Payshanba, 24.07.2025, 06:49
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 30
Yuragimni, bir his o'rtaydi,
Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi.
Ko'nglim har on, sizni qumsaydi,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Ko'zlarimga, kеlmaydi uyqu,
Mеni qiynar, bir ajib tuyg'u.
Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg'u?
Onajonim, sog'indim, sizni.

Kеling, onam, mеhmonim bo'ling,
Boshim uzra, posbonim bo'ling.
Yuragimga, darmonim bo'ling,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Yolvoraman, har tong, Olloxga,
Olib tursin, sizni panohga.
Borolmasam, yo'ymang gunohga,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Tonglar, qo'lim ochib duoga,
Iltijolar qilgum, Hudoga.
Umringizni etsun ziyoda,
Onajonim, sog'indim, sizni!
Коментариев: 0
Просмотров: 112
G'oybat qilib ortimdan,
Nomim bulg'ash sengamas.
Sôz yuritib nomimdan,
Ish bitirish sengamas.

Yuzimga qarab kulgan,
Soxta kulging sezmadim.
G'iybatga qorib yurgan,
Sotqin ekan bilmadim.

Maqsad qilding nimani?
Maqsadsiz bôlsang nomart!
Ôzingday deb hammani,
Bilma yana kasofat.

Afsus buni kech bildim,
Ôtgandi ancha yillar.
Men ôzimni jazoladim,
Qiynaldim qancha kunlar.

Hechdan kôra kech yaxshi,
Deydi bizga donolar!
Jahildan tushgan yaxshi,
Ishing hali kôp derlar.

Qaysi yuz bilan yana,
Kelipsan sen yonimga.
Ishing bitmay qoldimi,
Bosh egibsan poyimga.

Kechirmayman ket yoqol,
Boshqa birovni topgin.
Senlarga dôstlik uvol,
Iltimosim tinch qôygin.

Boshing suqma har ishga,
Avval sôra kôngildan.
Qolib ketma qarg'ishga,
G'iybat qilib Shamshoddan!
Коментариев: 0
Просмотров: 94
Kulfatlar kеltirib boshimga,
Jim kulib ko'zdagi yoshimga,
Mеn o'lsam kеlarsiz oshimga,
Ey mеning bеvafo do'stlarim.

Go'yoki qo'limdan tutarsiz,
Ko'nglimni kulib shod etarsiz,
Yiqilsam tеpkilab o'tarsiz,
Ey mеning bеvafo do'stlarim.

Jonimni azoblab to'ymaysiz,
Hеch kimni mеnchalik "suymaysiz",
Nе uchun holimga qo'ymaysiz,
Ey mеning bеvafo do'stlarim.

Tinglamang dildagi zorimni,
Yo'q qilmoq istaysiz borimni,
Ham yo'ldan urasiz yorimni,
Ey mеning bеvafo do'stlarim,

Bilmaysiz siz mеning qadrimni,
O'lsam ham sinaysiz sabrimni,
Tеpkilab to'ymaysiz qabrimni,
Ey mеning bеvafo do'stlarim.

Dog'imda kuydirib otamni,
Buzlatib siz mushfiq onamni,
Kuz yoshin to'karsiz bolamni,
Ey mеning bеvafo do'stlarim.

Gado ham hol so'rar gadodan,
Nе istab mеn ko'ngli adodan,
Qo'rqmaysiz hatto Xudodan,
Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Endi darddan ham ko'zim quvonch sezar,
Yuragim bo'lsa faqat baxtda kezar,
G'am chekmayman men aslo bu hayotda
Chunki, qayg'uyim ota-onam ezar.


Yashashga bir kun toqat qolmasa ham,
O'sha kunda ham qilaman bazm, bayram,
Baxtli hayotdan kimsa mahrum qilolmas,
Ota-onam deb yashay boshqaga dam.


Quvonchimdan gar quvonsa ming kulay,
Dardingiz olay, o'rniga baxt bo'lay,
Cho'qqilardanda, oq bulutlardanda
Qulasam onam, poyingizga qulay.


Sevgan do'stlarim xiyonatin kechay,
Dushmanlarimning muammosin yechay,
Bag'rim qanchalar qizil qon bo'lmasin
Bari unutdir, otam sizni quchay.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
Bilaman, tashvish mehmon, o'tkinch,
Yonimda bo'lsang bo'lmas o'kinch,
Faqat yagona bitta ilinj
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Nimalar ko'rar ko'z bilmayman,
Sen borki yolg'iz qolmayman,
Shunda hech qachon xor bo'lmayman,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Kun kelsa o'zim 'to'r' o'rayman,
Bardoshim tugab jim nurayman,
Faqat sendan do'st, men so'rayman
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Ushbu osmonning keng ostida,
Mana shu yerning keng ustida,
Ne bo'lsa ham ha rostida
Do'st keragida, yolg'izlatma...

G'amlar yelkamni bukkanida,
Dil ayovsiz yosh to'kkanida,
Orzular asta cho'kkanida,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Ishonishmasa gar sen Ishon,
Zarba berishsa bo'lgin qalqon,
Kechirishmasa sen ber Imkon,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Qorong'ulikda bo'lib chiroq,
Yomonliklarni etib yiroq,
Olisda bo'lsang bo'lgin, biroq
Do'st keragida, yolg'izlatma...
Коментариев: 0
Просмотров: 127
Har qanday kun o'tib ketadi,
Nigohlarim ko'klarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon bo'lsangiz,


Onajonim omon bo'lsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu ko'zlar, umrimga ma'no,
Jannatlardan bersin nur mavo,


Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Ozor berib qildim ko'p gunoh,
Yoshlik qilib ko'p bo'ldim gumrox,


Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,


Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan ko'rasiz safo,
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.


Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo'lsangiz,


Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizlar menga armug'on doim,
Panohingda asra Xudoyim,
Qo'lim ochib, yangrar duoyim:


Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Bo'laman ha, albat oriyat,
Sizga hamroh bo'lsin ofiyat,


Har on bo'lar dilda bir niyat:
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizsiz mening abadiy taxtim,


Bu so'z mening buzilmas axdim,
Har lahzaki bud bo'lar baxtim
(Faqat mana shu mening baxtim)
Otajonim omon bo'lsangiz,
... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 140
Bu dunyo bevafo yolg'onchi dunyo
Omonat joningni haq bir kun olar
Paymonang to'lsa gar boqmas bir qiyo
Sendan ham qolar u mendan ham qolar

Quvonma besh kunlik topgan zaringga
Qiyomatda yararmi biror koringga
Bir bora quloq tut ko'ngil zoringga
Sendan ham qolar u mendan ham qolar

Do'stim tarixga solgin bir nazar
Qo'llari bo'sh ketgan hatto Iskandar
Boshingni baland tut qabrga qadar
Sendan ham qoladi mendan ham qolar

Kimgadir shon shavkat obru ziyoda
Kimga ulov berar kimdir piyoda
Ezgu amallaring qolsin dunyoda
Sendan ham qolar u mendan ham qolar
Коментариев: 0
Просмотров: 150
Sodiq do'st izlayman qilmasdan kanda,
Meni mexr tuyg'uyim abadiy sanda.
Do'stda yo'q diyonat bordir dushmanda,
Nima qilay axir, do'stga zor manda.


Ey, xudoyim, o'zing qilma do'stga zor,
Ey'xudoyim, qilma hech dushmanga xor.
Do'st degani nima? Tushunmadim hech
Ayting axir kimda chin, sodiq do'st bor.


Bildirdim doimo senga men ishonch,
Birga bo'ldik har dam men, sen va quvonch.
Ey, xudoyim, o'zing qilma do'stga zor,
Ey, xudoyim, qilma hech dushmanga xor.


Do'stligimiz edi misoli oppoq
Qora dog' tegmagan mittigina qor.
Bormi senda aytgin o'sha eski or,
Unutmayman hech ham, bo'ldim do'stga zor.


Seni ko'zingda men bo'ldim ayyor,
Ko'zlaring dunyosi, dunyo dedi tor.
Ey, xudoyim o'zing qilma do'stga zor,
Ey, xudoyim qilma hech dushmanga xor.


Baxtiyor kunimiz, dunyo edi keng
Endichi bir zumda bo'ldi qanday tor.
Endichi bir zumda qanday bo'ldi tor
Коментариев: 0
Просмотров: 81
O’qituvchi o‘quvchilarni sinf partasiga joylashtiryapti:

— Seni dadang qaerda ishlaydi?

— Mani dadam bozor rahbari.

O’qituvchisi birinchi bolani eng oldi qatordagi partaga o‘tkazibdi.

— Qani, seni dadang qaerda ishlaydi?

— Meni dadamni ikkita mebel do‘konlari bor, - deb javob beribdi ikkinchi o‘quvchi.

— Bozor rahbari o‘g‘lini yoniga o‘tir!, - debdi o‘qituvchisi.

— Qani, seni dadang kim?

— Meni dadam prokuraturada.

— Qani birinchi partada o‘tirganlar turlaring-chi! Ikkinchi partaga o‘tir ikkaloving! - deb uchinchi bolani eng oldi partaga o‘tqazgan o‘qituvchi yana so‘rabdi:

— Xo‘sh, dadang prokraturada nima ish qiladi?

— Bilmiman. Dadamni kecha ikkita odam olib ketishgandi-da o‘sha prokuratura degan joyga...dermish bola.
Коментариев: 0
Просмотров: 173
Bir ofitsiant vrach yoniga kelib, shikoyat qilibdi:

— Doktor, tunlari tushimga ish vaqtim kiradi. Menga xo‘randalar ovqatlanib bo‘lgach, choy puli uzatishsa, men pullarni olmasdan, qo‘lim bilan itarib tashlayman, - debdi.

Vrach:

— Sizga qanday yordam berishim mumkin?! Tinchlantiradigan dori yozaymi?

— Yo‘q doktor, qo‘llarimni sindirib tashlang!
Коментариев: 0
Просмотров: 121
— Sevgi bo‘lmagan gap!
— Sevgi bor! Ana Malohatxon misol. Haqiqiy sevishni undan o‘rganish kerak.
— Esingni yeganmisan? Axir u to‘rt marta turmushga chiqdi. Sevishni kelib kelib undan o‘rganish kerakmi?! Tavba!
— To‘rt martta erga tekkan bo‘lsa ham, o‘ynashi hamon o‘sha bitta odam!
Коментариев: 0
Просмотров: 196
Bir kishi biroz pulga muxtoj bo`lib qoldi, do`stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, еshigini taqillatdi. Do`sti chiqib, u bilan ko`rishdi, uyga taklif qilsa xam u kishi qabul qilmay:
- Do`stim, mеni kеchir, uyga qilgan taklifigni xozircha qabul еtmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so`m qarzdor еdim, bugun kеlib, pulini qistadi. Qo`limda pul yo`q еdi. Shuning uchun sеning xuzuringga kеldim, yordam еtarsan, dеb umid qilaman, - dеdi.
Uy еgasi darxol ichkaridan yuz so`m olib chiqib, do`stining qo`liga bеrdi.
- Do`stim, biror narsaga muxtoj bo`lib qolsang, mеndan yаshirma, qo`limdan kеlgancha yordam bеrishga tayyorman, dеb do`stini ko`nglini ko`tardi.

Do`sti xursand bo`lib, u bilan xayrlashib, uyga qaytdi.
Uy еgasi do`sti qaytib kеtgandan kеyin yig`lab uyiga kirdi. Хotini "Еrim ko`p pul bеrib yuborganiga pushaymon qilib yig`layotgan bo`lsa kеrak" - dеb, еriga:
- Biror narsani baxona qilib, pul bеrmasdan qaytarib yuborsangiz bo`lmasmidi? - dеgan еdi, еri shunday javob bеrdi:
- Yo`q, sеn o`ylagancha еmas, do`stim pulga muxtoj bo`lib qolganini bilmaganimdan. U kеlib so`ramasdan oldin o`zim borib, "Do`stim, biror narsaga muxtojmasmisan,tortinma, ayt", - dеb so`rashim kеrak еdi, g`aflatda qolganimga achinib yig`layаpman.
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Bir zamonda ko'zlari ojiz qiz bor ekan. U juda go`zal chiroyli ekan. Uni bir yigit yoqtirb qolibdi. Qizga seviwini aytib undan turmushga chiqishini so`rabdi. Qiz yigitga rad javobini beribdi. Meni ko`zlarim ojiz, xech narsani ko`rmaydiku, o`zizga mos qiz toping, men sizi baxtli qilomiman depti. Kunlarning birida qizni ko`zlariga donor topilibdi. Qiz ko`ra boshlabdi va uni judayam qattiq sevgan yigit bilan uchrashibdi. Qiz ne ko`z bilan qarasinki yigitni ko`zlari ham ojiz ekan. Qiz yigitni ko`zlari ko`rmasligini bilib bowqa yigitga turmushga chiqib ketibdi. Oradan 1yil o`tib,qizga uni sevgan o'sha ko'r yigitdan maktub keldi. Xatda shunday so`zlar yozilgan ekan: - " Alvido mening ERKATOYIM ko`zlarimni extiyot qil...! ".
Коментариев: 0
Просмотров: 892
Bir go'zalni tug'ilgan kuniga sovg'a olmoqchi bo'lib Andijon bozorlarini kezdim.
Bitta ikkita qimmatbaxo sovg'alar uchradi lekin ko'nglim to'lmadi. Toshkentga yo'l oldim.
Toshkentning eng qimmatli " Dolce & Gabbana " butikdan bitta sapog sotib oldim.
Yana aylanib yurib oltin suvi yuritilgan va atrofiga aylana qimmat baxo toshlar terilgan, raqamlari tiniq yozilgan qo'l soatini sotib oldim.
Uni yoniga yana turkiyada ishlov berilgan medalyoni bor tilla tros oldim.
Haqiqiy original teridan ishlangan Gucci sumkasini ham harid qildim!
Bozorning eng qimmat ro'moli dubaydan keltirilgan toza ipakli ro'mol oldim.
Fleshka do'konidan eng so'ngi, "olmasi tishlangan" brendli mobil telefon oldim.

Uyga qaytar ekanman tezroq yetib ul go'zalni nigoxini ko'rishga oshiqardim. Ammo hali gul va to'rt olishim kerakligi bois yangi bozorda Magnat shrinliklar do'koniga kirib buyurtma qilib qo'ygan to'rtimni olayotganimda yonimdagi odamlar to'rtni ko'rib xayratdan qotib qolishgandi.
Kimdur to'rt oldida suratga tushib olishga ruxsat so'rardi.
Va nixoyat gul do'koniga kirdim!
Eng a'lo darajada terib olingan 60 ta qizil lola gul sotib oldim! Endi mani injiq malikam shunaqasini yaxshi ko'rsa nima ham qilardim.

Sovg'alarni go'zalimga topshirdim.
Bularning ichida menga eng yoqqani to'rt bo'ldi. Uni uch kishi damasga yuklab olib kelishgan, yuklash va tushirishga o'zim yordam berdim.

To'rtning us ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 134
KASBIMIZ taqozosi tufayli har kuni turfa tabiatli insonlar bilan uchrashamiz. Ular bilan suhbatlashib, dardu hasratini eshitamiz. Qonun doirasida huquqiy maslahat beramiz.



Yaqinda oldimga maslahat so‘rab kelgan onaxonning gaplarini tinglar ekanman, ko‘nglimda ushbu voqeani qog‘ozga tushirish istagi paydo bo‘ldi. O‘yladimki, zora bo‘lib o‘tgan bu voqea kimlargadir ibrat bo‘lib, yana yuz berishi mumkin bo‘lgan bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olsa.



— Turmush o‘rtog‘imning yoshi oltmishni qoralab qolganda yosh juvonga ilakishib qoldi, — deya gapini boshladi onaxon. — Avvaliga bu holatni o‘tib ketar, axir bo‘yi yetib qolgan farzandlarimiz, quda-andalar bor-ku, insof kirib qolar, deb ancha vaqtgacha buni sir saqladim. Baribir bo‘lmadi. “Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi”, deganlaridek kun kelib sir ochildi. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘im men bilan qonuniy ajrashib, o‘sha juvonga uylandi. O‘ttiz besh yillik turmushimiz mobaynida ikki o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazdik. Endi qarilik gashtini suramiz, deb o‘ylagandim. Chunki yoshlikda yelib-yugurib yaxshi niyatlar bilan er-xotin topgan pulimizga ikkita hovli qurgandik. Birinchisini kenja o‘g‘limizga, ikkinchisini esa katta o‘g‘limizga hadya sifatida rasmiylashtirib berdik. Buni qarang­ki, rasman ajrashgach, turmush o‘rtog‘im meni katta o‘g‘limizning nomiga rasmiylashtirgan uydan haydab chiqardi. Noiloj, hali turmushga chiqmagan qizim bilan kenja o‘g‘limning uyi ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 138
Do`stlik bu ikki inson o`rtasidagi muqaddas tuygudir! Do`stlik qalbda yashaydi va shu yerda unib o`sarkan.Kimlarnidir haqiqiy Do`sti bo`lsa shu inson dunyodagi eng badavlat va eng boy inson boladi Bir vaqtlar men ham shu insonlar qatori boy va badavlat edim Mening qalbimda Do`stlik rishtasi kurtak ochgan payt men dunyodagi eng baxtli va taxtli qiz edim Biroq bu dunyoda Do`stlikning qadri faqat obro e`tibor bilan boglanishini bugun angladim Ilk bora Do`stlashgn kunimni hech qachon unutmayman .

Hammasi shu yilning aprel oyidan boshlandi.Men shu kundan e`tiboran do`stimdan uzoqlasha boshladim .Ha men undan ham qalban ham ruhan yiroqlashardim sababi Do`stim meni sevib qolganini aytdi . Togri bu kimlar uchundir oddiy holdir biroq men uchun alamli va iztirobli bolishini bilmasdim.Men Xurmat qilgan va har doim Qadrlagan Do`stim meni aldadi. U meni 3 yil mobaynida Do`st emas balkim kerak emas bir buyum sifatida korgani va men uning uchun oddiy bir qogirchoq ekanimni anglaganimda Dunyo kozimga tor insonlarning esa hammasi yolgonchi hayotda yashashini bildim . Do`stim bergan MEHR, QUVONCH, SHODLIK va HECH QACHON TUGAMAYDIGAN SABRNI menga berib ketdi.U men uchun kutilmaganva kutmagan AYRILIQni sovga sifatida yubordi.Men bugun u yuborgan sovgani vaqti kelib oziga yuborishni istayman Kimlardir qalbimga ozor berib BAXTli bo`lar,Yana kimlardir bergan Quvonchlari bilan baxtsiz biroq dunyoda Do`stligini bir kecha kunduzda yer bilan yakson qilgan Do`stimgachi Taqdirning qanday sov ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Bir soat ruletka o‘ynab, uch ming dollar yutib oldim. Oxirgi o‘ttiz daqiqa mobaynida ko‘k ko‘zli yoqimtoygina qiz bilan o‘ynadim.

— Bu oqshom omadingiz keldi, — dedi u muvaffaqiyatimni izohlar ekan.

O’yin mobaynida uning ismi Adreyn Makklouzi ekanligini bilib oldim. Undan yana ming dollar yutgach, blekjek o‘ynalayotgan stol tomon yurdim.

– Ruletkada omadingiz keldi-ku. Blekjekka o‘tishning nima keragi bor?

– Ruletkada yutuq tasodif yo omadga bog‘liq, — jilmaydim men. — Kallani ko‘proq ishlatadigan o‘yinlarni yoqtiraman. Blekjekda inson o‘z baxtiga, albatta muayyan darajada, o‘z kuchi bilan erishadi.

Men stollardan birining atrofida o‘tirgan uchta pontyor davrasiga qo‘shildim va soat o‘n birga borib yana ikki ming dollarga boyidim. Bir oqshomda yutgan pullarim olti mingga yetgan edi.

— Menimcha, bugunga yetadi.

Fishkalarni naqd pulga almashtirib, Adreyn bilan ertaga yana uchrashishga kelishdim-da, «kadillak»ka minib uyga jo‘nadim.

Uydagi bironta ham derazada yorug‘lik ko‘rinmasdi. Ikkinchi qavatdagi xobxonamda hamyonimdan pullarni chiqarib, ularga uzo-oq tikildim. Odamlar nima uchun qimorga qiziqadi? Kasallikmi bu? Ahmoqlikmi?

Ertalab odatdagidek Sara ammam bilan nonushta qildim. U haligacha oila qurmagan. Kollejning birinchi kursida o‘qiyotganimda ota-onam aviafalokatda halok bo‘lishgan. Dafn marosimidan so‘ng menga asosan qarzlar meros qolganligi ma’lum bo‘ldi ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 182
Martsiya o‘rnidan turib esnadi-da, sigaretni shisha kuldonning tubiga bosib o‘chirdi.

— Vaqt ham allamahal bo‘lib qoldi. Uyga qaytishim kerak. Sening yoningdan sira ketgim kelmaydi.

— Bugun erim qartaxonada poker o‘ynaydi deganding-ku.

— Uyga telefon qilishi mumkin. Ba’zan u hash-pash deguncha bir dasta pul yutqazadi-yu xunob bo‘lib uyga erta qaytadi, — juvon xo‘rsinib o‘ynashiga tikildi. — Mehmonxonalarda yashirincha uchrashib yurish jonimga tegdi.

— Yaqinda bu muammoni hal qilamiz.

— Qanday qilib?

Bryus Farr Martsiyaning jingalak sochini siladi-da qutidan sigaret olib tutatdi.

— Keyingi oyda men ishlaydigan firmada mol-mulkni ro‘yxatga olish boshlanadi. Firmamiz katta bo‘lsayam seyflardan chorak million dollar turadigan qimmatbaho buyumlarni o‘marganim darrov bilinadi.

— Shuncha narsa o‘marganmisan?

Bryus ayyorona jilmaydi.

— Oz-ozdan o‘g‘irlardim. Yaqinda hisoblasam chorak millionlik narsani o‘zlashtiribman. Shu paytgacha hech kim sezgani yo‘q. Ammo ro‘yxatga olish boshlansa sirim fosh bo‘ladi. Hamma buyumlarni allaqachon sotib yuborganman. Ishonsang yuz ming dollardan ortiq pul tushdi.

— Yuz ming dollar… — hayratdan Martsiyaning lablari qiyshayib ketdi.

— Yuz mingdan ko‘proq, — dedi Bryus mamnun jilmayib. — Har bir buyumni nominal narxining yarmiga pulladim. Lekin endi bu boylikni uzoq vaqt yashirolmaymiz. Xorijga ketm ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 155
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir er-xotin bor ekan. Ularning bitta-yu bitta o‘g‘illari bor ekan.
Bir kuni xotin og‘ir kasal bo‘lib, o‘lib qolibdi. Ota-bola juda qiynalib qolishibdi. Oxiri bolaning otasi uylanibdi.
Olgan xotini juda yomon ekan, o‘gay o‘g‘lini o‘tirsa — o‘poq, tursa — so‘poq deb chiqishtirmas ekan. Uni doim otasiga yomonlarkan. Nihoyat u, «bolangni yo‘qotsang, keyin turmush qilaman», deb turib olibdi. Bolaning otasi nima qilishini bilmay, o‘g‘lini bir do‘stinikiga olib borib:
— O‘g‘lim shu yerda yashab tursin, men yordam berib, xabar olib turaman, — debdi. Keyin er-xotin yashayverishibdi.
Bir kuni ular mehmonga bormoqchi bo‘lishibdi. Qarasalar, tugunni ko‘taradigan biror kimsa yo‘q. Shunda xotin eriga:
— Hozir bola bo‘lganida edi, tugunimizni olib borishardi. Endi qanday ko‘tarib ketamiz, — debdi. Bola esa otasini sog‘inib ko‘rgani kelgan ekan, uyning orqasida turib bu gaplarni eshitibdi va:
— Men ko‘tarishib olib boraman, — debdi. Xotin hayron bo‘lib:
— Mehmonga ham hyech sensiz bormas ekanmiz-da, hyech tinchitmas ekansan-da, — deb urishib beribdi.
Bechora bola esa:
— Siz hozirgina bola bo‘lganida, tugunni olib borardi, dedingiz-ku. Men bo‘lmaganimda o‘zingiz qiynalib qolar edingiz-ku! — debdi.
Oxiri qo‘liga tugunni berib, bolani ham mehmonga olib ketishibdi. Mehmondan kelishsa ham, lekin bolani hyech uyidan ketgisi kelmabdi. Xotin qancha zo‘rlasa ham, hyech ketgani unamabdi, uyda qolibdi. O ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tulki, baqa va kanalar do‘st tutinishgan ekan. Ular safarga otlanishibdi. U zoq yo‘l yurishibdi. Yo‘lda bir to‘p bug‘doy topib olishibdi. Uchovi ham «men olaman» deb talashib, janjallashib qolishibdi.
Shunda kana:
— Menda bir taklif bor, bunaqa qilib janjallashib o‘tirguncha, uchovimiz uch tomonidan yeya beraylik, bir qishga uchalamizga ham bemalol yetadi, — debdi. Tulki:
— Bunaqasi bo‘lmaydi, yugurish qilamiz. Kim avval yetib kelsa, o‘sha hammasini oladi, — debdi.
Keyin uchovi yugurmoqchi bo‘lib turganlarida, kana bildirmasdan tulkining dumiga yopishib olibdi. Tulki To‘g‘aloq — yumaloq yugurib kelib «men keldim» desa, undan burun kana chiqib «men keldim» debdi. Baqa esa, vaqillab, orqada qolib ketgan ekan. Uch marta shunaqa yugurish qilishsa ham, har safar kana birinchi bo‘lib «men keldim» deyaveribdi.
Keyin tulki bilan baqa kanani o‘rtaga olib, taqsimlashni rosa yalinib so‘rashibdi. Kana rozi bo‘libdi. Uchovlari uch tomondan yeya boshlashibdi. Aytishlariga qaraganda, hali ham tamomlamagan ekanlar.
Коментариев: 0
Просмотров: 83
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir chol bilan kampirning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Qizi bo‘y yetib, sovchilar qatorlashib kela boshlashibdi. Qiz hyech qaysilariga unamas ekan.
Bir kuni chol bilan kampir qizlarini daryoning narigi tomonidagi qishloqda yashaydigan bir oilaga beradigan bo‘lishibdi. Buni eshitgan qiz rosa xafa bo‘lib yig‘labdi. Chunki qiz u tomonga kelin bo‘lib tushishni hyech xohlamas ekan. Lekin chol bilan kampir o‘z aytganlaridan qaytmay, qizlarining ra’yiga qarashmabdi. Shunda qiz:
— Men daryoning u betiga kelin bo‘lib tushsam, bitta-ikkita bolalik bo‘lganimda, o‘z uyimga kelayotganimda birini ko‘tarib, ikkinchisini yetaklab olgan bo‘laman. Shunda yetaklab kelayotgan bolam daryoga tushib ketsa, topa olmay rosa yig‘lab o‘tirsam, — deb, onasining yoniga borib yig‘lay boshlabdi. Kampir:
— Nega muncha yig‘layapsan, qizim? — deb so‘rabdi. Qiz haligi gaplarini qaytarib, yig‘layveribdi. Bu gapni eshitib, kampir ham yig‘lashga tushib ketibdi. Bir payt chol kelib qarasa, kampiri bilan qizi yig‘lab yotishibdi. Chol yig‘ining sababini so‘rasa, qizi yana o‘sha gaplarni qaytaribdi. Chol ham yig‘lashga tushibdi. Shunday qilib uchalalari rosa yig‘lashibdi. Oxiri chol bilan kampir qizlarini narigi tomondan kelgan sovchilarga bermaslikka rozi bo‘lishibdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 106
Turkiyaning Istanbul shahrida zamonaviy turk kinosining eng taniqli aktyorlari Burak Ozchivit va uning sevgilisi Faxriya Evjenning to`yi bo`lib o`tdi.

Burak va Faxriya uch yil avval suratga olish maydonchasida tanishgan edi.

2017 yilning bahor faslida juftlik unashtirilgan, 29 iyunga esa to`y sanasini belgilagan edi.

To`y marosimi kelin-kuyovning yaqinlari ishtirokida Bosfor ko`rfazi qirg`og`idagi Sait Halim Paşa villasida bo`lib o`tdi.



Коментариев: 0
Просмотров: 178
Покистон шарқида 25 июнь куни бензовоз ёниб кетиши оқибатида ҳалок бўлганлар сони 190 кишига етди. Бу ҳақда Associated Press маҳаллий амалдорларга асосланган ҳолда хабар тарқатди.

Бундан аввалги хабарларда қурбонлар сони 170 нафардан ошиқ экани айтилганди.

Баҳавалпур шаҳри ҳокими Рао Таслим Аҳмаднинг сўзларига кўра, яна 17 киши шифохонада ёнғин вақтида олинган жароҳатлардан вафот этган. У яна бир қанча киши оғир аҳволда қолаётгани ва қурбонлар сони ортиши мумкин эканини қўшимча қилган.

Ҳодиса Панжоб вилоятида якшанба куни эрталаб юз берган. Маҳаллий аҳоли тўнтарилиб кетган бензовоз олдида, йўлга оқиб кетган ёқилғини йиғиб олиш учун тўпланган. Гувоҳларнинг сўзларига кўра, баъзи кишилар сигарета чекишган ҳамда шу орқали ёнғин юзага келган бўлиши мумкин. Ўнлаб автомобиллар, 75 та мотоцикл олов домида қолган.
Коментариев: 0
Просмотров: 98
Бугун, 30 июнь куни Лионель Месси Аргентинада Антонелла Роккуццо билан турмуш қуради. Йилнинг энг шов-шувли тўйи бўлиши кутилаётган бу маросимга юзлаб меҳмонлар ташриф буюриши кутилмоқда. Никоҳ оқшоми Росариодаги шаҳар маркази мажмуасида бўлиб ўтади.

Жуфтлик 5 ёшидан бери бир-бирини танийди. Антонелла ва Мессининг Тьяго ва Матео исмли фарзандлари бор.

Тўйга таклиф қилинганлар орасида Мессининг ҳозирги ва собиқ жамоадошлари - Неймар, Луис Суарес, Фабрегас, Дани Алвес каби таниқли футбол юлдузлари ҳам мавжуд. Маросим меҳмонлари орасида «Реал»нинг собиқ юлдузи, аргентиналик футболчи Анхель Ди Марияни ҳам учратиш мумкин.

Бундан аввалги хабарларда у «Барселона»нинг собиқ мураббийи Луис Энрике, жамоа раҳбари Бартомеу ҳамда Аргентина терма жамоасининг собиқ юлдузи ва мураббийи Диего Армандо Марадонани никоҳ маросимига айтмагани айтилганди.
Коментариев: 0
Просмотров: 104
Конфедерациялар кубогининг ярим финал иккинчи жуфтлик баҳсларида Германия ва Мексика терма жамоалари финал йўлланмасини қўлга киритиш учун курашди. Сочидаги "Фишт" стадионида кечган ўйин Германиянинг йирик ғалабаси билан якунланди.

Дастлаб 6- ва 8-дақиқаларда Горетцка икки гол уриб, жамоасини олдинга олиб чиққан бўлса, 59-дақиқада Вернер орадаги фарқни йирик кўринишга олиб келди. Ўйин тугашига бир дақиқа қолганида Фабиан мексикаликларнинг ягона голи киритди. Учрашувга қўшиб берилган вақтда Юнес гол киритиб, якуний 4:1 ҳисобни ўрнатди.

Германия терма жамоаси финалда Чилига қарши майдонга тушади. Ўйин 2 июль куни бўлиб ўтади.

Германия – Мексика 4:1
Голлар: 1:0 – 6 Горетцка, 2:0 – 8 Горетцка, 3:0 – 59 Вернер, 3:1 – 89 Фабиан, 4:1 – 90+1 Юнес.
Германия – тер Стеген, Хектор, Гинтер, Рюдигер, Хенрихс, Горетцка (Жан, 67), Киммих, Руди, Дракслер (Юнес, 81), Вернер, Штиндль (Брандт, 79).
Мексика – Очоа, Морено, Лайюн, Араухо, Аланис, Акино (Лосано, 46), Дос Сантос (Маркес, 67), Эррера, Хименес, Эрнандес, дос Сантос (Фабиан, 63).
Огоҳлантиришлар: Хименес (55), Жан (72).
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Поп-мусиқа ижрочилари концертларида фонограммадан фойдаланганликлари учун ўзларини доим айбдор ҳис этиб келишган. Бу амалиёт 90 йиллар охири ва 2000 йиллар бошларида кенг ишлатилган. Аммо Бритни Спирс концертида фонограмма орқали куйламаслигини маълум қилди.

Хонанданинг мухлислари аллақачон Бритнининг жонли ижрода куйламаслигини, шунчаки оғзини қимирлатишини яхши билишади, аммо хонанда фонограмма ҳақидаги миш-мишларни дарров инкор этди.

“Ҳа, баъзан рақс ҳаракатлари сабаб, қўшиқнинг айрим жойларини ёзиб олишимга тўғри келади. Шундай бўлса-да, мен шунчаки оғзимни қимирлатиб турмайман, фонограмма бўлгани билан ўзим ҳам бор овозда куйлайман. Афсуски, бу учун умуман раҳмат эшитмаймайман”, дейди хонанда.

Аммо айтиш жоизки, Бритни Спирс миннатдорликларни катта гонорарлар орқали олмоқда. Фонограмма масаласида эса гарчи хонанда тан олмаса-да, кўп бора қўлга тушган.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Актриса Жулия Робертс аёллардаги табиийлик тарафдори. Шу боис, у барча аёлларни макияждан воз кечишга чорлади.

Актрисанинг ўзи кундалик ҳаётида косметик воситалардан умуман фойдаланмаслигини айтди ва фарзандлари уни фақат кинодагина макияжда кўришларини таъкидлади.

“Биз замонавий аёллар юзимизни қалин макияж билан қоплаймиз, ботокс қиламиз. Ўзимиз ўйлаб топган идеалликка интиламиз. Аммо бу ҳаётимизда унчалик ҳам аҳамиятли эмас. Энг муҳими – ички гўзаллигимиз. Ўзимизни қандай бўлсак, шундайлигимизча қабул қилмасак, унда бизни кимдир севишига қандай эришамиз? Ҳа, менда ажинлар бор, аммо уларни беркитишга умуман ҳаракат қилмайман. Чунки бу менинг аслим. Одамлар мени боримча қабул қилишини истайман ва ҳаммага шундай бўлишни маслаҳат бераман”, дейди актриса.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
Ҳозирда хонанда Райҳон турмуш ўртоғи билан Европа бўйлаб саёҳат қилмоқда. Ҳа, хонанданинг ёзги таътили мароқли ўтаётганини ижтимоий тармоқларга, хусусан, Instagram саҳифасига жойлаётган суратларидан ҳам сезиш мумкин. Instagram хонанданинг қувончига яна бир карра қувонч бағишлади, десак, адашмаган бўламиз. Сабаби, Райҳоннинг Instagram’даги кузатувчилари сони энди 1 миллионни ташкил этади.

Эслатиб ўтамиз, хонанда Шаҳзода (Зилола Мусаева) ўзбек хонандалари ичида Instagram’да 1 миллион кузатувчиси бор ягона юлдуз бўлган эди. Ҳозирда унинг кузатувчилари сони 1,3 млн.

Кузатувчилар сони бўйича Шаҳзодадан кейинги ўринни актриса ва хонанда Асал Шодиева эгаллаган эди. Ҳозирда унинг ҳам кузатувчилари 1 млн.ни ташкил қилади.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Зиёда Қобилованинг оиласи оғир йўқотишга юз тутди. Бугун, 29 июнь куни ярим тунда хонанданинг отаси Рустам Қобилов туйқусдан вафот этди. Бу ҳақда сайтимизнинг ишончли манбалари хабар бермоқда.

Маълум қилишларича, дафн маросими бугун пешин намози вақтида ўқилади.



Шуни алоҳида таъкидлаб ўтиш ўринлики, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Зиёда Қобилованинг санъат соҳасида ўз ўрнини топишида отасининг маънан қўллаб-қувватлаши жуда катта роль ўйнаган. Хонанда қўшиқларининг биринчи тингловчиси, танқидчиси айнан отаси эканини кўп такрорларди.

Фурсатдан фойдаланиб, таҳририятимиз номидан Зиёда Қобилованинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирамиз.
Коментариев: 0
Просмотров: 121
«Реал» ҳужумчиси Криштиану Роналду Инстаграмдаги саҳифасида янги туғилган фарзандлари билан тушган суратини намойиш этди. Энди португалиялик футболчи 6 ёшли Кенжа Криштиану Роналдудан кейин эгизаклар – Ева ва Матеуни тарбиялайди.

«Ҳаётимдаги икки янги севгимни қўлимда тутиб турганимдан бахтиёрман», - дея ёзган Роналду.

Футболчининг эгизак фарзандлари 8 июнь куни туғилган, бу ҳақида 11 июнь куни хабар тарқалганди. Унинг ўзи бугун ушбу маълумотни тасдиқлади ва уларни кўриш учун йўл олди. У шу муносабат туфайли миллий терма жамоа қароргоҳини тарк этиб, Конфедерациялар кубоги-2017 турнирининг учинчи ўрни учун баҳсда иштирок этмайдиган бўлди.

Коментариев: 0
Просмотров: 123
Каталониянинг «Барселона» ва Аргентина терма жамоаси ҳужумчиси Лионель Мессининг эртага, 30 июнь куни Аргентинанинг Росарио шаҳрида бўлиб ўтадиган тўйига 155 нафар журналист аккредитациядан ўтган.

Лионель Месси ва унинг икки фарзанди онаси Антонелла Роккуццонинг тўйи жиноятчилик даражаси жуда юқори эканлиги билан машҳур она шаҳрида бўлиб ўтиши кутилмоқда.

Football.fr’нинг маълумотига кўра, никоҳ маросимига оид энг асосий тадбирлар шаҳарнинг энг ҳашаматли меҳмонхонасида бўлиб ўтади. Шаҳар ҳуқуқ-тартибот органлари томонидан умуман назорат қилинмаслиги боис, Месси ўзининг тўйида тартибни сақлаш учун 200 нафар тансоқчи ёллаган.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
«Манчестер Юнайтед» ҳужумчиси, тез орада эркин агентга айланадиган Златан Ибраҳимович ўзи учун ясалаётган ҳайкалнинг бошини намойиш қилди. 35 ёшли швециялик футболчи Инстаграмдаги саҳифасида ўзининг ҳайкали учун тайёрланган металл бош тасвирланган видеороликни жойлаштирган.

«Швеция рамзи тайёр бўлиб қолди», - дея ёзган у.


Эслатиб ўтамиз, шу йил бошида Португалияда ҳайкалтарош Мануэл Сантуш «Реал» ҳужумчилари Криштиану Роналду ва Гарет Бэйлнинг бюстларини ясаган, бу ижод намуналари футболчиларга ўхшамагани учун ҳеч кимга ёқмаган ва ҳайкалтарош танқидларга учраганди.
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Ўзбекистон терма жамоаси собиқ бош мураббийи, эндиликда Фарғонанинг «Нефтчи» клубини бошқараётган Вадим Абрамов JFL.uz интернет-нашрига интервью берди. Мураббий бугунги терма жамоа, клубдаги фаолияти ва яна кўп нарсалар ҳақида фикрлари билан ўртоқлашди.

– Нимага узоқ вақт футболдан четда бўлдингиз?
– Аввало, футболга қайтганимдан хурсандман. Мен узоқ вақт таклифларни кутдим. Ўйладимки, футболимизда муаммо бор ва мени клублар чақиришади деб, лекин адашган эканман. Футболда ҳаммаси яхши экан ва ҳеч бир клуб менга таклиф билан чиқмади. Кейин Бухородан таклиф келди, лекин ўша вақтда оилам билан боғлиқ муаммолар сабаб у ерда ишлай олмадим. Ниҳоят «Нефтчи» таклиф билан чиқди ва мен уни қабул қилдим. Бу ер мен учун бегона эмас, Фарғонада аввал ҳам ишлаганман. Шундай қилиб «Нефтчи»га мавсум охиригача ёрдам беришга қарор қилдим.

– Тошкент жамоаларидан таклиф кутганингиз ростми?
– «Локомотив»дан таклиф кутганим йўқ, лекин «Пахтакор» ва «Бунёдкор»дан кутганим рост. Афсус улар таклиф билдиришмади.

– Фарғоналик мухлислар сизнинг келишингиздан хурсанд бўлишди. У ерда сизга аниқ қандай вазифа қўйишди?
– Жамоа кубокда курашни давом эттирмоқда ва бу жуда яхши. Мен ҳозир жамоам қандайдир соврин учун курашади деб айта олмайман. Мен афсунгар эмасман, ахир. Ҳали энди футболчилар билан танишяпман. Уларни билиб олишим керак. Ахир ҳар қандай тактика ҳам ижрочилар асосида қурилади. Афсуски жамоада тил билан боғлиқ муаммолар ҳам бор. Барча йи ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 112
Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду Конфедерациялар кубоги-2017 турнирида учинчи ўрин учун учрашувда иштирок этмайди. Marca нашрининг хабар беришича, мураббийлар штаби Мадриднинг «Реал» жамоаси футболчисига ўзининг янги туғилган фарзандларини кўриш учун жўнаб кетишга рухсат берган.

«Мен терма ўйинларига бор диққатни жамладим, бу ҳаттоки икки нафар фарзандим дунёга келганини билганимдан сўнг ҳам давом этди. Афсуски, мусобақадаги бош мақсадга эриша олмадик, бироқ, ишончим комилки, португалиялик ишқибозларга қувонч тақдим этишда давом этамиз. Фарзандларимизни илк бора кўришимдан жуда хурсанд бўламан», - дея ёзди Криштиану «Фейсбук»даги саҳифасида.

11 июнь куни Криштиану Роналду эгизак фарзандли бўлгани ҳақида хабарлар тарқалганди.

Эслатиб ўтамиз, Португалия Конфедерациялар кубоги-2017 ярим финалида Чилига пенальтилар сериясида имкониятни бой берди. Якшанба куни Фернанду Сантуш шогирдлари турнирдаги охирги учрашувда Германия ва Мексика терма жамоалари учрашувида мағлуб бўлган жамоага қарши учинчи ўрин учун ўйнайди.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |