Payshanba, 24.07.2025, 06:55
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 12
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 05
Yevropa Chempionlar ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchgan yagona jamoa maqomi endilikda Madridning “Real” klubiga tegishli.

Shanba oqshomini “Yuventus”ni taslim etish bilan “Qirollik klubi” muxlislari uchun bayramga aylantirgan futbolchilar Ispaniya poytaxtida fantastik ruhda kutib olindi.






... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 107
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 12-iyun kunidagi raqibi Eron kecha — 4-iyun kuni Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.

Chernogoriya poytaxti Podgoritsa shahrida kechgan bellashuvning 10-daqiqasiga keliboq forslarning “Rostov” sharafini himoya qiladigan hujumchisi Sardor Azmun hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

32-daqiqaga kelib “Sevilya” futbolchisi Stevan Yovetich Alirizo Biyronvand qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.

Karlush Keyrush shogirdlariga g‘alaba taqdim etgan gol uchrashuvning 60-daqiqasida Sardor Azmun tomonidan urildi — 2:1. Bellashuv yakuniga to‘qqiz daqiqa qolganida forslar maydonda bir kishi kam qolgan bo‘lsa-da, tarkibida kuchli beshlik milliy chempionatlarida to‘p suradigan futbolchilari bor Chernogoriya ikkinchi marta hisobni tenglashtira olmadi.

Ma’lumot uchun, Vadim Abramov murabbiylik qilgan davrda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ertaga — 6-iyun kuni Samvel Babayan murabbiyligidagi o‘zbekistonliklar Toshkent shahrida Tailandni qabul qiladi. 12-iyun kuni esa JCh—2018 saralashi doirasida Tehronda Eron mehmoni bo‘ladi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
Podgoritsa, Chernogoriya
4-iyun, yakshanba

Chernogoriya — Eron 1:2

Gollar: Sardor Azmun, 10 (0:1). Stevan Yovetich, ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 94
“Terabayt.uz” nashri Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlari narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 5-iyun holatiga ko‘ra keltirildi.

Foto: “Terabayt.uz”
Galaxy B :

Galaxy B350 (black, white, blue) — 330 000 so‘m

Galaxy J :

Galaxy J105 (black, gold) — 580 000 so‘m

Galaxy J110 (black) — 720 000 so‘m

Galaxy J120 (gold, black) — 825 000 so‘m

Galaxy J200 (gold, black) — 895 000 so‘m

Galaxy J320 (gold, black)— 990 000 so‘m

Galaxy J510 (gold, black) — 1 365 000 so‘m

Galaxy J5 Prime (gold, black) — 1 365 000 so‘m

Galaxy J710 (gold, black, white) — 1 735 000 so‘m

Galaxy A :

Galaxy A310 (gold, black, white) — 1 775 000 so‘m

Galaxy A320 2017 (gold, black, blue, peach) — 2 270 000 so‘m

Galaxy A510 (gold, black, white) — 2 270 000 so‘m

Galaxy A520 (gold, blue, peach) — 2 685 000 so‘m

Galaxy A520 (black) — 2 725 000 so‘m

Galaxy A720 (gold, black, blue, peach) — 3 180 000 so‘m

Galaxy S :

Galaxy S7 Edge (blue) — 4 500 000 so‘m

Galaxy S8 (black) — 5 900 000 so‘m

Galaxy S8 Plus (black) — 6 890 000 so‘m

Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot f ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 130
Buyuk Britaniyadagi Manchester universiteti paleontologlari dinozavrlarni ularning suyaklarida topilgan oqsil qoldiqlaridan tiriltirib bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Olimlar chindan ham ushbu organik modda dinozavrga tegishli ekanligini aniqlash uchun tirannozavr qoldiqlaridagi kollagen izlarini tahlil qildi. Tadqiqot natijalari mazkur “qazilma” modda tuyaqushlar suyagidan olingan kollagenga muvofiq kelishini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, dinozavrlar suyaklarida o‘ta qadimiy biologik molekulalar mavjud emasligi ularni biotexnologik uslublar yordamida qayta yaratishga imkon bermaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 97
“Terabayt.uz” nashri Toshkentning “Malika” savdo markazida sotilayotgan Huawei smartfonlari narxlari bilan tanishtirdi. Narxlar 2017-yil 3-iyun holatiga ko‘ra keltirildi.

Huawei Y5 – 779 000 so‘m

Huawei Y3 II – 874 000 so‘m

Huawei Y5II – 1 035 500 so‘m

Huawei Y625 – 950 000 so‘m

Huawei Y6 – 1 225 500 so‘m

Huawei Y6 Pro – 1 444 000 so‘m

Huawei Y6II – 1 852 500 so‘m

Huawei GR3 – 1 672 000 so‘m

Huawei GR5 – 2 213 000 so‘m

Huawei GR5 2017 – 2 612 000 so‘m

Huawei Mate 9 – 5 605 000 so‘m

Huawei P8 – 3 344 000 so‘m

Huawei P8 lite – 1 757 500 so‘m

Huawei P8 lite 2017 Duos – 2 185 000 so‘m

Huawei P9 – 4 161 000 so‘m

Huawei P9 lite – 2 394 000 so‘m

Huawei P10 – 5 462 500 so‘m

Huawei P10 lite – 2 945 000 so‘m

Huawei P10 plus – 7 125 000 so‘m

Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 264
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlov tartibi va qabul qoidalari haqidagi Nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligi oliy o‘quv yurtlariga nomzodlar tanlab olish endi yagona tanlov asosida, kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Taktik motoo‘qchi va chegara bo‘linmalari hamda harbiy-havo kuchlar qo‘mondonlik harbiy mutaxassisliklari bundan mustasno.

Kirish test sinovlari birinchi ta’lim muassasasi bazasida yoki alohida tegishli ta’lim muassasalarida o‘tkazilishi mumkin.

Mudofaa vazirligi oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘linmay, ballarning pasayib borishi tartibida taqdim etiladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 90
“Biznes-daily.uz” kartoshka muammosi borasida o‘z fikr-mulohazasini bildirgan fuqaroning maqolasini e’lon qildi.

Foto: “Moloko optom”
“Viloyatdan fermer tanishim poytaxtga kelgan ekan, telefon qilib qoldi. Uchrashadigan bo‘ldik. Lekin 2-3 kun umuman vaqti bo‘lmadi. Nihoyat uchrashdik. Hol-ahvol so‘rashganimizdan keyin gap o‘z-o‘zidan uning Toshkentga kelish sabablariga borib ulandi.
– Hisobimdagi bir necha million so‘mni urug‘lik kartoshkaga o‘tkazib yuborishibdi. Shuning uchun bu pulni qaytarib olish uchun kelgandim. Ish bitishi qiyin ekan, hali ham shu yerda o‘ralashib yuribman, — dedi fermer.

Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z yerida kartoshka ekmaydi. Chunki qizil tuproqli yerda kartoshkadan yuqori hosil olishiga ko‘zi yetmaydi. Shunga qaramay, kimningdir og‘zaki buyrug‘i bilan hisob raqamidan anchagina pul urug‘lik kartoshka olish uchun Toshkentdagi firma hisobiga o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi sarguzashtlar

Fermerning so‘zlariga ko‘ra, bu firmadan urug‘lik kartoshka olish yoki pulini qaytarish ilinjida kelayotganlarning keti uzilmaydi. Odam juda ko‘p, navbat ham shunga yarasha.
– Hozir fermerning ishi boshidan oshib yotibdi, – deydi tanishim. – Bu yoqda paxta chopig‘i, bug‘doy o‘rimiga ham tayyorgarlik ko‘rish kerak. Pilla terish ham shu davrga to‘g‘ri kelib qolganini qarang. Agar pillani o‘z vaqtida terib olmasak, u qurib ketib, kamroq tosh bosadi. Bundan ham zarar ko‘ramiz.

Keyin tanishim ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 118
Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlagan Nigora Safarovaga (ismi o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

2017-yilning 3-iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Nigora Safarova Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40 ming so‘m pul evaziga fuqarolar Z va Dlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 96
“Buxoro” xalqaro aeroporti direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi Tohir Baxronov MDHda fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi yirik va nufuzli tashkilot — “Aeroport” assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.


Rossiya poytaxtida assotsiatsiya tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy aeroportlar va ularning rivojlanish tendensiyalari” 51-xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tuzilma a’zolarining yillik hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va yangi rahbariyat tarkibi saylandi.

Uning natijalariga ko‘ra, “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori Tohir Baxronov assotsiatsiya prezidenti etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro xalqaro aeroporti “MDH mamlakatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti” nufuzli tanlovida “Aeroportni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgani xabar qilingandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 64
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida viloyat hokimligida faollar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda Prezident yoshlarni turli diniy-ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Kadr: YouTube
Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda ko‘p joylarda jaholatga qarshi ma’rifat, islom dinini o‘rganish, o‘rgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi bo‘lish, boshqa oqimlarga kirish — bu andijonliklarga ham, O‘zbekistonga ham yarashmaydi.

O‘tgan safar Shayxontohurda bo‘lgan majlisda muftiy hazratlarini, tumanning 24 ta mahalla imom-xatiblarini taklif qilib, aytdim va buni hamma to‘g‘ri tushunsin. Shunday vaqt keldiki, hozir O‘zbekistonda diniy oqimga o‘tganni: “E, bu mening bolam emas”, deyapmiz. “Bu qo‘shnining bolasi”, deyapmiz. “Bu boshqa tumanning bolasi”, deyapmiz. Lekin u O‘zbekiston fuqarosi-ku!

Shayxontohurdagi majlisda men juda qattiq talab qo‘ydim va bugun Andijondagi din peshvolariga ham qattiq savol qo‘ymoqchiman. Agar beshta mahallada, misol uchun, 20—30 nafar adashganlar bo‘lsa, shu 20 nafardan beshtasi ashaddiy — u qaytmaydi. Ular bilan shug‘ullanish kerak emas. Ularni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak. Men ularni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman.

Endi oqni oq, qorani qora deb aytadigan vaqt keldi. Kimgadir yoqmasa, kimdir bir vaqtning o‘zida ikki stulda o‘tiram ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 98
Ниҳоят, Европа Чемпионлар лигаси финали ҳам якунига етди. Ниҳоят узоқ кутилган рекорд ўрнатилди. Мадриднинг “Реал” жамоаси финалда “Ювентус”ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва якунда икки йил кетма-кет Европа Чемпионлар лигаси бош совринини қўлга киритди.

ТАКТИКАЛАР ТЎҒРИ ТАНЛАНДИ, ЛЕКИН...

Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, тактика борасида тахминимиз ўзини оқламади. Яъни биз “Реал”дан ҳужумкорлик, “Ювентус”дан эса мустаҳкам ҳимоя иродасини кутгандик. Бироқ ўйин бошида Аллегри ҳужумкорликни, Зидан эса иккинчи рақам бўлиб ўйнашни танлади. Бу бир қарашда тушунарли, сабаби, туринликларнинг ҳимояси мустаҳкам, агар “Реал” дастлабки дақиқаларданоқ ҳужумга ташланса, рақиб ҳимоячилари бу ҳужумларни бартараф этар ва “Ювентус” қарши ҳужумда “Реал”ни жазолаши мумкин эди. Шу боис Зидан дастлаб ҳужумкорликдан чекиниб турди.

Аллегрининг қарорини ҳам нотўғри деб бўлмайди, боиси “қироллик клуби”нинг ҳимоясида муаммолар борлигини билган мутахассис дастлабки дақиқаларданоқ гол ёки голлар киритишни ният қилганди. Кейин эса ҳимоявий ўйин орқали натижани ушлаб қолиш мумкин эди. Биринчи бўлим кутилмаган тарзда кечди, “Ювентус” кутилганидан ҳам даҳшатли, “Реал” эса кутилмаганда ожиз кўринди. Бироқ бу Зиданнинг ҳийласи эканлиги иккинчи бўлимда аён бўлди.

Агар Ла-лигада “Реал”нинг ўйинларини мунтазам кузатган бўлсангиз, жамоа асосан иккинчи бўлимда бор кучи билан ўйнайди, айниқса, гранд жамоаларга қарши ҳаракат қилганида. Бу сафар ҳам шундай бўлди. ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 106
Internet-to‘plam ulashga mablag‘ yetmayaptimi?

Endi siz eng noqulay paytda Internetsiz qolishdan xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi.
Shunchaki, "Internet-o‘tkazma" xizmatidan foydalaning va do‘stingizdan o‘z Internet-trafigini siz bilan baham ko‘rishini so‘rang.
Shuningdek, "Internet-o‘tkazma" xizmati bilan siz o‘z yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlashingiz va o‘z Internet-trafigingizning bir qismini ularga jo‘natishingiz mumkin.

Xizmatni boshqarish *525# USSD-menyusi orqali amalga oshiriladi.

Internet-trafik o‘tkazish uchun so‘rov narxi $0.
Bitta muvaffaqiyatli o‘tkazma narxi $0.04 (mablag‘ Internet-trafik jo‘natuvchi-abonent hisobidan ushlab qolinadi).
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Andijon shahrida bo'lib o'tgan kengaytirilgan yig'ilishda davlat rahbari O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, xizmatlar ko'rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarishda tadbirkorlarning o'rni haqida alohida to'xtalib o'tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko'ra, huquq-tartibot idoralari yangi ish o'rinlari yaratib, aholi turmush farovonligini oshirayotgan, iqtisodiyot lokomotivi bo'lgan tadbirkorlarni hurmat-izzatini joyiga qo'yishi lozim.

Prezident jumladan shunday degan:

“Tadbirkorni “siz” demagan prokurorni o'z ishiga noloyiq deb bilaman. Har haftada viloyat, tuman va shahar prokurorlari tadbirkorlar bilan uchrashib, ular dardini tinglasin. Ular faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko'rsin. Negaki, bittagina ish o'rnini yaratgan tadbirkor jamiyat uchun kerakli odamdir”.

Bundan tashqari, prokurorlar ko'rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to'lovlarning o'z vaqtida undirilishiga ham javobgardirlar.

Avvalroq, Andijon viloyati faollari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda davlat rahbari viloyatning Xonobod shahrini yana rivojlantirish yuzasidan hukumat qarori qabul qilinishi lozimligi haqida gapirgani ma`lum qilingandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 60
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |