Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 12 Mehmonlar: 12 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 01
Knut GAMSUN,
Nobel mukofoti sovrindori, Norvegiya Kunlarning birida zodagonlar davrasida yoshgina bir ayolni uchratdim. Uning moviy ko‘zlari yonib turar, nigohlari ham boshqalarnikidan ko‘ra ancha tiyrak edi, nazarimda. Qiziq, uning navbatdagi ko‘zlagani kim ekan? Deraza oldida turgan harbiy libosdagi ovozi bamisoli arslonning na’rasidek vajohatli xo‘jayinning o‘g‘limi yoki anavi yosh janobmi? Ayolni sinchiklab kuzatib, uning bu gal yosh janobni nishonga olganini sezdim. Men bu ayol bilan yaxshi tanishman. Yarim kechada ziyofatdan uy-uyimizga tarqalar ekanmiz, unga: – Havo juda ochiq, bu tun naqadar ajoyib-a? Oqshoming ko‘ngilli o‘tdimi? – dedim. Va barmog‘imdagi nikoh uzugini yechib oldim-da, so‘zimda davom etdim: – Qara, sen bergan uzuk menga to‘g‘ri kelmayapti, barmog‘imni siqyapti. Balki, uni zargarga kengaytirishga berarsan? U qo‘lini men tomonga uzatib, asta pichirladi: – Uni menga beraqol, kengaytirsa bo‘ladi, albatta. Uzukni unga tutqazdim. Oradan bir oycha o‘tib, u bilan yana uchrashdim. Uzuk haqida so‘ramoqchi bo‘ldim, ammo so‘ramadim. Hali vaqt bor, deya o‘yladim, uni shoshirish yaramaydi, yana biror oy o‘tsin. Shu payt uning o‘zi so‘z boshlab qoldi: – Ha, aytganday, uzuk. Bilasanmi, juda bema’ni bir ko‘ngilsizlik yuz berdi, uzukni qaergadir yashirib qo‘ygandim, endi sira topolmayapman. – Ayol shu taxlit mening javobi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 100
Bir chol bor ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Bir kun chol o‘libdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta o‘g‘li, kelini, o‘rtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik o‘g‘il narvonchani ko‘tarib yetti kunlik yo‘lga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. Narvonchadaa tuynukka chiqib qarasa, bir xotin hadeb har xil ovqatlarni pishirib, yashirib qo‘yayotgan emish. Bola hammasini aniq ko‘rib olibdi. Pastga tushib o‘tiribdi. Bir qancha vaqtdan keyin boy kelibdi. Bolaning bir zaxchasi bor ekan, bola boy kelishi bilan zaxchani turtibdi. Zaxcha «chag‘» debdi. Boy: — U nima? — debdi. Bola: — Bu mening folbinim, — debdi. Boy: — Qani, bir fol ochirib yubor, — debdi. Bola zag‘chani bir urgan ekan zaxcha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Bir tovoq palov turibdi. Shuni olib chiqsinlar, deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga: — Bir tovoq paloving bor ekan. Shuni ber, — debdi. Xotini beribdi. Uni olib chiqib bola bilan ikkovi yeyishibdi. Boy «tag‘in ochir», debdi. Bola zag‘chani bir ursa zag‘cha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Uyda bir tovoq xasip turibdi. Shuni olib chiqsin deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga: — Xotin, tovoqda xasip bor ekan, shuni ber, — debdi. Xotini hayron bo‘lib: — Kim aytdi sizga? — debdi. — Ey, xotin, qo‘yaver. Bir folbin bor ekan. O’shanga fo
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Mashina shaharni ikkiga ajratib turgan daryo ustidagi ko‘prikning qoq o‘rtasida to‘xtadi. Politsiyachi Jonson avvaliga unga e’tibor bermadi, ammo mashinadan tushgan baland bo‘yli kishini ko‘rishi bilan hushyor tortdi. Jonson bu yerda birinchi bor posbonlik qilayotgani yo‘q, mash’um ko‘prik sevishganlaru xayolparastlar qatori o‘z joniga qasd qilish istagidagilarni ham o‘ziga jalb etishini juda yaxshi bilar edi. Anavi odam avvval atrofga diqqat bilan razm solib, so‘ng shoshilmasdan ko‘prik panjarasiga yaqinlashdi. Uning panjaraga osilayotganini ko‘rgan Jonson sekin so‘kinib olib, u tomonga qarab yugurdi. — Ajoyib tun, shunday emasmi? — dedi politsiyachi uning qadam tovushlarini eshitib ko‘prik panjarasidan qo‘lini olgan kishiga salom ham bermay. — Tabiatdan bahra olayapsizmi deyman? Sizni tushunaman, janob, agar vazifamni bajarayotgan bo‘lmaganimda, menam hozir sevgi yoki shunga o‘xshashroq tuyg‘ular haqida o‘ylayotgan bo‘larmidim. Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan kishi bunaqa be’mani gaplarga hushi yo‘qligini bildirmoqchi bo‘lganday yelka qisib qo‘ya qoldi. So‘ng sigaret tutatdi. — Sizni ko‘rdimu, biroz gurung qilarmiz deb kelaverdim, — davom etdi politsiyachi o‘zini suhbatdoshining holatini sezmaganga olib. — Bilasizmi, odam bir o‘zi yomon zerikadi… Bu yerdan atrof ajoyib ko‘rinadi, to‘g‘rimi? — Hozir bu mening ko‘nglimga sig‘maydi, — og‘ir xo‘rsindi novcha kishi sigaret kulini suvga qoqqanch
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 89
Kunlarning birida ikki qalin do’st sahro uzra ketayotgan ekan. Bir payt ular bahslashib qolishibdi va biri qiziwib ketib nohosdan ikkinchisining yuziga shapaloq tortib yuboribdi. Do’st og’riqni sezibdiyu hich nma demabdi. U sukut saqlab turib qumga shunday " Bugun mening eng yaqin do’stim menga tarsaki tushirdi ” Do’stlar churq etmasdan yo’lda davom etishibdi va bir necha kundan keyin bir ko’rkam vohaga yetib kelishibdi. Birodarlar ko’lda cho’milishga qaror qilishibdi. Bir paytlar o’rtog’idan tarsaki yegan kishi sal bo’lmasa cho’kayotganida hamrohi uni qutqarib qopti. U hushiga kelganida toshga o’yib " Bugun mening eng yaqin o’rtog’im hayotimni saqlab qoldi ” deb yozibdi. Shunda avvaliga shapaloq tortib, so’ngra hayotini asrab qolgan do’sti undan so’rabdi: - men seni dilingni og’ritganimda qumga yozganding, endi asta toshga naqsh solyapsan nega bunday? Do'sti javob beribdi - bizni birov hafa qilganida ginani shamollar uchirib yuborishi uchun qumga yozishimiz kerak. Ammo kimdir bizga yaxshilik qilganida hich bir shamolda uchib ketmasligi uchun toshga o’yib bitishimiz lozim.
Ranj alamini qumga quvonchlarini toshga bitishni o’rganing va osuda umr kechirish uchun biroz vaqt qoldiring. Shunda hayot oson va yorqin ranglarda bo’ladi
Коментариев: 0
Просмотров: 102
Bir chol o‘g‘linikiga ko‘chib keldi. O‘g‘li uylangan, to‘rt yashar farzandi ham bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qo‘llari qaltirar, ko‘zlari xira ko‘rar, oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab yurardi. Oila dasturxon atrofiga to‘plangan paytlari qariyaning ahvoli yanada yomonlashardi. Qoshig‘idan to‘kilgan ovqatlar polgacha tushar, piyolasidagi shirchoy dasturxonni dog‘larga to‘ldirib borardi. Buni ko‘rib xunobi oshgan o‘g‘il va kelin o‘zaro maslahatlashishdi: – Nimadir qilmasak bo‘lmaydi, – dedi o‘g‘il. – Chapillatib ovqat yeyishi, sut to‘kishi, ovqatlarni har tomonga sochib yuborishi jonimga tegdi. Er-xotin xona burchagiga bitta kichik xontaxta qo‘yishga qaror qildi. Qariya shu yerda bir o‘zi ovqatlana boshladi. Ikki marta kosa sindirganidan keyin, tunuka talinkada ovqat suzib beradigan bo‘lishdi. Bir kuni bexosdan o‘g‘ilning ko‘zi otasiga tushib qoldi: bechora qariyaning ko‘zlarida milt-milt yosh aylanar, xontaxtaning chetiga tikilganicha tishsiz milklarida ovqatni u yoqdan bu yoqqa olib o‘tirardi. O‘g‘ilning yuragida kimdir bosh ko‘tarib, mana shu majolsiz chol sening otang-ku, uni bir chetga surib qo‘ygani uyalmaysanmi, deganday bo‘ldi. Biroq u bu hayqiriqqa e’tibor bermadi. Faqat cholni kamroq tergaydigan bo‘ldi. To‘rt yoshli nevara yon-atrofida bo‘layotgan voqealarni jimgina kuzatardi. Bir kuni ishdan qaytgan ota bolasi o‘yinchoqlarini yoyib olib o‘ynayotganini ko‘rdi. U bolg‘achasi bilan yog‘och kosachasini urar, kosacha zarb ta’sir
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 125
Salom. Sizlarga xayotimdan bir parchani xavola etmoqchiman. Xayotimdegi eng baxtli damladan birini… Qish kunladan birida xayotimda uni uchrattim farishtammi, umrimdegi birinchi sevgimmi uchrattim. O’shanda man 18 da edim. Uni sevishligimmi tushunmasam ham biza bir birimizaga yaqinlashib bordu. Lekin kunladan birida 8-mart kuni unga sovg’a uzatganimda u birdan o’zgarib qoldi. Uni munosabati butunlay o’zgarib ketti. Sababini so’rasam man bilan boshqa gaplashmasligini do’st ham bo’masligini etti. Man tushunmadi…. Shu xolda yillar o’tib ketti. Man uni hali ham sevardim. Unga har bayramda gullar sovg’alar ob kelardim – u qabul qimasayam. Sababini bo’sa u ham etmasdi. Lekin mani ko’ynim sezardi manga u befarq emasligini…. 2 yil o’tdi. 2-sentabr edi. O’qishni birinchi kuni. Uni universitetini oldiga kelib o’zimga so’z berdim agar yana mani qabul qimasa man ketaman. Va boshqa hech qachon qaytib kemiyman, uni eslamiyman ham. Shu voqt u chiqib keldi. Uni oldiga bordim…. Bu safar hammasi boshqacha…. Kutmagan edim… shu bilan bir necha hafta u bilan do’st sifatida gaplashib yurdik. Hatto bir kuni u manga bir jurnal berdi. Hayron qoldim. Keyin balsam ichida manga bir sher yozgan ekan. Sevgi haqida yoqimli a!? shundan keyin man ham unga yaqinlashishdi boshladim… Shu bilan bir birimizani sevib qoldik. Layli va Majnunlardek. Balkim undan ham qattiqroq. Bir kunda 5,6 martalab ko’rishgan voqtlarimiz bo’ldi. Bir kunda 7,8 soatlab birga bo’lardik. Biz rosdakasiga bahtli edik. Beg’ubor ko’zlari,
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 134
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim, Soatga qarasam, ikkimi yo uch. (Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim, Tashqariga tortdi allaqanday kuch. Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha, Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan, “Havf, havf”, deya bor ovozicha Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda. Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim, Shukrki, hammayoq tinch va osuda. Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim, Farzandlarim yotar qator uyquda. Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol, Bir-birin raqsga tortar xazonlar. Daraxtlar jimgina surmoqda xayol, Boshini tebratar gulu rayhonlar. Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha, Shaksiz, yaratganning inoyati – bu. Va ayni paytda qanchadan qancha, Bedor nigohlarning sharofati – bu. Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda, Bedor, sergak turgan, ey askar ukam, Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda, Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am. Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men, Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga. Bola kulgusiga, aytgil, nima teng, Dunyoni alishmam tabassumiga. Senga ko‘ngildagi borini aytay, Sabru sabot tilay ayni choqda man. Yaxshi niyat bilan sizlarga atay, Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman. Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib, Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga. Endi dilba
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir, Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir. Ayollar qudrati mulki-erkakdir, Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.
Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar, Ular bor, qalblarga quvonch sochilar. Oila butundir ular boridan, Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.
Dasturxon qutligi - ular mehnati, Ustimiz butligi - ular himmati. Farzandlar chirog‘i - ular borligi, Muhabbatning bizga mudom yorligi.
Erkaklar mardligi berur iftixor, Ularda mehr bor va muhabbat bor. Farzandin ertasin o‘ylovchi ular, Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.
Shunday yigitlarni sevar xaloyiq, Shundayin erkaklar mehrga loyiq. Ular elimizning sodiq posboni, Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.
Bayram muborakbod, aziz erkaklar, Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar. Omon bo‘ling bola, onalar uchun, Sezing doim ayol mehrining kuchin
Коментариев: 0
Просмотров: 116
Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga, Tegadi g‘ururning baland tomiga, Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t, Tortadi alamli o‘ylar domiga… Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari, Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari, Bolasin beshikda quchgan kelinchak, Tuprog‘ini sevgan bobojonlari. Bu zamin ichinda bitta Vatan bor, Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor! Oh , mening yuragim - jon, O’bekiston, Mening muhabbatim aks etgan diyor. Ko‘taring boricha bu el shonini, Ko‘rsating dunyoga bor imkonini, G’ayurlarning dami ichida qolsin, E’zozlab olishsin tilga nomini. Erkakdan omadni ayama falak, Jonini asragil, etmagil xalak. Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam, Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam. Erkakdan omadni ayama hayot, Muhabbat qasrin ham etmagin barbod. Ishiga unum ber, hamyoniga pul, Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil! Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin, Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin. Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda, Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin! Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘, Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘. Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma, Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma! Nomardga zor qilma, dushmaniga xor, Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 94
Saflarda qad kerib turgan ey askar, Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar. Yurakni, bilakni etgil safarbar, Gulday diyoringni asra hamisha! Duosi, so‘zlari yodingda tursin, Nur ingan yuzlari yodingda tursin, Mehrli ko‘zlari yodingda tursin, Onaizoringni asra hamisha! Singling bor – tegrangda parvona, halak, Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak. Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak – Qatorda noringni asra hamisha. Bir kuni omading, baxting kuladi, Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi. Bolangga munosib ona bo‘ladi – Intizor yoringni asra hamisha! Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon, Nomus bilan aziz sanalgay inson. Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on, Oringni – boringni asra hamisha
Коментариев: 0
Просмотров: 91
Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki Naslning javhari, davlat tayanchi, Yurtning obodligi, to‘ylar sababi, Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi. Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat, Qizlar kulgusida avju daromad, Chollar uyqusida jannat, farog‘at
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Bir xil yur, deb uqtirar serjant, Bir xil tur, deb uqtirar serjant. Uxlar bo‘lsang, tushlaringni ham Bir xil ko‘r, deb uqtirar serjant. Bir xil tushmas ammo negadir, Poyma-poydir qadamlarimiz. Kimdir safdan qolib ketadi, O‘zib ketar ildamlarimiz. Bir haftami, o‘n kunmi o‘tgach, Izga tusha boshlar hammasi. Tarbiyalar bizlarni chanqash Va toshyo‘lning o‘tdek nafasi. Hayotda-chi, ammo hayotda Teng tushmaydi aslo odimlar. Kimlar qolib ketadi ortda, Ilgarilab ketadi kimlar. Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz, Har kim qo‘ldan kelgancha yashar. Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz Bir umrga askarmiz, askar. Mayli, turfa kechsin kunimiz, Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard. Ammo shu el, shu Vatanni biz Birday halol sevmog‘imiz shart!
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Shukurlar qilmadim boriga. Doim olg'a intilaverdim. Quloq xam solmadim onam zoriga. Men dunyoga qul bo'lgan edim. Boylikni xoxlardim, boyib ketishni. Unutib otam qabrin ziyoratini. Ustasi edim, mushkul yechishni. Unutib dinimni diyonatini. Oqibatda asablar charchab. Xayot yo'llarida toyilib ketdim. O'zimcha eng ulkan cho'qqini ko'zlab. Yolg'izlik degan, bir makonga yetdim. Meni sevganlarni qadrini bilmay. Meni sevmaganni qadrladim men. Sevganimga bitta gul tutmay. Kimlargadur, bog' yaratdim men. Oqibatda yuragim charchab. Hissiz xayvon tusiga kirdim. Bir tomchidek mehrga chanqab. Qadrdonlar qadrini bildim. Dostlar xam ketdilar birma-bir. Ketdilar xammasi yiroqlab. Yolg'izlik qoldi qalin do'st bo'lib. Qon yurakni battar qiynoqlab. Yiroqlab ketyapman o'zimdan. Farishtalar ketmush ko'zimdan. Tongdan to, tungacha nasixat bermay. Bir ma'no chiqmaydi so'zimdan. Masxaraboz, qilaman ermak. Kulaman, yurakda tubanlik yotar. Aytgan gaplarimni xammasi ertak. Menga qayerdadur burilish kerak. Xayotdan to'ymadim, lek xayot to'ygan. Eh bu yetim boshim ne kunni ko'rgan! Baxtu omad menga qovog'in uyib. Baxtsizlik ustimdan kulgani kulgan. Tugamoqda xammasi asta. Sabr, umid, xattoki maqsa
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 77
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz, Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz, Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.
Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga, Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga. Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan, Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.
Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan, Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR? Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan, Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz, Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz. Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan- Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Ul inson men uchun jon sovg'a qilgan.
Men unga bayramda nima beraman?
Arzon salafanga, hunik o'ralgan.
Ikki dona gul bilan aldab qo'yaman.
Yorim nozlar qilib, ko'zini suzsa.
Bozordan tillolar olib beraman.
Lekin navbat onamga kelsa. I
kki dona gul bilan aldab qo'yaman.
Endi o'ylang bu ish tuzikmi?
Hayronman, lolman xayot yo'lida.
Yorim tashlab qo'yar tillo uzikni.
Gullar... quriguncha Onam qo'lida.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
HAR JABHADA DONG TARATGAN DUNYODA XUMOSI HAM MAG'RUR UCHAR SAMODA BETAKRORDIR , BENAZIRDIR JAMOLDA BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
OSMONLARDAN YUKSAK ERUR KAMOLI HAM BOY HAM ZO'R YOQIMLIDIR KALOMI HILOLLARDAN GO'ZALROQDIR AYOLI BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
OSMONIDA PORLAB TURAR AXTARLAR (YORUG' YULDUZ) UDIR MENING BAG'RIMDAGI BOR JONIM BUTUN DUNYO QARSAK ILA MAQTARLAR BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
HAR YERLARI GULSHANLARGA BURKANGAN CHO'P QADASANG NIHOLLARGA AYLANGAN O'G'LONLARI MARDLIK UCHUN YARALGAN BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
HECH BIR GULI BEHUDAGA SO'NMAGAN KIMKI BOQSA BU ZAMINGA TO'YMAGAN VOSI LIKNI(BAG'RI KENG) YERGA TASHLAB QO'YMAGAN BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
KABUTARLAR ERKIN UCHAR OSMONDA ISHLARIDAN BUTUN DUNYO HAYRONDA GULLAB BORAR BAXTIYORLIK HAR ONDA BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!! TOMRIMDA OQYOTGAN TO'KILMAS QONIM ULUG'LIK , BUYUKLIK SIYMOSI BO'LGAN BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
Коментариев: 0
Просмотров: 85
Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos. Hayotimda yashash uchun tik. Go'zallarni sevmaganim rost. Babnik demang bu yolg'on. Men xali xechkimni sevmadim. Yer guvoxdir, guvoxdir osmon. Men sevgidan azob yemadim. Qayrilmadim qalam qoshlarga. Xechkimga gul dasta bermadim. Ishonib ko'zdagi yoshlarga. Men seni sevaman! Demadim. Sodiq yashayapman kimgadir. Ko'nglim bor meni ham kimdadir. Kutaman intizor kimnidir. Malikami? Balkim cho'pon qiznidir.. Chiroyi , qomati muhimmas. Meni desa, meni sevsa bas. Men uni xar laxza kutaman. Balkim u internet manzilim bilmas. Unga salom ayting ko'rsangiz. O'zim ham bilmagan sirim, u. Menga tanishtiring bilsangiz. Kutaverib tamom bezdim-ku. Meni kutar u ham intizor. Notanish yigitga vafodor. Sog'inib ketyapman yorimni. Hajrida har kuni men bedor She'rlarimni o'qib yig'lasa. Yupatmanglar, rashkim keladi. Agar yorim o'zi kelmasa. Uni taqdir olib keladi. U qiz faqat menga atalgan. Buni ko'nglim sezib yuradi. Men uni xechkimga bermayman. Toki yurak urib turadi. Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos. Hayotimda yashash uchun tik. Go'zallarni sevmaganim rost. Kutayab kimnidir zor-
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Armonlar xayotga halal bermaydi. Xotirani ortimga tashlab. Yurakdagi so'zim birov bilmaydi.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Unutaman barcha-barchasin. Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab. Qulflab qo'yaman yurak darchasin.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Qo'l siltab yorimning ohu zoriga. Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab. Sabrimni sarflab umr boriga.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki. Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab. Zora shunda sendan qutilsam, balkim.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib. Bir umur o'zimni o'zim ayiblab. Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab. Hudoyim bergan-ku axir toqatdan. Bevafo qizlarni aldayman boplab. Qasdimni olaman har kun xayotdan.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab... Yetgunicha umur yetguncha toqat. Qalbimga toshlarni oʻzingiz tashlab.. Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat.
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Garchi shuncha mag`rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam O`tma g`urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O`par doim peshonasidan.
Коментариев: 0
Просмотров: 146
Bog‘lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman, Har daraxt anvoi bir tarovatda. Bir kaft bog‘ mehnatu hosilga vatan, O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda. Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y, Har daraxt bargi bir dunyo hikoya, Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk, Biri-biri uchun qudrat, himoya. Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz, Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo? Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz, Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo, Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q... Bu – qadim dunyoda yangi bir olam, Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q. Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat, O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam. Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam. Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq, O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam. Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz, O'zimni ham topolmay,mayliga,oxir xayol bo'lsam. Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa - Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam. Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin, Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam. Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga, Fido jonimni qildim yo'lingga,mayli,uvol bo'lsam.
Коментариев: 0
Просмотров: 62
Men qotilman hech kim bilmaydi, Bu aybimni yashirib tuydim, O'lgan ishqqa qabr bo'lmaydi, Men sevgimni o'ldirib qo'ydim. Nima qilib qo'ydim ko'ringlar, Orzularim ko'zlarin o'ydim, Men qotilman bilib qo'yinglar, Men sevgimni o'ldirib qo'ydim. Men baxtkesar qo'lda qaychiman, Men baxtto'sar yo'lda ovchiman, Men eng xafli jinoyatchiman, Men sevgimni o'ldirib qo'ydim. Alvastido'st nafsim-yalmog'iz, Ajdar og'zi yutgan o'ljasan, Uvolinga qoldimku essiz, Tug'ulmagan farzandimni man. O'tga tashlab sho'rlik yurakni, Qonga bo'yab quvonch ko'ylakni, Tashlab ketdim guldek malakni, Ko'rmaysizmi mendek tentakni, Men sevgimni o'ldirib qo'ydim. Ishqqa maxbus qo'llarim kishand, Ravo ko'rdim unga o'limni, Kafanlikka topolmay mato, O'rab ko'mdim oppoq ko'nglimni. Men sevgimni o'ldirib qo'ydim, Pushaymonko'l hanjarida qon, Qabrtoshga ismingni o'ydim, Men adashdim kechir sevgijon!
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin. Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar. U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin. Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.
Qarang go‘zalligi faqat siz uchun. Ozorlab dilini bermang savollar. Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il - qiz uchun. Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.
Boshida oq tola dunyoning g‘ami. Bardoshi oltindan tilida bollar. Sizga bildirmaydi ko‘zida nami. Dardini ichiga yutgan ayollar.
Vafo yuragida sadoqat qalbi. Axdi yuksak erur labzi xalollar. Sizga ishongani, aldangan, aybi.... Nomard erkaklardan marddir ayollar...
Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo. Siz uchun bulmasin ishqi uvollar. Farishta jonini asraydi Ollox. BA’ZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR
Коментариев: 0
Просмотров: 71
You look at me as if I'm the only girl around You make me feel important and never let me down
You've shown me how to live How to smile, what to say You've shown me what it's worth To love someone each and every day
So this poem goes out to you For everything you've done And I hope now you understand That baby, you're the one!
I Love You, Baby!
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa Ularga qo'shilib yig'lasharmidik Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa Hudo hohlamasa uchrasharmidik
Rayhon hidlarini yo'llarimga sep, Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan. Faqat yig'lamagin aybim nima deb Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
Menga bir tabassum hadya et ey yor Nur tomsin lablaring sohillaridan O'zing ayt senday qiz yana qayda bor Kipriklari uzun kokillaridan
Iymanib yashama hayol pinjida Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda G'iybatlarga chida tuxmatga chida Sen axir bittasan yorug' olamda
Men esa oshig'ing sening eng g'arib Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi Seni yoningda ham seni axtarib Seni yoningda ham seni kutguvchi
Ista tiz cho'kaman hozir oldingda Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun Barcha farishtalar sening qalbingda Ijaraga turgan qizlar men uchun
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
Коментариев: 0
Просмотров: 158
G’uncha ochilguncha o‘tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat – Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik. Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda o‘z kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon. Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib, Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor; Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam – qimmat, Bir lahza mazmuni bir butun bahor. Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz. Yigit termiladi qizning ko‘ziga, Kiprik suzilishi, mayin tabassum… Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so‘raydi qadrin. Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chog‘idir umr daftarin. Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek Diana ma’badin yoqmoq shart emas. Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab, Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas. Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal, Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal. Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
HAR JABHADA DONG TARATGAN DUNYODA XUMOSI HAM MAG'RUR UCHAR SAMODA BETAKRORDIR , BENAZIRDIR JAMOLDA BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
OSMONLARDAN YUKSAK ERUR KAMOLI HAM BOY HAM ZO'R YOQIMLIDIR KALOMI HILOLLARDAN GO'ZALROQDIR AYOLI BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
OSMONIDA PORLAB TURAR AXTARLAR (YORUG' YULDUZ) UDIR MENING BAG'RIMDAGI BOR JONIM BUTUN DUNYO QARSAK ILA MAQTARLAR BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
HAR YERLARI GULSHANLARGA BURKANGAN CHO'P QADASANG NIHOLLARGA AYLANGAN O'G'LONLARI MARDLIK UCHUN YARALGAN BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
HECH BIR GULI BEHUDAGA SO'NMAGAN KIMKI BOQSA BU ZAMINGA TO'YMAGAN VOSI LIKNI(BAG'RI KENG) YERGA TASHLAB QO'YMAGAN BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
KABUTARLAR ERKIN UCHAR OSMONDA ISHLARIDAN BUTUN DUNYO HAYRONDA GULLAB BORAR BAXTIYORLIK HAR ONDA BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!! TOMRIMDA OQYOTGAN TO'KILMAS QONIM ULUG'LIK , BUYUKLIK SIYMOSI BO'LGAN BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!! OTABEK FOZILJONOV
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Eng go'zal insonsiz xayotimdagi. O'zgani "go'zalim" deganim yolg'on. Yagona Malikam saroyimdagi. Bayramingiz bilan onajon.
Onamdek mehribon munisa opam. Yoshligim eslayman sizni har ko'rsam. Sizdek vafodormas, menga soyam ham. Muborak bo'lsin sizga ham bayram.
Ro'moling uchiga tugma bo'layin. Dunyoda sen bilan mag'rurdir dilim. Sening shaning uchun mayli o'layin. Bayraming muborak mehribon singlim.
Men o'zimni kechirolmayman. To'kilsa sochingni yarim tolasi. Qochib ham o'zingdan berkinolmayman. Bayraming bilan, onasi...
Onamga o'xshaydi ko'zlaring sani. Osmonimdagi yolg'iz yulduzim. Oppog'im, chiccoyim, shirinim mani. Bayraming bilan qizim.
Eslamay deyman-u, so'raydi yurak. Azobim o'zingsan, armonli dilim.. Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak. Bayraming bilan... Ilk muhabbatim...
Meni sotib ketding eng og'ir damda. Yordaminga yurak bo'lganda tashna. Erkaklik qilmading yigit bo'lsang-da. Bu bayram sen uchun, qutlayman oshna.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Zinxor Ko'rmayin, Ko'zlaringda yosh. Sen uchun porlasin, Ko'klarda quyosh. Ayriliq ko'nglimda bo'ldi og'ir tosh. Baxtli bul bir umr aziz SINFDOSH...
Endi senga o'tgan kunlar xayoldir, U kunlar xotira bizga Yodgordir. Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir. Baxtli bo'l Bir umr Aziz SINFDOSH.
Umid deb atalmish guling so'nmasin. Yurakda orzuying, bevaqt o'lmasin. Shu qaro ko'zlaring, Xech nam bo'lmasin. Omon bo'l bir umr aziz SINFDOSH
Коментариев: 0
Просмотров: 105
Kel, yaxshilikdan gapir, Qora kularga qaytma, Yuragim ezma axir, Sessiyani eslatma! Yildan uzun kunlarim, Pul izlagan tunlarim, Bechora cho’ntaklarim, Sessiyani eslatma! Eh domlajon, domlajon, Bir bora bering imkon, Bahoni qo’yib bering, Kiydiray, sarpo chopon! Talabalik davrini, Derdilar oltin davr, Domlajon sizni kutib, Zallarda o’tdi umr. Ey diplmjon, diplomjon, Diydoringa yetolmay, Ketdi qancha oltinlar, Kursdan kursga o’tolmay. Talaba bir tosh ekan, Domla ekan tegirmon, Ota onang sog’ bo’lsa, Yaxshi o’tar imtixon. Hech kim bermas tiyin qarz, Qoldirganman mingta dars, Yaxshi gapdan gapir bas, Sessiyani eslatma! Shu yil kursdan o’tvolsam, Qani edi men omon, Keyingi yil darslarni, Qoldirmasdim hech qachon!!! Dars qilish boshga zarar, Yo’qku birorta daftar, Yaxshi baholar olish, Qiyin, o’limdan battar… Biling do’stlar hayotda, Maqsadim juda katta, Oliy ma’lumot olib, Olim bo’lgum albatta. Faqat bugun o’tvolsin, Uxlab olay bir marta! Iltimos, sendan do’stim, Sessiyani eslatma! Haydalsam gar o’qishdan, Bozorda ish yomonmas, Eh, diplomjon sensiz ham, Kunlarim o’tmay qolmas.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Yigitga sinash uchun berilar omad. Yoshlikda bo'ladi xush qaddi-qomad. Ota ham ona ham biling omonat. Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.
Endi ona emas xotin suyasan. Shoshilma mexriga hali to'yasan. Kun kelib olovsiz shundo kuyasan. Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.
Ro'zg'orda aytgani soqoldan o'tmas. Bu yo'li xatoligin tushinib yetmas. Chidomiy ichvolib uyga kelar mast. Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.
Pul topsada hali aql topmagan. Xotin so'zi bir bor og'ir botmagan. G'am tashvishni yelkasiga otmagan. Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.
Bir ishni qoyil qip kegin ko'ksing ker. O'z bag'riga olmasdan seni qaro yer. Oilada xotinmas bo'lgin doim er. Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Bizgacha ham olov bo'lgan suv bo'lgan, Bizgacha ham ne ne ohu so'z bo'lgan, O'zingizga bino qo'ymang yaxshi qiz, Bir paytlar yalmog'iz ham, Sizday go'zal qiz bo'lgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 116
Ey, do‘st, unut g‘amingni, In’om bil har damingni. O‘lchab bos qadamingni, Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan, Yo hiylagar shaytondan, Shart shuki, har zamonda Panohingni unutma!
Ey, do‘st, unday ko‘kdan tush, Kelmagay Tangrimga xush. Savobingni qilmay pesh Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may, Ko‘ngling yig‘laydi tinmay. Xech kimim yo‘q deb xo‘rsinmay Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda? Izg‘ivermay har joyda, Otangdan qolgan uyda Chirog‘ingni unutma!...
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz! Ortingda yo‘q bitta iz... Kim bo‘pti o'sha bevafo qiz, Ollohingni unutma!...
O'z yurtingni unutma!....
Коментариев: 0
Просмотров: 54
Ko'ngil uyi bog' bo'lsa, Tan-u jonlar sog' bo'lsa, Qaddimiz baland bo'lsa, Shuning o'zi BAXT erur!
Qo'l oyoqning yurgani, Ko'zning ravshan ko'rgani, Yuragingiz urgani, Shuning o'zi BAXT erur!
Ota-ona borligi, Molu-davlat yorligi, Sizga kimdir zorligi, Shuning o'zi BAXT erur!
Коментариев: 0
Просмотров: 103
O'tib borayotir muborak kunlar Allohning rahmati yog'ilmish tunlar Ko'zlarda yosh ila tilaymiz tilak Arafa kuningiz bo'lsin muborak
Bugun barq urar falakdan iymon Bugun ushalmoqda jamiyki armon Bugun ijobatdir xar qaysi tilak Kirib kelayotgan Hayit muborak
Bu kun aytiladi Allohga kalom Bu kun aytiladi ming xil taborak Yaqinlashib kelayotgan bayramlar sultoni
Musulmonlar bayrami Hayit muborak!
Коментариев: 0
Просмотров: 243
Yangi orzu, yangi shon, Tilaklari bir jahon. Dunyo bo'lsin deb omon, Kulib kelgan yangi yil, Dikl to'ridan bir olam Salom senga, Assalom!
Bag'ri to'la quvonch, baxt, Mangu tinchlik qilib ahd, Yigitday g'ayrati shaxd To'lib kelgan yangi yil, Qalb to'ridan bir olam Salom senga, Assalom!
Коментариев: 0
Просмотров: 150
KET"..! dediz men ketdim butkul Shu so'z uchun sizdan kechdima? To'g'ri sevish siz uchun mushkul Lek sevdirish sizga hech nima... Qarang yashab yuribman hamon Orzulardan butkul voz kechib Umidlarni chetga suraman Armonlarning bo'ynidan quchib. Qaylardasiz, ko'rgim kelyabdi Bir ko'rmagan ruxsoringizni Gox qo'ng'iroq qilgim kelyabdi Eshitmoq uchun ovozingizni Raqamingiz qayta teraman Chaqiruvni bosmayman faqat Chunki, aniq-tiniq bilaman Suxbat uchun sizda yo'q toqat... Bo'ldi. Yetar. Bu yuragimga Qachongacha azob beraman Yuragingiz raqamlarini Yana qayta qayta teraman... Operator qiz bo'lsa kerak Axir shunday ovoz kelyabdi: -Siz qo'ng'iroq qilgan bu yurak Do'stingizga javob beryabdi...
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Azizim baxt iqbol doim yor bo'lsin Yurgan yo'llariz gullarga to'lsin Omadingiz ko'rib ko'zlar quvonsin Tug'ulgan kuningiz muborak bo'lsin!
Soginchlardan yasay sizga guldasta Guldasta qilib qalbim payvasta Olislardan turib deyman men asta Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
Коментариев: 0
Просмотров: 140
Kipriklarim sizni rashk qilar,
O'zga inson nigoxlaridan. Ular sizga faqat baxt tilar, Keching uning gunohlaridan!
Коментариев: 0
Просмотров: 75
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|