tashvishlari"ni o'ylamaslikka harakat qiling.
2. Uxlashdan oldin ko'p narsa emaslikka harakat qiling. Oshqozonda ovqat kam bo'lsa, odam tinch uxlaydi.
3. Kechki ovqat paytida kartoshka, mevalar, sabzavotlar, kofe, choy, kakao iste'mol qilmang. Bu oziq-ovqatlar siydik haydash xususiyatiga ega bo'lib, tunda bezovtalanishingizga sabab bo'ladi.
4. Sport bilan 17 va 20 soatlar orasida shug'ullangan ma'qul, uyqudan 3 soat avval barcha jismoniy harakatlarni to'xtating.
5. Uxlashdan avval hech bo'lmaganda, 20-30 minut sayr qiling.
6. Uxlashdan 1 soat avval o'simlik moyli iliq vanna qabul qiling. Vanna qabul qilish davomida oyoq va qo'llaringiz barmoqlarini massaj qiling.
7. O'zingizga qulay bo'lgan o'rinda yoting. Yostiqni kichikrog'ini tanlang. Uxlanganda chap yonboshda uxlashga urinib ko'ring.
8. O'ringa yotganda o'zingizni bo'sh tuting, hech narsa haqida o'ylamang.
9. Uyqudan oldin chalqancha yotgan holda, hayolan soat millarini tasavvur qiling, ushbu soat millari siz uyg'onmoqchi bo'lgan vaqtni ko'rsatib turgan bo'lsin.
10. Har doim bir xil holatda uxlashni odat qiling. Yonbosh holatida yotadigan bo'lsangiz, yaxshisi chap yonboshda, chap oyoqni qoringa yaqinlashtirgan holda, tizzani bukib yoting.

Bolalarda uyqu buzilishlari
Notinch, yuzaki uyqu ayniqsa muddatidan avval tug'ilgan bolalar uchun xosdir. Murg'ak bola kunni tun bilan adashtiradi, tez-tez uyg'onb ketadi, qichqiradi yoki uyqusida ingraydi.
To'laqonli uyqu insonning hayotiy kuchlarini tiklaydi, jismoniy va ruhiy jihatdan sog'lomligini ko'rsatib turuvchi belgi hisoblanadi.

Bolalar necha soat uxlashlari kerak?
Go'dak dunyoga kelganda, u sutkaning ko'p qismini uxlash bilan o'tkazadi. Bu normal holat. Go'dakning asab tizimi hali to'la etilmagan bo'ladi, shu sababli tashqi ta'sirlar natijasida tez charchab qoladi. Bolalar aynan uyqu yordamida tashqi dunyoga moslashadilar. Bola katta bo'lishi bilan tetiklik davri ortib boradi va uyqu soatlari kamayadi. Biroq 7 yoshdaga bo'lgan bolalar kunduzi baribir uxlashlari kerak, zero ular kattalarga nisbatan ancha tezroq charchab qoladilar. Sog'lom bola uyquga ketganda tun davomida uyg'onmasdan uxlashi zarur. Quyida bolalar uchun normal uyqu ko'rsatkichlarini ko'rsatib o'tamiz:
• 1-2 oylikda 18 soat atrofida.
• 3-4 oylikda 17-18 soat.
• 5-6 oylikda 16 atrofida.
• 7-9 oylikda 15 soat.
• 10-12 oylikda 13 soat atrofida
• 1 yoshdan 1,5 yoshgacha bo'lgan bolalar kunduzi 2 marta uxlashadi: 1-uyqu - 2-2,5 soat, 2 uyqu - 1,5 soat, tungi uyqu: 10-11 soat.
• 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar kunduzi bir marta uxlashadi - 2,5-3 soat, tungi uyqu 10-11 soat.
• 3-7 yoshli bolalar kunduzi 2 soat atrofida uxlashadi. Ularni soat 21:00 uxlatib, ertalab 7-8 larda uyg'otish lozim.
• 7 yoshdan keyin bolalar kunduzi uxlashlari shart emas, ammo tunda 8-9 soatda kam bo'lmagan holda uxlashlari kerak.

Bolalarda sog'lom uyqu qoidalari
1. Bolalar uyqu tartibiga amal qilishlari shart!
2. Bolani uyquga yotqizishdan avval tashqi ta'sirlovchilarni yo'qotishga harakat qiling: masalan, televizorni o'chiring.
3. Uyqudan avval bolalarni yuvintiring - bunday muolajalar ularni tinchlantiradi. Bu mashg'ulot bolalarga biroz yuklama hisoblanadi va ular uxlashni istab qoladilar.
4. Uyqu oldidan ertak aytib bering.
5. Uyquning buzilishi faqatgina tibbiy muammo bo'libgina qolmay, balki ijtimoiy hamdir. Agar oilada o'zaro munosabatlarda asabbuzarliklar yuzaga kelar ekan, bu bolaning uyqusida ham aks etmay qolmaydi. Ona yuz ifodasidan ko'ngilsz holatni boladan yashirsa-da, bola baribir buni sezadi. O'z muammolaringizni oilada hal etishga intiling, ularni yashirmang, arazlarni so'ndirmang.
6. Agar ota-onalar tinch bo'lsa, bolalar ham tinch uxlashadi.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 100 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |